Grafik tahlili
Quyidagi grafikda neft narxining o’zgarish tendensiyasi ko’rsatilgan:
Keyingi qiladigan ishimiz bu o’zgarishlar uchun korrelogrammani qurishdan iborat bo’ladi,Korrelogrammani qurishdan asosiy maqsad ma’lumotlarimiz biror trend asosida o’zgaryaptimi yoki qatorimiz biror qonuniyatga bo’y sunishini aniqlashdan iboratdir,Trend mavjud bo’lishi uchun qator nostatsionar bo’lishi kerak,Qator nostatsionar bo’lishi uchun korrelogrammadagi dastlabki bir nechta karrelyatsiya koeffitsiyentlari chegaraviy chiziqdan tashqarida yotishi kerak
Avtokorrelyatsiya – bu o’zgaruvchilar orasidagi korrelyatsiya bo’lib, bir yoki undan ortiq laglar orasidagi o’zaro bog’liqlik,
Tenglamasi:
Grafik:
Korrelagrammadan ko’rinib turibdiki, ma’lumotlarimiz trendga asoslanmoqda, chunki dastlabki bir nechta lag orasidagi korrelyatsiya koeffitsiyenti ishonchlilik oralig’idan tashqarida yotganligining guvohi bo’lmoqdamiz, Endi bu trendni tahlil qilishga kirishamiz,
Trend modeli
Vaqt qatoridagi tendensiyani modellashtirishning eng keng tarqalgan usuli bu uning qaralayotgan qiymatining vaqtga bog’liq holda o’zgarishini ko’rsatuvchi analitik funksiyani topish, ya’ni trendni qurishdan iboratdir, Bu usul vaqt qatorini silliqlashning analitik usuli deb ataladi,
Trend- bu uzoq vaqt komponentasi bo’lib vaqt qatori belgilangan vaqt oralig’ida o’zgarishi xususiyatini ko’rsatadi,Chiziqli trend modelidan ham, egri chiziqli trend modelidan ham bir paytda bashorat qilish uchun foydalanib bo’lmaydi, Sababi qaysi birida xatolik kam bo’lsa, o’sha modeldan foydalansak maqsadga muvofiq bo’ladi, Demak bundan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, kvadratik model eng bashorat qilish uchun ishlatsa bo’ladi, Va neft narxining o’zgarishini 99,8% tushuntirib beradi, Bunda modelning ko’rinishi quyidagicha,
Umumiy tenglamasi: Yt = 21,0176 - 0,236855*t + 0,00253335*t2 + 1,3440 E(t-1) - 0,4394 E(t-2) +W(t)
Type Coef SE Coef T P
AR 1 1,3440 0,0581 23,15 0,000
AR 2 -0,4394 0,0581 -7,56 0,000
Shu qoldiqlar oqshovqin uning tenglamasi quyidagicha:
Et = 1,3440 E(t-1) - 0,4394 E(t-2) +W(t);
Endi esa kelgusi joriy yilning kelgusi uch oyiga umumiy bashoratni amalga oshiramiz,buning uchun dastlabki trend modelimiz bashoratiga qoldiqlar bashoratini qo’shamiz,natijada quyidagi ifodaga ega bo’lamiz:
Oylar Bashorat
Iyun 126,6247
Iyul 126,7431
Avgust 126,2469
Ushbu trend modelimizdan shunday xulosaga kelamizki , iyun,iyul oyida neft narxi ozgina o’sadi,ammo avgust oyida yana narxlarning pasayishi kuzatiladi,
Do'stlaringiz bilan baham: |