2.3. Badiiy gimnastika sport turining O`zbekistonda rivojlanishi
Bir qator nufuzli xalqaro institutlarning baholashicha, O’zbekiston
dunyoning 125 davlati orasida xotin-qizlar uchun qulay sharoitlar yaratish va
onalikni muhofaza qilish borasida etakchi o’rinlardan birini egallab turibdi. Buni
YUNISEFning Sharqiy Evropa, Boltiqbo’yi va Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi
mamlakatlari bo’yicha ofisi tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish
borasidagi dasturlarni joriy qilishda O’zbekistonning mintaqadagi namunaviy
model sifatida e’tirof etilgani ham isbotlaydi.
Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, istiqlol yillarida yurtimizda 1 ming
200 dan ziyod yangi sport inshooti barpo etilib, ularning mingdan ortig’i qishloq
joylarda qurildi. Bu esa 260 ming nafardan ziyod bolaning sportning ko’plab
turlari bilan muntazam shug’ullanishi uchun imkoniyat yaratdi.
Qiz bolalarni, eng avvalo, qishloq qizlarini sport bilan shug’ullanishga jalb
etishda joriy yilda sezilarli natijalarga erishildi. Yana mamlakatimizda badiiy
gimnastikani rivojlantirish dasturi qabul qilingach, sportning ushbu nafis turi bilan
shug’ullanadigan qizlar soni shu yilning o’zida 6-7 barobar, ayrim viloyatlarda esa
10-12 barobar ortdi.
Nomlari badiiy gimnastika muxlislariga ko’pdan tanish M. Jo’raeva, Dar’ya
Svechnikova ham o’z ustozlari, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar
murabbiysi Rimma Xoxlova izidan borib, yoshlar bilan mashg’ulotlar olib
borishayapti. Bu kabi sa’y-harakatlar samarasi mahoratli sportchilarimizni
mamlakat terma jamoasi safida xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok
etayotganida yaqqol namoyon bo’lmoqda.
29
Viloyatda mazkur nafis sport turi bilan shug’ullanish istagidagi qizlar safi
tobora ko’paymoqda. Ularga saboq berayotgan murabbiylar soni ham oshib
borayotir.
Agar 2009 yilda badiiy gimnastika bilan 2567 nafar qiz shug’ullangan
bo’lsa, 2011 yilga kelib, ular soni 5480 nafardan ortib ketdi. Darhaqiqat,
Husniyabonu G’ulomova, Sarvina Xoliqova, Zamira Sanaqulova, Dar’ya
Svechnikova, Zarema Samadova, Zarina Negmatova, Farangiz Shodieva
O’zbekiston terma jamoasi a’zolari hisoblanadi. Ular erishayotgan natijalar havas
qilsa arzigulik. Masalan, Zamira Sanaqulova 2010 yilda Xitoyda, 2011 yilda
Qozog’istonda o’tkazilgan xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
O’tgan yili Rossiyaning Ufa shahrida tashkil etilgan xalqaro musobaqada ham u
oltin medalni sohibasiga aylandi. Termiz shahrida bo’lib o’tgan “Barkamol
avlod” sport musobaqalarida esa Zamira bir emas, beshta oltin medalga ega bo’ldi.
E’tiborlisi, Zamira, Husniyabonu, Sarvina singari chempion qizlarga munosib
izdoshlar etishib chiqmoqda. Chunonchi, viloyat terma jamoasining besh nafar
a’zosi respublika Oliy sport mahorati maktabida o’qishni davom ettirmoqdalar.
Tumanlarda ham umidli gimnastikachilar kamolga etayapti. Buxoro tumanidan
Anna Ten, peshkulik Bahriniso Ergasheva, jondorlik Eliza Sharipova ana shunday
iste’dodli yoshlardan. Viloyat terma jamoasi tarkibiga kiritilgan bu qizlar ayni
paytda tajribali murabbiylar qo’l ostida muntazam o’z mahoratlarini oshirib
bormoqdalar. Zero, viloyat markazidagi “Nafis” sport majmuasida ular uchun
barcha qulayliklar muhayyo. Bu erda ikkita sport, bitta balet zali, dam olish,
kiyinish xonalari ixlosmandlar xizmatida. So’nggi ikki yil davomida Buxorolik
gimnastikachi qizlarning 45 nafari respublika birinchiligi musobaqalarida, to’rt
nafari mamlakat chempionatida g’olib chiqqani, Osiyo chempionatida uch nafari
g’olib bo’lgani, 20 nafari esa xalqaro turnirlarda shohsupaning yuqori pog’onasiga
ko’tarilgani yurtimizda bu nafis, maftunkor sport turiga berilayotgan e’tibor
natijasi, albatta. Yurtimizda gimnastika sport sohasining normativ-huquqiy
asoslaring yaratilishi.
30
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach barcha soqalar kabi jismoniy tarbiya
va sportga ham katta ahamiyat qaratdi.b 1992 yili “Jismoniy tarbiya va
sport”to’g’risidagi qonunning qabul qilinishi bu soxadagi huquqlarimizni belgilab
berdi.
Uzluksiz ta’limning "
Do'stlaringiz bilan baham: |