Parter holati – mashqlarni ifodali elementlari sifatida ishlatiladigan oddiy
holatdir. Bular turli (poza) holatlar, masalan o‘tirish, tayanish, chalqancha, qorin
bilan, yon bilan yotishga o‘xshash holatlar bo‘lishi mumkin.
Qoidaga ko‘ra, parter holati tashkiliy ritmik
,
bir qator plastik birikmalar
tarkibiga kiradi. Shuning uchun statik parter holat kam uchraydi, bu ko‘pincha
bog‘lovchi holat hisoblanadi.
Parter holatni bajarish bog‘lovchi harakatlarga qo‘yilgan talablarga javob
berishi kerak. Ko‘pincha parter holatni yakuniy holati va eng muhimi keyingi
harakatlar uchun dastlabki holat sifatida ko‘rish mumkin.
Bo‘shashtiruvchi harakatlar ham ifodali vositalardan iborat oddiy harakatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |