Kurash turlari va uni o`qitish metodikasi


III-BOB. SPORTCHA KURASH TURLARIDA SPORTCHILAR



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/109
Sana15.09.2021
Hajmi2,3 Mb.
#174607
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109
Bog'liq
kurash turlari va uni oqitish metodikasi

III-BOB. SPORTCHA KURASH TURLARIDA SPORTCHILAR 
ZAHIRALARINI TAYYORLASH  
3.1.Kurashchining ko’p yillik texnik-taktik va jismoniy tayyorgarligi 
Kurashchining ko’p yillik tayyorgarligi - yuqori malakali  sportchilarni tayyorlashga 
qaratilgan  murakkab  xamda  uzoq  davom  etadigan  pedagogik  jarayondir.  G.S.  Tumanyan 
(1982) fikricha, terener, ko’p yillik trenirovka rejasini tuzayotib, trenirovka va musobaqa 
nagruzkalari xajmi, yo’nalishi  yildan yilga qay tarzda o’zgarib borishini, bu o’zgarishlar 
tarbiyalanuvchilarning  ahloqiy,  iroda,  jismoniy,  texnika-taktik  va  nazariy  tayyorgarligiga 
qanday  ta’sir  ko’rsatishini  xamda  u  sport  yutuqlarining  yosh  dinamikasida  xalqaro 
toifadagi sport ustasigacha qanday aks etishini tasavvur qila olishi lozim. 
  Ko’p yillik trenirovka jarayonidagi trenirovka nagruzkalari yo’nalishi hamda xajmi 
o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Boshlang’ich  tayyorgarlik  bosqichida  umumiy  va 
yordamchi  tayyorgarlik  asosiy  o’rinni  egallaydi  (bosqichlarining    tasnifi  V.N.  Platonov 
bo’yicha  keltiriladi).  Dastlabki  bazaviy  tayyorgarlik  boskichi  yordamchi  tayyorgarlik 
xajmining  oshishi bilan tavsiflanadi (u umumiysi bilan birga trenirovka ishining umumiy 
xajmidan 80-90% ga oshadi). Maxsus tayyorgarlik, odatda, 15% dan oshmaydi. 
Ixtisoslashgan  bazaviy  tayyorgarlik  bosqichida  maxsus  tayyorgarlik  ulushi  muhim 
darajada  oshadi  va  umumiy  tayyorgarlik  ulushi  kamayadi.  Alohida  imkoniyatlarni 
maksimal  amalga  oshirish  bosqichida  maxsus  tayyorgarlik  umumiy  ish  xajmidan  60% 
gacha etishi va undan ko’p bo’lishi mumkin. 
  Yutuqlarni ushlab turish bosqichida maxsus tayyorgarlik ulushi qat’iy yuqori bo’ladi 
va  umumiy  tayyorgarlik  ulushi  minimumgacha  kamaytiriladi  (V.N. Platonov, 1986). Har 
xil tayyorgarlik turlari nisbatlarining bunday sxemasi hamma sport turlari uchun umumiy 
hisoblanadi, lekin kurashda u trenirovka to’g’risida umumiy tasavvurlarni beradi. 
  Sport  kurashidagi  yutuqlar  ko’p  jihatdan  kurashchining  oqilona  texnik-taktik 
tayyorgarligiga bog’liq. 
  Mukammal  texnika  -  bu  eng  yuqori  natijaga  erishish  maqsadida  sport  mashqlarini 
bajarishning  samarali  usullari  yig’indisidir.  O’rgatish  jarayonida  texnikani  egallash 
darajasi  o’zgarib  turadi  (yangi  shug’ullanuvchining  sodda  texnikasidan  to  xalqaro 
toifadagi sport ustasining mukammal texnikasigacha). 


  Oqilona  texnika  sportchiga  harakatlarni  tejamkorlik  bilan  bajarish  uchun  imkon 
yaratadi. (V.R. Filin, N.A. Fomin, 1980). 
Yosh sportchining xalqaro toifadagi sport ustasi darajasigacha bosib o’tadigan yo’lini 
to’rtta bosqichga ajratish mumkin (G.S. Tumanyan bo’yicha, 1985); 
  I  bosqich  -  “maktab”  texnikasini,  ya’ni  ixtisoslashgan  elementlar  hamda  ularning 
komrlekslarini shakllantirish; 
  II  bosqich  -  bazaviy  texnikani  shakllantirish  (taktik  tayyorgarlik,  usullar,  qarshi 
usullar, himoyalar); 
  III bosqich - kombinatsion texnikani (texnik-taktik komplekslarni) shakllantirish; 
  IV  bosqich  -  trenirovkaning  alohida  rejalari  bo’yicha  alohida  texnikani 
takomillashtirish (-rasm). 
 
 
 
Jismonan 
va ma’nan 
yetuk 
barkamol 
 
Xalqaro toifadagi 
sport ustasi 
 
 
Muso-baqa  
avlodni 
tarbiyalash 
vazifalari 
matn-
lar 
IV bosqich 
individual  texnikani 
takomillashtirish: 
individual  trenirovka 
rejasi asosida 
meva
-lar 
vaqtida qayd qilin-
gan 
 
jumla
-lar 
III bosqich 
kombinatsiyali 
texnikani 
shakllantirish:  texnik-
taktik komplekslar 
novd

chala

texnika, taktika 
 
so’zl
ar 
II bosqich 
bazaviy 
texnikani 
shakllantirish:  
-taktik tayyorgarlik
- usullar; 
- qarshi usullar; 
- himoyalanishlar. 
 
tana 
 
 
bo’g’
inlar- 
harf-
lar 
I bosqich 
“maktab”  texnikasi, 
ya’ni  ixtisoslashgan 
elementlar 
va 
ularning 
komplekslarini 
shakllantirish 
ildiz 
 
-rasm. Kurashchilar ko’p yillik tayyorgarligida texnik-taktik tayyorgarlik mazmuni va 
bosqichlari (G.S.Tumanyan bo’yicha). 


 
  Ko’p  yillik  texnik-taktik  tayyorgarlikning  har  bir  bosqichida  “o’sish  o’lchamini” 
aniqlash  va  musobaqalarda  qayd  qilingan  TTH  ni  baholash  tizimidan  foydalanish  lozim. 
Sport  kurashi  bo’yicha  maxsus  ilmiy-uslubiy  adabiyotlarni  har  tomonlama  tahlil  qilish 
natijasida  professor  I.I.  Alixonov,  1986)  kurashchining  texnik-taktik  tayyorgarligini  ko’p 
yillik rejalashtirishni ishlab chiqdi. 
-jadvalning  tahlili  ushni  ko’rsatadiki,  kurash  texnikasi  elementlari  va  taktik 
tayyorgarlik  usullari,  asosan,  10-15  yoshda  o’rganilishi  lozim  (I.I.  Alixanov,  1986) 
Texnik-taktik  mahoratni  kelgusida  takomillashtirish  o’smirlik  hamda  o’spirinlik 
yoshlarida amalga oshiriladi. 
Tayyorgarlik  rejasidagi  mashqlar  shiddati  V.R.  Andreev  va  A.A.  Novikov  shkalasi 
bilan baholanadi. Shu shkalaga muvofiq YUQT: 1 ball - 10 s ichida 18-19 zarba, 2 ball - 
20-21; 3 ball - 22-23; 4 ball - 24-25;  5 ball - 26-27; 6 ball - 28-29;    7 ball - 30-31 va 8 
ball - 32-33 zarbaga teng. 
  Kurashchining  kuchini    rivojlantirish  uchun  ish  hajmi  uning  yoshi  va  og’irligiga 
bog’liq hamda bir yilda 100 dan 200 tonnagacha atrofida bo’lishi mumkin. 
  Texnik-taktik  tayyorgarlikka  vaqtning  umumiy  sarflanishi  kurashchilar  malakasi 
ortib  borishi  bilan  o’sadi,  lekin  trenirovkaning  umumiy  hajmiga  nisbatan  foizlarda 
kamayib  boradi.  Bunday  nisbat  kuch  tayyorgarligi  va  tezkorlik  chidamliligi  darajasini 
oshirish zaruriyatiga bog’liq. 
 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish