Atlas tushunchasi va unga tasnif
Geografik atlaslar. Atlaslarni ta’rifi va tasnifi Geografik atlas deb umumiy dasturga binoan bir butun (yaxlit, bo‘linmas)
asar sifatida bajarilgan geografik Atlaslarni sistemali to‘plamiga aytiladi. Atlas har xil geografik Atlaslarni oddiy to‘plami emas, ularni kitob yoki albom ko‘rinishidagi mexanik birlashuvi emas; u o‘z ichiga o‘zaro uzviy ravishda bog‘langan va bir-birini to‘ldiradigan Atlaslar sistemasini oladi, bu sistema atlasni maqsadi va undan foydalanish xususiyatlari bilan o‘zaro muvofiqlashgan bo‘ladi. Qadimgi grek olimi Klavdiy Ptolomeyning geografik Atlaslar to‘plamini (eramizni II asri) birinchi geografik atlas deb hisoblash mumkin. XV asrning oxiri va XVI asr boshlaridagi, Buyuk geografik kashfiyotlar Er to‘g‘risidagi tasavvurlarni kengaytirgandan so‘ng geografik atlas keng yoyildi, kolonial bosib olishlar, savdo va ochiq dengizda kema qatnovining rivojlanishi va boshqalar geografik Atlaslarga bo‘lgan ehtiyojni va munosabatni tubdan o‘zgartirdi.
Atlaslarni to‘plami uchun «Atlas» nomi birinchi marta Merkator tomonidan
(1595 yil) afsonaga ko‘ra birinchi bo‘lib osmon globusini tayyorlagan Liviyaning afsonaviy podshosi-Atlasni sharafiga ishlatilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, har yili dunyo bo‘yicha egallagan maydoni, mavzui (mazmuni). maqsadi va hajmi bo‘yicha minglab har xil yangi atlaslar chop etiladi. Atlaslarni tasnifi ham geografik Atlaslarni tasnifiga mos ravishda amalga oshiriladi. Atlaslar ularda tasvirlangan hudud maydoniga ko‘ra dunyo atlaslari (yoki butun dunyo atlaslari),
butun Er sharini qoplab olgan (masalan, Dunyoni katta sovet atlasi, 1939-1940); alohida kontinentlarni yoki ularni yirik qismlarini atlaslari (masalan, Antarktika atlasi, Dunay bo‘yi mamlakatlari atlasi); alohida davlatlarni atlasi, (AQSH, Kuba, Fransiya va boshqalar); regional atlaslardavlatlarni qismlarini, alohida viloyatlarni, provinsiyalarni va rayonlarni atlaslari (masalan Leningrad viloyatini atlasi, Normandiya atlasi va boshqalar); shaharlar atlasi (masalan Parij va Parij rayoni atlasi, Toshkent atlasi) va boshqalar. Xuddi shunday bo‘lish (tasniflash) akvatoriyalar atlaslari-okeanlar va ularni yirik qismlari (masalan, uch qismlik Okeanlar Atlasi); dengiz (masalan. Uch qismlik Dengiz Atlasi); bo‘g‘ozlar, yirik ko‘llar atlaslari va boshqalar uchun ham ishlatiladi.
Atlaslar mavzui (mazmuni) bo‘yicha qo‘yidagilarga bo‘linadi:
Hech bir geografiya darsi ularsiz o'tmaydi va yuqori sinflarga qadar maktab atlaslari va xaritalari doimo talabalar arsenalida bo'ladi. Atlasning eng muhim va o'ziga xos afzalligi shundaki, butun dunyo 15 sahifaga joylashtirilgan bo'lib, ular ko'pincha o'rganilayotgan hudud yoki mamlakatning ko'plab rasmlari yoki fotosuratlari bilan yorqin tasvirlangan. Geografiya uchun maktab xaritalaridan foydalanish juda oson. Qoida tariqasida, maktab atlasi quyidagi sahifalardan iborat: tematik xaritalar, rasmlar, o'quvchilar bajarishi kerak bo'lgan vazifalar va belgilar. O'quvchilarni tushunish juda oson va o'qituvchilarning topshiriqlarini qiyinchiliksiz bajaradilar. Vazifalar - bu tanish bo'yash kitobi, faqat rasm o'rniga xarita va uni bo'yash uchun ma'lum talablar mavjud. Belgilar bo'sh xaritaga ma'lum er parametrlarini aniqlash uchun qo'llaniladi va bularning barchasi bitta vazifada birlashtirilishi mumkin. Maktabda atlaslarning bir nechta turlari mavjud. ...
Geografik atlas - geografik xaritalarning umumiy dastur asosida albom shaklida tayyorlanadigan sistemali toʻplami. Geografik atlaslarning dastlabki to`plami mil. 2-asrda Klavdiy Ptolemey tomonidan yaratilgan. Xorazmiy boshchiligida olimlar Yer meridiani yoyini oʻlchaganlar, xalifa Maʼmun (813— 833)ning koʻrsatmasiga binoan bir kricha xaritalar (mas, "Dunyo haritasi") tuzilgan. 10-asrda arab geograflari al-Istaxriy va Ibn Havqal tomonidan yaratilgan 21 xaritadan iborat "Islom atlasi" deb ataluvchi to`plamda musulmon olami tasvirlangan. Geografik atlaslar 15-asr oxiridan, Buyuk geografik kashfiyotlar Yer haqidagi tasavvurlarini kengaytirib, mustamlakachilik natijasida savdo va dengizda suzish ravnaq topgandan keyin geografik haritalarga katta ehtiyoj tugʻilgach, keng tarqala boshladi. Atlas haritagrafiyasining rivojlanishiga flamand Avraam Orteliy (1527—98), Gerard Merkator (1512—94) va b. salmoqli hissa qoʻshgan. "Atlas" termini dastlab 1595 yil geografik haritalar toʻplamiga nisbatan ishlatilgan. Termin Liviyaning afsonaviy podshohi Atlas nomidan olingan, keyinchalik bu nom ommalashib ketgan. 16-asr oxirida birinchi marta atlaslar maxsus vazifani bajarish uchun nashr etilgan (mas, L. Vagenerning 2 jildli dengiz navigatsiya haritalari toʻplami, 1584—85). Usha vaqtdan koʻp jildli katta bichimli G. a.lar nashr qilina boshlandi. G. a.lar tuzish 17-asrda Niderlandiyada rivoj topdi. Semyon Remezov 1701 yil tuzgan "Sibir chizma kitobi"ni ruslar birinchi rus G. a. deb hisoblaydilar. 18-asrda Parij, Peterburg va Berlin Fanlar akademiyasida G. a.lar tuzish yetakchi urinni egalladi. 19-asrdan mavzuli (tematik) atlaslar paydo boʻldi. Oʻzbekiston hududi tasvirlangan dastlabki haritalarning toʻliq nusxalari 1914 yilda nashr etilgan "Rossiyaning Osiyo qismi atlasi"da berilgan. Hozirgi geografik atlaslarning oʻziga xos xususiyati shundaki, ulardagi haritalar oʻzaro uygʻunlikda boʻlib bir-birini toʻldiradi.
Geografik atlaslar gʻoyatda xilma-xil. Qancha hududni qamrashi (dunyo, ayrim mamlakatlar, viloyatlarning atlaslari), mazmuni (umumiy geografik haritalar, mavzuli haritalarning soha atlaslari, mas, geologik, iqlim, qishloq xoʻjaligi atlaslari), vazifasi (ilmiy maʼlumotnomali, Oʻlkashunoslik, oʻquv, turistik, yoʻl atlaslari va h. k.) bilan farq qiladi.
Geografik atlaslar oʻlchami ham har xil: katta atlaslardan (1928 yil nashr etilgan Misr atlasi) choʻntak atlaslarigacha bor. Nashr etilgan muhim geografik atlaslar orasida Dunyoning katta sovet atlasi (1937—40), Dunyo atlasi (uch jildli, 1954), Dengiz atlasi, Dunyo xalqlari atlasi (1964), Geografik kashfiyotlar tarixi va tadqiqotlari atlasi (1959), Antarktida atlasi (1-jild, 1966), Oksford iqtisodiy atlasi (1965), Yevropada Chexoslovakiya (1935 va 1966), Italiya (1940), Belgiya (1949), Daniya (1949) va b., Afrikada — Misr (1928), Gana (1949), Marokash (1955), Osiyoda — Hindiston (1957, dastlabki nashri), Isroil (1956-64) va b., AQShda Meyer atlaslari (1911), Kanada (1957), Braziliya (1966) atlaslari va b.ning ahamiyati katta. 1963 yil Oʻzbekiston atlasi, 1980—81 yillarda Oʻrta Osiyo respublikalari ichida birinchi boʻlib, oʻzbek va rus tillarida Oʻzbekiston uquv atlasi, 1982—85 yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geografiya bulimi tomonidan 2 jildli Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy maʼlumotnomali atlasi nashr qilindi. Atlasning 1-jildida Oʻzbekistonning tabiiy sharoiti va resurelari (geol.si, iqpimi, suv resurelari, tuprogʻi, usimlik va hayvonot dunyosi) aks ettirilgan. Birinchi marta ekologiyaga oid, bashorat qilish va baholash haritalari berildi. Atlasning 2-jildida aholi, sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, oʻrta va oliy taʼlim, sogʻliqni saklash, rekreatsiya, madaniyat va har bir iqtisodiy geografik rayon va b. haritalar oʻz aksini topgan. Toshkent sh.ning 2000-yillik yubileyiga 1983 yil Toshkent G. a. yaratildi. 1984 yil Oʻzbekiston Yer tuzish loyiha instituti tomonidan Oʻzbekiston Agrosanoat kompleksi albomi nashr etildi. Oʻzbekistonning paxtachilik (1985), tibbiyot-geografik (1987) atlaslari tuzildi. 1999 yil oʻzbek va rus tillarida oʻquvchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasining geografik atlasi nashr etildi
Do'stlaringiz bilan baham: |