Kurs ishi mavzu : Qishloq xo`jalik korxonalari, dehqon va fermer xo`jaliklarining atlaslarini yaratish Bajardi : Qabul qildi : mundarija



Download 45,01 Kb.
bet3/5
Sana30.06.2022
Hajmi45,01 Kb.
#720207
1   2   3   4   5
Bog'liq
moxi

Qishloq xoʻjaligi xaritasi — qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining joylashuvi, holati va istiqbolini, shuningdek, qishloq xo`jalikni boshqarishning iqtisodiy va tashkiliy-texnik sharoitlarini aks ettiruvchi maxsus geografik xarita. Qishloq xo`jalik ishlab chiqarishini rejalashtirishda, qishloq xo`jalikni boshqarishning amaliy masalalarini ishlab chiqishda, shuningdek, yerdan oqilona foydalanish, uning sifati va maydonini hisobga olishda maʼlumotnoma-qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi. Melioratsiya, yer tuzish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash va b. agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqishda, oʻquv va ilmiy ishlarda, maʼlum bir hududning qishloq xo`jalik geografiyasi va iqtisodiyotini batafsil oʻrganishda qoʻllaniladi. Xaritada qishloq xoʻjaligi yerlari, irriganiya va kollektor-drenaj tarmoqlari, maʼmuriy va xoʻjalik chegaralari, yoʻllari va b. elementlar tasvirlanadi. Xarita aerofotosyomka materiallari asosida tayyorlanadi. Masshtabi q. x. zonalariga qarab 1:25000 — 1:200000, sugoriladigan zonalar uchun 1:25000, lalmi yaylovlar uchun 1:50000 va undan kichik. Qishloq xoʻjaligi xaritasi seriyasi ham mavjud, bularga yerdan foydalanish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash, yaylov tiplari, qishloq xo`jalikni rivojlantirish va ixtisoslashtirish, qishloq xo`jalik ekinlarining tarqalishi, qishloq xo`jalikni mexanizatsiyalash, agroiqlim va b. xaritalar kiradi. Qishloq xo‘jaligini kartografiyalash o‘ziga xos xususiyatlarga ega. CHunki qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi murakkab hududiy ishlab chiqarish tizimini shakillantiradi. Uni tavsiflash uchun ko‘p ko‘rsatkichlar majmui qo‘llaniladi. Kartada tarmoqlar rivojlanishining sotsial-iqtisodiy shart-sharoitlarini, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi strukturasini, uning morfologik, tipologik va funksional xususiyatlarini tasvirlash zarurdir. Qishloq xo‘jaligi kartalarining mavzui kartografiyalashtirilayotgan tuman, tabiiy va sotsial-iqtisodiy xususiyatlarini xisobga olgan xolda tuziladi. U ko‘p jixatdan sotsial-iqtisodiy kartografiyalashga xos umumiy prinsiplar bilan aniqlanadi. Qishloq xo‘jaligining O‘zbekiston iqtisodiyotida tutgan o‘rni katta. Bu sohani kartografiyalashga “O‘zdaverloyixa” instituti jamoasi ancha katta hissa qo‘shdi. Bu institut ko‘p yillar mobaynida qishloq xo‘jaligini hududiy tashkil etish muammolarini har tomonlama chuqur o‘rganib kelmoqda.O‘zbekiston o‘quv-o‘lkashunoslik atlasiga (1981) ham o‘ziga xos qator qishloq xo‘jaligi kartalari kiritilgan (paxtachilik, suv xo‘jaligi, sug‘orish, dehqonchilik, chorvachilik va b.) Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ma’lumotnomali “O‘zbekiston atlasi” da (1985) nisbatan to‘liq aks ettirilgan. Undagi mavjud kartalarning deyarli yarmi (taxminan 90 tasi) qishloq xo‘jaligiga bag‘ishlangan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Geografiya bo‘limi tomonidan maxsus “O‘zbekiston paxtachilik atlasi” tayyorlangan. Uni tayyorlashda respublikamiz kartograflarining hissasi juda katta. Davlat va jamoa paxtachilik xo‘jaliklari o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni takomillashtirish, bozor munosabatlarini rivojlantirish, xo‘jalik yuritishning yangi shakillarini tadbiq etish, fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, texnikadan, o‘g‘itlardan va suv resurslaridan samarali foydalanish, paxta yalpi hosilini, xosildorligini oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish hisobiga ko‘paytirish masalalari respublika qishloq xo‘jaliginning yetakchi tarmog‘ini kartografiyalash sohasi oldiga iqtisodiy isloxatlarning keyingi bosqichiga o‘tish sharoitida hal qilinishi zarur hisoblangan yangi muammolarni qo‘ymoqda. Xo‘jalik yuritishning yangi sharoitida paxtachilik uchun ilmiy tadqiqot natijalari va mutaxassislar tajribasi umumlashtirilgan yirik kartografik asarlar zarur bo‘lmoqda. Paxtachilikni bugungi kundagi asosiy muammolari qatoriga uni tashkil qiluvchi bo‘limalarni boshqarish bo‘yicha samarali usullarni ishlab chiqilmoqda. SHu bilan bog‘liq holda amaliy maqsadlar uchun baholash va bashorat qilish kartalarini tayyorlash zaruriyati tug‘ilmoqda. Undan tashqari yer resurslaridan samarali foydalanishni aks ettiruvchi yangi resurs-iqtisodiy, tuproq-meliorativ, geoekologik hamda maxsus maqsadli kartalarni yaratishni davr taqazo qilmoqda. Sotsial-iqtisodiy kartografiyalash erlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning ixtisoslashganligini va kooperatsiyalashganligini mukammallashtirish, almashlab ekishni o‘zlashtirish, o‘g‘itlardan ilmiy asoslangan holda foydalanish, melioratsiya, er hisobini, uni rejalashtirishni yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligini operativ holda boshqarish masalalarini hal etishga imkon berishi mumkin. SHunday maqsadlar uchun maxsus Yer-kadastr kartalarini yaratish zamon talabidir. Ularda jamoa xo‘jaliklarining, o‘quv xo‘jaliklarining, davlat o‘rmon va er fondlarining, jami erdan foydalanuvchilarning chegaralari ko‘rsatiladi. Undan tashqari, mazkur kartalarda chorvachilik majmualarining, dehqon fermer xo‘jaliklarining, mahalliy xom ashyoni qayta ishlovchi, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning, tayyorlov punktlarining va boshqalarning joylashganligi, ishlab chiqarish xajmi va strukturasi aks ettirilishi mumkin. Tumanlar va ayrim uchastkalarning Er-kadastr kartalarini yaratish, ayniqsa dolzarbdir. Ular yirik masshtabda tayyorlanishi va erlarni iqtisodiy baholash jarayonida foydalanilishi mumkin. Bu esa hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Maxsus maqsadli kartalar ya’ni qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yirik fermer xo‘jalik atlasini yaratish kerak. Ularda atlaslarning mavjud klassifikatsiyasiga nomutanosib yangi tipdagi kartalar bo‘lishi kerak. Mamlakat agrosanoat majmuasi (ASM) strukturasining rivojlanishi va takomillashtirilishi murakkab xalq xo‘jaligi muammosidir. Ushbu muammoning hal etilishi majmua ishlab chiqarish strukturasi elementlari o‘rtasida mukammal nisbatlarni ta’minlash, uni oqilona hududiy tashkil qilinishi va tabiiy resurslardan samarali foydalanish bilan bog‘langan. Mazkur muammoni tadqiq etishda va ASM rivojlanishining istiqbolli sxemalarini ishlab chiqishda kartografik usul muhim o‘rin egallaydi. ASMni kartografiyalashning maqsadi-hududiy sotsial-iqtisodiy xususiyatlarni, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tarmoqlarini xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari, aholi joylashishi, tabiiy va biologik resurslar, yangi tipdagi xo‘jaliklarning shakillanishi, atrof-muhitni muxofaza etishni ta’minlash bilan o‘zaro aloqalarni ochib berishdan iborat. Sintetik kartalar ASMning resurs potensiali haqida, xom ashyo zonalarining xususiyati, uning ishlab chiqarish, shu jumladan tarmoq va hududiy strukturalari xaqida yangi, oson qiyoslanuvchi ma’lumotlar beradi. Bu tarmoqlararo aloqalarga aniqlik kiritishga, ishlab chiqarish infrastrukturasining rivojlanganlik darajasini aniqlashga, har bir tuman biologik potensialidan foydalanish xususiyatlarini ochib berishga imkon beradi. O‘zbekistonda olti turdagi ASMlari ajratilgan. Ularning ichida paxtachilik ASM asosiy xisoblanadi. Undan tashqari, uzumchilik vinochilik va donchilik majmualarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular kelajakda ham respublikada tarmoqli-majmuali sotsial-iqtisodiy kartografiyalashning asosiy ob’ekti bo‘lib qoladilar. Qishloq xoʻjaligi xaritasi — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining joylashuvi, holati va istiqbolini, shuningdek, qishloq xoʻjaligini boshqarishning iqtisodiy va tashkiliy-texnik sharoitlarini aks ettiruvchi maxsus geografik xarita. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rejalashtirishda, qishloq xoʻjaligini boshqarishning amaliy masalalarini ishlab chiqishda, shuningdek, yerdan oqilona foydalanish, uning sifati va maydonini hisobga olishda maʼlumotnoma-qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi. Melioratsiya, yer tuzish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash va boshqa agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqishda, oʻquv va ilmiy ishlarda, maʼlum bir hududping qishloq xoʻjaligi geografiyasi va iqtisodiyotini batafsil oʻrganishda qoʻllaniladi. Xari-tada qishloq xoʻjaligi yerlari, irriganiya va kollektor-drenaj tarmoqlari, maʼmuriy va xoʻjalik chegaralari, yoʻllari va boshqa elementlar tasvirlanadi. Xarita aerofotosʼyomka materiallari asosida tayyorlanadi. Masshtabi qishloq xoʻjaligi zonalariga qarab 1:25000 — 1:200000, sugoriladigan zonalar uchun 1:25000, lalmi yaylovlar uchun 1:50000 va undan kichik. Qishloq xoʻjaligix. seriyasi ham mavjud, bularga yerdan foydalanish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash, yaylov tiplari, qishloq xoʻjaligini rayonlashtirish va ixtisoslashtirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining tarqalishi, qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, agroiqlim va boshqa xaritalar kiradi. Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun, avvalo, uni tashkil etmoqchi bo‘lgan shaxs belgilangan tartibda er uchastkasi olishi kerak. Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va zaxira yerlarda tashkil etiladi. Chorvachilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi.
Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami, bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda, Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan erlarda kamida 0,3 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,5 gektarni), boshqa viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan erlarda tegishlicha, kamida 0,45 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,6 gektarni), sug‘orilmaydigan (lalmikor) erlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Dehqonchilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan er uchastkalarining eng kam o‘lchami paxtachilik va g‘allachilik uchun kamida 30 gektarni, g‘allachilik va sabzavotchilik uchun kamida 10 gektarni, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni etishtirish uchun kamida 1 gektarni hamda ko‘pi bilan 5 gektarni tashkil etadi.
Fermer xoʻjaligi — xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik. Fermer xoʻjaligining ijtimoiyiqtisodiy mazmuni va faoliyat koʻrsatish tartibi turli mamlakatlarda turlicha boʻlib, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi va xususiyatlari, shuningdek, mehnatdan va yerdan foydalanish sharoitlari, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini industrlash va ixtisoslashtirish darajasi, kapital hajmi va shahrik. omillar bilan belgilanadi. Ilk va mukammal shakldagi Fermer xoʻjaligilari AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyada mustamlakachilik siyosati va boʻsh yotgan hamda yerli aholiga tegishli yerlarda koloniyalar tashkil qilish natijasida paydo boʻldi. Gʻarbiy Yevropa davlatlarida kapitalizmning umumiy taraqqiyoti va pomeshchiklar xoʻjaliklarining yirik kapitalistik korxonalarga ailanishi jarayenida yuzaga keldi. 20-asrning 20—30 yillari AQSH, Kanada, Bukj Britaniyada, 50—60-yillarda esa rivojlangan Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi mashinalashgan bosqichga oʻtdi, natijada fermerlar bu mamlakatlarda qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchilariga aylandilar. Bu mamlakatlarda Fermer xoʻjaligi yerlari xususiy mulk hisoblanadi yoki yer ijaraga olinadi. Fermer xoʻjaligida barcha ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulot Fermer xoʻjaligi boshligʻi, yaʼni fermerning yoki uning aʼzolari mulki hisoblanadi. Fermer xoʻjaligida, asosan, fermer oila aʼzolari, qarindoshurugʻlari va mavsumda yollanma ishchilar mehnat qiladi. Oʻzbekistonda dastlabki Fermer xoʻjaligi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan "Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida" qonuniga muvofiq, dehqon xoʻjaligi shaklida tashkil etildi, dastlab yirik qishloq xoʻjaligi korxonalari tarkibidagi ichki Fermer xoʻjaligilari va mustaqil yuridik shaxs sifatidagi Fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatdi. 90-yillarning oxirlaridan boshlab Fermer xoʻjaligini tashkil etish va uning faoliyatiga doir huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida" qonuni (1998-yil 30-aprel; yangi taxrirda 2004-yil 26 avgust) bilan tartibga solinadi. Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari yerdan ijara asosida foydalanadilar va ularga yer maydonlari 50 yilga yoki 30 yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi. Ijaraga beriladigan yer maydonlarining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilikda kamida 10 ga, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtyrish uchun kamida 1 ga qilib belgilangan. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan Fermer xoʻjaligida kamida 30 shartli bosh chorva moli boʻlishi lozim. Bunday xoʻjaliklarda bir shartli bosh chorva moli hisobiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam oʻlchami Andijon, Namangan, Samarkand. Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi sugʻoriladigan yerlarda 0,3 ga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi sugʻoriladigan yerlarda 0,45 ga, sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 ga ni tashkil etadi. Oʻzbekistonda Fermer xoʻjaligilari soni 87,6 mingtani, ularga birkitilgan yer maydoni 2148,1 ming ga ni, bitta Fermer xoʻjaligining oʻrtacha yer maydoni 24,5 ga ni, Fermer xoʻjaligida band boʻlganlar soni 603 ming kishini, shu jumladan, yollanma ishchi kuchi 52,4 ming kishini tashkil qildi. Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun er uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga 50 yilgacha bo‘lgan, lekin 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi.
Fermer xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi. Uning muassisi er uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish to‘g‘risida shartnoma tuzadi.
Fermer xo‘jaligi bank muassasasida hisob-kitob varag‘i va boshqa xil hisob varaqlar ochishga, o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘lishga haqli. Yarim doira ichida fermer xo‘jaliklarining ixtisoslashuvi ko‘rsatkichlari, ustunlarda esa fermer xo‘jaliklarining taqsimlanishi ko‘rsatilgan. Qishloq xoʻjaligi toʻliq sugʻorish, paxtachilikka asoslangan. Sababi, viloyatda qishloq xo‘jaligidan olinadigan umumiy daromadning asosiy qismi, ekin maydonlarining yarmidan ko‘pi paxtachilikka to‘g‘ri keladi. Ana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda paxtachilikning maxsus xaritasi tuzildi. Unda hosildorlik kartogramma bo‘yicha (4 pog‘onada), g‘o‘zaning ekin maydoni yarim doira shaklida, ustun kartogramma usulida yetishtirilgan yalpi hosil ko‘rsatilgan. Diagrammalarda paxta ekiladigan maydonlar va yalpi hosildorlik, hosildorlik dinamikasi, viloyat paxta yetishtirishda alohida tumanlarning tutgan o‘rni (foizda) va paxta tozalash zavodlari quvvatlaridan foydalanish, paxtaning yalpi hosili va hosildorligi yillar bo‘yicha ko‘rsatilgan.
Tadqiqotlar jarayonida qishloq xoʻjaligining barcha tarmoqlari uchun masshtablari 1:850000 va 1:200000 boʻlgan yangi turdagi kompleks xaritalar yaratildi. O‘zaro bog‘liqliklarni ochib berishda xaritalar mazmuni bir-birini to‘ldiruvchi xarita va diagrammalar, sxema va grafiklar, jadval va rasmlar bilan boyitiladi. Xaritalarda kartogramma usulida qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘rtacha hosildorligi, ekin maydoni va kartogramma va nuqta usulida yetishtirilgan yalpi hosil tasvirlangan.
Ma’lumki, chorvachilikni hududiy tashkil etish tabiiy va iqtisodiy omillar bilan bevosita bog‘liqdir. Xorazm viloyatida chorvachilikning hozirgi holatini kartografik tavsiflash, sohada kerakli ma’lumotlarni to‘plash va uni ko‘rgazmali tarzda ifodalash maqsadida ikki xil: sut yo‘nalishli xarita – sigirlar soni va chorva mollarining miqdori ko‘rsatilgan xarita tuzildi. har bir sigirga sut; go'sht sanoatida qoramollar soni va tumanlarda go'sht ishlab chiqarish.
Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi korxonalarida qishloq xo‘jaligi texnikalari soni yildan-yilga kamayib bormoqda. Masalan, 1992-2007-yillarda qishloq xo‘jaligi traktorlari 3,2 barobar, yuk avtomobillari 3,8 barobar, kultivator va seyalkalar soni 1,6 barobar kamaydi. Bu esa agrar soha rivojiga to‘sqinlik qilayotgan omillardan biridir. Shularni inobatga olib, viloyat tumanlarida mavjud vaziyatni tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish maqsadida “Qishloq xo‘jaligini texnika bilan ta’minlash” xaritasi tuzildi.
Viloyat qishloq xo‘jaligini o‘rganish va boshqa sohalar bilan qiyosiy o‘rganishda kompleks xaritalar muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda taklif etilgan mavzuli xaritalardan biri Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi xaritasidir. Viloyat qishloq xoʻjaligining ixtisoslashuviga koʻra ikki tumanga boʻlingan boʻlib, rang usuli bilan koʻrsatilgan, qishloq xoʻjaligi ekinlarining tarqalish maydonlari esa belgilar bilan berilgan. Kartogrammada tumanlarning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (soʻmlarda) koʻrsatilgan. Viloyat tabiatni muhofaza qilish xaritasi ham 1: 800 000 masshtabga ega bo‘lib, u hudud landshaftining o‘zgaruvchanlik darajasini (barqaror, o‘zgarmagan, o‘rtacha o‘zgargan, kuchli o‘zgargan va sezilarli darajada kuchli, juda kuchli, juda kuchli, kuchli, kuchli, kuchli) ko‘rsatadi. , kuchli, kuchli, kuchli, kuchli, kuchli, kuchli, kuchli, kuchli, kuchli, kuchli, kuchli, kuchli, kuchli, kuchli, kuchli, kuchli, kuchli, kuchli, kuchli, kuchli, kuchli)) chora-tadbirlari berilgan. Ularda tuproqning sho‘rlanishi va muhofaza qilinadigan hayvonlar turlari tasvirlangan. Maxsus ko'rsatkich shahar havosi va yer usti suvlarining ifloslanish darajasini ko'rsatadi. Ushbu xarita yordamida qishloq xo‘jaligining ekologik holatini ko‘rsatish mumkin, undan ilmiy tadqiqot va amaliyotda keng foydalanish mumkin.
Bunday ma'lumotlar bir qator xususiyatlarga ega: geografik joylashuvi, yuridik manzili, hududiy yaxlitligi, to'liqligi, uzluksizligi, ko'rinishi, aniqligi va boshqalar. Asosiy bosqichlarning geografik xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Geografik joylashuv - obyektlarning geodezik, geografik va boshqa koordinatalari;
2. Yuridik manzil - mulkning huquqiy holatiga, shu jumladan er egasiga, yerni boshqarish usullariga, muddatiga va boshqalarga qarab;
3. Mulk birligi bo‘yicha - fermer xo‘jaliklari, suvdan foydalanuvchi tashkilotlar (SFU), tumanlar va viloyatlar darajasida;
4. Fermer xo'jaligining tabiiy, iqtisodiy va huquqiy ma'lumotlari;
5. Uzluksizlik – ma’lumotlar bazasini yaratish va uni muntazam yangilab turish;
6. Aniqlik - mavjud vaziyatga mos kelish, real vaziyatni ta'minlash;
7. Ko`rgazmalilik – to`liq, jonli, sodda ko`rinish;
8. Qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlari bo‘yicha ma’lumotlar asosida kartografik qonunlar asosida mavzuli xaritalar tuziladi va doimiy ravishda yangilanadi;
9. Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yuqoridagi ma’lumotlarni ierarxiya (kategorik bo‘linish) modelida to‘plash zarur.
Ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar orasidagi genetik bog'lanishlarni aniqlash bosqichida analitik, faktik, sintetik xaritalarni yaratish, ierarxik ma'lumotlar bazasini yaratish mumkin.
Maʼlumotlarni bir-biri bilan bogʻlash va mavjud manbalar bilan solishtirish jarayoni qishloq xoʻjaligining tizimli avtomatlashtirilgan jarayoniga asoslanadi va “maʼlumotlar banki”ni shakllantiradi. Bu turli ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va hodisalar monitoringini tashkil etishda asosiy vosita hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu tadqiqotning asosiy xulosalari va tavsiyalari quyidagilardan iborat:
1. Tadqiqotda bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, ixtisoslashuvi, tarkibi va hududiy tuzilishidagi o‘zgarishlar, fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, mustahkam moddiy-moliyaviy bazasiga e’tibor qaratiladi;
2. Qishloq xo‘jaligini hududiy tashkil etishning kartografik ta’minoti, dala xaritalarining maqsad va vazifalari, ularni tuzish va tasniflash usullari va tamoyillari atroflicha o‘rganildi. Viloyat qishloq xo‘jaligi xaritalari tizimining to‘liqligini ta’minlash, har bir xaritaga tushirilgan hududning hududiy va tarmoq tuzilmasi, hududni xaritalashda xaritalar masshtablari, xaritalarning mazmuni, mazmuni, xaritalari kabi asosiy talablar.
3. Xorazm viloyati tabiiy sharoiti va agroiqlim resurslari jihatidan respublikaning boshqa qishloq xo`jaligi rayonlaridan keskin farq qiladi.shakllangan. Qishloq xoʻjaligining rivojlanishi, joylashishi va ixtisoslashuvi koʻp jihatdan hududning suv resurslari bilan taʼminlanganligi va ularning hududiy taqsimlanishi bilan bogʻliq;
4. Viloyat aholisining o‘sishi, taqsimlanishi va turmush darajasi, iqtisodiyotning ahvoli tahlil qilindi. Viloyatda tabiiy resurslarning nihoyatda tanqisligi, poytaxt va rivojlangan iqtisodiy markazlardan uzoqda joylashganligi uning iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Bu, o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, birinchi navbatda, mahalliy ehtiyojlar hisobidan qayta ishlovchi tarmoqlarni rivojlantirishni taqozo etadi.
5. Viloyatning tabiiy sharoiti va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, litologik va geomorfologik tuzilishiga ko‘ra uning hududi qishloq xo‘jaligi nuqtai nazaridan beshta tumanga bo‘linib, tumanlar xaritasi tuzildi. 1: 500 000 miqyosda mintaqa. Ajratilgan tumanlarning yirik masshtabli yangi turdagi tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kadastr xaritalari namunaviy variantlarda ishlab chiqildi va ularning mazmuni tavsiya etildi;
6. Qishloq xo‘jaligini hududiy tashkil etish, boshqarish va uning istiqbollarini belgilashda asosiy e’tibor fermer xo‘jaliklariga qaratilayotganligi munosabati bilan;
7. Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligini hududiy tashkil etish, boshqarish va rejalashtirishning GAT texnologik jarayonining tarkibiy bosqichlari ishlab chiqildi va uning ma’lumotlar bazasi asosida viloyat qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmoqlarining mavzuli va kompleks xaritalari ishlab chiqildi;
8. Viloyat qishloq xo‘jaligini to‘liq aks ettiruvchi, mazmunan bir-birini to‘ldiradigan, ma’lum darajada rivojlangan xaritalar tizimi asosida birinchi marta Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi atlasi yaratildi. Atlasga kiritilgan barcha tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar viloyat qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmoqlarini to‘liq qamrab olgan.
Olingan natijalar va ularning yangiligi:bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlarning geografik jihatlarini, ularning shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq muammolarning iqtisodiy va ijtimoiy geografik asoslarini zamonaviy kartografik usullar yordamida o‘rgandi; GAT dasturlari asosida qishloq xoʻjaligini boshqarish usullari ishlab chiqildi va ular uchun yangi xaritalar tizimi yaratildi.
Amaliy ahamiyati: Xorazm viloyatida erishilgan natijalar yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini tashkil etish va ular bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish bilan bog‘liq.
Amalga oshirish darajasi va iqtisodiy samaradorlik:Bitiruv malakaviy ishi natijalari va uning xulosalaridan Xorazm viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, Xorazm Ma’mun akademiyasi statistika bo‘limida foydalaniladi. Ular Urganch davlat universitetida maxsus kurslarni o‘qitish, O‘zbekiston Milliy atlasini yaratish bilan ham shug‘ullangan.
Amal qilish sohalari: ilmiy tadqiqot va loyiha institutlari, statistika idoralari, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlari, ta’lim muassasalari.
Tadqiqot ob'ekti: Xorazm viloyati qishloq xo'jaligining ixtisoslashuvi va hududiy tuzilishi.
Ish maqsadi:masalan, Xorazm viloyatida bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini hududiy tashkil etish va takomillashtirishga qaratilgan mavzuli xaritalar yaratish usullarini ishlab chiqish.
Tadqiqot usullari: qiyosiy geografik, kartografik, GIS, statistik tahlil, tizimli yondashuv, kartografik modellashtirish, matematik va aerokosmik usullar.
Olingan natijalar va ularning yangiliklari: zamonaviy kartografik usullar asosida oʻtish davridagi qishloq xoʻjaligidagi oʻzgarishlarga taʼsir etuvchi geografik omillar oʻrganildi, ularning shakllanishining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari ochib berildi; GIC-texnologiyalari asosida qishloq xo‘jaligini boshqarish usullarini ishlab chiqdi va yangi mazmundagi xaritalar turkumini tuzdi.
Amaliy ahamiyati: Olingan natijalar Xorazm viloyatining yer va suv resurslaridan asosiy oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rejalashtirish, normativ hujjatlarni ishlab chiqish va normativ hujjatlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Integratsiya va iqtisodiy samaradorlik darajasi: dissertatsiya natijalaridan Xorazm viloyati statistika boshqarmasi, Ma’mun nomidagi Xorazm akademiyasi yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi foydalaniladi. Ulardan Urganch davlat universitetida va O‘zbekiston Milliy atlasini yaratishda ham foydalaniladi.
Qo'llash sohasi:ilmiy-tadqiqot va ilmiy-loyiha institutlari, statistika boshqaruvi, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat va nodavlat tashkilotlari, ta’lim muassasalari.

Download 45,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish