Ko`payishi va rivojlanishi. Sudralib yuruvchilaming tuxumi urg`ochisining jinsiy yo`lida urug`lanadi. Erkagining spermatozoidlari urg`ochisining kloakasiga tushadi. Sudralib yuruvchilarda boshqa haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar singari ichki urug`lanish sodir bo`ladi.
Bahor oyining oxiri va yozning boshlarida urg`ochi kaltakesak 5 dan 15 tagacha umgiangan tuxumlarini oftob tushib turadigan joyga qo`yadi. Tuxumlar tuproqqa yuzaroq qilib ko`mib qo`yiladi. Tuxumlar ancha yirik va sariqligi ko`p bo`lib, sirti qalin po`choq bilan qoplangan. Po`choq tuxumni qurib qolishdan saqlaydi. Tuxumning sariqligi rivojlanayotgan murtak uchun oziq hisoblanadi. Kaltakesak tuxumidan voyaga yetgan hayvonga o`xshaydigan kichik kaltakesak chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |