O`yinning 2 – turi
O`yinning ikkinchi turi ham birinchi turga o`xshab, bolalar Bilan bigalikda avval gap tuziladi, so`ngra bolalarga gapning so`zlarini bo`lib beriladi. “Jonli so`zlar ” o`z so`zlarini bilib olganlaridan so`ng tarbiyachi
“jonli so`zlarga” murojaat qiladi:
Hozir siz o`z joylaringizni aniqlab, ketma – ket turgan holda aytilgan gapni “yozasiz”, qolgan bolalar sizlarni kuzatib turadilar, - deydi.
Bolalar tezda ketma – ket turib aytilgan gapni yozishlari kerak, so`ngra har bir bola o`z so`zini ovoz Bilan aytib, gap hosil qiladilar.
O`yin shu tarzda bolalarni va gapni almashtirish orqali davom ettiriladi. O`yinda o`z qatorini adashtirmay to`g’ri topib turgan holda so`zni aniq talaffuz qilgan bola g’olib sanaladi va rag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |