Bog'liq KURASHCHILARNING TEHNIK TAYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA MAHSUS MASHQLARDAN FOYDALANISH TEHNALOGIYALARI
II bob. Tadqiqot vazifalari, uslublar va uni tashkil qilinishi 2.1. Tadqiqot vazifalari Kurashda hujum harakatini ma’lum bir usul bilan taktiktay yo’rlash murakkab usulning bir qismi bo’lishi lozim. Bunda u hujum usuli bilan uzluksiz ravishda bajariladi. Aldamchi harakatdan (shaxsan hujum bajarishni taktik tayyorlashdan) murakkab hujum harakatining (MHH) hal etuvchi yakuniy harakatiga o’tish paytiga alohida e’tibor qaratish lozim. Turli hujum usullariga eng maqsadga muvofiq bo’lgan taktik tayyorgarlik usullarini tanlash lozim. Shumaq sodda kurashchilar taxminiy MHH bilan tanishgandan so’ng quyidagi topshiriqni oladilar: ma’lum bir usulga mustaqil ravishda taktik tayyorgarlik usullarini tanlash va ularni hujum usullari bilan MHHga birlashtirish (yangi MHHni o’ylab topish).
Murakkab hujum harakatlarini takomillashtirishda pedagogik jarayon yangi malakani tarbiyalashga qaratilgan. Yangi MHHni muvaffaqiyatli egallash faqat avval o’rganilgan usullar asosida amalga oshirilishi mumkin. MHHni o’rganish jarayonida MHHni shakllantirishda qiyinchiliklarni ketma-ket yengib o’tish talabiga rioya qilish lozim. MHHni bajarishda oldingi mashqlar egallanganda va MHHning tayyorlov harakatidan yakuniysiga o’tishda yuqori aniqlikka erishilgandan so’ng keyingi beshta urinish davomida takrorlashni bajarish zarur. Agar bunday takrorlashlarda aniqlik yomonlashmasa (malaka yetarlicha mustahkam bo’ladi), unda keyingi MHHni egallashga o’tish lozim. MHHga o’rgatish boshida bir harakatdan ikkinchisiga o’tishi aniqligi kamroq bo’ladi, keyinchalik u oshib boradi.
Ma’lum bir usulga (hujum usullariga) nisbatan hujum harakatlarini qo’llashni o’rganishda raqib harakatlarida “o’lik nuqta’ni (harakatsiz holat va ma’lum bir vaqt ichida himoyalanish harakatlarini bajara olmaslik) yaratib, usul harakati yo’nalishi tomoni kabi qarama-qarshi tomonga turli taktik tayyorgarlik usullarini tanlash zarur. Kurashda oyoqni ushlab olish bilan bajariladigan usullar ko’p qo’llanilishi sababli o’smirlarni ko’p sonli hujumni taktik tayyorlash usullariga o’rgatish zarur. Buning asosiy maqsadi - o’smirlar o’zlariga yoqadigan murakkab hujum harakatlarini mustaqil yarata olsinlar. Bundan tashqari, o’smir turli raqiblarga qarshi tanlab qo’llay olishi mumkin bo’lgan turli MHHni egallashi lozim. Hujum harakatlari taktikasiga keyinchalik o’rgatish turli usullardan kombinatsiyalar tuzish va ular bilan hujum qilishni egallash yo’li orqali olib boriladi. Kombinatsiyalar shunday tuzilishi kerakki, birinchi usul bilan bajarilgan hujum raqibning himoyalanish harakatlari natijasida keyingi usul bilan hujum qilish uchun qulay dinamik vaziyatni yaratishi lozim. Kombinatsiyalar to’xtovsiz bajariladigan uchta-to’rtta usullardan tashkil qilinishi mumkin. Bunda oxirgisidan oldingi hujum usuli oxirgi (yakuniy) usul uchun qulay dinamik vaziyatni yaratishi zarur.
Kurash trenirovkalarining asosiy qismida, uning boshqa qismlaridagi kabi, sport tayyorgarligiga doir maxsus vazifalarni bajarish bilan birga psixologik tayyorgarlik, axloqiy va estetik tarbiya vazifalari ham hal etiladi.
Trenirovkaning yakunlovchi qismiga 5-10 minut ajratiladi, Trenirovka esa organizmga nisbatan tinch holatga keltirish bilan yakunlanadi.
Birinchi faza-trenirovkaga tayyorlanish sharoitlarga muvofiq ravishda mashg’ulotning puxta o’ylangan plani.
Trenirovkaplanidayaxshitayyorgarlikko’rgangrupparahbarlari, hakamlar, razryadchi sportchilar, axborotchilar va hokazolarning mavjudligini hisobga olish muhimdir.
Ikkinchi faza – trenirovkani o’tkazish hisobiga-trenirovkani o’z vaqtida boshlash va shug’ullanuvchilarni aniq uyushtirish, mushg’ulot temasini qisqacha bayonqilish, xususiy vazifalarni va sportchilarning mustaqil faoliyati uchun beriladigan topshiriqlarni tushuntirish. Bularning hammasi umumiy va shaxsiy metodik ko’rsatmalar berish kerakligini va kamchiliklarni qanday yo’qotish zarurligini aytish, hatti-harakatlarni baholash bilan qo’shib olib boriladi. Bu esa trenirovkaning muvaffaqiyatli o’tishga yordam beradi va bunday trenirovka o’quvchilarning ijodiy mustaqilligini oshiradi:
Uchinchi faza-trenirovkani yakunlash-trenirovkaning yakunlovchi qismida trener o’zi uchun ham, sportchilar uchun ham yakun chiqaradi. Bayon qilingan materialni tahlil qiladi va kelgusi mashg’ulotlarni belgilaydi. Buning uchun u trenirovka planida material qanday o’zlashtirilganligini, nagruzka sportchilarga qanday ta’sir etganligini, qanday yangi metod yoki usullar foydalanilganligini, tarbiya, mustaqil ishlar, uy vazifalari va hokazolardan inmaga e’tibor berish kerakligini qayd qiladi.
Kurashchilarning musobaqa davrining strukturasi oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Birinchi holda u asosiy bir turdagi mikroskoplardan – musobaqa va yuklama tashlash mikroskoplardan iboratbo’ladi. Ikkinchi holda esa, 4-6 haftalik maxsus oraliq bosqich bilan bir-biridan ajralgan ikkita (ba’zan undan ham ko’p) musobaqa bosqichlaridan iborat bo’ladi.
Uyokibustrukturadanfoydalanishsportturlariningxususiyatlariga, mazkursportturidaqabulqilinganmusobaqalartaqvimigavaboshqasharoitlargabog’liq, bundaboshqahammasharoitlartengbo’lsa, davrninguzunligihalqiluvchirolь o’ynaydi: oddiystrukturanisbatanunchauzoqdavometmaydigandavrga (2-3 oygacha), murakkabstrukturaesauzoqdavrga (4-5 oylarchamasi) to’g’rikeladi.
Sport formasiga kirib olingandan keyin, uni butun mas’uliyatli musobaqalar davomida saqlab turish va sport yutuqlariga erishishga aylantirish vazifasi paydo bo’ladi. Yuqorida aytganimizdek, sport formasi – bu faqat holatgina emas, balki jarayonhamdir – sportda yutuqlarga erishishga tayyor ekanlikni ko’rsatuvchi barcha vazilat, malaka, mahoratlarni uzluksiz takomillashtirib boruvchi jarayon hamdir. Sport formasini saqlab turish davrida navbatdagi musobaqalarning spetsifik shart – sharoitlariga moslashish zaruriyati munosabati bilan uninga yrim komponentlari anchasezilarli o’zgarishlarga duch kelishi mumkin. Biroq, bu davrda tubdan o’zgarishlar qilib bo’lmaydi, chunki ular sport formasini yo’qolishiga olib kelgan va shu bilan musoba qalarda muvaf-faqiyatli qatnashish imkoniyatidan mahrum etgan bo’lur edi.
Jismoniy tayyorgarlik musobaqa davrida eng ko’p kuch - g’ayrat talab qiladigan kuchlani shularga bevosita funktsional tayyorgarlik xarakteriga ega bo’ladi (mazkur tsikl uchun) maxsus mashq bilan chiniqqanlikning maksimal darajasiga erishishga, uni anashu darajada saqlab turishga va qo’lga kiritilgan umumiy mashq ko’rganlikni quvvatlab turishga qaratilgan bo’ladi.
Kurashchilarning texnika tayyorgarlik harakat faoliyatining tanlangan formalarini imkon boricha yuqori pog’onada takomillashtirishni ta’minlaydi. Bu, bir tomondan, ilgari o’zlashtirilgan malaka va mahoratlarning mustahkamlanishini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan variativlikni, harakat kordinatsiyasining nihoyatdan xozir silliqlash, taktik tafakkurni rivojlantirish va maxsus bilimlarni chuqurlashtirish asosida kurashchilarning bellashuvda yaraydigan bo’lishlikni orttiradi.
Ma’naviy – iroda tayyorgarligi musobaqalar davrida musobaqalarga bevosita psixologik jihatdan tayyor bo’lish, sportchini jismoniy va ruhiy kuch-quvvatni oliy darajada namoyon qilishga safarbar qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga ehtimolda tutilgan sport mag’lubiyatlariga to’g’ri munosabatda bo’lishni va ijobiy emotsional holatni saqlab qolishni ta’minlash ham g’oyat muhimdir.
Agar musobaqa davri uzoq davom etadigan bo’lsa, u holda mashg’ulot sport formasining poydevorini kengaytirish bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha funktsiyani ado etadi. Bunday holda uchraydigan oraliq bosqichlar ma’lum ma’noda tayyorlov davrini eslatadi.
Umumiy va maxsus tayyorgarlikning nisbati. Mazkur davrda sport musobaqalari yanada takomil topishning eng muhim vositasi va metodi xisoblanadi. Musobaqa sharoiti hamda musobaqa jarayonining o’zi yuzaga keltiradigan alohida fiziologik va emotsional fon mashg’ulotlar jarayonida ko’rinmaydigan zahiralar hisobiga jismoniy mashqlarning ta’sirini oshiradi va organizm funktsional imkoniyatlari oliy darajada namoyon bo’lishiga ko’maklashadi. Shu bilan birga musobaqalar iroda tarbiyasi hamda sport maxoratini takomillashtirish jarayonida mislsiz katta rol o’ynaydi. Bular bari sport formasi davrida musobaqalardan faqat sport imkoniyatlarini ishga solish vositasi sifatidagina emas, balki yanada olg’a borishning eng ta’sirchan faktori sifatida ham keng foydalanish kerakligini ta’kidlaydi.
Musobaqalar miqdori albatta sport turlarining xususiyati va sportchilarning malakasiga bog’liq. Kurashchining tezkor-kuchlilik talab qiladigan ko’pchilik turlarida hamda sport o’yinlarida yuqori malakali sportchilar deyarli butun musobaqa davrida har xaftada musobaqalasha olsalar, hoyat zo’r chidamlilik talab etadigan sport turlari, shuningdek, sportdagi yakkama-yakka kurashuvlar va ko’p kurashlar uchun musobaqaning bunday rejimi to’g’ri kelmaydi. Biroq musobaqalarning umumiy soni, faqat sportning tanlangan turlaridagina emas, qo’shimcha turlarida ham xamisha sport-chining jismoniy va iroda sifatlarini effektiv suratda tarbiyalash, uning mahoratini oshirish uchun yetarli bo’lishi kerak.