Tal’at , Mirjalol kabi
Kattakon oilada
Men ham bir farzand bo’ldim.
“Sayr” nomli she’rida esa boshqa bir do’sti bilan qalbdan suhbat qurib, sayr
etishni istashini aytgan.
Bu zamon ko’nglingda ,Erkin,
Qolmagay zarra g’ubor,
Aylasang bir bor do’sting
Rahmatullo birla sayr.
Shuningdek, Erkin Vohidov bir qancha ijodkorlarga ham atab she’r yozgan. Shoira
Zulfiyaga “Teranlik” deb nomlanuvchi she’r bitgan. Lekin unda shoiraning ismi
keltirilmagan. Xuddi shuningdek, Xayriddin Salohga yozilgan “Chashma qoshida”
she’ri tarkibida ham Xayriddin Saloh antraponim sifatida keltirilmagan. “Shoira
Saida Zununovaga” deyilgan she’rida Saida ismi bilan birgalikda, umr
yo’ldoshi Said Ahmad ismiga ham duch kelamiz.
Saida so’zi borliq
Olamni o’rtaganda
Qanoatda Said Ahmad
Filcha bo’lurmi, hay-hay.
Erkin Vohidovning yana bir she’ri borki, unda juda ko’p tengdosh ijodkorlari,
shuningdek, do’stlari tasvirlangan. “Qorxat” she’rida E’tibor, Halima, Malika,
Tursunoylarni chiroyga boy ekanligini, E’tiborning “Lirika” ni yuvmaganligini,
bulturgi dostonlar uchun qarz bo’lgan Mo’tabar, Oydinlarni, Bibisora hamda
Sanobar ismli qizlarning she’ri bir ziyofatga tatishini aytadi. Mukarramning labini,
Nilufarning xolini ta’riflaydi. Bu ro’yxatni yana O’lmas, Abdulla, Ibrohim,
Shoyusuf, Muhammad, Husniddin, Rauf ,Omon, , Jamol, Oxunjon, , To’lqin, Anvar,
Aziz, Ma’ruf Jalil, Sayyor ismlari bilan davom ettirish mumkin. She’rda jami 29 ta
antraponim mavjud.
Shoir inson qanday bo’lishi , nimalarga e’tibor berishi kerakligi yoritilgan “Shoirlik”
she’rida ustoz Mirtemirning ismlari keltirilgan. Sababi Erkin Vohidov haqiqiy shoir
deganda Mirtemirni ko’z oldiga keltirgan. She’r 1980-yili yozilganiga e’tibor
qaratsak, ijodkor ustozi Mirtemirni qo’msaganini sezishimiz mumkin. Mirtemir
1978-yili vafot etgandi.
Shoirlik – bu shirin jondan kechmakdir,
Limmo – lim fidolik mayin ichmakdir.
… Shundoq yashar asli sohibi ijod,
Shundoq yashab o’tdi Mirtemir ustod.
“Ruhlar isyoni “ dostonidagi antraponimlar.
Erkin Vohidov ijodida Inson – Shaxs – Shoir muammosi konseptual ahamiyat kasb
etgan. Uning uchun o’zlikni anglash va sodiq qolish hayot-mamot masalasi
bo’lgan. Suhbatlarning birida u “Bu olamda yo’qotishlar ichidagi eng og’ir
yo’qotish insonning o’zligini yo’qotishdir. Odamzod tafakkur va ehtiros, , ruhiyat
va iymon dunyosida yashaydi. O’zlikni yo’qotmoq ana shu olamdan judo
bo’lmoqdir, inson imoratidagi ruknlarning – sinmog’idir”, -deb yozadi.
“Ruhlar isyoni” dostoni Milliy ozodlik uchun kurashgan , “Isyonkor shoir” laqabini
olgan shoir , yozuvchi, musiqachi, faylasuf, jamoat arbobi Qozi Nazrul Islomning
vafoti munosabati bilan yozilgan. Dostonning 2 yil vaqt oralig’ida yozilganligini
inobatga olsak, , muallif asar uchun uchun zarur manbalarni : Nazrul Islom
hayotini, faoliyatini, ijodini, she’rlarini o’rgangan.Ijodkor o’z asariga shoirning
“Tug’ilgansan ozod, mudom Ozod bo’lib qol !” misralarini epigraf qilganligi bejiz
emas. Erkin Vohidov Nazrul Islomni o’ziga ustoz maqomida bildi, shoir ohlariga o’z
ovozini hamohang etib , alam va dardlarini qo’shib jo’rovoz bo’lib kuyladi.
Ijtimoiy muammoning shaxsiy dard bilan o’zaro uyg’un tarzda birikuvi doston
ta’sirchanligini oshirishga xizmat qildi. Ana endi Nazrul Islom ismiga e’tibor
qarataylik. Ma’nosi: Nazr – bag’ishlangan, nazr (sadaqa) qilingan. Ya’ni Islom
diniga o’zini bag’ishlagan, degan ma’noni bildiradi. Islom deganda xalqni, millatni
tinchlikni tushunmog’imiz kerak. Shuningdek, Erkin Vohidov Nazrul Islom
qiyofasida o’z siyratida jo bo’lgan kechinmalarni, iztiroblarni, o’kinch-u
o’tinchlarni tasvirlashga muvaffaq bo’ldi.
Asarda yana antraponimlardan Shoh Jahon, Avrangzeb, Mumtoz Mahal ismlari
bor. Ular “Shoh Jahon va Avrangzeb haqida rivoyat” bobida kelgan. Bundan
tashqari Nazrul Islom taqdiriga o’xshash deb , Pushkin, Lermontov, Mashrab
hamda Nasimiylarni sanab o’tadi. “Shoirlarning qismati shu” deya ba’zi ijodkorlar
zorlanadi.
Bobokalon Rudakiy der:
“Quloq solgin so’zimga.
Adolat deb bitdim-u she’r
Mil tortilar ko’zimga”.
Tilga kirar Firdavsiy ham:
“La’nat, deydi,-taqdirga.
Do'stlaringiz bilan baham: |