Kurashchilar trenirovkasi jarayonida tiklanish vositalari


Tiklanishning ruxiy-pedagogik vositalari



Download 119,5 Kb.
bet8/8
Sana29.01.2022
Hajmi119,5 Kb.
#415359
1   2   3   4   5   6   7   8
Tiklanishning ruxiy-pedagogik vositalari

Xar bir trener etarli darajada psixolog bo‘lishi, sportchilar fikri va xissiyotlarini tushunish kobiliyatiga ega bo‘lishi xamda zo‘rikishli trenirovka jarayoni, musobaka faoliyati sharoitlarida ularning xolatini boshkara olishi lozim.


Sportchilarning ruxiy xolati va faoliyatini yukori darajada boshkarish uchun so‘z katta ta’sir ko‘rsatadi. Fakatgina so‘zdan to‘јri foydalanilgandagina va xar bir sportchiga aloxida yondashilgan takdirdagina, trener-kurashchi tizimi muvaffakiyatli amal kilish mumkin. Kurashchi ushbu tizimning asosi xisoblanadi.
Trener tomonidan amalga oshiriladigan boshkarishning ruxiy-pedagogik vositalarini ko‘rib chikayotib, shu narsani ko‘ramizki, ularning asosiylari kuyidagilardan iboratdir: ishontirish, tushuntirish va singdirish. Ruxiy terapiya sifatida tetik xolatda ularni ko‘llash, birinchi navbatda, trener, vrach, psixolog, raxbarning so‘z orkali ta’sir etishini nazarda tutadi. Ularning so‘zlari bevosita ikkinchi signal tizimiga va shu orkali u yoki bu somatik mexanizmlarga ta’sir kiladi.
So‘z orkali ta’sir ko‘rsatishni ko‘llayotib, kurashchining yukori asab tizimi tipini xisobga olish lozim. Fikrlovchi sportchilarga mantikiy tushuntirish ko‘prok to‘јri keladi, badiiy tipdagi kurashchilarga singdirish katta ta’sir ko‘rsatadi.
Sportchiga so‘z orkali ta’sir ko‘rsatishni ko‘llayotib, pedagogik va sport axloki masalalariga aloxida e’tibor berish lozim. U jamoa raxbariyati, trenerlar, boshka mutaxassislar xamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning trenirovka jarayoni samaradorligini oshiradigan, xamma omillardan maksimal foydalanishga karatilgan xatti-xarakatlarning yuksak ma’naviy tamoyillaridan iborat. Ruxiy boshkarish trenirovkasi (RTB) va ruxiy mushak trenirovkasi (RMT) ko‘rinishidagi autogen trenirovka (AT) o‘z-o‘zini boshkarishning ruxiy uslublari orasida eng keng tarkalgan xisoblanadi. Autogen trenirovkaning eng oddiy va samarali varianti - bu ruxiy mushak trenirovkasi, uning tinchlantiruvchi kismidir. Tinchlantiruvchi kismining asosiy tavsiyasi - tetiklik darajasini pasaytirish - bo‘shashtirish (relaksatsiya) xamda kurashchining jismoniy va ma’naviy kuchini tiklashdir. Tinchlantiruvchi kismdan tashkari RMT faollashtiruvchi (safarbar etuvchi) kismga ega. Uning maksadi kurashchining zarur dakikada optimal jang kilish xolatini egallashiga karatilgan.
Turli tayyorgarlik davrlarida ruxiy-pedagogik vositalar xamda tiklanish uslublarini ko‘llash xar xil vazifalarni xal etadi.
Tayyorgarlik davrida kuyidagi vazifalar xal etiladi: dam olish va xordik chikarishni tashkil kilish, RMT ning jamoali seanslari, ruxiy terapevtik suxbatlar va x.k.
Kurashchilar dam olishi va xordik chikarishini rejalashtirish trenirovka nagruzkalari dinamikasi xamda madaniy-ommaviy, ijtimoiy-siyosiy va ruxiy terapevtik tadbirlar kompleksini o‘tkazish bilan boјlanishi lozim.
RMT ning jamoali seanslari musobakalarga tayyorlashda katta samaradorlikka ega. Ular psixolog va trener raxbarligida sport zalida mashјulotlar o‘rtasidagi tanaffuslarda o‘tkaziladi. Ular trenirovka jarayonidagi emotsional zo‘rikishni bartaraf etish va tiklanish uchun ko‘llaniladi. SHuningdek bevosita trenirovka tugashi bilan to‘јridan-to‘јri kurash gilamida tiklovchi uyku - dam olish ko‘llanilishi mumkin. RMT seansida 10 minutlik dam olish - uykudan so‘ng yurak kiskarishi tezligi 43% ga pasayadi va emotsional zo‘rikish ko‘rsatkichi (dastlabki natijalarga nisbatan) 2,8 marta kamayadi. Bu tiklanish davrining o‘ta tezlashganligi xamda jadallashganligini ko‘rsatadi, bu esa bir kunda 2 va 3 marta bo‘ladigan trenirovkalarda juda muximdir.
Uxlash oldidan aloxida va gurux bilan suxbatlashishlarni o‘tkazish yukori ruxiy terapevtik samara beradi. U RMT ning tinchlantiruvchi kismi bilan yakunlanadi.
Suxbatlar mavzusi tayyorgarlik boskichi va sportchilar xolatiga karab tanlanadi.
Psixolog, trener va vrach suxbat jarayonida “ruxiy kuzatuvchanlik” dan foydalangan xolda o‘z karashlarini shakllantiradilar, uning yordamida muayyan kurashchining asab-ruxiy xolati to‘јrisida kundalik axborot oladilar.
Kurashchilarni ishontirayotib, ularning xatti-xarakatlari va tashvishlanishlarining ba’zi tomonlarini asoslangan xolda tankid kilish lozim. Bunda kurashchilarda ijobiy xissiyotlar o‘z axvolini yaxshilash xamda yukori natijaga erishishga bo‘lgan ishonch sababli paydo buladi.
Trener va vrachning yana eng muxim vazifasi kurashchilarning shaxsiy, ijtimoiy va sport faoliyatidagi, to‘knashuvli vaziyatlardagi munosabatlarni me’yorlashtirish xamda yumshatish xisobalandi.
Ruxiy-pedagogik uslublar fizioterapevtik ta’sir etish, massaj, sauna bilan musika jo‘rligida kompleks xolda ko‘llanilaganda, ularning tiklash ta’siri ancha kuchayadi.
Tashkiliy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ommaviy tadbirlar kurashchilar ruxiyatiga katta tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bevosita mas’uliyatili musobakalar oldidan vazifalarni ko‘yish, ko‘rsatmalar berish maksadida tashkiliy yiјilishlarni o‘tkazish o‘zini oklamaydi. Ko‘rsatma berish maksadida o‘tkaziladigan bunday yiјilishlar o‘kuv-trenirovka yiјini boshida o‘tkazilishi lozim.
Turnir yakinlashgan sari bunday tadbirlar yanada ruxiy profilaktik xususiyatga ega bo‘lishi, kurashchining energiyasi va asab imkoniyatlari to‘planishiga yordam berishi lozim.
Ruxiy zo‘rikishni bartaraf etish uchun kurashchilarning o‘zlari tayyorlagan badiiy xavaskorlik konsertlari katta axamiyat kasb etadi. Bu jamoa a’zolarining o‘z-o‘zini ijodiy ifodalashga va jamoadagi xissiyotli etakchi sportchini aniklashga, kulay ruxiy muxitni shakllantirishga yordam beradi.
Musobaka davrida asosiy vazifalar ruxiy zo‘rikishni oldini olish bilan boјlik. Tinch trenirovka vaziyatini yaratish va ortikcha emotsional ko‘zјaluvchanlikni yo‘kotish uchun musobakalarga bevosita tayyorgarlik davrida kuyidagi tashkiliy tadbirlar muxim axamiyatga ega:

  1. Bir-biriga rakib bo‘lgan, bir xil vazn toifasida katnashadigan, katta vaznni yo‘kotayotgan sportchilarni bitta xonada joylashtirmaslik lozim. Ajratib joylashtirish masalalarini shaxsiy o‘zaro munosabatlar, ruxiy jixatdan mos kelish xususiyatlarni xisobga olgan xolda xal etish lozim.

  2. YUkori mikyosdagi musobakalarda ishtirok etish uchun asosiy tarkibni aniklash bo‘yicha masalalarni o‘z vaktida xal etish zarur. Musobakalarga bevosita tayyorgarlik boskichi boshida saralashni yakunlash va asosiy xamda zaxiradagi katnashchilarni rasman e’lon kilish lozim. {ammaga ma’lum bo‘lishi lozimki, nomzod favkulodda xollarda (asosiy kurashchining kasal bo‘lishi, jaroxat olishi yoki mashklanganlik darajasining ancha yomonlashuvi) asosiy tarkibga kirishga tayyor turishi zarur.

Ushbu boskichda tez-tez saralash va nazorat bellashuvlarini o‘tkazish nafakat rejali tayyorgarlikni buzadi, balki kurashchilarga oldinda turgan turnirga energiyani to‘plashga imkon bermaydi, bir-biri bilan rakobatlashish natijasida ularning asab-emotsional shashti bekorga sarflanadi.
Saralashni ancha oldin muddatlarda o‘tkazish to‘јrirokdir. Musobakalarga bevosita tayyorgarlik boskichida kiyin turnirga tayyorlanayotgan kurashchilarning asab energiyasini saklash maksadga muvofikdir. Yirik musobakalarga yakinlashtirishning shunga o‘xshash tamoyili zaxirada turgan yoshlar uchun foydalidir. Ma’lumki, asosiy tarkibga kiritilmaganligidan xabardor bo‘lgan sparring-sheriklar o‘zlari va o‘rtoklariga trenirovkada katta foyda keltiradilar. CHunki ular bir narsadan ko‘rkishmaydiki, ularning faol xujum xarakatlari, tajribali kombinatsiyalari, tavakkalchiligi maјlubiyat ballari bilan jazolanmaydi. Trenerlar bu ballarni kurashchi foydasiga xal etmasliklari mumkin. Aks xolda xar bir trenirovka keskin musobakaga aylanadi va asab energiyasining sarflanishiga olib keladi.
Birinchi musobaka bellashuvi oldidan kurashchilarning asab energiyasini saklashga aloxida e’tibor karatish lozim. Mutaxassislarning kuzatishicha, kurashchilar turnirning birinchi kunida ruxiy zo‘rikish birinchi bellashuvga chikishdan ancha oldin start oldi talvasasi darajasiga etadi. Ko‘pincha bu tortilish paytida kuzatiladi, kur’a tashlagandan so‘ng yoki musobaka o‘tkaziladigan joyga etib kelish bilan kuchayadi.
Musobakalarning birinchi kunida ruxiy-pedagogik vositalarning asosiy vazifasi kurashchilarning asab energiyasini saklash xisoblanadi. Buning uchun xam jamoali, xam aloxida boshkarish vositalaridan foydalanish lozim.
Moxirlik bilan sekundantlik kilish xam katta axamiyatga ega. Sekundantlik kilish san’ati kurashchini o‘ta extiyotkorlik bilan boshkarish maksadida uning ruxiy xolatini tushunish va sezgirlik bilan diagnostika kilishdan iborat. SHuni xisobga olish lozimki, ba’zi kurashchilar sekundantlarga muxtoj emaslar va ularda bellashuvning borishi to‘јrisida o‘z fikrlari mavjud. Ba’zan bir kator kurashchilarda mazkur terenerga moslashmaslik va unga ishonkirmaslik xosil bo‘ladi. Sekundantlik kilishning asosiy koidasi - kurashchiga bellashuv paytida mustakil fikrlashga imkoniyat berish, o‘ta ruxiy zo‘rikish yukini bartaraf etish, agar kerak bo‘lsa, sportchini ko‘zјalishga yo‘naltirishdir. Tanaffus paytida birinchi navbatda kurashchini tinchlantirish lozim va shundan so‘ng, ya’ni uning xolati me’yorlasha boshlagandan keyin oldinda turgan davrga anik va kiska ko‘rsatma berish lozim. Bunda sportchining aloxida xususiyatlari, uning xolati xamda bellashuv davomida yuzaga keladigan vaziyatni xisobga olish zarur.
Shuni nazarda tutish lozimki, xar bir kishi xam trener-sekundant bo‘la olmaydi. Bu ishda yuksak darajadagi sport madaniyati, tajriba va bilim, xotirjam, o‘zini tuta olish, fikrlay olish, turnir bellashuvlaridagi murakkab vaziyatlarda o‘zini yo‘kotib ko‘ymaslik, start talvasasiga tushmaslik katta axamiyatga ega. Sekundant shu narsani anik bilishi lozimki, “birovni boshkarishni bilish uchun birinchi navbatda o‘zini boshkarishni bilish zarur”. Buning uchun tayyorgarlik va musobakalarni o‘tkazish jarayonida sekundantlik kilishga tayyorlanayotgan trener ruxiy o‘z-o‘zini boshkarish vositalaridan foydalanishi xamda psixolog va vrach nazorati ostida bo‘lishi kerak.
Adabiyotlar:



  1. Volkov V.M. Vosstanovitelnыe protsessы v sporte. -M., 1977.

  2. Volkov N.I. i dr. Biomexaniya mыshechnoy deyatelnosti. Kiev, 2000.

  3. Ivankov CH.T. Teoreticheskie osnovы metodiki fizicheskogo vospitaniya. -M., 2000.

  4. Uilmor D.X., Kostill D.L. Fiziologiya sporta i dvigatelnoy aktivnosti. Kiev, 1997.

  5. Lindeman X. Autogennaya trenirovka. -M., 1980.

  6. Platonov V.N. Obщaya teoriya podgotovki sportsmenov v olimpiyskom sporte. Kiev, 1997.

Download 119,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish