O’rganishdan maqsad.
Ma’lumki insoniyat o’zining qadimgi tarixiga xamma vaqt qiziqish bilan qaraydi. Bu davrni biz qadimgi davr deb ataymiz. Bu davrda yashagan xalqlar o’z tili madaniyatiga ega bo’lgan Mavzuni o’rganishdan maqsad ushbu mavzuda o’zbek xalqining qadimgi va o’rta asrlardagi madanoyati , ma’naviyati, milliy fazilatlari , urf odatlari an’analari va asrlar davomida qon-qoniga singib ketgan turmush tarzi , ma’naviyati masalalari va ularning qay darajada madaniyatli ekanligini o’rganish zarurati dolzarb mavzu hisoblanadi. Prezidentimiz ta’rifiga ko’ra tarixni bilmasdan turib esa o’zlikni anglash mumkin emasligini tushunish va tushuntirish lozim.
Yurtimiz istiqlolga erishgach, kelib chiqishi bir – biriga yaqin bo’lgan xalqlar o’rtasida tinch – totuvlik, iqtisodiy – siyosiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash imkoniyati tug’ildi.
Yurtimiz istiqlolga erishgach, kelib chiqishi bir – biriga yaqin bo’lgan xalqlar o’rtasida tinch – totuvlik, iqtisodiy – siyosiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash imkoniyati tug’ildi.
Ma’lumki, turkiy qavmlar deganda biz o’zbek, qazoq, qirg’iz, turkman, qoraqalpoq, uyg’ur, totor, boshqird, chuvash, ozarboyjon, qorachoy, turk, gagauz, qo’miq, balqar kabi o’ttizga yaqin millatlarni ko’zda tutishimiz kerak. Bu millatlar esa Yevro–Osiyo materigining kattagina qismida joylashgan hududlarda hayot kechiradi
. Ana shu qarindosh xalqlarning adabiyotini bir butun holda yaxlit o’rganish, ularning ijtimoiy – ma’naviy hayotini yaqindan anglashga yordam beradi. Yuqorida ko’rsatilgan xalqlarning eng qadimgi adabiy – madaniy yodgorligiga e’tibor bersangiz, ularda bir–biriga o’xshash asarlarning variantlariga duch kelasiz. Masalan, “Go’ro’g’li” turkumidagi dostonlarning usmonli turklarda, ozarbayjon, turkman va o’zbeklarda bir qancha variantlari uchraydi. “Alpomish”, “Manas”, “Dada Qurqut” kabi dostonlar haqida ham shuni aytish mumkin. Bunday holatni biz faqat doston janridagi asarlar misolida emas, balki xalq og’zaki ijodining boshqa janrlarida ham ko’plab uchratishimiz mumkin. Masalan, Nasriddin afandi haqidagi latifalar turk, ozarboyjon, turkman, o’zbek xalq ijodida ko’plab uchraydi.
Qadimda kuylangan turli marosim va mehnat qo’shiqlari, maqollar va ertaklar haqida ham shunday holat ko’zga tashlanadi.
Dunyodagi qariyb barcha xalqlar, o’zlarining kelib chiqishi tarixi haqida turli afsona va rivoyatlar, naqllar to’qigan. Turk qavmlari haqida ham bunday rivoyat va afsonalar ko’plab uchraydi. Qadimda yozilgan ayrim tarixiy kitoblarda turk xalqlarining kelib chiqishini diniy afsonalarga bog’laydi. Ya’ni butun insoniyat tarixi Nuh payg’ambarning to’rt o’g’lidan tarqalgan avlodlardan boshlanadi. Bu afsonaga ko’ra turk qavmlari Nuhning Yofas nomli o’g’lining avlodidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |