Kurbaniyazov a pedagogik tizimda innovatsion


Tadqiqot  ishimizning  tuzilishi



Download 368,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana16.09.2021
Hajmi368,06 Kb.
#176030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
pedagogik tizimda innovatsion texnologiyalardan foydalanish

Tadqiqot  ishimizning  tuzilishi:  Kirish,  2  bob,  Xulosa  va  Foydalanilgan 

adabiyotlar ro‛yxatidan turadi. 

 

 

 




 

6

I BOB. Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta`riflari va turlari. 



 

1.1. Pedagogik davrlar va texnologiyalar riojlanishi tarixi 

Ilmiy  texnik  taraqqiyot    XX  asr  oxiriga  kelib  faqatgina  ko`plab  ishlab 

chiqarish  sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bo`lib qolmay, balki madaniyat 

sohasiga,  bilimlar  gumanitar  sohalariga  ham  kirib  keldi.  Bugungi  kunda  biz  endi 

axborot,  tibbiyot  texnologiyalari  haqida  gapiramiz,  shu  jumladan  ta`lim  sohasida 

ham.  


Pedagogik 

texnologiya 

deb 

odatda 


maqsadi 

ta`lim 


jarayonining 

samaradorligini  oshirish,  ta`limda  ko`zlangan  natijalarga  erishishga  bo`lgan 

pedagogikaning yo`nalishiga aytiladi (M. Klarin, 1989).   

“Pedagogik  texnologiya”  so`z  birligi  –  bu  inglizcha  “an  educational 

technology”  –  “ta`lim  texnologiyasi”  iborasining  aniq  bo`lmagan  tarjimasidir. 

“Pedagogik texnologiya” tushunchasi oxirgi paytlarda o`qitish nazariyasida yanada 

kengroq  qo`llanilmoqda.  Aynan  “texnologiya”  termini  va  uning  “o`qitish 

texologiyasi”,  “ta`lim  texnologiyasi”,  “ta`limda  texnologiya”  kabi  shakllariga 

pedagogik adabiyotlarda q00 dan ortiq ta`riflar berilgan.   

       Pedagogik  adabiyotda  pedagogik  texnologiyaga  berilgan  boshqa    ta`riflar 

(V.Bespal`ko,  V.Guzeev,  V.Slastenin,  B.Lixachev,  I.Volkov,  M.Choshanov, 

M.Klarin,  I.Lerner,  Ch.Yudin  va  boshqalar)  ham  keltiriladi,  ammo  ularning  

birortasi  YuNeSKO  ta`rifi  darajasiga  ko`tarila    olmaganlar.    Aytib    o`tilgan  

olimlar orasida pedagogik texnologiya to`g`risidagi axborotni MDX mamlakatlari, 

jumladan, O`zbekistonda tarqalishida V.P.Bespal`ko  va M.V.Klarinlarning ta`siri 

kuchliroq.  M.V.Klarin  pedagogikadagi  texnologik  yondashuvning  tarkibiy 

to`zilishi va mazmuni to`g`risida birmuncha to`laroq ma`lumotlarni e`lon qilgan.  

       Pedagoglarning ish amaliyotida ba`zida texnologik kurilgan o`qitish  metodlari 

emas, balki foydali bo`lsada allaqachon  o`zlashtirilganlar "pedagogik texnologiya" 

tushunchasi  bilan  belgilanadi.  Aslini  olganda,  pedagogik  texnologiya  -  bu 

o`qitishga  o`ziga  xos  bo`lgan  yangicha  (innovatsiya)  yondashuvidir.  U 

pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik  ilmiy 




 

7

ongning  pedagogika  sohasiga  ko`chirilgan  tasviri,  ta`lim    jarayonining    muayyan 



standartlashuvi hisoblanadi. 

       Pedagogik  texnologiya  ko`p  jihatdan  o`tmish  mashhur  pedagoglarining 

orzulariga mos keladi. Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy o`n ettinchi  

asrdayoq ta`limning "vaqt, fanlar va metodlarni mohirona  taqsimlashdan"  boshqa 

narsani talab qilmaydigan umumiy tartibini topishga harakat qilgandi. 

       Komenskiy  fikricha,  idealda  o`qitishning  yagona  mukammal  metodi  topilsa, 

"hamma  narsa  og`irliklari  to`g`ri  muvozanatlangan  soatga  nisbatan  aniqrok,  faqat 

ana shunday mahorat bilan yaratilgan asbobda erishish mumkin bo`lgan bexatolik 

bilan ilgarilaydi". 

       Jaxon  pedagogika  fani  ilmiy-texnika  taraqqiyoti  ta`sirini  boshidan  kechirib, 

psixologiya,  kibernetika,  tizimlar  (sistema)  nazariyasi,  boshqaruv    nazariyasi, 

boshqa  fanlar  muvaffaqiyatlarini  birlashtirib,  hozirda    faol    yangilanish 

(innovatsiya)  jarayonlari  bosqichida  turar  ekan,  inson  imkoniyatlarini  samarali 

rivojlantirish amaliyotiga boy mahsul bermokda. 

  

Aytib o`tamiz,    pedagogik   texnologiya    metodlari    (o`zining   boshlang`ich 



ma`nosida) dastlab o`qitishning harakatni tipik vaziyatdagi  namuna  (belgilangan 

qoida)  bo`yicha  o`zlashtirish  talab  etiladigan  reproduktiv  darajasi    uchun  ishlab 

chiqilgandi.  Reproduktiv  ta`lim  har  qanday  ta`limning    zarur    tarkibiy  qismi 

hisoblanadi,  u  insoniyat  jamg`argan  tajribani  aniq  o`quv  fani    doirasida 

o`zlashtirish bilan bog`liq. Ta`lim uchun xuddi o`zlari singari mashg`ulotni yuqori 

darajada  o`tkazishlariga  imkon  beradigan    pedagogik  yo`nalishni  (tsiklni)  ishlab 

chiqmagan.  Sababi,  balkim,    o`tmishdagi    mashhur  pedagoglarning  metodlari 

pedagog  shaxsini  ko`proq  o`z  ichiga  olgan  bo`lsa  kerak.  Izdoshlarda  nimadir 

yaxshiroq chiqqan, ammo  umuman  olganda,  asoschilarnikidek bo`lmagan. 

       "Bizning pedagogik ishlab chiqarishimiz - yozgan edi  A.S.Makarenko, - hech 

qachon  texnologik  mantiq  asosida  qurilmagan,  u  doimo  axloqiy  targ`ibga  

asoslangan.  Aynan  mana  shuning  uchun  ham  bizda  ishlab  chiqarishning  barcha 

muhim    bo`limlari:  texnologiya  jarayonini,  ish  bajarilishini  hisobga  olish,  

yaratuvchilik (konstruktorlik) ishi, moslamalarni qo`llash, nazorat, ishga tushirish,  




 

8

yaroksizga  chiqarish  deganlar  yo`q".  (Ko`chirma  V.Slastenin    ishidan    olindi,  



1997  yil) [14]. 

       Sanoatda  ijrochilar,  agar  ular  texnik  hujjatlar  talablariga  aniq  rioya  qilishsa, 

shakliga bog`liq bo`lmagan, natijasi kafolatli minglab texnologik jarayonlar ishlab 

chiqilgan.  Sanoat  texnologik  jarayonining  asosini  detalning  ishchi  chizmasi  va 

yig`uv  birliklari  chizmasi  tashkil  qiladi.  Ular  talablariga  aniq  rioya  qilish 

detallarning  o`zaro    almashinuvchanligini    ta`minlaydi,    texnologik  jarayonning 

takrorlanadigan operatsiyalari esa qayta  tiklanadigan  texnologik to`zilmani tashkil 

qiladi.  Mana  shuning  uchun  ham  O`zbekistonda  chet  el    texnologiyasi  asosida 

ishlab  chiqariladigan  avtomobilning  sifati  Janubiy  Koreyada    ishlab  chiqarilgan 

avtomobil sifatidan fark qilmaydi. 

Texnologiya    -  tushunchasi    yunoncha    «mahorat»,  «san`at»,  «tushuncha», 

«o`rganish»  demakdir.    Texnologiya  tushunchasi  ishlab  chiqarish    jarayonidagi  

texnologiya    operatsiyalar  va  mahsulotni  tayyorlash  mazmuni  (sirlari)  bilan 

bog`langan.  Texnologiya  so`zi  zamirida    jarayonlarni  amalga  oshirish  usullari  va 

vositalar  haqida  bilimlar  yig`indisi,  shuningdek  ob`ektda  sodir  bo`ladigan  sifat 

o`zgarishlari tushuniladi. 

 

Ta`lim texnologiyasi ta`lim metodikasi tushunchasiga qaraganda kengroqdir. 



O`qituvchilar, talaba va o`quvchilar jamoasida o`zaro yordam, hamkorlik va 

ijodiy  muhitni  yaratishda  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarning  o`rni  beqiyos 

hisoblanadi.Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta`lim jarayonini har tomonlama 

mukammal loyihalashtirish, aniq maqsadlar qo`yish va ularga kafolatlangan holda 

erishish,  rejalashtirilgan  natijalarni  amalga  oshirish  imkonini  beruvchi  uzviy 

bog`langan komponentlar yig`indisi deb hisoblandi. Ushbu qoidadan kelib chiqqan 

holda har bir o`qitiladigan mavzuga keng qamrovli loyiha ishlab chiqish bilan bir 

qatorda, o`quv-metodik majmua tayyorlash yo`lga qo`yildi. Majmuaning tarkibiga 

loyihaga  qo`shimcha  mavzuga  daxldor  bo`lgan  barcha  axborotlar,  tarqatma 

materiallar, ma`lumotnomalar, manbalar, ulardan foydalanish metodikasi kiritildi. 




 

9

 



Pedagogik  texnologiya  deganda,  texnologik  (ishlab  chiqarishdagi) 

yondashuvlarga  aynan  o`xshash  bo`lgan  ta`limda  qo`yilgan  maqsadlarga  erishish 

kafolatlangan  (yakuniy  natijani  olish)  ta`lim  jarayoni  tushuniladi.  Bunday  ta`lim 

jarayoni texnologiyalashtirilgan deyiladi. Texnologiyalashtirilgan ta`lim jarayonida 

o`qituvchi  shaxsiga  bog`liq  bo`lmagan  faqat  o`quvchi  (talaba)  ning  shaxsi 

ehtyojlari, talablari va xislatlariga asoslangan ta`lim jarayonidir. O`quvchi (talaba) 

ta`lim  jarayoni  markazida  turadi.  Bunda  darsni  kim  olib  borayapti  (tajribali 

o`qituvchimi  yoki  yosh  o`qituvchimi)  qat`iy  nazar  ko`zlangan  yakuniy  natija 

(maqsadga  ko`ra)  ga  erishish  kafolatlanishi  lozim.  Ta`limda  o`qituvchi  faqat 

ijrochi vazifasini bajaradi. 

 

Pedagogik  texnologiya  pedagogik  (ijtimoiy)  va  texnologik  (ishlab 



chiqarishdagi, muhandislik) yondashuvlar integratsiyasidir. 

 

Pedagogik texnologiyaga turli ta`riflar mavjud.  



 

YuNeSKO ta`rifi:  Pedagogik  texnologiya  –  ta`lim  berish  va  o`zlashtirish  

usullarini  yaratish,  qo`llash  ularni  yagona  tizimga  keltirish,  yo`li  bilan  inson 

salohiyati  va  texnik  vositalarining  barcha  imkoniyatlaridan  muvofiq  foydalanib, 

bilimlar o`zlashtirilishining  eng maqbul jarayonidir.  

 

       Pedagogik    texnologiyalardagi      g`oya      maktab    faoliyati  yoki  har    qanday 



ta`lim  muassasi  va  ta`limning  asosiy  zvenosi  bo`lgan  ta`lim  jarayonini 

boshqariluvchanligidir.  

 

T.Sakamoto    (yapon  mutaxasisi)  ning    fikricha  pedagogik  texnologiya  bu 



pedagogikadagi  fikrlashning    tizimlash  usulini  qo`llash  bo`lib,  buni  boshqacha 

qilib  aytsak,  ta`limni  tizimlashtirish  (sistemalashtirish)  yoki  «sinf  ta`limini 

tizimlashtirish» dir.  

          Ba`zida pedagogik ish tajribasida (avvalgi mavzularda keltirilgan) pedagogik 

texnologiyalarni    allaqachon  o`zlashtirilgan    (ma`lum  bo`lgan)  hatto  foydali 

bo`lgan  ammo  ta`lim  metodikasi  texnologik  yaratilmagan  (tuzilmagan)  deb 

tushunishadi. Lekin  pedagogik texnologiya o`ziga xos innovatsion yondashuvdir.  



 

10

 



Pedagogik    texnologiya  ta`riflarida  asosiy  tushunchalar,  «tizimli  metod» 

ekanligi qolgan barcha so`zlar pedagogik texnologiyaning tizim sifatidagi tarkibiy 

qismlarini  ifodalaydi.  Aynan    tizimli  yondashuv  pedagogik  texnologiyani 

o`qitishdagi  boshqa  yondashuvlardan  farqlovchi  bosh  belgi  hisoblanadi.  

An`anaviy o`qitish metodikasida bunday tizimli (sistemali) yondashuvga har doim 

ham rioya qilina bermaydi. Ta`lim  maqsadlari, uning mazmuni, o`qitish va ta`lim 

berish metodlari nazorat va natijalarni baholashni  o`zaro aloqada va bir –biri bilan 

aloqada  loyihalash  –  ko`pincha  an`anaviy  (traditsion)  o`quv  jarayonidagi  

etishmaydigan  holdir.  Masalan,  ko`p  hollarda  ta`lim    asosan,  axborotni  eslab 

qolishga yo`naltirilgan, ta`lim  oluvchining bo`lajak faoliyati esa muayyan  ishlarni 

bajarish  yoki  tashkiliy,  boshqaruv  va  kasbiy  qarorlarni  qabul  qilish  bilan  bog`liq 

bo`ladi (oldingi mavzularimizdagi bilish faoliyati va bilish faoliyatini faollashtirish 

modeliga  qarang).  Yoki  oliy  o`quv  yurtlarida  ba`zan  ma`muriyat  tomonidan 

talabalar  bilim  olishi  sifatini  nazorat  qilish  metodini  barcha  fanlar  uchun  bir  xil 

ya`ni    har  bir  fanning  o`ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olmasdan  asossiz 

belgilashadi.  Demak,  ta`lim  o`quv  jarayonida  belgilangan  maqsadlar,  mazmun, 

metodlar,  vositalar  va  shakl  kabi  metodik  tizim  elementlari  orasida  uzviylikka 

rioya qilinmaydi. Natija ta`limda uzluksizlik ta`minlanmasligiga olib keladi (ta`lim 

uzluksizligi  haqidagi  avvalgi  mavzularimizdagi  modelga  qarang).  Pedagogik 

texnologiyalarda  bularga  albatta  rioya  qilinishi  nazarda  tutiladi.  Pedagogik 

texnologiya o`z mohiyatiga ko`ra  YuNeSKOning ta`rifi ko`proq mos keladi. 

 

«Yangi  pedagogik  texnologiyalar»  -  psixologik  va  pedagogik  bilimlar 



tarmog`ida    mustaqil  fan  sifatida    shakllanishi  va  bu  fanning    o`rni,  mohiyati, 

fanning tarkibi, maqsadi hamda vazifalari  respublikamizdagi  «Kadrlar tayyorlash 

milliy  dasturi»  qonuni  asosida  yuqori  malakali  oliy  ma`lumotli  kadrlarni 

tayyorlashga  muvofiq belgilangan. 

 

Bu  Yu.K.Babanskiyning  1990  yillargacha  mavjud  o`quv  jarayonlarini 



ekstensiv  (soddalashtirish)  yo`nalishda    o`quv  mazmunini  maydalashtirish,  fanlar 

sonini  ko`paytirish  kabi  yondashuvlarning  samarasizligini  ta`kidlab,    o`zining 

o`quv    jarayonini  jadallashtirish  (intensivlash)  samarali    natijaga  (o`quv  suratini 



 

11

oshirish)  ya`ni  ta`limdagi  maqsadlarni  kuchayishiga  o`quvchilarning  ta`limdagi 



faolligiga, ta`lim maqsadlarini  amalga oshiruvi  o`qituvchining qo`ygan maqsadlar 

kompleksi  orqali  olib  kelishini    asoslaydi.  Ta`lim  jarayonini  jadallashtirishning 

asosiy omillari: ta`lim maqsadlarini kuchaytirish, o`quv motivatsiya (qiziqtirish)ni 

kuchaytirish,  ta`lim  mazmunidagi  axborot  sig`imini  kengaytirish,  ta`limda  faol 

metod  va  shakllarni  qo`llash,  o`quv  amallarini  bajarish    suratini  oshirish,  o`quv 

mahoratini  rivojlantirish,  ta`limda  komp`yuter  va  boshqa  texnika  vositalarini 

qo`llash.Lekin bu an`anaviy ta`limdagi ishlar manzilga uzoq va notekis  yo`l bilan 

gohida adashib ketayotgan yo`lovchining harakatiga o`xshaydi. Ilg`or davlatlardagi 

pedagogik  texnologiya  esa  bu  ko`zlangan  manzilga  tezroq  borayotgan  va  qisqa 

yo`l  tanlangan harakatga o`xshaydi. 

Hozirgi  kunda  pedagogik  texnologiya  tushunchasida  turlicha  ifodalashlar 

mavjud. 


1.

 

Texnologiya – bu bir ishda, mahoratda, san`atda  qo`llaniladigan uslublar 



to`plamidir (talqinli lug`at). 

2.

 



Pedagogik  texnologiya  –  bu  o`quv    jarayonini  amalga  oshirishning 

texnikasidir (V.P. Bespal`ko). 

3.

 

Pedagogik texnologiya – bu o`qitishda rejalashtirilgan natijalarga erishish 



jarayonini tasvirlashdir (I.P. Volkov). 

4.

 



Pedagogik  texnologiya  –  bu  o`qitish,  tarbiyaviy  vositalar,  shakllari, 

metodlari,  usul,  uslublarining  maxsus  to`plami  va  tuzilishini  belgilovchi 

psixologik-pedagogik  ko`rsatmalar  yig`indisi,  u  pedagogik  jarayonning  tashkiliy 

metodik quroli demakdir (B.T. Lixachev). 

5.

 

Pedagogik texnologiya – bu ta`lim shakllarini optimallashtirish masalani 



qo`yuvchi,  texnik  va  insoniy  imkoniyatlarni  va  ularning  o`zaro  munosabatlarini 

hisobga  olib    o`qitish  va  bilimlar  o`zlashtirish  butun  jarayonini  yaratish,  qo`llash 

va belgilashga sistemali yondashishidir (YuNeSKO). 

6.

 



Texnologiya  –  bu  san`at,    mahorat,  moxirlik,  ishlab  chiqish  metodlari 

to`plami, holatini o`zgartirishdir (V.M. Shepel`). 




 

12

7.



 

O`qitish  texnologiyasi  -    bu  o`quvchilar  va  o`qituvchilar  uchun  so`zsiz 

qulay sharoitlar yaratib berish uchun o`quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish 

va olib borish bo`yicha har tomonlama o`ylab chiqilgan hamkorlikdagi pedagogik 

faoliyat modelidir (V.M. Monaxov). 

8.

 



Pedagogik texnologiya – bu pedagogikada fikrlashning sistemali usulidir 

(T. Sakamoto). 

9.

 

Pedagogik  texnologiya  –  o`quv  jarayonining  tashkiliy  shakli,  metodlari, 



mazmunini  o`zgartiruvchi  uning  rivojlanish  sistemasidir  (E.  Bistereki  va  J. 

Tseller). 

10.

 

 Pedagogik  texnologiya  -  pedagogik  maqsadlarga  erishish  uchun 



foydalaniladigan  hamma  shaxsiy,  instrumental  va  metodologik  vositalar  sistemali 

to`plami va ishlatilishi tartibini bildiradi (M.V. Klarin). 

11.

 

 Pedagogik  texnologiya  –  bu  ta`lim  maqsadiga  erishishga  qaratilgan 



o`qituvchi 

va 


o`quvchining 

faoliyatini 

sistemali, 

kontseptual, 

qoidali, 

ob`ektivlashtirilgan, invariant tasvirlashdir (F.A. Fradkin). 

12.

 

 Pedagogik texnologiya bilimlarni egallashda rejalashtirish, boshqarish va 



ta`minlashni tahlil qilish uchun  faoliyatni tashkil etish usulini, odamlar, g`oyalar, 

vositalarni  o`z  ichiga  oluvchi  kompleks  integral  jarayon  demakdir  (Pedagogik 

kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo`yicha AQSh assotsiatsiyasi). 

Pedagogika  fani  tarixidan  ko`rinib  turibdiki  o`qitish  va  kadrlar  tayyorlashning 

yanada mukammal metodlarini va usullarini izlash doimiy davom etib kelgan. 

O`qitish  –  bu  jamiyat  taraqqiyoti  uchun  samarasi  pedagogning  faoliyati 

yakunlanishi bilan darxol ko`rinmasa ham har qanday boshqa faoliyat  kabi ishlab 

chiqarish faoliyatidir. 

Jamiyat  tarixida  iqtisodiy  davrlar  faqatgina  nimalar  ishlab  chiqarilishi,  kim 

tomonidan  qancha  ishlab  chiqarilishi,  mehnatning  qaysi  vositalari  bilan  ishlab 

chiqarilishi qarab farq qilmaydi. 

 “Texnologiya” tushunchasi texnik taraqqiyot sababli yuzaga keldi va lug`atlar 

talqini  bo`yicha  (techne  san`at,  hunar,  fan;  logoq  –  tushuncha,  ta`limot) 

materiallarga  ishlov  berish  usullari  va  vositalari  haqidagi  bilimlar  to`plami 




 

13

demakdir.  Texnologiya  shu  bilan  birga  jarayonni  bilish  san`atini  ham  o`z  ichiga 



oladi.  Texnologik  jarayon  har  doim  zarur  vositalar  va    sharoitlardan  foydalanish 

bilan operatsiyalar ma`lum ketma-ketligini ko`zda tutadi. Texnologiya protsessual  

mazmunda “qanday qilib, nimadan va qaysi vositalar bilan bajarish kerak?” degan 

savolga javob beradi. 

XX  asrning  20-yillarida  “pedagogik  texnologiya”  termini  birinchi  bor 

pedagogika bo`yicha asarlarda tilga olingan. Shu vaqtning o`zida yana bir boshqa – 

“pedagogik  texnika”  termini  ham  tarqaldi.  U  pedagogik  entsiklopediyada  q0-

yillarda o`quv mashg`ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar 

va vositalar sifatida ifodalangan. Pedagogik texnologiyalarga o`quv va laboratoriya 

uskunalari bilan ishlash, ko`rgazmali qo`llanmalardan foydalanish mahoratlari ham 

kiritilgan. 

60-yillar  o`rtalarida  bu  tushunchaning  mazmuni  chet  ellarda  pedagogik 

nashrlarda  va  halqaro  konferentsiyalarda  keng  muhokama  etildi,  natijada  ushbu 

sohada  turli  mamlakatlarda  (AQSh,  Angliya,  Yaponiya,  Frantsiya,  Italiya, 

Vengriya) uni talqin qilish ikki yo`nalishi belgilandi. 

Birinchi  yo`nalish    tarafdorlari  texnik  vositalar  va  dasturlashtirilgan  o`qitish 

vositalarini qo`llash zarurligini ta`kidladilar (technology in education). 

Ikkinchi  yo`nalish  tarafdorlari  esa  o`quv  jarayonini  tashkil  etish 

samaradorligini  oshirish  va  pedagogik  g`oyalarning  texnikaning  keskin 

rivojlanishidan ortda qolishini  yo`qotishni muhim  deb hisobladilar.  Shunday  qilib 

1-yo`nalish “o`qitishda texnik vositalar” sifatida belgilandi, biroz keyinroq yuzaga 

kelgan  2-yo`nalish  “o`qitish  texnologiyasi”  yoki  “o`quv  jarayoni  texnologiyasi” 

sifatida belgilandi. 

70-yillarning boshlarida turli xildagi o`quv uskunalarini va o`quv  vositalarini  

modernizatsiyalashtirish  zarurligi  anglab  etildi.  Bularsiz  o`qitishning  sifatliligi  va 

samaradorligiga erishib bo`lmas edi. 

60-yillar  o`rtalari  va  70-yillarning  boshlarida  AQSh,  Angliya,  Yaponiya, 

Italiya  kabi  yuksak  rivojlangan  davlatlarda  pedagogik  texnologiyalar  masalalari 




 

14

bilan  shug`ullanuvi  jurnallar nashr  etila boshlandi,  keyinchalik  bu  muammo  bilan 



ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va markazlar shug`ullana boshlaydi. 

AQShda  1971  yil  –  “Pedagogik  kommunikatsiyalar  va  texnologiyalar 

bo`yicha  AQSh  Assotsiatsiyasi”tuzildi.  Hozirgi  kunda  mamlakat  bo`ylab  va 

Kanadada bu kengashning  50 ta filiallari ish olib bormoqda. AQSh  da 1961 yilda 

“Pedagogik  texnologiya”  jurnali  (educational  Technology),  1971  yilda  esa  – 

“Audiovizual o`qitish” jurnali nashr etila boshlandi. 

Angliyada  1967  yil  -    Pedagogik  texnologiya  bo`yicha  Milliy  kengash  1964 

yildan boshlab “Pedagogik texnologiya va o`qitishni dasturlashtirish” (educational 




Download 368,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish