Kurash turlari va uni o`qitish metodikasi



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/109
Sana15.09.2021
Hajmi2,3 Mb.
#174607
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109
Bog'liq
kurash turlari va uni oqitish metodikasi

1.2.4. Sambo 
XX  asrning  30-yillari  boshlarida  Rossiyada  yangi  kurash  turi  -  sambo 
shakllana  boshladi.  Ushbu  sport  turining  paydo  bo’lishi  va  rivojlanishida 
V.S.Osherkov,  V.A.Sriridonov  va  A.A.Xarlamrievlar  tashabbus  ko’rsatdilar. 
Sambo  kurashi  texnik-taktik  tavsiflariga  ko’ra  dzyudo  kurashiga  yaqin.  Sambo 
kurashining  asoschilaridan  biri  V.S.Osherkov  dzyudo  kurashini  Yaponiyadagi 
“Kadokan”  maktabida  o’rgangan.  Uning  rahbarligi  ostida  1931  yilda  Moskva 
Davlat jismoniy tarbiya institutida yangi kurash turini o’rganish boshlandi. 
Yangi  kurash  turida  V.S.Osherkov  kurashchilar  kiyimini  o’zgartirdi.  U 
yaponcha kurashdagi an’anaviy shim va kimonodan voz kechdi, ularni sport kalta 
shimi hamda maxsus kurtka bilan o’zgartirdi. V.Osherkov sport oyoq kiyimini ham 
o’zgatirib,    Yunon-rim  kurashidagi  kabi,  lekin  qirg’og’i  yumshoq  botinkalarni 
kiritdi.  Texnik  harakatlardan  tashlashlar  va  oyoqlardan  ushlab  olib  qoqish  hamda 
oyoqlarga  og’riq  beruvchi  usullarni  kiritdi.  Shu  bilan  birga  bo’g’ib  ushlab  olish 
usullarini bekor qildi. 
Yangi kurash turi 1938 yilda tan olindi. Ushbu kurash turining nomi bir qator 
o’zgartirishlardan  so’ng  (“erkin  usul”,  “erkin  kurash”)  1947  yilga  kelib  rasmiy 


ravishda  “Sambo”  deb  nomlandi.  U  so’zlarning  qisqartimasidan  hosil  qilingan 
bo’lib, “samozashita bez orujiya” - “qurolsiz o’z-o’zini himoya qilish”  demakdir.       
Sambo Jahonning bir qator mamlakalarida keng tarqaldi. U bilan Mongoliya, 
Bolgariya,  Yaponiya,  Angliya,  Ispaniya,  AQSH,  Frantsiya,  Italiya  va  boshqa 
davlatlarda  qiziqib  qoldilar.  1966  yilda  Xalqaro  havaskorlar  kurash  federatsiyasi 
Kongressi  sambo  kurashini  xalqaro  sport  turi  deb  tan  olish  hamda  Yunon-rim, 
erkin  kurash  bo’yicha  chempionatlarning  o’tkazilish  muddatlarida  jahon  va 
Yevropa  chempionatlarini tashkil qilish to’g’risida qaror chiqardi. 
Sambo bo’yicha birinchi jahon chempionati 1973 yilda Tehronda bo’lib o’tdi. 
Hozirgi  paytda  musobaqalar  ham  erkaklar,  ham  ayollar  o’rtasida  (1983  yildan) 
o’tkazib kelinadi. 
1979 yilda Xalqaro sambo kurashi federatsiyasi tashkil qilingan. 
Sambo kurashi o’zbek milliy kurashiga (buxorocha usul) yaqin. Va, ehtimol, 
shuning  uchun  bizning  sportchilarimiz  sambo  kurashida  yuqori  natijalarga 
erishganlar. Sayfuddin Xodiev, Sobir Qurbonov, Bobomurod Fayziev, Vyacheslav 
Elistratovlar jahon chempionlari bo’lishgan.  
Sambo so’zi – rus tilidan “samooborona bez orujiya” so’zidan “qurolsiz o’z-
o’zini  himoya  qilish”  degan  ma’noni  anglatadi.  A.S.Osherkov  dzyudo  kurashi 
asosida  sambo  kurash  turini  ishlab  chiqdi.  Qizil  armiya  generali  darajasigacha 
ko’tarilgan  A.S.Osherkov  yapon  tilini  yaxshi  bilganligi  uchun  30-yillarda 
repressiyaga uchragan. Shu sababdan uning nomi ko’p ma’lumotlarda aytilmasdan 
qolib ketgan.  1947 y. bu kurash turi “Sambo” nomini oldi. 1959 y. sambochilar 
ittifoqi  tashkil  topdi.  1966  y.  Xalqaro  xavaskor  kurashchilar  ittifoqi  (FILA)  bu 
kurash turini uchinchi xalqaro miqyosda o’tkaziladigan kurashlar tarkibiga kiritildi. 
1973 y. xar yili sambo bo’yicha Jaxon va Yevropa chempionati o’tkaziladi. Sambo 
Vatani  sobiq  Sovet  Ittifoqi  xisoblanadi.  Sambo  kurashi  bo’yicha  12  x  12  m. 
kattalikdagi  gilamda  bellashuvlar  o’tkaziladi.  1979  yilda  xalqaro  sambo  kurashi 
federatsiyasi  tashkil  topdi.  1985  yil  Sambo  bo’yicha  xavaskorlik  federatsiyasi 
FIAS tashkil topdi va xozirda 80 dan ortik mamlakat a’zo. 1964 yil O’zbekistonda 
sambo  bo’yicha  federatsiiyasi  tuzildi.  1996  yil  O’zbekistonda  ayollar  sambo 


federatsiyasi tashkil topdi. 1996 yil O’zbekiston ayollar sambo federatsiyasi jaxon 
va Osiyo sambo federatsiyasi a’zo bo’lgan.  1971 yil Toshkentda sambo bo’yicha 
xalqaro  turnir  o’tkazilgan.  2001  yil  O’zbekistonda  Osiyo  sambo  federatsiyasi 
tashkil  topdi  va  uning  prezidenti  etib  sambo  bo’yicha  sport  ustasi  J.Shararov 
saylandi. 2003 yil O’zbekiston Osiyo sambo kurashi rivojlantirish kumitasi tashkil 
tordi  va  uning  raisi  etib  xalqaro  toifasiga  sport  ustasi  Fazliddin  Pulatov  saylandi. 
Sambo    bo’yicha  O’zbekistonlik  jaxon  chempionlari  Sayfuddin  Xodiev,  Sobir 
Kurbonov,  Bobomurod  Fayziev,  Vyacheslav  Elistratovlar  va  boshqalar  yuqori 
natijalarga erishgan. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish