200
3.
Yurish, yugurish va sakrashlarni almashlash
: to’rtta
qadam oldinga va
to’rtta sakrash; oyoqlar kerilgan, chalishtirilgan, bir vaqtning o’zida qo’llar
bilan
yon tomonga, bosh ustida qarsak chalib, yon tomonlarga va belga qo’yib,
harakatlangan holda oyoqlarni kerish hamda birlashtirish;
-ikki qadamlab oldinga-oyoqni birlashtirib turib cho’qqayish-qo’llar yon
tomonlarga-o’rnidan turish-qo’llar pastga;
-depsinadigan oyoq bilan qadam tashlash-ikkala
oyoq bilan sakrash-
yuqoriroq sakrash-erga tushish holati;
-ko’z yumilgan holda yurish va yugurish. Diqqat uchun: oldinga mayda
qadam tashlash-o’ngga burilish-chap tomonga
mayda qadam tashlash-chapga
burilish.
Harakatlanishlarni o’tkazishda qo’llarning turli holatlaridan-yon tomonlarga,
yuqoriga, belda, bosh orqasida, yelkalarda, aylanma harakatlanishlardan
samarali
foydalanish lozim.
4. Umumrivojlantiruvchi mashqlar
.
Muayyan mashqlarni tanlashda mazkur
mashq turidan o’rin olgan imkoniyatlardan to’liq foydalanish lozim. Darsni o’tish
sharoitlariga muvofiq holda belgilangan maqsadga qisqa yo’l
bilan erishishga
imkon beradigan mashqlarni saralab olish zarur. Jumladan quyidagilar tavsiya
qilinadi:
1.Mashqlarni tanlashda harakatlarning mumkin bo’lgan o’zgarishlaridan
emas, balki ularning maksimal samaradorligidan kelib chiqish lozim.
2. Mashqlarni shug’ullanuvchilarning asosiy dars qismidagi faoliyatiga mos
holda tanlash kerak.
3. Shug’ullanuvchilarning yoshi va sportdagi tajribasini hisobga olish lozim.
Masalan, yangi shug’ullanuvchilar uchun quyidagicha oson kompozitsiyalarni
tuzish kerak.
4. Mashqlar majmuasida asosiy harakatlar yoki har doim bir joyda, yoki har
xil joyda turlicha vaqtda amalga oshirilishini nazarda tutish lozim.
201
Ushbu holda hamma boshqa harakatlar yordamchi ahamiyatga ega: shiddatni
(mashqning energetik ulushi) o’zgartirish,
nazorat orientiri, qayd qilish,
koordinatsion murakkabliklar.
5.Egiluvchanlikka qaratilgan mashqlarda antagonistlarning bir tomonga
takrorlash soni oshgan yoki holatni ushlab turgan sari
kamayishni xisobga olish
zarur.
6.Shuni hisobga olish lozimki, agar holat uzoq vaqt ushlab turilsa, uni
bajarish malakasi ancha tez shakllanadi.
7. Mashqlarning yanada samarali bajarilishini ta’minlash
uchun mashqlar
majmuasiga majburiy nazorat mashqlarni kiritish kerak.
8. Sezilarli toliqishga yo’l qo’ymasdan takrorlashlar sonini oshirish
maqsadida uyg’unlashtirilgan mashqlarni qo’llash zarur.
9. Agar darsning tayyorgarlik qismi faqat razminka maqsadida olib borilsa,
ushbu holda umumrivojlantiruvchi mashqlar majmuasi tanish va nisbatan oddiy
kompozitsiyali mashqlardan iborat bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: