Platforma nomi
|
Dasturlash tili
|
Android
|
Java, qisman C/C++
|
BlackBerry
|
Java
|
iOS SDK
|
Objective – C, Objective Pascal
|
Java ME
|
Java
|
Windows Phone (WP)
|
Visual C++, Visual C#, Visual Basic
|
Marmalade
|
C/C++
|
Python
|
Python
|
FireFox OS
|
HTML5, CSS, JavaScript
|
Mobil qurilmalar uchun OT larning qo‘llanilish ko‘rsatkichlari
Mobil qurilmalar uchun OT larning qo‘llanilish ko‘rsatkichlari
Zamonaviy mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning asosiy funksiyalari
Touchscreen
Cellular
Bluetooth
Wi-Fi
GPS mobile navigation
camera, video camera
speech recognition, voice recorder
music player
near field communication (NFC)
infrared blaster (IR blaster).
Android operatsion tizimi va uning arxitekturasi
Android – bu mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan turli hil ilovalar va xizmatlarni o‘z ichiga olgan operatsion tizim. Android arxitekturasi Java asosida qurilgan bo‘lib, android tizim uchun barcha ilova va dasturlar Java dasturlash tili yordamida yaratiladi1.
Linux kernel – bu Android tizimining yadrosi hisoblanadi va 115 patch dan iborat. Bu asosan tizim funksionalini yaʼni, protsesslar boshqaruvi, xotirani boshqarish, qurilmalarni (displey, kamera, klaviatura va h.k. lar) boshqarish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari tarmoq komponentalarini, qurilmalar drayverlarini boshqaradi.
Libraries – Ilovalarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan kutubxonalardan iborat. Bunga Web browser engine WebKit, maʼlumotlarni saqlash va ilovalararo maʼlumotlarni almashish uchun SQLite database kutubxonasi, audio va video maʼlumotlarni boshqarish uchun Media Framework, internet xavfsizligi uchun SSL kutubxonasi, grafikani boshqarish uchun OpenGL, touchscreen xizmati uchun Surface Manager va h.k. lar. Android Runtime – Dalvik Virtual Machine komponentini boshqarish uchun ishlatiladigan kutubxona hisoblanadi. Bunda har bir ilovaning o‘z protsessida ishlashi taʼminlanadi. O‘z navbatida bu kutubxonalar ilovalar yaratishda Java dasturlash tilini ishlatish uchun ham yordamberadi.
Application Framework – yuqori sathdagi Java sinf va paketlar jamlanmasidir. Bunda tayyor xizmatlardan foydalanish mumkin (Broadcast Receivers, Content Providers, Camera Control va h.k. lar)
Applications – bu foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan ilovalar sathi hisoblanadi (Contacts Books, Browser, Games) Android ilovalarida foydalanuvchi interfeysini yaratishda MVC (Model View Controller) texnologiyasidan foydalaniladi. Bunda model ilova uchun kerakli maʼlumotlarni maʼlumotlar bazasi yoki boshqa manbadan olib beradi va kontroller orqali ilova maʼlumotlari foydalanuvchi interfeysiga yuboriladi.
Android GUI arxitekturasi
Do'stlaringiz bilan baham: |