Kurash turlari va uni o`qitish metodikasi


Boshlang’ich tayyorlov guruhlariga bolalarni qabul qilishning yosh



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/109
Sana15.09.2021
Hajmi2,3 Mb.
#174607
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   109
Bog'liq
kurash turlari va uni oqitish metodikasi

Boshlang’ich tayyorlov guruhlariga bolalarni qabul qilishning yosh 
chegaralari 
 
Sport turi 
Ysh  
Sport turi 
Yos
h  
Suzish  
7-8 
Futbol 
10-
11 
Figurali uchish 
7-8 
Gandbol 
10-
11 
Badiiy gimnastika 
7-8 
Suv polosi 
10-
11 
Sport gimnastikasi 
(qizlar) 
8-9 
Qilichbozlik 
10-
11 
Tennis  
8-9 
Sport yurishi 
11-
12 
Akrobatika 
8-9 
Baydarkada 
eshkak eshish 
11-
12 


Sport gimnasitikasi 
(o’g’il bolalar) 
8-9 
Kanoeda 
eshkak eshish 
11-
12 
Suvga sakrash 
8-9 
Engil atletika 
11-
12 
Chang’ida 
tramplindan sakrash 
9-
10 
Miltiqdan otish  
11-
12 
Slalom  
9-
10 
Ot sporti 
11-
12 
Tezkor tushish 
9-
10 
Zamonaviy 
beshkurash 
12-
13 
Biatlon  
9-
10 
Boks 
12-
13 
Chang’i poygasi 
9-
10 
Velosiped 
sporti 
12-
13 
Chang’i ikkikurashi 
9-
10 
Og’ir atletika 
13-
14 
Badminton  
9-
10 
Stendga otish 
14 
Qonkida yugurish 
10-
11 
 
 
Akademik eshkak 
eshish 
10-
11 
 
 
Basketbol 
10-
11 
 
 
Voleybol 
10-
11 
 
 
Xokkey 
10-
11 
 
 
 


Bola gavdasining umumiy hajmini tashqi ko’rinishi bilan  uyg’unligi  vizual 
baholashdan  uning  sportga  layqati  va  istiqbolini  baholashni  boshlash  kerak. 
Masalan, suzish va eshkak eshish uchun baland bo’yli bolalarni saralagan ma’qul. 
Eshkak eshishda, gavdasi uzun, qulochi va yelkasi katta o’smirlarga e’tibor berish 
kerak.  Suzish  uchun  proportsional  tuzilishga  ega,  bir  tekis  mushakli,  yengil 
suyakli,  tonkie  lodishki  i  zapyaste  oyoq  kafti  va  panjalari  katta  bolalarni  ajratib 
olishadi.  Velosipedchilar  qonkida  yuguruvchilarni  saralashda,  og’irligi  katta 
bo’lmagan,  son  va  boldir  mushaklari  yaxshi  rivojlangan  o’smirlarga  ko’proq 
e’tibor  beriladi.  Tajribali  trenerlar  bolalarni  sportga  yo’naltirishda  xudi  shu 
sifatlarga ahamiyat beradilar. 
Aerob energota’minot tizimining funktsional imkoniyatlari hal qiluvchi o’rin 
egallovchi  sport  turlarida  (chang’ida  yugurish,  uzoq  masofalarga  yugurish, 
velosiped sporti) birlamchi saralash jaraynidayoq VO2 max va o’rta hajmli (o’. h. ) 
ko’rsatkichlarga baho berish kerak. Chang’i sporti bilan Shug’ullanmoqchi bo’lgan 
o’smirlar, VO2 max (l- min -1) darajasi 2-2,5 dan kam bo’lmasligi, 2 max (ml-kg-
min)  nisbiy  kattalik  esa  47-50,o’h-  3000-3500  sm  3  dan    kam  bo’lmasligi  kerak. 
Morfologik ma’lumotlar bilan uyg’unlashgan holda ushbu ko’rsatkichlar bolaning 
kelajak imkoniyatlar to’g’risida tasavvur berishi mumkin .  
Keyingi  yillarda,  istiqbolli  sportchilarni  saralash  jaraynida  mushak 
biopsiyasiyasini  ma’lumotlari  keng  qo’llanilmoqda.  Ma’lumki,  ko’p  darajada 
sportchini  yuqori  natijalar  erishishiga  moyilligi  mushak  strukturasiga  bog’liq 
bo’ladi.  Sprinterlarda  BS  –  mushak  tolalari  miqdori  juda    ko’p  bo’lib,  u  suyak 
mushaklari  ko’ndalang  kesilishi  umumiy  maydonning  80%  va  undan  ortiq 
maydonni egallashi mumkin. O’rta masofalarda bu nisbat o’zgaradi va turli tolalar 
miqdori  tengligi  bilan  ajralib  turadi.  Stayerlarning  mushak  strukturasida  80-90% 
mushakning ko’ndalang kesimi maydoni MS-mushak tolalari egallashi mumkin. 
Ko’p yillik tayyorlovning birinchi bosqichidagi saralash jaraynida turli sport 
yo’nalishlarida o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari to’g’ri xulosa  chiqarishga yrdam 
beradi.  Ta’kidlab  o’tamizki  velosipedchilarning  istiqbolligini  aniqlovchi  barcha 
mezonlar  qonkida  yuguruvchi    sportchilarnikigi  mos  keladi.  Bu  ikkala  tur  sport 


yo’nalishi    sportchilarga  Shunday  o’xshash  darajada  talablar  qo’yadiki,  ba’zida 
qonkida  yugurish  bo’yicha  jahon  birinchiliklarida  yuqori  natijaga  erishgan 
sportchilar velosiped sportida ham yutuqlarga erishadilar (Shila Yang, Bet Xayden 
va boshq.) 
 Lekin,  yosh  sportchilarning    jismoniy  rivojlanishining  haqiqiy  saviyasiga 
ko’rsatkichlar  keltirganlari  bilan  mos  kelmasligi    Bo’SM  larga  saralash  uchun 
qat’iy  mezon  bo’la  olmaydi,  chunki  turli  faoliyatlarda  yutuqqa  erishish 
xususiyatlar  majmuasi  bilan  aniqlanadi  va  xattoki  noma’qul  ta’sir  ko’rsatuvchi, 
masalan  suzish  natijalariga  salbiy  ta’sir  ko’rsatuvchi  sifatlar  boshqa  sifatlarning 
o’ta  rivojlanganligi  bilan  kompensatsiyalanadi.  Misol  tariqasida  quyidagilarni 
keltirish  mumkin.  100  va  200  m.  ga  suzish  bo’yicha  eks  jahon  chempioni 
T.Stokning  (AQSH)  bo’yi  167,2  sm,  ikki  karra  olimpiada  chempioni 
B.G.Udellaniki -173 sm, olimpiada chempioni D.Nelsonniki- 167,2 sm, 1500 m.ga 
erkin usulda suzish bo’yicha ikki kara olimpiada chempioni M. Bartonniki- 171sm 
400 va800 m. ga erkin usulda suzish bo’yicha jahon rekordini T.Uikxemniki- 156 
sm  va  boshq.    Ushbu  suzuvchilar,  bo’ylari  past  bo’lishiga  qaramasdan,  boshqa 
yrqin xususiyatlari evaziga katta yutuqlarga erishganlar.  
Ysh  sportchilarning  istiqbolligi  ko’p  xollarda  gavda  tuzilishining 
gidrodinamik 
(suzuvchilarda) 
va 
aerodinamik 
(qonkida 
yuguruvchilar, 
velospedchilar)  sifatlariga  ko’ra  aniqlanadi,  bu  sifatlar  o’sish  jaraynida  o’zgarib 
borishi  e’tiborga  olinadi.  Bu  sifatlar,  ayniqsa  o’rta  va  uzoq  masofalarda  yutuqqa 
erishish uchun muhim.  
Saralash jarayning boshlanish davrida bolalarning harakatchanligini aniqlash 
imkon  beradigan  oddiy  pedagogik  testlar  keng  qo’llaniladi.  Tezlik  sifatlarini, 
orentatseanal  qobiliyati,  aerob  va  anaerob  ish  bajarishda  chidamlilikni  baholash 
imkonini beradigan testlarga ustuvorlik berish lozim.  
 
Bolalarni  saralash  vaqtida  ularning  sog’ligini  baholash  katta 
ahamiyatga  ega.  Organizm  faoliyatida  chetlaShuvlarning  y’qligi-zamonaviy 
sportga yutuqqa erishishning eng muhim  shartlaridan biridir. Xattoki, sog’liqdagi 


kichkina  chetlaShuvlar,  organizmning  ko’nikish  imkoniyatlarini  keskin 
kamaytirishi mumkin. 
 
Baholarni saralashdan o’tkazish jarayning muhim joylaridan biologik 
yoshlarini  taqqoslashdir.  Ma’lumki,  bir  xil  pasport  yoshidagi  bolalar  yoshidagi 
bolalar  orasidagi  farq,  ularning  jismoniyetilish  davrning  tezligiga  bog’liq. 
BO’SMlarning    faoliyat  tajribasini  ko’rsatishiga, ba’zida  biologik  tez  rivojlangan 
bolalar saralashdan o’tadilar, lekin ular o’zlarining ustunliklarini tez y’qotadilar va 
sport  bilan  shug’ullanishni  erta  tugatadilar.  Sport  faoliyatining  keyingi 
boschqichlarida, odatda, normal etilaytgan yoki rivojlanishi biroz sust kechaytgan 
bolalar  katta  muvaffaqiyatlarga  erishadilar.  Bunday  bolalar  16-17  yoshga 
etganlarida  ularning  organizmini  funktsional  imkoniyatlari  keskin  ortishi 
kuzatiladi,  bir  vaqtning  o’zida  akseleratlarda  me’yrlaShuv  yoki  xatto 
morfofunktsional imkoniyatlarining kamayishi kuzatiladi  
 T.S.Timanovaning  (1985)tadqiqotlari  natijalariga  ko’ra,  sport  ustasi 
normativini  bajargan  12-13  yoshli  suzuvchi  bolalarning  100  %  erta 
jismoniyetilgan.  YUqori  natijaga    17  yoshli  suzuvchilar  orasida,    faqat  4,5% 
biologik  etuk,  42%  esa  rivojlanishi  sust  kechgan.  Mazkur  ma’lumotlar,  tabiyoki, 
saralash va y’naltirish jaraynida e’tiborga olinishi lozim. 
Sport ustasi normativini bajargan bolalar va o’smirlarning yarmidan ko’pida 
erta  jinsiy  etilish  belgilari  mavjud.  Xalqaro  toifadagi  sport  ustasi  normativini 
bajarganlar orasida akseleretlar 20% dan kamchiligini tashkil etadi. 
Odatda,  agar  jinsiy  etilishning  birinchi  belgilari,  qizlarda  8-9  yoshda,o’g’il 
bolalarda  -10  yoshda  paydo bo’lgan holda  erta  hisoblanadi. Jinsiy  etilish o’rtacha 
hisoblanadi, agar birinchi  belgilar, qizlarda  10-11yoshda boshlanib  5-6  yil  davom 
etsa,  o’g’il  bolalarda  12-13  yoshdan  18  yoshgacha  davom  etsa,  birinchi  belgilar, 
qizlarda  13  yoshdan  keyin,  o’g’il  bolalarda  15  yoshda  paydo  bo’lsa,  jarayn 
kechikaytgan hisoblanadi.  
Ko’pchilik  tadqiqotchilarning  fikricha,  11-13  yoshli  bolalarning  15-20% 
jismoniy  rivojlanishi  erta  bo’ladi.  Ular  tengdoshlaridan  bo’y  va  og’irlik,  mushak, 
harakatchanlik  ko’rsatkichlari  yuqoriligi,  ayniqsa  sport  texnikasini  yaxshi 


o’zlashtirish  bilan  ustun  turadilar.  Garchi,  bu  farqlar  katta  bo’lmasada,  normal 
rivojlanaytgan  bolalarga  nisbatan-2-4%,  rivojlanishi  sustlarga  nisbatan-4-8%, 
biroq, trenirovkalar hajmi va natijalar saviyasi sezilarli darajada ustunlikka egalar. 
Saralashning  boshlang’ich  bosqichlarida  sport  faoliyatiga  mayildorlikni 
psixologik  ko’rsatkichlarini  e’tiborga  olish  juda  katta  ahamiyatga  ega. 
Boshlang’ich  saralashda  asosiy  psixologik  ko’rsatkichlar  bo’lib,  sport  bilan 
Shug’ullanishga  ishtiyq  mashg’ulotlarni  bajarish  vaqtida  yuqori  baholar  olishga 
intilish, qat’iylik va tirishqoqlik, tanish bo’lmagan mashg’ulotlarni bajarish vaqtida 
qo’rqmaslik kabilar xizmat qiladi. 
 
Ta’kidlab  o’tish  kerakki,  boshlang’ich  saralashda  jismoniysifatlarga 
qarab  y’l  tutish  kam  samaralidir.  Asosan  ular  turg’un  emas,  trenirovka  ta’siriga 
bog’liq  va  saralash  jaraynida  ikkilamchi  hisoblanadi.  Boshlang’ich  saralashda, 
ba’zida  malakasi  yetarli  bo’lmagan  trenerlar  qo’llaydigan,  sport  turiga  xos 
bo’lmagan sinovlar o’tkazish umuman foyda bermaydi.  Mavsumiy sportlarda, bu 
masalan, tortilish, turgan joydan uzoqlikka sakrash, panjalar dinamometriyasiga va 
boshqalar.  Bunday  testlarning  natijalari  sportchini    istiqbolligi  mezoni  bo’la 
olmaydi.  Jismoniysifatlar  ko’rsatkichlari  bolalarni  ma’lum  sport  turlariga 
saralashda  qo’l  kelishi  mumkin.  Sport  bilan  bir  yoki  undan  ko’p  vaqt 
Shug’ullangandan keyingi davrda olingan jismoniysifatlar to’g’risida ma’lumotlar 
saralashning navbatdagi bosqichlari vazifalarini echishda foydali bo’ladi. 
 Bolani ma’lum sport turiga jalb qilish to’g’risidagi qaror, bir yoki ikki belgi 
bo’yicha  emas,  balki  barcha  mezonlarning  majmuaviy  bahosi  bo’yicha  qabul 
qilinishi  kerak.  Ko’p  yillik  tayyorlovning  ushbu  bo’g’inida  majmuaviy 
yondashuvning alohida ahamyati Shunday, sport natijasi bu erda yosh sportchining 
kelajak istiqboli to’g’risida deyarli hech qanday ma’lumot bermaydi. 
 
 
 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish