Kun uzunligi (fotoperiod) o‘simlik va hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega. Fotoperiod kun uzunligi bolib. u yil fasllari bilan belgilanadi. Kun uzunligining o‘zgarishi natijasida yil fasllarining almashinishi sodir boladi. Yer sharining Quyosh atrofida harakatlanishi va Yer o‘qining orbita tekisligiga nisbatan burchak ostida joylashganligi yil fasllari almashinishining asosiy sababi hisoblanadi.
Kun uzunligi organizmlardagi fiziologik jarayonlar va mavsumiy bioritmlar uzviyligini belgilovchi omil sanaladi. Kun uzunligining o‘zgarishi o‘simliklar va hayvonlar uchun signal vazifasini bajaradi. Bu omil o‘simliklaming o‘sishi, gullashi, meva tugishi, xazonrezgilik, tinim davriga o‘tish kabi muhim biologik jarayonlami boshqaradi. Hayvonlaming tullashi, migratsiyasi, ko‘payishi ham kun uzunligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |