superfosfat va 80-100 kG kaliyli tuz);
Ikkinchisi, butonizatsiya boshlanish davrida (gektariga 200-300
kG superfosfat va 100-120 kG kaliy tuzi);
Uchinchisi, gullash tugaganidan so’ng va piyozlar yetila boshlashida (gektariga 150-200 kG dan superfosfat va kaliy tuzi).
Ammo mineral o’g’itlarning bu dozalari har bir xudud uchun, uning
tuprog’i xolatiga bog’liq ravishda u yoki bu tomonga o’zgartirilishi
kerakligini yoddan chiqarmang. Bu ishni tuproqni analiz qilish va tajriba
vositasida amalga oshirish mumkin.
Lola piyozlarining ko’payish intensivligi eng avvalo uning naviga,
lolani o’stirish sharoitlariga va piyozlarning saqlanishiga bog’liq bo’ladi.
Agar piyozlarni 1-chi va 2-chi kategoriyali detkalardan ko’paytirilsa,
birinchi va ikkinchi yillar davomida umumiy hosilga nisbatan 30-50%
gacha piyozlar olish mumkin.
Lolalarni har yili barglari sarg’ayganidan so’ng qazib olish kerak.
Ularni har yili yangi joyga kasal va shikastlanganlarini olib tashlab, ekish
piyozlarni sog’lomlashtirishga hamda yangilab olishga imkon yaratadi.
Lolalarni quruq ob-havo sharoitlarida qazib olgan ma’qul. O’z vaqtida
qazib olingan lola piyozlarining ustki po’stloqlari och-jigarrangda bo’lib,
ichki po’stloqlari bir-biriga jips yopishgan bo’ladi. Qazib olingan
piyozlarni tag qismi setkadan qilingan yashiklarga soilb, quritish uchun
havo yaxshi aylanadigan joyga yoki navesga qo’yiladi. Bu erda ular 3-4
kun quritiladilar. So’ngra ular ildiz tizimi qoldiqlaridan , tuproqdan va eski
po’stloqlardan tozalanadilar.
Tozalangan lola piyozlari standartlarga binoan guruhlarga bo’lib
chiqiladi. Darvin gidridlari uchun bunday standartlar quyidagicha bo’ladi:
1-chi razbor – lola piyozlarining diametri 4 sm va undan
kattaroq;
2-chi razbor – diametri 3,5-3,9 sm
3-chi razbor – 2,5-3,4 sm
1-chi kategoriya detka – 1,5-2,4 sm
2-chi kategoriya detka – 1,5 sm dan kichik
Quyidagi jadvalda 1-chi razbor lola piyozlarining ko’payish
koeffitsientlari keltirilgan:
Lola
navlari
Piyozlarning
ko’payish
koeffitsenti
Piyzolarning va detkarlarning hosil bo’lish foizi \
1-razbor
2-chi va
3- razbor
Detkalar
1-chi
kategoriya
2-chi
kategoriya
Parad
2,8
30
14
28
28
Oksford
3,2
26
24
27
23
Gollands
Glori
2,8
40
7
18
35
Pandion
2,6
20
16
22
42
Smayling
Kuin
2,5
31
28
12
29
Lolalarni saqlash uchun avvalo saqlash joyini, inventarlarni va
idishlarni (stellajlar, yashiklar, pollar va devorlarni) yaxshilab
dezinfektsiya qilish zarur. Buning uchun suvda eritilgan formalinning 40%
li eritmasini (1:40 yoki 1:80 nisbatda) ishlatish mumkin. Undan tashqari,
5-10% li xlorli oxakni yoki 3-5% li mis kuporosini yoki oltingugurtli gazni
ishlatish mumkin. Bu gaz oltingugurtni yoqishda hosil bo’ladi. Gaz bilan
dezinfektsiya qilganda xonadagi barcha teshiklar, eshiklar va derazalar
yaxshilab yopiladi. Oltingugurtni esa 30 x 50 o’lchamli temir listlarda
yoqiladi. Yoqiladigan oltigugurtning qalinligi 4 sm dan ko’p bo’lmasligi
kerak. Uning ustiga esa kerosin yoki sopyarka bilan namlangan yog’och
cho’g’lari solib, yoqib yuboriladi. Oltingugirtning sarfi 1 kub metrga 50-80
gramm bo’lgani ma’qul. Bu ishni protivogazda amalga oshiriladi. Ishlov
berish davomiyligi 1-2 sutka bo’lib, undan so’ng xona shamollatiladi.
Guruhlarga ajratilgan lola piyozlari tag qismi setkali yashiklarga 2
qatordan ko’p bo’lmagan xolda terib chiqiladi va saqlash paytida ko’rish va
tekshirib chiqish mumkin bo’lgan hamda xavo erkin tsirkulyatsiya qila
oladigan shtabellarga joylashtiriladi.
Lola piyozlarini qazib olishdan to gul kurtagi hosil bo’ladigan avgust
oxiri-sentyabrgacha 22-24 gradusda saqlanadi (albatta bu muddat lola
etishtirilayotgan konkret xudud sharoitlariga ham bog’liq bo’ladi). Bunda
havoning nisbiy namligi 65-75% bo’lishi tavsiya etiladi. Undan so’ng, gul
kurtagining rivojlanishi, ildiz tizimi va barglar rivojlanishining boshlanishi
davrida piyozlarni oldin 1,5-2 hafta mobaynida 17 gradusda, undan so’ng
esa 9 gradusda saqlanadi. Bu ishlarni amalga oshirish jarayonida
haroratning va havo namligining keskin o’zgarishlariga yo’l qo’yish
mumkin emas, aks xolda piyozlarning po’stlog’i yorilib ketadi va piyoz
yalang’och bo’lib qoladi, bu esa uning ichiga infektsiyalarning kirib
olishiga zamin yaratadi.
Saqlash joyi sifatida derazalarzis, devorlari, tepasi va pollari
izolyatsiya qilingan, ventilyatsiyani amalga oshirish mumkin bo’lgan,
konditsionerlar hamda sovutish uskunalari bilan jihozlangan xonalarni
tanlash mumkin.
Lola piyozlarini joylashtirishning o’rtacha normasi 1 kvadrat metrga
5-7 mingtagacha bo’lishi mumkin. Saqlash xonasining eng ratsional sathi
150-200 kvadrat metr bo’lib, uning balandligi 3 metrdan kam bo’lmagani
ma’qul. Bunday xonalar uchun sanoatda ishlab chiqriladigan xolodilniklar,
ventilyatorlar va xavo sovutgichlarini ishlatish mumkin. Ventilyatorlar
saqlash joyidagi havoni soatiga 10-15 martagacha almashtirish imkonini
yaratadilar. Ular havoning retsirkulyatsiyasi printsipida ishlashlari lozim –
ya’ni havoni tortib olib, uni vityajnoy trubalardan chiqarib tashlash
imkonini berishlari maqsadga muvofiqdir. Ventilyatsion moslamalar va
xolodilnik agregatlarining xolati sutkasiga 2-3 marta nazorat qilib turilshini
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |