Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan kafedra mudiri N.Ashurov tomonidan: Kafedraning hamkorlik qiluvchi muassalari bilan olib borilayongan faoliyati va rejalashtirilgan ishlar doirasida “Pedagogika” fakultetidagi kafedralar aro hamkorlika va talabalarimizni amoliyatini o’tash doirasidagi muassasalar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish asosoiy masalamizdir. Pedagogik faoliyatni amalga oshirishda boshqa muassasalar bilan bo’ladiga hamkorlikda ta’labalrimizning ilmiy va ma’naviy salohiyatini oshirish bizning maqsadimizdir. Pedagogik jarayanni talabalarimizga to’la qonli tushuntirishimiz uchun ularni nasosan amaliyot jarayoniga jalb qilishimiz kerakdir. Pedagogik amaliyot bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning shunday bosqichiki, bunda har bir o‘quvchiga ta’lim-tarbiya berishda oliy o‘quv yurtida to‘plagan bilim hamda o’quvlarining hammasidan kompleks tarzida foydalanishga to‘g‘ri keladi.
“Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasining hamkorlik belgilangan vazifalarni bajarilishi xususida hamda kelajakda qaysi оliy ta’lim muassasalari va boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzish rejasi bilan ham gapirib o’tildi.
Jumladan, hamkorlikni kengaytrish maqsadida belgilangan vazifalar bo’yicha quyidagicha takliflar berildi:
- institut rahbariyatiga xalqaro aloqalarni rivojlantirish va takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflarni berish;
- institut xodimlarining xorijiy davlatlarda malaka oshirish yoki ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borishlarini tashkil etish uchun tegishli nomzodlar roʻyxatini shakllantirish va institut rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun tavsiya etish;
- institut kafedra va boʻlinmalarining xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar taʼlim va ilmiy – tadqiqot muassasalari tomonidan taklif qilingan oʻquv - uslubiy dasturlarni, Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda amaliyotga joriy etish, tegishli ilmiy – tadqiqot ishlarini amalga oshirish boʻyicha loyihalarda qatnashish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
- xorijiy hamkorlar bilan taʼlim va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish borasida institutning kafedra va boʻlinmalariga yordam berish;
- xorijiy davlatlar olimlari, professor-oʻqituvchilari va mutaxassislarini institutning taʼlim va ilmiy jarayoniga jalb etish hamda hamkorlikda oʻquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borishiga vakolati doirasida koʻmaklashish;
Yig’ilish davomida 2-3 kurs talabalarini malakaviy amaliyotga olib chiqish tayyorgarligi haqida amaliyot rahbarlaridan hisobot so’raldi. Amalyot rahbarlari tayyorgalik ishlari va amaliyot hujjatlarini qay yo’sinda tayyorlaganliklari bo’yicha ma’lumot berdi. Kafedra mudiri tomonidan bu masalaga jiddiy qarash kerakligi talabalarning malakaviy amaliyot jarayonini mazmunli va sifatli o’tkazish bo’yicha fikr-mulohazalar berib o’tildi. Navbatdagi bo’ladigan malakaviy amaliyotga hozirdan tayyorgarlik ko’rib, hujjatlarini to’g’irlab qo’yish kerakligi yig’ilish davomida ta’kidlab o’tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |