Yig’ilish raisi: N. Ashurov
Yig’ilish kotibi: N.Donayeva
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti
“Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasida o’tkazilgan yig’ilish
Bayonnomasi №8
Sariosiyo t. Qatnashdilar:
31.03.2021y Kafedra mudiri Ashurov N.
Soat 10:00 Kafedraning 12 nafar
professor-o’qituvchilari
Yig’ilishda ko’riladigan masalar:
Kafedra meyoriy hujjatlarni tartibga solinishi va rasmiylashtirilishning
holati yuzasidan.
Kafedra qoshidagi ilmiy to’garaklarning faoliyat yuzasidan.
O’quv jarayonini zamonaviy pedagogic texnologiyalardan foydalangan holda samarali tashkil etishyuasidan.
Nazariy seminar.
Mavzu: “Boshlang’ich sinf o’quvchilariga tadbirkorlik, tejamkorlik, va iqtisodiy tarbiya tushunchalarini shakllantirishda oila bilan hamkorlik texnologiyalari. (D.Boboqulova)
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan kafedra mudiri N. Ashurov tomonidan: Kafedra professor-o’qituvchilari kafedra meyyoriy hujjatlari bilan tanishishlari hamda shularda kamchiliklar ilmiy ishlari to’g’risida muhokama boldi. Sh.Mahmudov tomonidan magistratura bosqichidagi
Kun tartibidagi ikkinchi masala kafedra mudiri N. Ashurov tomonidan: Sh. Mahmudov tomonidan: Ilmiy to’garaklarning asosiy maqsadi – talabalarda ilmiy fikrlash ,ilmiy g’oyalarni shakllantirish, o’zlarining ilmiy qarashlari , nuqtai nazarlarini ilmiy-uslubiy tilde bayon eta olish, ilmiy ijodiy mushohada qilish konikmalarini shakllantirish va qobilyatlarini rivojlantirishdan iborat bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
To’garakning asosiy vazifalari
Milliy g’oya ,milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni amalda qaror toptirish, inson huquqlari va qadr qimmatini ulug’lovchi, Vatanga sadoqatli, yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan keng ko’lamli ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish :
-talaba-yoshlarning qobilyati, iste’dodini rivojlantirish ;
-talaba –yoshlar taraqqiyotida ma’naviyat olamining beqiyos ahamiyatini singdirish ;
-ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xavfi haqida tushunchalar berish ;
-yoshlar ongi va qalbini loqaydlik, befarqlik kabi illatlardan forig’ etish ;
- talaba- yoshlarda barcha ko’rinishdagi salbiy holatlarga qarshi kurashuvchanlik ruhini yaratish va rivojlantirish ;
- yoshlar orasida vatanparvarlik , milliy g’urur , ma’naviy teranlik va tashabbuskorlik ilmiy-ijodiy iste’dod kabi fazilatlarni qaror toptirish hamda to’plangan boy badiiy-ijodiy va ilmiy –texnik salohiyatni yanada rivojlantirishga o’z hissasini qo’shish;
-to’garakda ijodiy innovotsion muhitni yaratish va ushbu jarayonda faol qatnashish kabi vazifalar aytib o’tildi .
Shu o’rinda ‘’Yosh psixologlar’’ togaragining mazmuni haqida qisqacha tanishtirildi .
Mazkur ish reja Oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogic va psixalogik sifatlarni shakllantirish ularni kasbiy tayyorlashda muhim o’rin tutadi .Zamonaviy sharoitda o’qituvchi kadrlarni ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarida erishilayotgan ilg’or yutuqlar, umuminsoniy g’oyalar milliy qadriyatlarga tayangan holda tayyorlash, ularda psixalogik madaniyatni rivojlantirish, ijodiy tafakkurni tarkib toptirish, tarbiyachio’qituvchi hamda yoshlar murabbiysi sifatida pedagogik va psixalogik jarayonlarni to’g’ri tashkil etish malakalarini hosil qilishni o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |