Kurs guruh talabasi ning


II.BOB. YO’SINTOIFALAR BO’LIMI



Download 168,09 Kb.
bet6/10
Sana12.07.2022
Hajmi168,09 Kb.
#779275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-kurs ishi biologiya

II.BOB. YO’SINTOIFALAR BO’LIMI
2.1. Bo’limning umumiy tavsifi
Bu bo'limga 25 mingga yaqin tur kiradi. Ya'ni tur soni jihatdan yuksak o'simliklar orasida gulli o'simliklardan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Ular sodda tuzilishga ega o’t o'simliklar bo'lib suv o'tlariga ancha yaqin turadi. Sababi vegetativ tanasi tallom (qattana) shaklida, ildizi yo’q, rizoidlari ildiz vazifasini bajaradi. Barglari oddiy o'troq, tomiri faqat barg markazida o'rnashgan, ayrim vakillarida umuman barg tomirlari bo'lmaydi. Shuningdek yo’sinlarda naychalarning bo’lmasligi ham o'ziga hos belgi hisoblanadi.
Yo’sinlarning tallom yoki barg-poyali vegetativ tanasini gametofit deb yuritilishining sababi shundaki, ularda jinsiy organ arxegoniy va anteridiylar shakllanadi. Anteriydan hosil bo'lgan spermatozoid bilan arxegoniydagi tuxum hujayra bilan qo'shiladi. Natijada zigota va undan sporogon taraqqiy etadi. Shundan so'ng jinssiz ko'payish boshlanadi. Sporali yuksak o'simliklarning boshqa vakillarida esa bu jarayonning aksini kuzatamiz. Ularda sporafitning taraqqiyoti gametofit bilan uzviy bog’langan. Chunki sporofit suv va ozuqani asosan gametofitdan olib turadi. Shuning uchun ham yo’sintoifalarda gametofit davri ustunlik qiladi. Boshqa yuksak o'simliklarda esa sporofit bo’g’in mustaqil yashaydi. Shu bois bo'lim vakillari yuksak o'simliklar shajarasida aloxida o'rinda turadi.
Yo’sinlar xilma-xil ekologik muhitlarda tarqalgan. Ular tropik va subtropik zonadan sovuq tundra zonasigacha bo'lgan xududlarda uchraydi. Yo’sintoifalarining taraqqiyot siklidagi Harakterli belgilaridan yana biri yetilgan sporadan protonemaning o'sishidir. Protonema ko'pchilik yo’sinlarda ipsimon ko'rinishda, faqat sfagnum va andrea yo’sinlari gametofitining dastlabki fazasida plastinka shaklida bo'ladi. Jigarsimon yo’sinlarda protonema bir yoki bir necha hujayralardan tashkil topgan qisqagina ipchadan iborat. Undan plastinkali yoki poya-bargli gametofit taraqqiy etadi.Yo’sinlar orasida funariyaning (Funaria hydrometrica) protonemasi yaxshi o’rganilgan. Uning sporasi qulay sharoitda o'sib, undan shoxlangan ipcha hosil bo'ladi. Bu ipcha uchki qismidagi hujayrasining bo'linishi xisobidan o'sib boradi. Shundan so'ng ipcha shoxlanib,unda gametofor kurtaklar hosil bo'ladi. Yo’sinlarning bunday ipsimon protonomasi tashqi ko'rinishi jihatidan yashil suv o'tlariga juda o’xshaydi. Shunga ko'ra yo’sintoifalarni yashil suv o'tlaridan kelib chiqqan degan taxminlar yuzaga kelgan. Biroq bu fikrni tasdiqlovchi asosli faktlar yo’q. Hozirgi klassifikasiyalar bo'yicha yo’sintoifa o'simliklar bo'limi 3 ta sinfga (ajdodga) bo'linadi:

  1. Jigarsimon yo’sinlar - Marchantiopsida

  2. Antoserotasimon yo’sinlar - Anthocerotopsida

  3. Poya-barg yo’sinsimonlar – Bryopsida

Ayrim biologlar 1 chi va 2 chi sinflarni birlashtirib 1 chi sinfni jigarsimonlarning kichik sinfi yoki qabilasi deb qaraydi.



Download 168,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish