Kurash turlari va uni o`qitish metodikasi


Sport takomillashuvi bosqichi



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/109
Sana15.09.2021
Hajmi2,3 Mb.
#174607
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109
Bog'liq
kurash turlari va uni oqitish metodikasi

3.3.3.Sport takomillashuvi bosqichi 
Ushbu  bosqichning  asosiy  vazifalari  quyidagilar:  trenirovka  nagruzkalari  hajmi  va 
shiddatini  oshirish,  kurashchining  texnik-taktik  harakatlarini  takomillashtirish,  yetakchi 
jismoniy sifatlarning maksimal darajada rivojlanishiga erishish, musobaqa tayyorgarligini 
takomillashtirish,  trenirovkalar  hamda  musobaqalarda  qiynchiliklarni  yengib  o’tish 
jarayonida ahloqiy-iroda sifatlarini tarbiyalash. 
Trenirovkaning asosiy uslublari: takroriy, aylanma, o’zgaruvchan, o’yin, musobaqa. 
Trenirovka  vositalari:  o’quv-trenirovka  bellashuvlari,  kurash-chining  maxsus 
mashqlari,  musobaqa  xususiyatiga  ega  bellashuvlar,  akrobatika  va  gimnastika  mashqlari. 
Bu  bosqichga  o’smir  kurashchilar  texnik-taktik  mahorat  asoslarini  egallagan  holda  yetib 
keladilar, 
shuning 
uchun 
kurashchining 
asosiy 
faoliyati 
harakat 
malakasini 
takomillashtirishga  qaratilgan.  O’rganilgan  kurash  usullarini  ketma-ket  ko’p  marta 
takrorlash  zarur.  Kurashchilar  bu  usullarni  o’quv-trenirovka  bellashuvlarida  albatta 
qo’llashlariga  e’tibor  berish  hamda  shunga  erishish  lozim.  Shu  sababli  ushbu  bosqichda 
maxsus  vazifalar  (masalan,  faqat  tashlashlardan  foydalanib  kurashish  va  h.k.)  bo’yicha 
o’quv-trenirovka  bellashuvlarini  rejalashtirish  mumkin.  Kurashchilarga  bellashuvni  olib 
borish taktikasi variantlari to’g’risida to’liq ma’lumotlar berish zarur. 
Sport takomillashuvi bosqichida jismoniy sifatlarni tarbiyalashga katta e’tibor berish 
lozim.  Yuqorida  aytilganidek,  sport  kurashida  musobaqa  faoliyatida  muvaffaqiyatga 
erishish muhim darajada tezkor-kuch va maxsus chidamlilikning rivojlanganligiga bog’liq. 
Sport  takomillashuvi  bosqichida  quyidagi  tezkor-kuch  sifatlarini  tarbiyalash 
uslubilaridan  foydalanish  maqsadga  muvofiqdir:  mashqni  takroran  o’zgartirish  uslubi, 
dinamik  kuchlanishlar  uslubi,  turli  vazndagi  sheriklar  bilan  texnik  harakatlarni  takroran 
bajarish uslubi. 
O’smir  kurashchilarda  tezkor-kuch  sifatlarini  tarbiyalash  uchun  tuzilmasi  jihatidan 
texnik-taktik  harakatlarga  yaqin  bo’lgan  jismoniy  mashqlardan  foydalanish  maqsadga 
muvofiqdir.  


Tezkorlik  va  kuchni  tarbiyalashni  trenirovkaning  birgalikdagi  uslubini  qo’llagan 
holda  tanlangan  sport  turi  texnikasida  takomillashish  bilan  uyg’unlashtirish  lozim 
(V.M.Dyachkov, 1972). 
Kurashchining umumiy va maxsus chidamliligini tarbiyalash trenirovka jarayonining 
asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. 
Kurashchining  umumiy  chidamliligini  oshirishning  asosiy  vositalari  bo’lib  kross 
yugurish,  sport  o’yinlari,  suzish  hisoblanadi.  Umumiy  chidamlilikni  tarbiyalashga 
qaratilgan mashqlarni bajarishda nagruzkaning beshta tarkibiga e’tibor berish lozim:  
1) mashq shiddati (harakatlanish tezligi); 
2) mashq davomiyligi
3) dam olish uzoqligi
4) dam olish xususiyati, tanaffuslarni boshqa faoliyat turlari bilan to’ldirish; 
5) takrorlashlar soni. 
Kurashchining maxsus chidamliligini tarbiyalash maqsadida sheriklarni almashtirgan 
holda  o’quv-trenirovka  bellashuvlari,  maxsus  tartibda  bellashuvni  olib  borish  (bitta 
bellashuvda 4-5 martadan srurtlar) va h.k. 
Tiklanish  tadbirlari:  o’qish,  trenirovka  mashg’ulotlari  va  dam  olishning  optimal 
tartibiga  rioya  qilish.  Shaxsiy  gigiena  qoidalariga  amal  qilish,  chiniqish.  Massaj, 
basseynda suzish, bug’li hammom, to’laqonlili vitaminli ovqatlanish. 
 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish