2.2 Nodavlat talim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirishda innavatsion usullari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son qarori ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha nodavlat sektorning salmog‘ini kengaytirish borasida tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) nodavlat ta’lim tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatish orqali ularning faoliyatini yanada takomillashtirish, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq jarayonlarni aholi orasida keng targ‘ib qilish, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotida ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarning yagona shaklini tasdiqlash va ularning qat’iy hisobini yuritib borish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar nodavlat ta’lim tashkilotlari, ularning ta’lim oluvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan “Nodavlat ta’limni boshqarish axborot tizimi”ni (keyingi o‘rinlarda axborot tizimi 3. Nodavlat umumta’lim tashkilotining namunaviy ustavi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Amalda faoliyat yuritayotgan nodavlat umumta’lim tashkilotlariga o‘z ustavlarini ikki oy muddatda Nodavlat umumta’lim tashkilotining namunaviy ustaviga muvofiqlashtirish choralarini ko‘rish tavsiya etilsin.nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olganlaridan keyingi litsenziya talablari va shartlaridan biri — nodavlat ta’lim tashkiloti, uning ta’lim oluvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotni axborot tizimiga kiritish uchun Davlat inspeksiyasiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etish hisoblanadi;axborot tizimida nodavlat ta’lim tashkiloti, uning ta’lim oluvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotning ular litsenziya olgan kundan boshlab o‘ttiz kun davomida yo‘qligi nodavlat ta’lim tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‘xtatish yoki tugatish uchun asos bo‘ladi;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlar blankalari nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilariga axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida beriladi; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlar blankalarini berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im joriy etiladi; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlar blankalarini rasmiylashtirib berganlik uchun undiriladigan yig‘imlardan tushadigan mablag‘ Davlat inspeksiyasining budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
b) 2020-yil 1-sentabrdan boshlab litsenziya asosida faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat davlat talablari asosida ta’lim olgan bitiruvchilarga beriladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risidagi diplomning davlat namunasi va uning tavsifi 2-ilovaga muvofiq;
Kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risidagi sertifikatning davlat namunasi va uning tavsifi 3-ilovaga muvofiq;
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarni berish tartibi haqidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Davlat inspeksiyasining buyurtmasiga muvofiq har yili kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlar blankalari belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlar blankalarini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat inspeksiyasining budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplansin.
8. Davlat inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
b) litsenziyasining amal qilishi to‘xtatilgan,tugatilgan yoki litsenziyasi bekor qilingan nodavlat ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarda joylashtirib borilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va Davlat inspeksiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda: litsenziya asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan ta’lim faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat talablariga muvofiq amalga oshirilishi to‘g‘risida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar va mavjud imkoniyatlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritishga doir maxsus media-reja ishlab chiqsin; nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi yangiliklarga bag‘ishlangan teleko‘rsatuvlar, videoroliklar va radioeshittirishlar tayyorlash hamda ularning muntazam namoyish qilinishini tashkil etsin.
11. Davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.Ishchi guruhlar tashkil etgan holda, respublika hududlarida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, tegishli litsenziya olmasdan faoliyat yuritayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlarini qonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishini ta’minlash, nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tizimli ravishda o‘rganib borish choralarini ko‘rsin; xatlov natijasida aniqlangan barcha nodavlat ta’lim tashkilotlarini axborot tizimiga kiritilishini ta’minlasin;
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida mehnatidan noqonuniy foydalanib kelinayotgan shaxslar aniqlanganda, ularning qonunchilikka muvofiq faoliyat yuritishi hamda soliq to‘lovchi sifatida e’tirof etilishi uchun amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rsin;
deb ataladi) yaratsin va amaliyotga joriy etsin.
1. Amaldagi qonunchilik va qonunchilik-dagi rejalashtirilgan o'zgarishlar. 2. Moliyalashtirish, grantlar va tashabbus-lar. 3. Hokimiyatning barcha darajalaridagi saylovlar. 4. Ekologik muammolar va boshqalar. 1. Iqtisodiy vaziyat va tendentsiyalar. 2. Inflyatsiya darajasi. 3. Soliq. 4. Samarali talab va iste'molchilar ehtiyojlari. 5. Asosiy tashqi xarajatlar (energiya, transport, xom ashyo va butlovchi qismlar, aloqa) va boshqalar.
1. Demografiya. 2. Asosiy qadriyatlar. 3. Hayot tarzi tendentsiyalari. 4. Brend, ta'lim muassasasining obro'si, foydalanilgan texnologiya qiyofasi. 5.Iste'molchilarning fikrlari va muno-sabatlari. 6. Reklama va jamoatchilik bilan aloqalar va boshqalar. 1. Ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlash-tirish. 2. Yangi texnologiyalarni o'zgartirish va moslashtirish. 3. Axborot va aloqa, internetning ta'siri. 4. Texnologiyalar, litsenziyalash, patent-lardan foydalanish. 5. Intellektual mulk muammolari va boshqalar.
Amalda, ma'lum bir omillarning ta'lim muassasasiga ta'siri xususiyati va muassasaning mumkin bo'lgan reaktsiyasi quyidagicha namoyon bo'ladi.
Texnologik tahlil: ilm-fan ta'lim xizmatlarini amalga oshirish uchun ochadigan imkoniyatlari haqida umumiy ma'lumot (o'quv jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etish, masalan, interaktiv doskalar, doimiy ravishda yangilanib turadigan dasturiy ta'minot). Iqtisodiy tahlil: energiya, kompyuter uskunalari va boshqa
Oltinchidan 8-9 sinf o’quvchilarning soni 25 nafar yoki undan ziyod bo’lganda o’quvchilarning fiziologik rivojlanishini hisobga olib, ularning sportga bo’lgan qiziqishini orttirish hamda sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish uchun jismoniy tarbiya fanidan o’g’il bolalar va qiz bolalar alohida guruhlarga bo’linib,
yettinchidan mazkur qarorda olis hududlardagi maktablarning filiallarini tashkil etish, kam komplektli sinflar bilan ishlash tartibi takomillashtirildi. Maktabda kuni uzaytirilgan guruhlar va logopediya shahobchalari tashkil etish va ularning faoliyatini olib borish tartibi belgilandi. Olis (tog’li, cho’lli) aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarning umumiy o’rta ta’lim olishlarini tashkil etish maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida umumta’lim muassasalarining filiallarida o’quvchilar soni 100-180 nafar bo’lganda tashkil etiladi. Prezidentimizning 2016 yil 29 dekabrdagi "2017–2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorida belgilangan vazifalar bu boradagi ishlarning asosini tashkil qiladi. Jumladan, qishloq aholi punktlarida 50 ta yangi maktabgacha ta’lim muassasasini qurish, mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta’mirlash hamda ularni zamonaviy talablar asosida inventar, o’quv-metodik qo’llanma va zarur anjomlar bilan ta’minlash orqali jami 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.Ta’lim-tarbiya jarayoniga xalqaro tajribalar asosida yangi dasturlar joriy etilib, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasi sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tariladi. MTMlarni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularning sifat tarkibini yaxshilash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi yanada takomillashtiriladi. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha 2017–2021 yillarga mo’ljallangan dastur doirasida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo’lgan 6100 ta qisqa muddatli guruh ochiladi. 3–6 yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan farzandlari bor 400 ming oila metodik qo’llanmalar bilan ta’minlanadi.Maktabgacha ta’lim muassasalari hududlarini demografik, ijti- moiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi, Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va tugatish qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari ularning yo’nalishlariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: moddiy-texnik jihozlar narxlarining ko'tarilishi ta'lim xizmatlari narxlarining oshishiga, muassasaning axborotni rivojlantirish rejasini qayta ko'rib chiqishga, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga va tejashga olib keladi. Siyosiy tahlil: Mamalakatimizning ta'lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlari tahlili ta'lim xizmatlari bozoridagi raqobatbardosh vaziyatning o'zgarishini ko'rsatishi, ta'lim xizmatlarining mumkin bo'lgan yangi yo'nalishlarini aniqlashi mumkin. (Har xil turdagi ta'lim tashkilotlari orasida yangi raqobatchilar paydo bo'lishi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3276-sonli qarori bo'yicha ta'lim muassasasiga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari turini kengaytirishga yordam beradi
Maktabgacha ta’lim muassasasi turlari ota-onalar tomonidan tan- lanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tar- tibi, ularni bir muassasadan ikkinchisiga ko’chirish, muassasadan chiqarish davlat muassasalarida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bel- gilangan tartibda, davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha ta’lim muassasalarida esa, muassasaning Ustavi bilan belgilanadi.
Aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchiliklari mavjud bo’lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari yoki guruh- lar tashkil etish ham maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risidagi ni- zomda ko’rsatib o’tilgan.
Har bir sohada bo’lganidek, maktabgacha ta’lim tizimida ham maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli ma’lumotga, kasb tay- yorgarligiga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga egadirlar.
Ta’limni boshqarish bo’yicha vakolati davlat organlari tomonidan pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malaka- sini oshirish, kasb sifatini raqobatbardoshlik darajada saqlab turish ta’minlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagogik kadrlarning o’quv pedagogik vazifasi maktabgacha ta’lim muassasasi turiga davlat ta- lablaridan kelib chiqqan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bel- gilanadi. Ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarni, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, metodik qo’llanmalar, didaktik materiallarni joriy etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim me’yoriy hujjatlari asosida bolalarni tarbi- yalash. Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi, farovon- ligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarish sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohot- larning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy kadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holda tayyorlan- gan dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqa- rishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga mos- lashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolar tarbiyalashni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim bola sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlydi. Maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalarini ruyobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilami amalga oshirish lozim bo’ladi:
Tahlil qilish jarayoni boshqa maqsadlarni belgilash, rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish kabi boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun axborot asosini yaratadi. U ta'lim muassasasi rivojlanishining zarur shartlari va cheklovchi faktlarini ochib beradi va natijada o'quv jarayonini pedagogik, moddiy va tashkiliy jihatdan ta'minlashdagi zarur o'zgarishlarni ko'rsatadi. Boshqarish tizimidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni keyinchalik yo'q qilish, shuningdek, ularning rivojlanish potentsiali va yo'llarini aniqlash uchun ba'zi omillarning boshqalarga ta'siri mezonlarini belgilashga imkon beradi. Bularning barchasi ta'lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish yo'nalishlarini ishlab chiqishga imkon beradi.
maktabgacha tarbiya va sog’lomlashtirish muassasalari tarmog’ini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo’yadi. ujjatga rasmiy sharhda aytilishicha, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o’quv-tarbiyaviy rejalariga qo’yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko’rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda.
Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida ushbu qaror qabul qilindi. Nodavlat ta'lim muassasasi tomonidan muntazam ravishda olib boriladigan ichki tahlil quyidagilarni baholaydi: 1) boshqaruv tizimining elementlari (boshqaruvning umumiy va o'ziga xos funktsiyalari, tashkiliy tuzilishi, boshqarish usullari va boshqalar), 2) o'quv tizimi elementlarining sifat jihatlari (ta'lim xizmatlari, o'qituvchilar tarkibi, xodimlarning shaxsiy samaradorligi, ularning motivatsiyasi va 3) o'quv tizimi (kirish, chiqish, o'quv jarayoni elementlari) 4) ta'lim muassasasining moliyaviy va boshqa moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi darajasi, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy hayotiyligi. Muntazam ravishda olib boriladigan tashqi tahlil ta'lim muassasasi faoliyatiga u yoki bu darajada ta'sir qilishi mumkin bo'lgan o'zgarishlar belgilarini aniqlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari aniq bir yoshdagi bolaning rivojlanish standartlarini va bolaning yutuqlari va rivojlanish darajasini baholash imkoniyatini beruvchi indikatorlarni belgilaydi. Ushbu xujjat, birinchi navbatda, oilalarga bolaning to’laqonli rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasida, uni maktabda ta’lim olishga samarli tayyorlashda yordam berishni nazarda tutadi.U maktabgacha ta’limning mazmunini belgilaydi va mulk shaklidan qat’iy nazar, maktabgacha ta’lim muassasalarini bolalikning qadr-qimmatini saqlab qolgan xolda barcha bolalarning tenghuquqligini va har bir bolaning individual rivojlanishini tadbiq etishga yo’naltirilgan. Ushbu hujjat O’Zbekiston Respublikasi territoriyasida, mulk shaklidan va qaysi tashkilot tasarrufida ekanligidan qat’iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalarida qo’llanilishi majburiydir.
XULOSA
Shunday qilib, bizning fikrimizcha, nodavlat ta'lim muassasasi faoliyati va rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish asosida, imkoniyatlar va tahdidlarni baholash, kuchli va zaif tomonlarni aniqlash usullaridan foydalanib, Porterning 5 ta kuchidan, raqobatchilarning strategik guruhlari xaritasidan, STEP(PEST) tahlilidan foydalanish yuqori samaradorlik keltiradi.Tajribalarning ko’rsatishiga, qayerdaki o’quvchilarga hurmat, muhabbat, ishonch bo’lsagina shu yerda tarbiyaning ta’siri samarali bo’ladi. Bolalarga hurmat va muhabbat ular kuchiga kuch qo’shadi o’qituvchiga nisbatan hurmatni uyg’otadi. Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ro’yobga chiqarishga yo’naltirilishi zarur. O’qituvchi (tarbiyachi) lar jamoasi va har bir o’qituvchi-tarbiyachi tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat bo’lishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil o’z vazifasini bajargan bo’ladi. Yosh avlodni yuksak g‘oyaviylik ruhida tarbiyalash ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat bo‘lishi mumkin emasligini singdirishi, ularni vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir. Bu sohada mustaqil respublikamiz xalq talimi xodimlarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Tarbiya tamoyillari o’qituvchi va tarbiyalanuvchilarga yo’l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar bo‘lib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilanadi, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilg’or ta’limotlar g’oyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |