Kurakli nasoslarning turlari, tuzilishi va ishlash jarayonlari



Download 228,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana06.06.2022
Hajmi228,37 Kb.
#641242
  1   2   3
Bog'liq
1392-Article Text-2940-1-10-20210527



Kurakli nasoslarning turlari, tuzilishi va ishlash jarayonlari 
 
Jumaboy Xusanovich Xolbutayev 
Oybek Sanaqul o’g’li Suyarqulov 
Jizzax politexnika instituti 
Annotatsiya: 
Bunda nasoslar asosan ikki katta guruhga bo‘linib, ular kurakli va 
hajmli nasoslar deyilali. Bu nasoslar deyarli barcha nasoslarni o‘z ichiga oladi. 
Markazdan qochma nasoslarda suyuqlikka energiyani nasos korpusida aylanuvchi ish 
g’ildiragi kuraklari yordamida beriladi. 
Kalit so’zlar: 
Nasos, korpus, kuraklar, ventilyator, parrak, gidravlika. 
 
Types, structure and operation of shovel pumps 
Jumaboy Xusanovich Xolbutayev 
Oybek Sanakul ogli Suyarkulov 
Jizzakh Polytechnic Institute 
Abstract:
In this case, the pumps are divided into two main groups, which are 
called paddle and volume pumps. These pumps include almost all pumps. In 
centrifugal pumps, energy is transferred to the liquid by means of impeller blades 
rotating in the pump housing. 
Keywords:
Pump, housing, shovels, fan, vane, hydraulics. 
Nasoslar suyuqliklarga energiya beruvchi mashinalar turiga kiradi va odatda, 
suv, neft, benzin, kerosin, turli moylar va boshqa suyuqliklarni chuqurlikdan tortish, 
yuqoriga ko‘tarish, bir yerdan ikkinchi yerga uzatish, ular yordamida boshqa 
jismlarni ko‘chirish, tashish uchun ishlatiladi. Bunda suyuqliklar nasos orqali 
o‘tganida ularning energiyasi ortadi. Bu energiya yordamida suyuqlik ustida aytilgan
ishlarni bajarish mumkin. Nasoslar suyuqlikka bergan energiyasiga yoki o‘zidan 
qancha suyuqlik o’tkaza olishiga qarab turli gruppalarga bo’linadi va bajaradigan 
vazifasini qaysi usulda amalga oshirishiga qarab turlicha nomlanadi. 
Markazdan qochma nasoslarda suyuqlikka energiyani nasos korpusida 
aylanuvchi ish g’ildiragi kuraklari yordamida beriladi. Bunda parraklar orasidagi 
suyuqlik zarrachasi markazdan qochma kuch ta’sirida nasos kamerasiga intiladi. 
Bunday harakat natijasida ish g‘ildiragi markazida bosim kamayib, ta’minlovchi 
idishdagi suyuqlik so‘rish trubasi orqali ko‘tariladi va ish g’ildiragi kuraklari orasida 
chiqib ketgan suyuqlik o‘rniga yangi suyuqlik keladi. Nasos kamerasiga markazdan 
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
368


qochma kuch ta’sirida suyuqlikning kelishi natijasida bosim ortib, suyuqlik nasos 
haydash trubasiga ko’tariladi. Markazdan qochma nasoslarning ishlashi shu prinsipga 
asoslangan bo‘ladi. 
Markazdan qochma nasoslarning asosiy qismlari korpus, valga o‘rnatilgan 
aylanuvchi ish g’ildiraklari bo‘lib, valga bir yoki bir necha ish g’ildiragi o‘rnatish 
mumkin. Birinchi holda nasos bir g‘ildirakli yoki bir bosqichli deyiladi. Ikkinchi 
holda esa u ko’p bosqichli deyiladi. Bir bosqichli markazdan qochma nasoslar kichik 
bosimli nasoslar gruppasiga taalluqli bo‘lib, bosimni oshirish uchun valga bir necha 
ish g’ildiragi o‘rnatiladi. Bu holda bosim ish g’ildiraklari nechta bo‘lsa, taxminan 
shuncha ortadi. Odatda, markazdan qochma nasoslarning bosqichlari soni o‘n 
ikkitadan oshmaydi. 
Ish g’ildiragi bilan korpus orasida kattagina tirkish bo‘lib, agar korpus suyuqlik 
bilan to‘ldirilnasa, gildirak aylanishidan hosil bo’lgan siyraklanish suyultirishi 
ko‘tarishga ta’sirli bo‘lmaydi. Shuning uchun markazdan qochma nasoslarni ishga 
tushirishdan oldin uning korpusi suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Nasosni to‘ldirishda yoki 
qisqa vaqtga to‘xtaganida suyuqlik oqib ketmasligi uchun so‘rish trubasining suvga 
botirilgan qismida klapan o‘rnatilgam bo‘ladi. 
Markazdan qochma nasoslarning boshqa turdagi nasoslardan asosiy ustunligi 
ularning ixchamligidir. Bu nasoslarda turli energiya kuchlarini vujudga keltiradigan 
ilgarilama-qaytma harakatning yo‘qligi sababli ularning poydevori ham ixcham 
bo‘ladi. Natijada nasos va unga tegishli asosning, xizmat va remont ishlarining 
qiymati kam bo’ladi. 
Nasosdagi so‘rilish qabul qiluvchi idishdagi suyuqlik sathiga ta’sir qiluvchi 
bosim bilan so’rish trubasidagi siyraklanish bosimi orasidagi farq hisobiga amalga 
oshadi. Bunda aytilgan bosimlar farqi surilish balandligini, so’rish trubasidagi 
qarshiliklar va suyuklikka tezlik berishga sarf bo‘ladi. Bu tezlik suyuqlikning 
kameraga va so‘ngra parraklar orasidagi kanalga kirishiga yordam beradi. Tabiiyki. 
bunda ta’minlovchi idish bilan cypishi trubasidagi bosimlar farki so‘rilayotgan 
suyuqlik bug’lari bosimidan kam bo‘lmasligi kerak. Haydash balandligi markazdan 
qochma nasos yengishi mumkin bo‘lgan eng yuqori balandlik bo‘lib, gildirakning 
tashqi aylanmasligi tezlik qancha katta bo’lsa, u ham shuncha katta bo‘ladi. Aylanma 
tezlik esa nasos gildiragi diametrining kattaligi kg aylanish soniga bog’liq. Nasos 
korpusning tutishi ham haydash balandligining yuqori bo‘lishiga katta ta’sir qiladi. 
Shuning uchun nasosning korpusi so‘rilish yo’li, spiral yo‘l va yo‘naltiruvchi apparat 
bilan jihozlangan. 
Nasoslarni guruhlash turlicha bo‘lib, ularni tuzilishi, parametrlari, suyuqlikka 
energiya berish usuli va boshqalariga qarab guruhlash usullari mavjud. Eng ko’p 
tarqalgan usul ishlash prinsipiga qarab guruhlashdir. Bunda nasoslar asosan ikki katta 
guruhga bo‘linib, ular kurakli va hajmli nasoslar deyiladi. Bu nasoslar deyarli barcha 
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
369


nasoslarni o‘z ichiga oladi, lekin bir qancha boshqacha prinsipda ishlaydigan nasoslar 
bu ikki guruhga kirmay qoladi. Bularga oqimchali nasoslar (uchinchi klass sifatida 
ajratish mumkin) va boshqa ko‘targichlar (montejyu, erliftlar va boshqalar) kiradi. 
Kurakli nasoslar markazdan qochma, o‘kiy, propellerli, uyurmali nasoslarga 
bo‘linadi.Tuzilishi va ishlash prinsipi bir xil bo‘lgani uchun ventilyatorlarni ham 
kurakli nasoslar guruhiga kiritish mumkin. Ventilyatorlarning ham markazdan 
qochma, o‘kiy, propellerli turlari mavjud. Kurakli nasoslarni bitta valda bir yoki bir 
necha ishchi g’ildiragi o‘rnatilshiiga qarab, bir pog’onali va ko‘p pog’onali 
nasoslarga ajratish mumkin. Markazdan qochma nasoslar so‘rish usuliga qarab bir 
tomonlama so‘ruvchi va ikki tomonlama so‘ruvchi nasoslarga bo’linadi. 
Nasoslarni suyuqlikka bergan bosimning katta - kichikligiga qarab, past bosimli 
(20 m suv ust. gacha) o’rtacha bosimli (20-60 m suv ust. ga teng), yuqori bosimli (60 
m suv ust. yuqori) nasoslarga ajratish mumkin. Ularni bergan sarfiga qarab past, o‘rta 
va yuqori sarfli nasoslarga guruhlash mumkin. 
Faqat holat energiyasi beruvchi mashinalar suv ko‘targichlar deyiladi. Agar 
ko’tarilayotgan suyuqlik faqat suv bo‘lmay, neft, (turli moylar va boshqa xil 
suyuqliklar bo‘lishi mumkinligini hisobga olsak, bu mashinalarni suyuqlik 
ko‘targichlar deyish kerak bo‘ladi. By guruhga suv ko‘tarish uchun ishlatilgan barcha 
qadimgi qurilmalar: charxpalak, chig’ir, Arximed vinti va boshqalar kiradi. 
Zamonaviy qurilmalardan bu guruhga kiradiganlari qatoriga kam debitli (kam sarfli) 
quduqlardan neft chiqaruvchi tortish qurilmalari, chuqur quduqlardan gaz va havo 
yordamida suyuqlik (suv, neft) ko‘taruvchi ko‘targichlar kiradi. 
Nasoslardagi kabi turbinalarda ham asosiy qism ish g’ildiragi bo‘lib, u suyuqlik 
energiyasi yordamida harakatga keladi. Bunda turbinadan o‘tayotgan suyuqlik uning 
kuraklariga ma’lum kuch ta’sirida bosim beradi va uning aylanma harakat qilishiga 
sabab bo‘ladi. Bu harakat esa keyinchalik generator rotorini aylantiradi, Gidravlika 
bo‘lishidagi kabi nasos va turbinadagi harakatni ham bir o‘lchovli harakatga keltirib, 
ish g’ildiragidagi suyuqlik massasining harakati elementar oqimcha harakatiga 
o‘xshatib qaraladi. 

Download 228,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish