Kurs ishi bajardi: Isakulov S. Qabul qildi: Xolliyev A. Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun olib borilgan urush va xalqaro munosabatlar


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Download 0,52 Mb.
bet3/3
Sana12.04.2020
Hajmi0,52 Mb.
#44090
1   2   3
Bog'liq
Isakulov Sayyod kurs ishi


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Tadqiqotning birinchi guruh adabiyotlari: Foote S., Boatner M., Nevins A va lotin amerikasi olimlarining qator tadqiqotlari1 Lotin Amerikasi tarixini, shuningdek, qit’aning tashqi siyosatiga yo‘naltirilgan umumiy muammolarini aks ettiradi.

Keyingi guruh AQShdagi siyosiy jarayonlarni o‘rganuvchi rus mutaxassislarining ishlaridan iborat. Burin S., Kuropyatkin G., Ivanov R., M.V. Dannenberg, K.O. Elbaeva,. E.O. Leino K. Mallarning asarlari va Rossiya Fanlar akademiyasining, Lotin Amerikasi tadqiqotlari instituti ilmiy guruhining tadqiqotlari2 AQShdagi mojarolarning tabiati va evolutsiyasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Yuqorida keltirilgan monografiyalar va ilmiy nashrlarda Qo‘shma Shtatlarning ichki va tashqi siyosatida kechgan munosabatlari tarixiy va iqtisodiy jihatdan ko‘rib chiqilgan.

Mahalliy tadqiqotchilar S.A. Batchikova, V.A. Borodaeva, S.B. Kononuchenko, O.A. Panyushkina, A.I. Sizonenko va K.A. Xachaturovlarning monografiyalarida AQShning xalqaro maydondagi rolini ko‘rsatib berishdan iborat. Yangi zamonaviy dunyoda bevosita AQSh ishtirokida kechayotgan xalqaro munosabatlar aks ettiriladi. Zamonaviy tadqiqotlarda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning savdo-iqtisodiy jihatlariga ko‘proq e’tibor qaratiladi.



Mavzuning maqsadi va vazifalari. Amerika Qo‘shma Shtatlarining tashkil etilishi, ungacha bo‘lgan jarayonlarni yoritish, Amerika Qo‘shma Shtatlarining huquqiy davlatga aylanish jarayonlarini yoritish, AQShda kechgan fuqarolar urushining sabab-natijalarini ko‘rsatish va ilmiy tahlil etib, zaruriy xulosalar chiqarish tadqiqot mavzusining maqsadi bo‘lib xizmat qiladi.

Yuqorida keltirib oʼtilgan mavzuning maqsadidan kelib chiqqan holda, kurs ishining vazifalfrini quyidagicha belgilash mumkin:



  • Amerikada birinchi burjua inqilobi va uning sabablarini ko‘rsatish;

  • 1775-1783 yillarda mustaqillik uchun kurash AQSh ning tashkil topishi jarayonlarini ilmiy jihatdan tahlil etish;

  • AQShda fuqarolar urushining boshlanishi va kelib chiqish sabablari tushuntirish;

  • Amerika Qo‘shma Shtatlarining ichki va tashqi siyosati hamda xalqaro munosabatlartarixini o‘rganish.

Kurs ishining predmeti va tadqiqot obekti. Amerika Qo‘shma Shtatlarida XVIII-XIX asrlarda kechgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar va ularning oʼziga xos jihatlari, ularni mamlakat iqtisodiy taraqqiyotidagi oʼrni va ahamiyati, fuqarolar urushining sabab natijalari kurs ishining tadqiqot obekti boʼlib xizmat qiladi.

Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta mavzu, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatidan iborat.

I BOB. MUSTAQILLIK UCHUN OLIB BORILGAN URUSH ARAFASIDA AMERIKADA IJTIMOIY-IQTISODIY TARAQQIYOT.

I.1. Amerikada birinchi burjua inqilobi va uning sabablari.

Amerika qit’asi Kolumb tomonidan kashf etilgandan keyin, bu hududlarga Yevropaliklar ko‘chib kela boshladilar. 1607-yilda Shimoliy Amerikaning Atlantika sohilidagi hindlar yashaydigan yerlarida birinchi ingliz mustamlakalariga asos solindi.

XVII asr boshlarida Ispaniya Shimoliy Amerikadagi Floridani, Texas, Koliforniyani, bulardan ham oldinroq butun Markaziy va Janubiy Amerikani bosib oldi. Fransuzlar Kanadada (1604-yillardan boshlab) Missisipi daryosi havzasiga Luizianada (1699-yildan boshlab) o‘rnashib oldilar. Doimiy mustamlakaga aylantirish 1607-yildan, ya’ni Virginiya deb nomlanadigan mustamlaka barpo qilingandan boshlandi1.

“May guli” kemasida kelgan mustamlakachi-puritanlar (ziyoratchi ruhoniylar) 1620-yilda Nyu-Plimutga asos soldilar va uni 1691-yildan Massachusetesga qo‘shib oldilar. Shundan keyin tez-tez poseleniyalar vujudga kela boshladi, ular asta-sekin qo‘shilib, shimolda Nyu Gempshir (1622), Massachusetes (1628), Konnektikut (1634-1637), Rod-Aylend (1636-1643), Nyu-Geven (1637-1643) nomli mustamlakalar vujudga keltirildi. Bu mustamlakalar –Yangi Angliya deb atalib, Angliya burjua inqilobi boshlanib ketishi natijasida mustamlakalar bilan metropoliyalar o‘rtasidagi aloqa zaiflashib, hindular bilan kurash kuchayib ketganligi tufayli bu mustamlakalar ichki boshqarish ishlarida to‘la mustaqillikni saqlaganliklari holda, “Yangi Angliyaning birlashgan mustamlakalari2” (1642-1643) degan nom bilan ittifoq tuzdilar.

Boshqa malakatlarning shimoliy amerikadagi mustamlakalaridan farq qilib, inglizlarga qarashli hududlarni aholisi tezroq ko‘paymoqda edi.

Bunga Angliyadagi dehqonlarning yerdan mahrum qilinishi natijasida ularning mustamlakalarda migratsiyasining kuchayishi, shuningdek diniy ta’qiblar sabab bo‘ldi. Hatto Gollandiya mustamlakalarida aholisining yarmiga yaqinini inglizlar tashkil qilar edi. Bularning hammasi ingliz mustamlakalarini yanada mustahkamladi va burjua inqilobidan keyin Angliyani Shimoliy Amerikadagi o‘z raqiblarini asta-sekin surib chiqrish imkoniyatini yaratib berdi. 1664-yildayoq Angliya Yangi Gollandiyani va uning Yangi Amsterdam shahrini bosib oldi, uni keyinroq Nyu-York deb atay boshladilar. 1754-yildayoq Shimoliy Amerikada Fransiya bilan harbiy to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, ikki-yildan keyin esa yetti yillik urush boshlanib, bu urush Fransiya mag‘lubiyati bilan tugadi. Mustamlakalarda bir million kishi yashar edi, ular orasida 300 mingdan ortiqrog‘i qul negrlar edi. XVIII asr 60-yillarida aholi soni mustamlakalarda tez sur’atlarda o‘sib bordi, buning natijasida mustamlakalardagi aholi soni 2.6 million kishiga yetdi, shuning 500 mingga yaqinrog‘i negrlar bo‘lib, negrlarning 90 % i qullardan iborat edi. Feodallar zulmi va qashshoqlikdan qutilish uchun Yevropadan qochib kelganlar, Angliyaning Shimoliy Amerika mustamlakalarida ham tilaklariga yetolmas edilar, ularning ko‘pchiligi mustamlakachi burjuaziya va quldor platatorlar tomonidan shafqatsiz ekspluatatsiya qilinar edi.

Amerika burjua tarixchilari ta’riflaganidek Shimoliy Amerika orzu qilingan yer va ozodlik beshigi emas edi, albatta.

Angliya Va Gollandiyadan kirib kelgan burjua munosabatlari ekspluatatsiyaning kapitalizmgacha bo‘lgan shakllari bilan ya’ni feodalizm, quldorlik elementlari bilan muayyan chatishib ketgan edi. Kapitalistik tuzumning vujudga kelish davrida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkabligi aholining sinfiy qiyofasining ham xilma-xil qilib qo‘ydi.

Nyu-York mustamlakasida 2.5 million ar yer yirik yer egalari qo‘lida edi, ulardan biri Jonsonning 50 ming ar yeri bo‘lib, Shimoliy Karolinada butun mustamlaka yerlarning 1/3 qismi Lord Prenvill qo‘lida edi1. Massachusetsdagi Papperelning yeri butun qirg‘oq bo‘ylab 30 milga cho‘zilgan edi. Yirik yer egalari yerlarni nasldan-naslga qoldirish sharti bilan ijaraga berar yoki kichik-kichik bo‘laklab sotar edilar.

XVII asrning 30-yillarida qirol buyrug‘i bilan yangi hududlarga ijozatsiz ko‘chib borish, yerlarni bosib olish, chegara posyolkalaridan tashqariga chiqish ta’qiqlandi. Buning ustiga mustaqillik uchun olib borilgan urush arafasida Allegangacha bo‘lgan barcha yerlar egallab olingan edi. 1763-yili qirol buyrug‘i bilan Allegandan nariga ko‘chib borish ta’qiqlandi.Shunday qilib yer masalasi juda katta ahamiyat kasb etib, mustamlaka zulmiga qarshi kurashning va inqilobning asosiy sabablaridan biri bo‘ldi. Skvaterlik progressiv voqea bo‘lsa ham, uning Amerika inqilobiga chuqur ta’sir qoldirgan tomoni ham bor edi.Ammo bosib olinayotgan yerlar, Amerika burjua tarixchilari e’tirof etganidk, bo‘sh yerlar emas edi. Bu yerlarni kolonistlar teng bo‘lmagan bitimlar tuzish yoki ochiqdan-ochiq kuch ishlatish yo‘li bilan hindulardan tortib olgan edilar, bu tortib olingan yerlarda kolonistlarning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik edi. Hatto Yangi Angliyaning sanoati eng rivojlangan hududlarida ham aholining 90 % qishloq xo‘jaligibilan shug‘ullanar edi1. 1790-yilda birinchi marta ro‘yxatdan o‘tkazilganda, 8 mingdan ortiq aholisi bo‘lgan shaharlarda butun aholining 3,3 % yashagan ishchilarning ahvoli esa juda og‘ir, biroq Yevropadagi ishchilarning ahvolidan tuzukroq edi2. Ish kuni tong otardan to quyosh botgunga qadar davom etardi va barcha mustamlakalarda ma’murlar ish haqini belgilab qo‘ygan edilar.

I.2. 1775-1783 yillarda mustaqillik uchun kurash AQSh ning tashkil topishi.

1765-yilda Angliya parlamenti mustamlakalarga qarshi qaratilgan ikkita qonun qabul qildi. Bulardan biri qo‘shinlarni joylashtirish qonuni bo‘lib, bu qonun ingliz hukumatiga mustamlakalariga cheklanmagan miqdorda qo‘shinlar yuborish va ularni aholi uylariga joylashtirish huquqini berar edi. 2-qonun har qanday hujjatlar, gazetalar, broshyuralar, e’lonlar ustidan gerb solig‘ini solish to‘g‘risida edi1.

Bu qonunlar mustamlakalarda juda katta g‘azab uyg‘otdi va burjua elementlarining qarshi ta’sir ko‘rsatishiga qaramay, ommaviy g‘alayonlarga aylanib ketdi. Bostonda hurriyat rahbarlarining farzandlarining rahbarligi ostida ishchi va hunarmandlarning g‘alayonlari 13-avgustdan 18-avgustgacha davom etdi. Mitinglar o‘tkazishdi, kechasi mash’allar yoqib yurishlar qildilar. Chinovniklarning uylariga o‘t qo‘ydilar, sud arxivlarini yoqib yubordilar. Gubernator yuborgan qurolli otryadlar haydab yuborildi. Gubernatorning yordam yuborish to‘g‘risidagi iltimosiga politsiya boshlig‘i mening odamlarimni endi topib bo‘lmaydi: ular xalqqa qo‘shilib ketdi, deb javob berishi ahvolning naqadar tang ekanligini ko‘rsatdi2.

Xalq harakatidan qo‘rqib ketgan mansabdorlar o‘z lavozimlaridan voz kechdilar. G‘arb to‘g‘risidagi qonun kuchga kirgach 1-noyabr kuni yangidan xalq g‘alayonlari ko‘tarilib ko‘p kishilik mitinglar va namoyishlar uyushtirildi, gerbli qog‘ozlar kuydirib yuborildi. Xalq “Umumiy ittifoqlik” yoki o‘lim!, erkinlik yoki o‘lim kabi degan shiorlar bilan kurashni kuchaytirdilar3.

Mustamlakalardagi bu harakatlar xalqning qanday kuchga ega ekanligini ko‘rsatdi va ko‘p o‘tmay gerb qonunining bekor qilinishiga kattagina yordam berdi. Mustamlakalar vakillari kongressni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi. Gubernatorning taqiqlashiga qaramay kongress 1675-yil 7-oktyabrda Nyu-Yorkda ochildi.

Yuqori tabaqalar petitsiya bilan murojaat qilib, hech narsaga erishib bo‘lmasligini ma’lum qildi. Oktyabr oyi oxirlarida ingliz tovarlari butun mustamlakalarga yoyildi. Metropoliya burjuaziyasi mustamlaka bozorlaridan mahrum bo‘lib qolishdan qo‘rqib mustamlakalar bilan bo‘lgan nizoni tezroq bartaraf qilinishini talab qildilar. 1766-yil martida gerb solig‘i to‘g‘risidagi qonun bekor qilindi.

Ammo shu bilan ingliz parlamenti ilgarigi qonunlarga asosan mustamlakalarga soliq solish huquqi saqlab qolganligi qayd qilindi. qo‘shinlarni joylashtirish qonuni va boshqa qonunlar kuchda qoldi. Tounshend qonuniga binoan 1767-yil bir qancha tovarlarga bojxona to‘lovi joriy qilindi. To‘lovdan tushgan daromad mansabdorlar va harbiy ma’murlarning ta’minotiga sarflanar, shu bilan ular kolonistlardan mustaqil bo‘lib qolgan edilar.

Jazo choralari kuchaytirilib g‘alayonni bostirish va qo‘zg‘olonni oldini olish 1768-yil Bostonga harbiy yordamchi kuchlari bilan to‘la kemalar kirib keldi1. So‘ngra hukumat siyosiy jinoyatlarda ayblangan kolonistlarni Angliyaga olib ketib, o‘sha yerda sud qilishni buyurdi, ma’murlarga qarshilik ko‘rsatgan mustamlaka majlislari tarqatib yuborildi.

Bu tadbirlarning hammasi kolonistlarning g‘azabini oshirdi. Mustamlakalarda ko‘pgina pamfletlar paydo bo‘ldi. Mitinglar va maxfiy yig‘ilishlar oddiy tusga kirib klublar va maxfiy jamiyatlarning faoliyati ancha jonlandi. Vashington gubernatori tomonidan taqatib yuborilgan Virginiya majlisi ba’zi deputatlarning tashabbusi bilan ingliz tovarlariga bokot e’lon qildi. Ingliz tovarlarini Shimoliy mustamlakalariga olib kelib sotish 1768-yilgi 1363 funt sterlingdan, 1769-yilda 504 ming funt sterlingga tushib qoldi2.

Kolonistlar qo‘shinining olib chiqib ketilishini, o‘zlarining huquqlarini poymol qiluvchi qonunlarning bekor qilinishini talab qildilar. Parlament taushend qonuni bekor qilish bilan Yana qisman yon berishga majbur bo‘ldi. Mustamlaka burjuaziyasi kurashning passiv metodlarini mahkam ushlab olgan edi va hukumatga qisman yon berish bilan qanoatlanishga rozi edi. Biroq mehnatkashlar harakati tobora inqilobiy tus olmoqda edi. 1763-yilda Shimoliy Korolinada tenglashtiruvchilar nomi bilan mashhur bo‘lgan fermerlar harakati boshlanib ketdi. 4 yil davom etgan bu kurash qatnashchilari qonga botirildi. 1768-1774-yilda Allegan shtatidagi fermerlar ingliz harbiy kuchlariga ochiqdan – ochiq kurash olib bordilar.

Sharqiy hududlarda ayniqsa Massachusetsda ishchilar, hunarmandlar va fermerlar metropoliyaning faol tarafdorlarini ushlab olib, qattiq jazolay boshladilar. 1768-yilda Massachusetsda oq tanli qullarning g‘alayoni ko‘tarildi. Qo‘shinlar bilan to‘qnashuvlar tez-tez bo‘lib turdi. Bostonda 1775-yil 5-mart kuni aholi bilan to‘qnashuvlar vaqtida askarlar 4 ishchini o‘ldirdilar va 5 kishini yarador qildilar. O‘ldirganlar orasida qochoq negr Attaks yuor edi. O‘ldirilganlar dafn marosimi xalq namoyishiga aylanib ketdi. “Boston qotilligi” inqilobiy jarayonlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Nihoyat inqilobiy vaziyat yetilib kelmoqda edi1.

Inqilobning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari ishchilar, hunarmandlar va fermerlar bo‘lib, bular birgina mustaqillik uchun kurashmasdan, shuningdek iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy huquqlar uchun ham kurashdilar. Biroq xalq ommasi uyushmagan edi. Ommaning harakatlarga rahbarlik ishlarini yirik burjuaziya bilan quldorlar o‘z qo‘llariga olgan edilar, ular o‘z navbatida xalq inqilobidan qo‘rqar, toji-taxt bilan kelishib qo‘ya qolmoqchi edilar. Ularning maqsadi metropoliyaning hukumron sinflari ega bo‘lgan huquqlarga ega bo‘lish edi, xolos.

Metropoliyaning murosasizligi hamda xalqning ishchilar, hunarmandlar va fermerlarning avj olib ketgan qurolli kurashi ostida sinfiy kuchlar tobora tabaqalarga bo‘linib ketayotgan edi. Quldorlar, yirik burjuaziya, ruhoniylarning bir qismi ommaviy harakatlarni keng quloch yoyib ketayotganligidan qo‘rqib ketib, royalistlar lagerga o‘tib ketdi va qirol tomonda turib kurashdi.



Biroq ikkilanish va og‘ishlar yo‘lini bosib o‘tgan burjuaziyaning bir qismi har holda metropoliyaga qarshi kurashga boshchilik qildi, ammo xalq harakatini keng quloch yoymasligiga tirishdi.

Xalqdan qo‘rqib qolgan bu burjuaziya ommadan o‘z manfaati yo‘lida foydalanib, o‘zining cheksiz hukumronligini o‘rnatish uchun payt poylar edi. 1775-yil 9-mayda Filodelfiyada ochilgan ikkinchi kontinental kongresda hukumron guruh burjuaziya va plantatorlar vakillari, ya’ni mo‘‘tadillar bo‘lib ular Vashington Radolf, T.Jefferson, P.Genri, S.Adams va boshqalar edilar. Bular yangi burjuaziya demokratlarning o‘z tashkilotlari ham yo‘q edi, ular o‘zaro kelishmasdan ish ko‘rar edilar. Shunga qaramay, kongress ularning tashabbusisiz to‘plangan armiyani vaziyat ostida o‘z qaramog‘iga olib, Jorj Vashingtonni bosh qo‘mondon etib tayinladi.

J.Vashington (1732-1799) Virginiyalik senatorlarning boy aristokrat oilasidan chiqqan ma’lumotli kishi edi. Uning akalari Ogayo yer kompaniyasiga boshchilik qilar, bu kompaniya 18 yashar Jorjni dastlab yer o‘lchovchi qilib tayinlagan edi. Bu yerda u yigitlik chog‘idayoq hindular bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda ko‘ngilli askarlar ko‘mondoni sifatida, 1754-1756-yillarda uncha katta bo‘lmagan otryadlari bilan bo‘lgan janglarda dong chiqargan edi. Vashington sof vijdonli g‘ayratli va jasur kishi bo‘lib, juda katta tashkilotchilik qobiliyatiga ega edi1.

U kamgap, vazmin, o‘zining hamkasblariga hamda qo‘l ostidagi xodimlariga talabchan, g‘amxo‘r va haqiqiy vatanparvar edi.

Kongress umumiy armiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilib, shu bilan bir vaqtda qirolga petitsiya yubordi. Petitsiyada kongress o‘z sadoqatini ta’kidlagan va barcha masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilishni so‘ragan edi.

Shuningdek, ingliz xalqiga qarata murojaat ham qabul qilgan edi. Angliya mustamlakalaridagi xalq bir-birovlari bilan urush olib borishga qarshi bo‘lib, kolonistlar kurashiga xayrixohlik ko‘rsatmoqda edilar. Ularni mustamlakalaridagina emas, balki, Angliyaning o‘zida ham hukum surib kelayotgan reaksiya va zulmga qarshi kurash zarurligini tushinish tuyg‘usini birlashtirar edi. Angliya o‘z qo‘lida mustamlakalarni boe berishdan qo‘rqan va mustamlakalar bilan savdoning keskin tushib ketganligi natijasida ziyon ko‘rgan burjuazyaning ma’lum bir qismi, parlamentga yuborgan petitsiyalarida nizoni bartaraf qilishni keskin talab qilgan edi. Angliya hukumati ushbu talablarni rad etib, mustamlakalarni isyon holatida deb e’lon qildi. Muntazam armiya 55 ming kishiga, flotning shaxsiy sostavi 28 ming kishiga yetkizildi1.

Ingliz burjuaziyasi hamma vaqt birovlvrning qo‘li bilan urush qilishni yaxshi ko‘rar edi. Nemis hukmronlari tomonidan Angliyaga sotilgan 29 ming nemis soldati Amerikaga jo‘natildi. Iingliz ma’murlari hindu qabilalarini va plantatorlar qaramog‘idagi negirlarni kolonistlarga qarshi otlantirishga harakat qildi. Biroq hindu qabilalarining ko‘pchilik qismi Angliya tomonida o‘tib, Oneydo qabilasi qo‘zg‘olonchilarni qullab quvatladi, irokezlar esa o‘zlarini betaraf deb e’lon qilgan bo‘lsa, negirlarning ko‘pchiligi inqilobning tarafdorlari edilar.

Mustamlakalarda o‘z tarafdorlarini ko‘paytirish, qo‘zg‘olonchilar o‘rtasida ixtilof chiqarish va ularning kuchlarini zaiflashtirish uchun inglizlar ig‘vo qilish va pora berib o‘ziga og‘dirib olish usulini ishga soldilar.1775-yilning oxirlarida 20 mingga yaqin royalistlar metropoliya tomonida turib urishdilar. Royalistlarning qurolli kurashga o‘tishi va ko‘pgina ruhoniylarning inqilobga qarshi tashviqoti avj oldirib yuborilganligi tufayli kongres 1776-yil 2-yanvarda ular ustidan nazorat qilishni mahalliy ma’murlar zimmasiga topshirishdi. Shundan so‘ng ularni qurolsizlantirish (1776 yil mart) va mol mulkini musodara qilish (1777 yil noyabr) to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Mamlakatning deyarli hamma joylarida tuzilgan xafsizlik komitetlari bu qaror chiqishidan ilgariyoq royalistlarni qamoqqa olib, mol mulklarini musodara qila boshlagan edilar.

Kongress singari kontinental armiya ham, payt poylash va mudofaa taktikasini qo‘llayotgan edi. To‘g‘ri, Kanadani bosib olishga urinib ko‘rildi, bu esa mustamlaka burjuaziyasinigg eng muhim siyosiy va strategik vazifasi edi. Biroq bu urinish to‘la muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. 1776-yilning boshlarida Vashington, uning sustkashligidan juda ko‘p norziliklar tug‘ilganligi tufayli Bostonni olishga tayyorgarlik ko‘rish boshlandi. Bostonni qamal qilish uchun armiyaning barcha asosiy kuchlari bir joyga to‘plandi va ingliz qo‘shinlari Dorchestr tepaliklarini qo‘lga kiritish yo‘lidagi urinishlarni muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqqanidan keyin 17-martda Bostonni tashlab chiqib ketdilar. Ingliz kemalariga qarshi qo‘zg‘olonchilarning qurolli qismlari jang qildilar, qo‘lga tushirilgan qurollar va kiyim kechaklar qo‘zg‘olonchilar armiyasini ta’minlanishiga sarf qilinar edi. Mustamlaka qo‘shinlari yomon qurollangan, arteleriya oz, ko‘pincha eng zarur kiyim va oziq-ovqatlar yetishmas edi. Sanoat urush talablariga tezda moslasha olmasa ham, lekin urushning borishida ancha yutuqlarga yerishdi. Qishloq xo‘jaligiga urush juda kam ta’sir qildi. Shunday bo‘lsada ko‘p joylarda ayniqsa, shaharlarda va janubiy mustamlakalarda qo‘shinlar va xalq ochlikdan azob chekayotgan edi. Narxlarning oshib va chayqovchilikning misli ko‘rilmagan darajada kuchayib ketganligi natijasida mehnatkashlar ommasining ahvoli og‘ir edi. Burjuaziya va yirik er egalaridan iborat vatanparvarlar Amerika qog‘oz pulidan ingliz tillasini afzal ko‘rar, Amerika aholisi ochlikdan halok bo‘layotgan bir paytda ingliz qo‘shinlarini ta’min qilar edi. Vashingtonning o‘zi 1775-yilda bunday degan edi: Fuqarolik burchini, odamgarchilikni bu qadar unutib yuborish, bu qadar chayqovchilik, foyda olish uchun bu qadar hiyla ishlatish hollarini men hech qachon ko‘rgan emasman.

Vakolatli hukumatning va boshqaruvning markazlashtirilmaganligi, provinsializm ruhining va mustamlakalar o‘rtasida ziddiyatlarining hukm surishi ham halokatli ta’sir ko‘rsatdi. Mustamlakalar tamoman mustaqil bo‘lib, ular qo‘shinlar ta’minotini tashkil etishlari kerak edi, lekin urush ularning territoriyalariga yetib bormaguncha bu ishni qilishga shoshilmadilar. Barcha qiyinchiliklarni bartaraf qilib va engib chiqish uchun birlashgan davlatlar barpo qilish kerak edi. Lekin bu uchun oldin mustaqillik e’lon qilinishi lozim edi. Keng xalq ommasining eng yaxshi ijtimoiy hayotga erishish yo‘lidagi umidlarimustaqil respublika e’lon qilinishi bilan bog‘liq edi. Xalqning va burjua demokratlarning mustaqillik haqidagi talablari klublarda va gazetalarda qat’iyroq qilishda 1776-yil yanvarida nashr etilgan va ikki oy ichida 120 ming nusxa sotilib bo‘lgan “Tetik fikr” degan pamflet katta rol o‘ynadi. Uning muallifi inqilobchi-demokrat T. Pein (1737-1809) Angliyada hunarmand oilasida tug‘ilgan qobiliyati tufayli u mustaqil o‘qish bilan kuchli publitsist va jamoat arbobi bo‘lib etishgan shaxs edi.

Pein 1775-yilning noyabridayoq kongress tomonidan ta’sis etilgan maxfiy komitet sekretari vazifasida ishlay boshladi. Keyin u demokrat general Nataniel Grinning yordamchisi sifatida urushda qatnashdi. Pein va boshqa demokratlar propganda qilgan mustaqillik talabi rad qilib bo‘lmaydigan talabga aylandi. Kongress ikkilanib turganda Shimoliy Korolinada, Virginiyada va boshqa mustamlakalarda 1776-yilning aprel-mayida mustaqillik e’lon qilindi. Mustamlakalar o‘zlarini shtat deb e’lon qildilar. O‘shanda kongress ham 1776-yilning mayida qaror qabul qilib, unda mustamlakalarga Angliya bilan aloqa bilan aloqani uzish tavsiya qilingan edi. Nihoyat, 1776-yilning iyunida kongress “Mustaqillik dekloratsiyasi” qabul qildi. Dekloratsiya loyihasi burjua demokratik ruhda yozilgan edi, lekin u kongressning o‘ng qism a’zolari tomonidan o‘zgartirilib yuborildi. Munozara faqat mustaqillik ruhida emas, balki davlatning harakteri to‘g‘risida ham edi. Mustaqillik dekloratsiyasi kishilarga juda katta imkoniyat yaratib bergan hujjat edi.

Demokratik ruhdagi bu dekloratsiya xalqning katta g‘alabasi edi, chunki kurash avjiga chiqqan paytda xalq ommasi shu qadar dahshatli kuch ediki, kongress demokratlari ular bilan hisoblashishga majbur bo‘ldilar. Inqilobning birinchi davri mustaqillik e’lon qilinishi bilan tugadi va yangi davr respublika davr boshlandi. Tarkibi bir qadar yangilangan kongress eshdi milliy ta’sis deb nomlandi. Konstitutsiyani ishlab chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish, soliq-moliya masalasini va yana boshqa turli masalalarni hal qilish kerak edi. 1775-yilda mustamlakalarda 8 ming, 1781-yilda 56 ming ingliz qo‘shini bor edi. Manbalarda aytilishicha, urush harakatlarida 30 minggacha kishi qatnashgan. Urush mobaynida Angliya Amerikaga hammasi bo‘lib 90 mingga yaqin soldat yuborgan1. O‘z xo‘jayinlari tomonidan sotilgan yollanma askarlarga ishonib bo‘lmas edi. Biroq urush 6-yilga cho‘zilib ketdi. Nihoyat respublikada qulay xalqaro vaziyat vujudga kelganligi tufayli, qurollangan xalqning faollik ko‘rsatishi, jumladan, partizanlar harakati tufayli g‘alabaga erishdi. 1776-yil avgustida Bruklin yonidagi jangda Vashington armiyasi mag‘lub bo‘ldi. 15 sentyabrda Nyu-Yorkni, noyabrda bir nechta qal’ani topshirdi. Undan keyin Delaver daryosini ortiga chekindi. Ko‘p amerkalik askarlar asir tushdi. Yil oxirida respublika tang ahvolga tushib qoldi. Ammo 1777-yilning boshlarida Vashington o‘z mavqeini tiklab qolishga erishdi. Kongress Yorktaunga ko‘chdi. Burjua tarixchilari bu mag‘lubiyatga general Li qilgan xiyonat sabab bo‘lgan deb baholaydilar. Ammo g‘alabaga inqilobiy yo‘l bilan erishish mumkin edi. Chunki mo‘‘tadil armiyaga xalq ishonmas edi. Ahvol keskinlashgan paytlrda xalqning o‘zi mustaqil ravishda ish ko‘rgan. Ingliz armiyasi Kanadadan o‘tib N’yu-York shtati orqali hujum qilish vaqtida, respublika qo‘shinlariga aristokrat Skviller ko‘mondonlik qilgan edi. Shundan keyin ushbu qo‘shin tarkibida jang qilishga ahd qilib, juda ko‘p kishilar qo‘shila boshladilar. Natijada 1777-yil 17-oktyabrda Saratog yonidagi jangda respublika qo‘shinlari ingliz qo‘shinlarini tor-mor keltirdilar. Bu g‘alaba mamlakatning xalqaro ahvolini yaxshiladi va nihoyat 1783-yilda sulh tuzildi. Angliya AQShning mustaqilligini tan olishga majbur bo‘ldi.

Xalqni itoatda saqlash uchun Shimol kapitalistlari va Janub quldorlari markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash, pul sistemasini va savdo to‘g‘risidagi qonunlarni tartibga solish, boylar mafaatlarini ko‘zlab er uchastkalarini sotib olishni ta’minlash va G‘arbdagi yangi yerlarni bosib olish uchun bir qator hiyla nayranglar o‘ylab topdilar. To‘rt oy davom etgan munozaralardan keyin ishlab chiqilgan konstitutsiya AQSh tarixida muhim rol’ o‘ynadi. Bu konstitutsiyada inqilobning demokratik tendensiyalari o‘z ifodasini topgan bo‘lsada, Amerika xalqining takliflari o‘z ifodasini topgan emas edi. Bu muhim tarixiy xujjat edi. 1787-yilgi konstitutsiyaga binoan AQSh federal davlatga aylandi. 1787-yili Ta’sis konventi AQSh konstitutsiyasini qabul qildi, u davlat tizimi to‘g‘risidagi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud prokuratura organlariga bo‘linishi, ular o‘rtasidagi bog‘liq jihatdan amaliy ahamiyat kasb etdi1. Jorj Vashington AQShning birinchi prezidenti etib saylandi, o‘sha davrning ulug‘ siymolari T.Pein, B.Franklin, T.Jefferson AQSh davlatini tashkil etish va uni idora qilish an’analarini shakllantirdilar. Xalq hal qiluvchi inqilobiy rol o‘ynadi. Mustaqillik uchun olib borilgan urush davrida demokratik elementlar kuchli bo‘lsa-da, burjua inqilobi harakteriga ega edi. Milliy davlatning barpo qilinishi feodal qoldiqlarning tugatilishi va majburiy mehnat sistemasining yo‘q bo‘lishi hamda qullikning man qilinishi xalqning manfaatlariga to‘liq javob berar edi.

II BOB. MUSTAQIL AQSH DAVLATI TASHKIL TOPGANDAN KEYING SIYOSIY, IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLAR

II.1. AQShda fuqarolar urushining boshlanishi va kelib chiqish sabablari

Shimoliy Amerikadagi fuqarolar urushining urug‘i ancha oldin, xali XVIII asrda milliy mustaqillik uchun boshlangan kurash davrida yetilgan edi. Uning natijasida kapitalistik bilan bir qatorda qulchilik ham rivojlanib, u "kapitalizm ustidagi yovvoyi o‘t" edi. Qulchilikning rivojlanishi shunga olib keldikim, XIX asrning 30-yillarida Amerika demokratiya respublikasi janubdagi quldor-plantatorlar qulida edi. Quldorlarning manfaati "Qo‘shma shtatlar tashqi siyosatining "yo‘lchi yulduzi" bo‘lib qoldi.

Tashqi siyosat janubliklarning qo‘lida bo‘lgach, ular o‘zlarining xohicha ish tutib, bosqinchilik, zo‘ravonlik siyosatini qo‘llab, o‘zgalarning yerini istilo qilishga bel bog‘ladilar. Paxtakor-yerdorlarning talabiga ko‘ra Qo‘shma Shtatlar bosqinchilik harakatini boshlab, 1810-1812-yillarda G‘arbiy Floridani bosib oldi. 1818-yili Sharqiy Floridani olish uchun urush boshladilar. 1845-yili Meksikadan Texasni tortib oldilar va 1846-1848-yillar Meksika bilan urushib, uning eng serxosil yerlarini tortib oldi, hududini ancha kengaytirgach, 1854-yilga kelib ular Kubaga bo‘lgan talablarini qo‘ydi. Zamonlar o‘tishi bilan qulchilik va kapitalistlar birga yonma-yon yashadi. Vaqti kelib bu «ikki ijtimoiy tuzum»ning to‘qnashuviga olib keldi, 1860-yilga kelib Qo‘shma Shtatlar parchalanib ketdi endi ularni «ajralgan shtatlar»-deb atadilar. Ana shunday ijtimoiy kelishmovchilik davrida Qo‘shma Shtatlarning Janub va Shimol diplomatlari asosiy omil bo‘lishlari kerak edi1.

Shimol va Janub o‘rtasidagi kuchlar nisbati teng emasdi Janubning kuchi bir muncha kam edi. Shimolda 23 ta shtat bo‘lib, uning 22 mln axolisi bor edi, Janubda esa 11 shtat bor edi, unda 9 mln axoli yashardi. Bulardan 4 mln negr qullar edi. Janubning maqsadi qulchilikni saqlab qolish edi. A.Linkolinni AQShning prezidenti qilib saylanishi Janub quldorplantatorlarning qo‘zg‘olon ko‘tarishiga sabab bo‘ldi. 1860-yilning 20-dekabrida Janubi Karolina Ittifoq tarkibidan chiqdi. 1861-yil yanvari
davomida yana beshta qulchilik shtati: Messisipi. Florida, Alabama, Georgiya va Luiziana. 1-fevralda esa Texas chiqdi.
4-fevralda quldorlik shtatlarinnng vakillari Montgomer (Alabama.sht.)
shaxrida Kongressga to‘planib. "Amerika shtatlarining Konfederatsiyasi" degan nom bilan alohida davlat tuzdilar. Kongress muvaqqat konstitutsiya qabul qildi. Unda shunday deyiladi: Ittifoq Shtatlari yangi "hududlar" orttirishi mumkin. Kongress qonunlar qabul qilishi, yangi xukumat tuzishi mumkin va x.k.

Hududlarni to‘xtovsiz kengaytirish, eski chegaradan tashqari bo‘lgan
joylarda qulchilikni to‘xtovsiz ko‘paytirish Ittifoq quldorlik shtatlarining hayot qonuni edi. Janubdagi chiqariladigan mahsulotlar - paxta, tamaki, shakar va shu kabilarni qullar ishlab chiqarardi, bu mahsulotlarni ko‘proq tayyorlash uchun katta guruh qullar, ommaviy ravishda keng ko‘lamdagi serhosil yerlarda qul mehnatiga asoslangan holda ter to‘kib ishlashi kerak bo‘lardi.

XIX asrning birinchi yarmida plantatsiya xo‘jaligi zo‘r berib rivojlandi,
qullar soni ko‘paydi, asr boshida Janub shtatlarida 1 mln qul bo‘lgan bo‘lsa,
1860-yillarga kelib, ularning soni 3,5 mlnga yetdi. Plantatsiyalar borgan sari
yangi yerlarga yoyilib bordi. Asosiy maxsulot paxta, o‘nga talab juda katta edi, haridorlar Yevropa va Shimol shtatlarining korxonalari paxtaga ko‘z tikib turardilar. 1860-yilda 20 mln. 1840-yilda 100 mln va 1860-yilda 1.5 mlr. Funt paxta xorijga chiqarilgan edi1.

Janub bilan Shimol o‘rtasidagi kurash, bu ikki ijtimoiy tuzum -qulchilik
tizimi va erkin mehnat tizimidir. Bu ikki tuzum bir-biri bilan yonma-yon turib, yashab olmasdi, urush kelib chiqishi muqarrar edi. Shimol rivojlangan sanoatga ega edi. Janubda esa bu narsa umuman boshqa edi. Shimolda keng rivojlangan temir yo‘l izlari, kemalar suzadigan kanallarining borligi, bu katta kuch edi. Agarda urush uzoq chuzilsa. Janubning g‘alaba qilishi uchun biror-bir ishonchi yo‘q edi1.

Janubliklar urushni boshlar ekan, g‘alaba qilishga ishonar edilar, ularning xisob-kitobi kuyidagicha: birinchidan uncha katta bo‘lmagan Federal qo‘shinlarning qumondonligi plantator-quldorlarning qo‘lida ekanligi, ularning taxminicha qurolli muntazam kuchlarni olg‘a surib, ularga otliq militsiya to‘dalarini qushib, yashin tezligida xujum bilan Ittifoqning poytaxtini egallash edi, xamla Angliya Fransiya qurolli kuchlarining hukumini kutayotgan edilar, ularning taxminicha bu intervensiya yoki qurolli hujum muqarrar edi. Ingliz burjuaziyasi Amerikadagi xavfli raqibi bo‘lgan sanoatchi shimoliysharq va g‘arbiy shtatlarni yo‘qotishga harakat kilardi. Agarda Janub Qo‘shma Shtatlarning shimoli ustidan g‘alaba qozonsa, shtatlarning xammasi yana Angliyaning mustamlakasiga aylanar edi. Fransiya ham o‘ziga Amerika hududidan mustamlaka orttirishga intilayotgan edi.

Shunday qilib, janubchilarning xisobi o‘z kuchlari bilan g‘alaba qilish emas, balki Angliya va Fransiyaning qurolli bosqinchilik harakati va ularning
yordamiga tayanar edi.

1858-yilning 4-martida Janubning siyosiy arboblaridan biri, janubni Karolinalik senator Djon Gammond shunday degandi: «Zambarakdan bitta ham o‘q uzmasdan, qilichimizni qinidan sug‘irmasdan jahonni tiz chuktirishimiz mumkin, bizga qarshi hech kim urush boshlay olmadi. Agar biz uch yil paxta bermasak, nimalar bo‘lishi mumkin? Angliya albatta Janubni himoya qilish uchun butun jahonni safarbar qilishi mumkin, paxta bilan xech kim urusha va o‘ynasha olmaydi. Yer yuzida paxta bilan urushadigan xokim yo‘q. Paxta jahonni boshqaradi1».

Ana shunday fikr-mulohazalar bilan janubliklar urushning strategik rejasi bilan qizikmasdan, balki, Angliya va Fransiyaning Janubni tan olishi va
ularning harbiy yordami va qullab-quvvatlashi bilan qiziqar edilar.

Fuqarolar urushi bir davlatning ikki qismi o‘rtasida bo‘lganligi uchun
ham u boshqa urushlardan rasman farq qiladi, urush e’lon qilish ham umuman qoidaga to‘g‘ri kelmaydi.Janubliklar Semter fortini olgandan so‘ng Lin’kolin hamma shtatlardan 75 ming volontyorni militsiyaga chaqirib, 1861-yilning 15-aprelida janubliklarning g‘alayonini bostirishga buyruq berdi. Ittifoqqa qarshi fitna uyushtirgan shaxslarga 20 kun muxlat berib, ularning tarqalishi va tinch hayotga qaytishlarini talab qildi2.

1861-yilning 17-aprelida yirik quldor, Konfederasiya Prezidenti
Djefferson Devis Qo‘shma Shtatlarning savdo va harbiy dengiz flotiga qarshi
kurash uchun murojaatnoma e’lon qilib, buning "uchun kerakli xujjat talab" qildi. Ikki kundan so‘ng Linkoln janubni qamal deb e’lon qildi va janubliklar harakatini qaroqchilik deb qoraladi. Shunday qilib urush haqiqatda boshlangan edi, endilikda Shimol janubga qarshi, Janub esa shimolga qarshi urush e’lon qilishdi.

Harbiy harakatlarning boshlanishidan ikki hafta o‘tgach, 1861-yilning 28-fevralida Yevropa davlatlarining intervensiya (qurolli hujum) boshlashi haqida xabar keldi. Birinchi bo‘lib Ispaniya yurish qilgan edi. Ispaniyaning tayanchi Kuba edi. Avval ispanlarning mustamlakasi bo‘lgan San-Domingo-orolning sharqiy qismini tortib olmoqchi bo‘ldilar.

Qo‘shma-Shtatlarning negrlar respublikasi San-Domingo bilan rasmiy aloqasi bo‘lmasada AQShning shtat-sekretari (tashki ishlar vaziri) Syuard Ispaniyaning Vashingtondagi elchisiga 1861-yilning 2-aprelida xat bilan murojaat qilib. Ispaniyasning zo‘rovonlik bilan kirganiga qarshilik ko‘rsatdi. 1861-yilning 1-iyunida ispan elchisi Syuardga Neflar respublikasini bosib olish haqidagi xabarni yetkazdi. O‘sha davrda Qo‘shma Shtatlarning ahvoli ancha og‘ir bo‘lganligi uchun bu masalada qulay payt kelishini kutishga to‘g‘ri keldi1.

Yevropa davlatlari intervensiyasining navbatdagi bosqichi, bu Angliyaning Janubiy urushuvchi davlat sifatida tan olishidir. 1861-yilning 3-mayida janub qo‘zg‘olonchilarning emissarlari (bir davlatning ikknichi bir
davlatga norasmiy yuboradigan vakili) Yansi va Rost Angliya tashqi ishlar
vaziri Rossel tomonidan Bosh vazir Palmerston kabinetida qabul qilindilar.
Qo‘shma Shtatlarning Londondagi elchisi Dallasning talabiga ko‘ra, ular
norasmiy xolatda qabul qilingan. Fuqarolar urushi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma masalalar Qo‘shma Shtatlarning yangi elchisi Charlz-Frensis Adame kelgandan so‘ng hal qilamiz deb Rossel Dallasga va’da berdi.

Adame Londonga kelgunga qadar, 6-may kuni Rossel Angliyaning
Vashingtondagi elchisi Layonsga instruksiya (yo‘riq) yuborib, Hukumatning
janubni urushuvchi davlat deb tan olganligini ma’lum qiladi. Adams 13-may
kuni Londonga yetib keladi va u qabul qilinguncha inglizlar deklaraitsiya qabul qilib, o‘zlarini betaraf deb e’lon qilishdilir. Bu deklaratsiyaga muvofiq Janub qo‘zgolonchi shtat emas, balki urushuvchi davlat deb ataldi. 13-maydagi deklaratsiya Konfederasiyani tan olishda birinchi qadam bo‘lib. Angliyaning Ittifoqqa qarshi urushga kirishi uchun tayyorgarlik edi. Deklaratsiya e’lon qilingandan so‘ng Angliya hukumati Amerika suvlariga o‘zining harbiy flotini yuboradi.

Yevropa davlatlarining Amerkada bosqinchilik zo‘rovonlik harakatining yangi bosqichi 1861-yil 31-oktyabrda Londonda imzolangan Buyuk Britaniya Fransiya va Ispaniyaning Meksikaga qarshi intervensiya uyushtirish haqidagi kelishuv bilan boshlanadi.

Dekabrga kelib, ispan qo‘shinlari Vera-Krusga kelib tushdi. 1862-yilning yanvarida bularga Angliya va Fransiya qo‘shinlari birlashdi. Qo‘shma shtatlar intervensiyaga qarshi turdilar. Ammo intervensiya qo‘shinlari shu yerda edi, ularni hududdan chiqarish, fuqarolar urushi tamom bo‘lgandan keyingina mumkin edi. Ingliz va ispan qo‘shinlari ancha oldin chaqirib olingan edi. Meksikaga uch davlat qurolli hujumi boshlangandan so‘ng, tezda Bosh vazir Palmerston tashabbusi bilan Qo‘shma Shtatlarga qarshi Angliyaning qurolli hujum xavfi tug‘ildi. Ittifoq tomonidan Konfederatsiyani qo‘rshov deb e’lon qilinganligi uchun amerika paxtasini chetga chiqarish iloji bo‘lmadi, bu esa Yevropada katta shovshuvga olib keldi. 1861-yil 26-martda inglizlarning Amerikadagi elchisi lord Dayons Styuard bilan bo‘lgan uchrashuvda shunday degandi: "Qo‘shma Shtatlar zo‘rlik bilan shtatlarda yetishtirilgan, Buyuk Britaniya uchun muhim bo‘lgan paxta savdosini to‘xtatsa, nima bo‘lishini aytolmayman va men unga javobgar emasman".

1861-yil 8-noyabr kuni quldorlarning emissarlari (Lazon va Slaydel


inglizlarning savdo kemasi "Trent"dan Qo‘shma Shtatlarning "San-djasinto"
harbiy kemasining kapitani Uilks tomonidan tushurib olingan edi1. Asirlar
Boston portiga olib kelingan edi. Angliya va Fransiyaning o‘ta millatchi
matbuoti bu voqeadan foydalanib, katta shov-shuv ko‘tardilar va Ittifoq bilan
jang qilish talabini qo‘ydilar. Kapitan Uilksga qilingan yagona ta’na, bu elchilarni olib kelgani, nima uchun kemaning o‘zini olib kelmaganligidir. Lord Rossel Mezon va Slarshelnn 7 kun muxlat ichida qaytarib berishni talab kildi. Angliya qo‘shinlari Kanadaga yuborilgan edi. Ingliz kemasozlari kechayu-kunduz ter to‘kib ishlayotgan edilar, bu zo‘r berib qurollanish edi.

"Palmerston urushni xoxlayapti. Ingliz xalqi undan (urushdan) bezor,
Bo‘lajak voqea kimning bu kurashda yuqori ekanligini, Palmerstonmi yoki
xalqmi ko‘rsating. Voqealar shuni ko‘rsatadiki, xalq ko‘tarildi, birgina Angliyada emas, balki butun Yevropa va Amerikada xam xalq qo‘zg‘aldi, agar Angliya qurolli xujumini to‘xtatmasa, Angliyaning o‘zida ham fuqarolar urushi kelib chiqishi muqarrar bo‘lib qoldi1.

Xalqaro ahvolning ana shunday murakkab davrida Shimolning hukumati yon
berish mavqeini qo‘llab, janubning emissarlarini ozod qildi, bu bilan Yevropadan bo‘ladigan qurolli xujumga tusiq qo‘ydi. Quldorlarning ingliz burjuaziyasi qurolli xujum boshlaydi, degan umidlari chippakka chiqdi, ular xato qildilar. Janubning yana bir hatosi shu ediki, ular xorijga paxta chiqarishni man qilgan edilar, bu o‘zlariga katta zarar keltirdi, pulga bo‘lgan muxtojligi, ularni paxta sotishga majbur qildi, bu yo‘l bilan ular qo‘rshovni yorib o‘tmoqchi edilar. Bundan tashqari Yevropadaga 1861-yilga ochlik paxtaga nisbatan g‘allani qadrlashga olib keldi, g‘alla yetishmay qoldi. Ittifoq esa xududida fuqarolar urushi bo‘layotganiga qaramasdan Qit’aga ko‘plab g‘alla chiqarayotgan edi.

II.2. Amerika Qo‘shma Shtatlarining ichki va tashqi siyosati hamda xalqaro munosabatlar

Ingliz va fransuz hukumatlari Janub bilan birga urushga qatnashamiz
degan niyatlaridan qaytdilar. Palmerston va Napoleon III sodir bo‘layotgan
xorij voqealarini kutib, janub Shimolga qaqshatqich zarba bergach, sekin
aralashamiz degandilar. 1862-yilga kelib ham Linkoln xukumati qullarni ozod qilish masalasini hal qilmadi. Shimol ketma-ket yengilayotgan edi. Intervensiya tarafdorlari yana bosh ko‘tara boshladilar.

1862-yilning aprelida Napoleon III bilan suxbatlardan
birida, janub emissari Slaydel Fransiya Konfederatsiyani tan olishni talab qildi. Napoleon III, qoida bo‘yicha tan olishni aytgan bo‘lsada, u shunday degandi: "Angliyadan bo‘lak. biror-bir davlat yetarli katta flotga ega emaski, u Fransiyaga okeanda jang qilish uchun yordam bersa…”. Bu bilan imperator shunga sha’ma qildiki, agar Angliya Konfederatsiyani tan olsa, Napoleon III ham shunday qilmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Unga javoban Slaydel Qo‘shma shtatlarga qarshi Ispaniya, Avstriya, Prussiya, Belgiya, Gollandiya, Shvesiya va Daniyalar bilan birgalikda hujum kilishini aytgandi. Napoleon III ni ishontirib, agar Fransiya Konsbederatsiyani tan olsa, u vaqtda Qo‘shma Shtatlar janubga hujum qilmaydi, chunki ularning urushlari bilan qullari band, degandi Slandel Slaydelning g‘alati va’dalariga qaramasdan, imperiya Konfederatsiyani tanishdan bosh tortdi va harbiy kemalar qurish uchun yashirincha yordam berishga va’da qildi. Shuning bilan ularning suxbatlari tugadi. Ammo, 1862-yilning iyulida, shimolliklarning janggoxda katta zarbaga uchragan bir vaqtda, Napoleon III fransuz elchisi Tuvenelga quyidagi mazmunda telegramma yuboradi: "Angliya xukumatidan birinchi, Janubni tan olish davri kelib yetmadimikin?". Ammo, Palmerstonning intervensiyani boshlash haqidagi taklifi umumiy palataning qarshiligiga uchradi. Angliya hukumati harbiy harakatlarning oxiri nima bo‘larkan deb kuta boshladi va Janubliklarga yordam bera boshladi.

1862-yilning 29-iyulida Konfederatsiya uchun Liverpulning Layyardda qurilgan Kreyser (harbiy kema) Qo‘shma Shtatlar elchisi Adamsning karshiligiga qaramasdan ingliz xukumati topshirig‘i bilan Angliyadan chiqarib yuborildi. "Alabama" deb atalgan bu kreyser dengiz va okeanlarda suzib, 1864-yilning iyunigacha u 65 ta Qo‘shma Shtatlar kemasini suvga cho‘ktirdi va 5 mln dollar qiymatga ega bo‘lgan mulklarni yo‘q qildi. 1864-yilning 19-iyunida "Alabama" QShlar kreyseri "Kirsadj" bilan to‘qnashib, kuchli zarbadan so‘ng "Alabama" suvga cho‘ktirildi. "Alabama"dan tashqari shunga o‘xshash yo‘llar bilan Konfederatlar uchun Angliyada "Florida", "Georgiya", "Shenandao" kabi kaperlar qurilgan edi.

1862-yilning 14-sentyabrida Palmerston oxirgi qarorga kelib,
Rosselga xat yozib, Konfederatsiyani tan olishni tayinladi1. Rossel javob qilib, bu masalani xal qilish uchun 23 yoki 30-sentyabrda mahkama kengashini chaqiramiz degandi". Bu vaqtga kelib ahvol birdaniga o‘zgardi. Palmerston xati bilan ingliz mahkamasi chaqirilayotgan kengash oralig‘i vaqtida Qo‘shma Shtatlarda qullarni ozod kilish haqida taxminiy qonun loyihasi e’lon qilindi.

Hukumatning shu choqqacha sustkashligi xalq ommasini g‘azablantirdi. Ularning talabiga ko‘ra, hamma vositalar urushni boshqacharoq olib borishga, negrlarni qullikdan ozod qilish va ularni jangovar harakatlarga qatnashishiga safarbar qilinishi kerak. Minglab ishchilar ozodlik bayrog‘i ostida o‘z erki bilan turib, hukumatning daxlsizligi va qonuniy davlatni parchalashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kurashdilar. Xalq ommasining tazyiqi ostida Linkoln hukumati inqilobiy choralar (qo‘zg‘olonchilarning mol-mulklarini musodara qilishi, yangi hududlarda qulchilikni man qilish, aksilin inqilobchilarni qamash) ni amalga oshirdi.

Xal qiluvchi masala bu gomsted haqidagi qonun va qullarni ozod qilish haqidagi qarorlar edi. Ittifoq urushni "inqilobiy yo‘l" bilan olib bordi. Xal qiluvchi odim, bu mamlakat ichidagi xalq kutarinkiligi va Ittifoqqa nisbatan chetdan bo‘lgan, ayniqsa butun Yevropadan bo‘lgan yaqinlashuv va qullab-quvvatlash amalga oshgan edi.

1863-yilga kelib xisoblaganda Janubning qo‘shinlari 1,2 mln askardan
tashkil topgan bo‘lsa, Shimolniki - 2.8 mln kishini o‘z tarkibiga olgan edi.
Qullikni bekor qilingach, qo‘shinlarga 186 ming negr-askar kelib qo‘shildi.
Bulardan tashqari 250 ming negrlar harbiy buyurtmalarni bajaradigan joylarda band edilar. Birinchi janglardayoq negr-askarlar o‘zlarini mohir jangchilar sifatida ko‘rsatdilar. Inqilobiy uslubga o‘tish harbiy harakatlarni tub burilishiga olib keldi.

Ko‘shma Shtatlarda qullikni bekor qilish xaqida qaror xabari Angliyaga kelib yetganda. Janubni tan olish haqidagi masala maxkama majlisi kun tartibidan olib tashlandi. Ammo Fransiya hukumati janub tarafida turishga yana urinib ko‘rdi.

1862-yil 20-mayda xukumat qonun chiqarib, unga ko‘ra AQSh ning har bir fuqarosi yer ulushi olib, uni olish 11 yil davomida ishlab tursa, keyinchalik bu yer uning xususiy mulkiga aylanar edi. 31-oktyabrga kelib Angliya bilan Rossiya diplomatik vakillari Fransiya hukumatidan uch davlat, ya’ni Angliya, Rossiya va Fransiya birgalikda urushga kirish haqidagi loyixani oldilar. Unda 6 oy muddatda yarash bitimi tuzish, qurshovni bekor qilib, Yevropa savdosi uchun amerika portlarini ochish masalalari aytilgandi. Rossiya bu taklifni rad qildi. Ingliz hukumati ham Rossiyani o‘rtaga qo‘yib, rad javobini berdi.

Qulchilik bekor qilingach, Konfederatsiyaning ichki va tashqi ahvoli shuncha yomonlashdiki, Konfederatsiyaning kichik-prezidenti,
qulchilikning mafkurachilaridan biri Aleksandr Stifens Shimol ustidan
g‘alaba qilishning birdan-bir chorasi, ulardan ibrat olib, Janubda ham
qullikni bekor qilish kerak degandi. Richmonda chaqirilgan kongress
bu masalani xal qilolmadi, xal qilmasdi ham. 1863-yilning iyulida shimolliklarning Getisburg va Vesburg ostonalaridagi g‘alabasi va harbiy harakatlarda yasalgan katta burilish, Angliya va Fransiya qurolli hujumini muqarrar qilib qo‘ydi.

1863-yilda Qo‘shma Shtatlarni kutilmagan Rossiya bilan ancha


yaqinlashdi. Bu yaqinlashishga Rossiyaning Angliya va Fransiya bilan
munosabatlarining zidligi ayniqsa uni 1863-yilga kelib keskinlashuvi sabab
bo‘ldi. Bu davrga kelib Palmerston va Napoleon III Polsha masalasida Rossiya bilan urushish haqida o‘ylamagan edilar. Rossiyada esa bu masalaga katta e’tibor berib, uning bo‘lishini har on kutayotgan edilar.

Sodir bo‘lgan voqea va vaziyatga qarab, Amerikaga ikkita Rus
eskadrasini yuborish haqida qaror qildilar. Rus eskadrasini okean ortiga
yuborish rejasi Aleksandr II tomonidan tasdiqlanib, 1863-yilning iyulida dengiz vazirligining boshqaruvchisi kontr-admiral Lesrvskiyga maxfiy yo‘l-yo‘riq topshirildi.

Atlantika va Tinch okeanlarga Rus eskadralarini yuborish bu pishiq


uylanib, Angliya va Fransiya bilan bo‘ladigan urush jangohlarida xujum
qilishga qodir ekanligiga ishonib yuborilgan edi. 1863-yilning sentyabrida
ikkita rus eskadrasi - biri admiral Lesovskiy qumondonligi, ikkinchisi – admiral Popov qumondonligida yetib keldi: birinchi eskadra Nyu-York portiga, ikkinchisi - San-Fransisko portiga keldi1. Eskadraning yuborishdan asosiy maqsad Angliyaning jahon savdo yo‘liga g‘ov bo‘lib xavf tug‘dirish va Polsha masalasida inglizlar mavqeiga ta’sir etish edi.

Dengiz vazirligi boshqaruvchisining Aleksandr II nomiga yozgan axborotida eskadralarni amerikaning qaysi portida kutib olish aniqlanganligini ma’lum qildi. Bundan tashqari Krabbe Ittifoq flotining kaperlari katta kuchga ega, dushmanga bas kela oladi deb ta’kidlagan edi. Dengaz vazirlignning rejasiga qarshi tashqi ishlar vazirligida eskadralarni Amerikaga yuborish siyosiy samara berishdan qurqdilar. Kichik-kansler, tashqi ishlar vaziri, knyaz Gorchakov va Qo‘shma Shtatlarga yuborilgan vakil, baron Stekl eskadraning jahon savdo yo‘liga chiqqanligi va ular olib borayotgan ishlar yaxshi samara berganligini ancha vaqt o‘tkazib, undan murod xosil qilganliklarini ma’lum qilgan edilar.

Angliyadagi rus elchisi,"Rus dnplomatiyasining otaxon" keksa baron Brunnov bu xabarni barini eshitgach, hayratda qolgandi. Rossiya xukumatinig mehri janubliklarga edi. Ammo Angliya va Fransiya bilan qarama-qarshilik podshoni Shimol bilan yaqinlashishga olib keldi. Rossiya bilan Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidaga ittifoq norasmiy degan mish mishlar o‘rinsiz edi. Urushuvchi davlat portiga eskadralarni yuborish, o‘z o‘zidan yaqin va xaqiqatdagi ittifoqqa olib kelardi. Rus eskadradasi Amerikada
bo‘lgan vaqtda janubning harbiy kemalariga to‘ppadan-to‘g‘ri xavf tug‘dirib,
harbiy harakatlariga ta’sir ko‘rsatgan edi. Rossiyaning Qo‘shma Shtatlarda fuqarolar urushi davrida Rossiya egallagan mavqei Qo‘shma Shtatlarga katta yordam ko‘rsatdi va umumiy xalqaro vaziyatda katta o‘rin tutdi.

Xulosa

Ilmiy tarixiy adabiyotlarda ikki xil farq va aks hollarda qarama-qarshilik uchrab, Ko‘shma Shtatlarning o‘sha davridagi diplomatiyasining asosiy aqidalari haqida fikrlar har xildir. Ba’zi-bir tarixchilar Qo‘shma Shtatlarning butun tarixini Yevropa siyosati bilan uzviy bog‘langan deb talqin qiladilar. Boshqalari esa, yakkalanish Qo‘shma Shtatlarning asosiy aqidasi deb, ta’kidlaydilar. Haqiqatda esa, Qo‘shma Shtatlarning- tarixi va uning tashqi siyosati birgina Yevropa bilan uzviy bog‘lanmasdan, balki uning tug‘ilishidan boshlab to hozirgacha jahon tarixi bilan bog‘lik ekanligiga shak-shubha yo‘qdir. Ko‘p vaqtlarda Qo‘shma Shtatlarni Yevropa ishlariga, urushlariga, siyosiy va harbiy ittifoqlarga qo‘shilmaydi, aralashmaydi, deb aytadilar. Yevropa ishlariga faol qatnashmaslik bu Qo‘shma Shtatlarning o‘zini olib qochishi deb tushunmaslik kerak. Bari-bir ozmi ko‘pmi doimo Yevropa davlatlarining har bir chora tadbirlariga qatnashgan. Aniqroq qilib aytganda, sustkashlik bilan qatnashgan.

Amerikada milliy mustaqillik uchun bo‘lgan urushda ingliz


mustamlakalaridan tashqari Angliya. Fransiya, Ispaniya va Gollandiyalar
qatnashgandi. Bundan tashqari yondosh davlatlar, ular qurolli betaraf davlatlar sifatida qatnashdilar. Shunday qilib, bu yerdagi urush ham dunyo voqealari sifatida tarixga kirgan. 1793-yil Fransiya bilan Qo‘shma shtatlarning ittifoq tuzmaganligi, Fransiyada bo‘lganda va uning Angliya bilan bo‘lgan kurashi Yevropa tarixida katta omil bo‘lgandi. 1803-yilda Luizananing qo‘lga kiritilishi, 1805-yilda Qo‘shma Shtatlarning O‘rta Yer dengizida Aljir boylarining korsarlariga qarshi urushga qatnashgani. Floridani tortib olinishi, Monro doktrinasi, Mexsika bilan bo‘lgan urush, fuqarolar urushi davrida Qo‘shma Shtatlarnig tutgan o‘rni, AQShning 1840-1860-yillardagi uzoq sharq ekspansiyasi, - bularning hammasi jahon tarixida muhim o‘rin tutadigan voqealardir.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Foote S. Nhe Civil War: A Narrative. –New York. 1974;

  2. Boatner M. The Civil War Dictionary. –New York. 1959;

  3. Nevins A. The War for the Union. –New York. 1971;

  4. Long E. Civil War day by day: An almanac. –Garden city. 1971;

  5. McPherson G. Battle cry of freedom. The civil war era. –New York. 1998

  6. Davies W. The imperial union: 1861-1865. –Garden city. 1986;

  7. Бурин С. На полях сражаний гражданской войны в США. –М.: Наука, 1988;

  8. Борисковский М. Гражданская война в США. –М.: 1994

  9. Куропяткин Г. Первая американская раволюция. –М.: 1959;

  10. Иванов Р. Авраам Линкольн и Гражданская война в США. –М.: 1964;

  11. Куропяткин Г. Вторая американская раволюция. –М.: 1961;



  12. Елбаева М.В. Права человека на США: мифы и реальность // Латинская Америка. 2008. №12

  13. Лейно К.О. США - возможности делового партнерства. М.: ИЛА РАН, 1997

  14. Маныкин А.С. Новая и новейшая история стран Западной Европы и Америки. -М.: Слово, 2004

  15. Эргашев Ш. Жахон тарихи. Янги давр (1800-1918 йиллар). –Т.: Ўзбекистон, 2015




1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. - Т.: Шарқ. 1998. –Б. 5.

1 Foote S. Nhe Civil War: A Narrative. –New York. 1974; Boatner M. The Civil War Dictionary. –New York. 1959; Nevins A. The War for the Union. –New York. 1971; Long E. Civil War day by day: An almanac. –Garden city. 1971; McPherson G. Battle cry of freedom. The civil war era. –New York. 1998

2 Данненберг А.Н. Мир и политика. № 02 2013. (77); Елбаева М.В. Права человека на США; Лейно К.О. США - возможности делового партнерства. М.: ИЛА РАН, 1997; Davies W. The imperial union: 1861-1865. –Garden city. 1986; Бурин С. На полях сражаний гражданской войны в США. –М.: Наука, 1988; Куропяткин Г. Первая американская раволюция. –М.: 1959; Иванов Р. Авраам Линкольн и Гражданская война в США. –М.: 1964; Куропяткин Г. Вторая американская раволюция. –М.: 1961;

1 Данненберг А.Н. Мир и политика. № 02. 2013. –С. 68

2 Nevins A. The War for the Union. –New York. 1971. –P. 43

1 Nevins A. The War for the Union. –New York. 1971. –P. 44

1 McPherson G. Battle cry of freedom. The civil war era. –New York. 1998. –P. 77

2 Davies W. The imperial union: 1861-1865. –Garden city. 1986. –P. 183

1 Nevins A. The War for the Union. –New York. 1971. –P. 46

2 Куропяткин Г. Первая американская раволюция. –М.: 1959. –C. 55

3 Эргашев Ш. Жахон тарихи. Янги давр (1800-1918 йиллар). –Т.: Ўзбекистон, 2015. –Б. 287

1 McPherson G. Battle cry of freedom. The civil war era. –New York. 1998. –P. 82

2 Куропяткин Г. Первая американская раволюция. –М.: 1959. –C. 57

1 Nevins A. The War for the Union. –New York. 1971. –P. 48

1 Эргашев Ш. Жахон тарихи. Янги давр (1800-1918 йиллар). –Т.: Ўзбекистон, 2015. –Б. 288

1 Куропяткин Г. Первая американская раволюция. –М.: 1959. –C. 58

1 Davies W. The imperial union: 1861-1865. –Garden city. 1986. –P. 185

1 Графский В.Г. Всеобщая история государства и права. – М.: 2000. –С. 98

1Маныкин А.С. Новая и новейшая история Америки. -М.: Слово, 2004. –C. 45

1 McPherson G. Battle cry of freedom. The civil war era. –New York. 1998. –P. 83

1 Данненберг А.Н. Мир и политика. № 02, 2013. –С. 67

1 Куропяткин Г. Вторая американская раволюция. –М.: 1961. –C. 48

2 McPherson G. Battle cry of freedom. The civil war era. –New York. 1998. –P. 83

1 Маныкин А.С. Новая и новейшая история Америки. -М.: Слово, 2004. –C. 49

1 Куропяткин Г. Вторая американская раволюция. –М.: 1961. –C. 51

1 Маныкин А.С. Новая и новейшая история Америки. -М.: Слово, 2004. –C. 51

1 McPherson G. Battle cry of freedom. The civil war era. –New York. 1998. –P. 85

1 Эргашев Ш. Жахон тарихи. Янги давр (1800-1918 йиллар). –Т.: Ўзбекистон, 2015. –Б. 296


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish