Q A R O R Q I L A D I :
1. O’quv jarajonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, mashg’ulotlarni samarali tashkil etishni nazorat qilish SH. Maxmudovga yuklatilsin.
2. Kafedraning hamkorlik shartnomalarida belgilangan vazifalarni bajarilishi F.Abdurazzoqovga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi: N. Ashurov
Yig’ilish kotibi: N.Donayeva
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti
“Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasida o’tkazilgan yig’ilish
Bayonnomasi №4
Sariosiyo t. Qatnashdilar:
25.11.2021y Kafedra mudiri Ashurov N.
Soat 10:00 Kafedraning 12 nafar
professor- o’qituvchilari
K U N T A R T I B I :
Pedagokik amaliyotni tashkil etish va maktabda o‘tishini nazorat qilish (F.O’rozov. N.Donayeva, T.Yo’ldoshev, D.Ravshanova, D.Boboqulova hisoboti).
Magistura o’quv jarayonining borishi xususida.
Institut rahbariyati tomonidan chiqarilgan buyruqlar, farmoyishlarda belgilangan vazifalarning bajarilishi va ijro intizomi xususida.
Kafedra faoliyati bilan bog’liq ishlarning institut Veb saytiga joylashtirishining holati xususida .
Turli masalalar.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan kafedra mudiri N. Ashurov tomonidan “ - Pedagogik amaliyot bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning shunday bosqichiki, bunda har bir o‘quvchiga ta’lim-tarbiya berishda oliy o‘quv yurtida to‘plagan bilim hamda o’quvlarining hammasidan kompleks tarzida foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Shuning uchun pedagogik amaliyot vaqtida o‘qish jarayonidagi barcha kamchiliklar yaqqol ochilib qoladi. SHunday qilib, pedagogik amaliyot o‘ziga xos imtixon hisoblanadi. SHuni nazrda tutish kerakki, amaliyotchi-talabaning yoshi u rahbarlik qilishga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar yoshidan juda kam farqlanadi. Bunday vaziyatda birinchi kundanoq to‘g‘ri yo‘l tanlash, ya’ni birinchidan o‘z qo‘l ostidagi o‘quvchilarga nisbatan takallufsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, ikkinchidan, takabburona munosabatda bo‘lmaslik juda muhimdir. Tajribalarning ko‘rsatishicha, amaliyotchi o‘quvchilar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lsa, ya’ni ularga hayrixoxligi va kamtarligini namoyon qilsagina u tezda o‘quvchilar bilan inoqlashib ketadi. O‘quvchilar amaliyotchini ham talaba ekanligini yaxshi bilishadi va unga har tomonlama yordam berishga harakat qilishadi. Bu davrda amaliyotchining tashqi qiyofasi ham muhim rol o‘ynaydi, u o‘quvchilarga namuna bo‘lishi kerak, amaliyotchi oddiy, ozoda kiyinishi lozim, bu shartni bajarmagan amaliyotchi o‘quvchilardan shu narsani talab qila olmaydi.
Amaliyotchi-talabaning sinfda bo‘ladigan barcha tadbirlarda qatnashishi, uning o‘quvchilar bilan yaxshi munosabat o‘rnatish garovidir.
Amaliyotchi-talaba o‘qituvchilik kasbi murakkab va sharafli ekanligini amaliyot davomida ko‘radi, ishda yuz beradigan qiyinchiliklarni bartaraf etish usullarini o‘rganadi, zarur kasbiy sifatlarni o‘zida shakllantiradi. Eng muhimi, bu davrda o‘quvchilar bilan ishlash nihoyatda qiziqarli va maroqli ekanligiga, kasbni to‘g‘ri tanlaganligiga ishonch hosil qiladi. Shunday ekan biz professor-o’qituvchilar amaliyotchi talaba yoshlarimizga o’z bilim va ko’nikmalarimiz bilan ko’maklashishimiz, amaliyot davomida duch kelinayotgan muammolarni hal etishda yordam bermog’imiz lozim”- deb ta’kidlab o’tdilar.
Shuningdek, amaliyot rahbarlari F.O’rozov. N.Donayeva, T.Yo’ldoshev, D.Ravshanova, D.Boboqulovalarning amaliyot bo’yicha hisobotlari tinglandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |