Oldingi tahrirga qarang. (1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son) Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Turoperator va turagentlik xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga charter reyslarining tashkil qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun mablag‘lar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;
Xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida yangi turdagi xizmat va mahsulotlar bilan ishtirok etishi uchun turizm sohasi subyektlarini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Fuqarolar yig‘inlariga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” va “Turizm ovuli” maqomini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 8-ilovaga muvofiq;
Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida nizom 9-ilovaga muvofiq;
Turizm sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 10-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang. Tadbirkorlik subyektlariga grantlar berish, kompensatsiya va moliyaviy yordam ko‘rsatish hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining hamkorlari — nodavlat notijorat tashkilotlarini institutsional qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi nizom 11-ilovaga muvofiq;
(1-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Turizm axborot markazlarini barpo etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom 12-ilovaga muvofiq;
“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom 13-ilovaga muvofiq;
“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 14 va 15-ilovalarga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang. Sotishdan tushgan mablag‘larning 50 foizi budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan amaldagi va bugungi kunda foydalanilmayotgan sobiq turizm sohasidagi davlat aktivlari va ular egallab turgan yer uchastkalari ro‘yxati 16-ilovaga muvofiq;
(1-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son) Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning mamlakat turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) 17-ilovaga muvofiq;
Turizm sohasida amalga oshirish tavsiya qilinadigan innovatsion biznes g‘oya va startaplar ro‘yxati 18-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Chora-tadbirlar rejasi bajarilishi ustidan doimiy monitoringni olib borilishini hamda monitoring natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) har oy yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar axborot kiritilishini ta’minlasin.