75
xususiyatlarga ega va bu xususiyatlar boshqa sport turlarida yo‘q.
Bu esa trenerlarni ana shu xususiyatni e’tiborga olishga undaydi.
Chunki uning asosida sport trenirovkasiga xos bo‘lgan imkoniyatlar
yotadi. Bu qonuniyatlarga quyidagilar kiradi:
1) qat’iy ixtisoslashish va trenirovka protsessini individuallash-
tirish tufayli yuqori sport natijalariga intilish hissi va shunga
yo‘nalganlikni tarbiyalash. Bu mamlakatimizda sport faoliyatining
tashkil
etilishi, musobaqalar sistemasi va sportning rag‘batlantirili-
shi kabi barcha yo‘llar bilan qiziqtirish natijasida amalga oshiriladi;
2) tanlagan sport turida har tomonlama rivojlanish bilan
ixtisoslashishning birligi hamda shaxsni garmonik rivojlanti-
rishga intilish;
3) tanlangan sport turida yil davomida va ko‘p yillar mobay-
nida trenirovka prostessining uzluksizligi. Trenirovkalarning sport-
chi organizmining funksional imkoniyatlarini maksimal rivoj-
lantirishga va har bir mashg‘ulotdan olingan samaraning bundan
oldingi mashg‘ulot samarasiga qo‘shilib
borishini hisobga olib,
mahorat cho‘qqilariga erishishga qaratilganligi. Bunda agar orga-
nizmning talab etilgan holati qisman bo‘lsa-da tiklanmasligi ku-
zatilsa, trenirovkalarning davriyligiga yo‘l qo‘yiladi. Sportchining
trenirovka yuklamalari va dam olishi qayta ko‘rib chiqiladi;
4) yuklamalar dinamikasida maksimumga yo‘l tutib asta-
sekin va sakrab-sakrab mashq qilishni qo‘shib olib borish.
Maksimum yuklama deganda, organizmning funksional im-
koniyatlari doirasidagi yuklamani tushunmoq kerak va hech
qachon uni holdan toyguncha yuklama
berish bilan tenglashti-
rish mumkin emas;
5) trenirovka jarayonining siklligi deganda, trenirovka ishi
davrlari va fazalarining ayrim mashqlar, mashg‘ulotlar, treni-
rovka bosqichlari va davrlari qisman takrorlanadi. Ana shu
siklli davrda mikrosikllar 3-5 kun, mezosikllar va makrosikllar
farqlanadi. Bundan tashqari trener va sportchi sport trenirov-
kasi jarayoniga ijodiy yondashishlari kerak. Negaki,
ijodiylik
har bir ishda zarurdir va unga har bir yosh sportchini birinchi
kundanoq o‘rgatish lozim. Ishga faqat professional mahoratni
emas, balki qalb qo‘rini ham sarflab kirishish kerak. Bularning
barchasi milliy kurash trenerlariga ham taalluqlidir. Sport bilan,
milliy kurash bilan shug‘ullanishga yondashish hissini hosil
qilish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur:
76
– trenirovkalarning maqsadi va vazifalarni tushinishga o‘rga-
tish hamda yuqori natijalarga, o‘z-o‘zini takomillashtirishga
intilish hissini tarbiyalash;
–
mehnatsevarlikni, yuksak intizomlilikni tarbiyalash, sport
rejimiga, axloq normalariga qat’iy rioya qilishga odatlantirish;
– texnik-taktik harakatlarning ma’nosini tushunish, sherigi,
raqiblarining fikrlari va harakat uslubini bilib olishga o‘rgatish,
kurash nazariyasini chuqur tahlil qilish yo‘li bilan o‘z tajribasini
boyitish;
– usullarning asosiy strukturasini egallab olishda faollikni
va kurashdagi masofa, raqibini ushlab olish, kurash sur’ati,
tezligi amplitudasini o‘zgartirish bilan texnik harakatlarni ijo-
diy
bajarish malakasini, turli xil taktik vazifalarni hal etish,
kurash vaqtida yangi usul va kurash vaziyatlari paydo qilish
uquvini tarbiyalash;
– texnik-taktik harakatlarni rivojlantirish, o‘z kurash usu-
lini majbur etish, g‘alabaga erishish uchun darsdagi trenirov-
ka harakatlarini kurash vaziyatida malakali o‘rgatish;
– asosiy va orqada qoluvchi harakat sifatlarini va o‘z reper-
tuaridagi kurashish harakatlariga oid ko‘nikmalarini,
kurash
variantlari va kombinatsiyalarini rivojlantirish uchun uy sharo-
itida doimo o‘z mahoratini takomillashtirishga odatlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: