Keysni yechish natijalarini kichik guruhlar tomonidan taqdimotini
o`tkazish:
1) real vaziyat yechishiga doir o`z variantlarini taqdim etadilar;
2) tanlangan harakatlar yo`lini izohlaydilar va yechishning to`g`riligini
asoslaydilar;
3) boshqa guruh a`zolarining savollariga javob beradilar va o`z takliflarini
asoslaydilar.
Jamoa bo`lib keys ustidan ishlash:
guruhlar taklif etgan yechishlar
variantlarining muhokamasi; taklif etgan yechishlarning o`zaro baholanishi;taklif
etilgan yechishlarning xayotiyligi va amalga oshirilishi mumkinligiga birgalikda
(talabalar va o`qituvchi) baho berilishi ham mumkin.
Vaziyatni o`rganish va vaziyatni baholashga doir savollarni tahlil etish
asosida mavjud seminar mashg`ulotlarini o`tkazish yuzasidan SWOT-tahlilni
amalga oshirish.
Innovatsiya (inglizcha) yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion
texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga
yangilik, uzgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol
usullaridan foydalanadi. Interfaol bu o’zaro , harakat qilmoq o’zaro harakat
qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bulishni anglatadi.
Boshqacha so’z bilan aytganda, qitishning interfaol usulubiyotlari bilish va
kommunikativ faoliyatni tashkil etishning mahsus shakli bulib, unda ta`lim
oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan buladilar, ular biladigan va
uylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega buladilar.
Interfaol darslarda o’qituvchining urni qisman o’quvchi larning faoliyatini
dars maqsadlariga erishishga yunaltirishga olib keladi. Bu uslublarning uziga
hosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchilarning birgalikda faoliyat
kursatishi orqali amalga oshiriladi. Bundan pedagogik hamkorlik jarayoni
uziga hos hususiyatlarga ega bo’lib, ularga o’quvchining dars davomida
38
befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash , ijod qilish va izlanishga majbur
etilishi; o’quvchilarning o’quv jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlarini
domiyligini ta`minlanishi; o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini
mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;
pedagogik va o’quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda
tashkil etishlari kiradi.
Bizning fikrimizcha, pedagogik tehnologiyaning eng asosiy negizi
o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga
hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan tehnologiyalariga bo2lik. uqitish
jarayonida, maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qullanilgan har
bir ta`lim tehnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi urtasida hamkorlik faoliyatini
tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida
o’quvchilar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, uzlari hulosa
qila olsalar , uzlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa
ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning
fikrimizcha , ana shu uqitish jarayonining asosi hisoblanadi. har bir dars,
mavzu , o’quv predmetining uziga hos tehnologiyasi bor. o’quv jarayonidagi
pedagogik tehnologiya bu aniq keta - ketlikdagi yahlit jarayon bulib, u
o’quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yunaltirilgan ,
oldindan puhta loyhalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan
pedagogik jarayondir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilg’or pedagogik tehnologiyalarni joriy
qilish va uzlashtirish zarurligi kup karra takrorlanadi. Pedagogik tehnologiyaning
uzi nima va u an`anaviy ta`lim metodlaridan nimasi bilan farqlanadi?
Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta`lim muammolariga oid ma`ruzalar,
rasmiy hujjatlarda "yangi pedagogik tehnologiya", "ilg’or pedagogik
tehnologiya", "zamonaviy pedagogik tehnologiya" iboralari keng qullanilmokda.
Aynan tizimli yondashuv pedagogik tehnologiya asosida uqitishni boshqa
yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta`lim maqsadlari, uning
mazmuni, uqitish va ta`lim berish metodlari, nazorat va natijalarni baholashni
39
uzaro aloqada va bir-biri bilan bo2liqlikda loyihalash - ko’pincha an`anaviy
o’quv jarayonida etishmaydigan narsalardir. Masalan, ko’p hollarda ta`lim,
asosan, axborotni eslab qolishga yo’naltirilgan, ta`lim oluvchining bo’lajak
faoliyati esa muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliy, boshqaruv va kasbiy
qarorlarni kabul qilish bilan bog’liq bo’ladi. Boshqa misol: o’quv yurtlaridan
birida ta`lim oluvchilar bilimlarini nazorat qilish metodini ma`muriyat barcha
fanlar uchun bir xilda, ularni har birining hususiyatlarini hisobga olmay asossiz
belgilangan. Afsuski, hozirgi kunda bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |