O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI QOSHIDAGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Kimyo fakulteti
Kimyo yo`nalishi II Kurs 02-guruh talabasi
Rasulov Maqsudbekning
KURS ISHI
“Fizikaviy kimyo” fanidan tayyorlagan
MAVZU:Eritmalarning muzlash harorati. Krioskopiya.
Bajardi: _____________________
Tekshirdi: _____________________
Samarqand-2022
Reja
Kirish
II. Asosiy qism
2.1. Eritmalarning kolligativ xossalari.
2.2. Eritmalarning muzlash harorati.
2.3. Krioskopiya.
2.4 Laboratoriya ishi. Moddalarning molekulyar massasini krioskopik usulda aniqlash.
2.5 Krioskopik konstanta.
III. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Mundarija
KIRISH
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2020-yil 16- oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lumki, kimyo sohasi zamonaviy sanoatning “katalizatori” bo`lib, har qanday ishlab chiqarish negizida kimyovoy jarayonlar yotadi, bu sohasiz iqtisodiyotda taraqqiyot bo`lmaydi. Yig`ilishda tarmoqdagi kamchiliklarni bartaraf etish va kimyo sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Fizikaviy kimyo mustaqil fan bo`lib, u o`zining tadqiqot usullariga ega va kimyo-texnologik fanlarning nazariy bazasidir. Fizikaviy kimyoning ishlab chiqarishdagi ahamiyati kata, chunki biror kimyoviy jarayonni amalga oshirishda uning mexanizmini mukammal bilish lozim. Eritmalar “Fizikaviy kimyo” fani tomonidan o`rganiladigan eng asosiy sistemalardan biri hisoblanadi. Bu sistemalar hayotda va texnikada juda kata ahamiyatga ega., shu sababli ham, fizikaviy kimyo fan sifatida eritmalar nazariyasining yaratilishi natijasida vujudga kelgan. Fizik-kimyoviy nuqtai nazardan eritma deganda nima tushuniladi? Eritma kamida ikkita moddadan (komponentdan) iborat bo`ladi, denak, eritma bir necha moddaning aralashmasidir. Lekin har qanday aralashma ham eritma bo`la olmaydi.
“Fizikaviy kimyo” kursining ushbu bo`limida biz suyuqliklardagi, asosan, suvdagi eritmalarni o`rganamiz. Suyuqliklar labil, ya`ni harakatdagi muvozanatning mavjud bo`lishi bilan tavsiflanadi. Harorat pasayishi bilan bunday agregatlarning barqarorligi ortadi va kristallanish harorati yaqinida suyuqliklar kvazikristall tuzilishga ega bo`lib qoladi. Suyuqliklar bilan qattiq jismlar orasidagi o`xshashlik energetik nuqtai-nazardan ham tasdiqlanadi. Eritmalarning xossalari ularning tarkibiy qismlari tabiatiga hamda miqdoriga ya`ni eritmaning tarkibiga bog`liqligini o`rganishda termodinamika usulidan foydalaniladi Har bir suyuq va qattiq jism biror haroratda o`ziga xos qiymatdagi bug` bosimiga ega bo`ladi. Eritmalar bug`I bosimini ko`rib chiqishda , avval, uchuvchan bo`lmagan, ya`ni odatdagi haroratda bug` hosil qilmaydigan moddalardan foydalanamiz.
Biz bu bobda eritmalarning xossalari, eritma nazariyalari va hokazolar bilan tanishib chiqamiz. Kurs ishimizning mavzusi esa eritmalarning muzlash harorati, ya`ni krioskopiyaga bag`ishlangan bo`lib, shu mavzu bo`yicha tushuntirishlar va laboratoriya ishlari xulosalarini kurs ishida yoritishga harakat qildim.
Do'stlaringiz bilan baham: |