BO`G`IMOYOQLILAR TIPI
Qisqichbaqasimonlar - birlamchi suvda yashovch bo`g imoyoqlidir. Ularningtanasi boshko`krak va qorin bo`limidan iborat. Boshko`krak xitin qalqon bilanqoplangan.
Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi va ko`payishi
Yashash muhiti. Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvli ko`l, daryo va soylarda hayot kechiradi. Uning tuzilishi va rangi suv muhitida yashashga moslashgan. Tanasining ustki tomoni ko`kimtir-qo`ng`ir, ostki tomoni esa oqish rangda; shuning uchun suv ostidagi qisqichbaqani payqash qiyin. Qisqichbaqa kun bo`yi toshlarning ostida yoki qirg`oq yaqinida daraxtlar ildizi ostidagi inlarida bekinib yotadi. Oziq izlab faqat kechqurunlari chiqadi. Qisqichbaqaning asosiy ozig`i suv o`tlari, kasal hayvonlar (molluskalar, hasharotlar lichinkasi), ularning murdalari yoki kasallangan hayvonlar hisoblanadi. U oziqning hidini yaxshi sezadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |