Ikkinchi masala yuzasidanKun tartibidagi ikkinchi masala yuzasida kafedra professor-o’qituvchilarining kuzgi semestr yuzasidan hisoboti tinglandi.
1-navbatda hisobotlar yuzasidan N.Ashurov o’z fikrlarini bildirdi. Kafedra o’qituvchisi D.Boboqulova Kuzgi semestr bo‘yicha 78 soat ma’ruza 228 soat seminar, 72 soat kurs ishiga rahbarlik 70 soat oraliq, 60 soat yakuniy jami 508 soat yuklama bajarilganligini aytib o’tdi. 13ta ilmiy maqola va ilmiy tadqiqot ishini muhokamasi kafedrada o’tkazilganlik tog’risida hisobot berdi. Boshlang`ich ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Alimova Mehriniso va Aminova Sarvinoz bilan hamkorlikda ilmiy maqolalarni horijiy davlatlar ilmiy jurnallarida nashrdan chiqarganligi, OTMlarga kirish uchun Sariosiyo tumani, Shoxjaxon mahallasi 21-maktabda o’quvchilar bilan kasbga yo’naltirish ishlari olib borilganligini ta’kidlab o’tdi.
Kafedra o’qituvchisi F.Abdurazzoqov o’quv ishlari bo’yicha 200 soat auditoriya soatining 200 soati o’tilgan. 310 soatlik auditoriya soati yuklamalari bajarilganligi, 3 ta respublika va xalqaro konferentsiyalarga material tayyorlash va chop ettirish rejalashtirilgan bo’lib, bitta xalqaro konferentsiyasida tezislar chop etilganligi, OAK bazasiga kiritilgan respublika va xalqaro jurnallarda jami uchta maqola chop etish rejalashtirilgan bo’lib, doktaranturadagi mavzu o’zgarganligi sababli sentyabr-yanvar oylarida jami 3ta gogl sholar bazasiga kiruvchi hammualliflikdagi maqola chop etilganligi, 2021-2022 o’quv yilida “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” fanidan mobil ilova tayyorlash va mazkur ilovaga patent olish rejalashtirilgan bo’lib, mazkur mobil ilova 2022 yil aprel oyida tayyor bo’ladi va aprel oyining o’zida mualliflik huquqi uchun patent topshirilishi, Mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida xalq manfaatlariga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. “Yangi O’zbekiston – yangi taraqqiyot bosqichida” amalga oshirilayotgan islohotlarining mazmuni-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka “mahallabay”etkazish borasida Denov tumani targ’ibot guruxlari tomonidan “Istiqbol” mahallasida “Yangi O’zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirni o’tkzishda qatnashganligi,oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari o’rtasida kasbga yo’naltirish ishlarini olib borish rejalashtirilgan bo’lib, 2022 yil aprel-may oylarida Denov tumanida biriktirilgan maktabda o’quvchi-yoshlar bilan tushuntirish, targ’ibot ishlarini olib borish rejalashtirilganligini hisobot berdi. Kun tartididagi ikkinchi masala yuzasidan yetarlicha hisobot olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |