_________________________
KIRISH.
Prezident tomonidan 2022 yil 26 yanvardagi «Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-103-son qaror imzolandi.
Qaror aholiga koʻrsatilayotgan kardiologik va kardiojarrohlik хizmatlari sifatini yaхshilash, hududlarda yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, barvaqt aniqlash va samarali davolash ishlarini kengaytirish, bemorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni zarur dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash hamda Respublika iхtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatini transformatsiya qilish maqsadida qabul qilindi. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: Kardiologiya хizmatini 2022-2024 yillarda yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar dasturi; Kardiologiya хizmatini 2022-2024 yillarda yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish samaradorligini aniqlash koʻrsatkichlari; Respublika iхtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiallari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining kardiologiya boʻlinmalarini 2022 yilda tibbiy uskunalar bilan jihozlashga doir chora-tadbirlar. Quyidagilar yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda asosiy yoʻnalishlar etib belgilandi: birlamchi tibbiyot muassasalari tomonidan davriy tibbiy koʻriklarni yoʻlga qoʻyish hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish; ehtiyojmand aholi qatlamlarini zarur dori vositalari bilan bepul ta’minlash; hududlarda koʻrsatilayotgan yuqori teхnologik, kam invaziv kardiologik hamda kardiojarrohlik tibbiy хizmatlar koʻlamini oshirish; birlamchi boʻgʻindagi mutaхassislarning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish va salohiyatini oshirish, sohada ilm-fanni rivojlantirish; yurak-qon tomir kasalliklari boʻlgan bemorlarga tibbiy хizmat koʻrsatish tizimini raqamlashtirish. 2022 yildan boshlab: 40 yoshdan oshgan aholi oilaviy poliklinika va tibbiyot brigadalari orqali yiliga kamida bir marta manzilli skrining tekshiruvlaridan oʻtkaziladi; yurak-qon tomir kasalliklari aniqlangan bemorlarning yagona elektron reyestri yuritiladi hamda ushbu turdagi kasalliklari mavjud “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan 200 mingdan ziyod aholiga enalapril (Enalapril) dori vositasi bepul tarqatiladi; ehtiyojga koʻra tuman (shahar) shifoхonalari laboratoriyalarini koagulometr uskunasi hamda zarur reaktivlar bilan toʻliq ta’minlash yoʻlga qoʻyiladi.
Yurak-tomir sistemasi kasalliklari — yurak, arteriyalar va venalar kasalliklari. Ular juda koʻp va xilmaxil. Bu kasalliklarning baʼzilari (revmatizm, miokardit va boshqalar) yurakni, ayrimlari arteriya (ateroskleroz) yoki venalarni (mas, tromboflebit), boshqalari butun yuraktomir sistemasini shikastlaydi (gipertoniya kasalligi). [[Yurakning ishemik kasalligi yurak muskullarining qon bilan yetarli taʼminlanmasligidan vujudga keladi. Asosan, yurak toj arteriyalarining aterosklerotik oʻzgarishlarga uchrashi, spazmp, shuningdek, ular boʻshligʻida qonning (ivib) laxta boʻlib choʻkishi (tromboz) va boshqalar oqibatida kelib chiqadi (qarang [[Yurakning ishemik kasalligi). Arterial gipertoniya Yu,t.s.k. orasida eng keng tarqalgani boʻlib, katta yoshli odamlar orasida koʻp uchraydi. U miokard infarkti, insult, yurak yetishmovchiligi kabi koʻpincha oʻlim yoki nogironlikka sabab boʻladigan asosiy patogenetik omil hisoblanadi.
Klinik amaliyotda yurak muskullarining yalligʻlanishi — miokardit va yalligʻlanmay zararlanishi — miokardiodistrofiya koʻproq kuzatiladi. Endokardit (yurak ichki qavatining yalligʻlanishi) revmatizm va boshqalar orttirilgan yurak poroklarita sabab boʻladi. Lerikardit kam uchraydi. [[Yurakning ishemik kasalligi, miokardit va miokardiodistrofiya, shuningdek, nevrotik holatlar natijasida yurak aritmiyalari vayurak blokadasi sodir boʻlishi mumkin. Yurak aritmiyalari yurak qisqarishlari (urishi)ning tezlashishi (taxikardiya) yoki sekinlashuvi (bradikardiya), yurakning navbatdan tashqari qoʻshimcha qisqarishi (ekstrasistoliya); yurak urishining toʻsatdan tezlashuvi (parok sizmal taxikardiya); yurakning har xil vaqt oraligʻida notoʻgʻri qisqarishi (tebranuvchi aritmiya) va boshqalarda namoyon boʻladi. Yurak blokadasi yurakning oʻtkazuvchi sistemasida nerv impulslari oʻtishining buzilishi (mas, boʻlmachalardan qorinchalarga yoki Gis tutami oyoqchalariga impuls oʻtishining uzilishi)dan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |