A xborot va murabbiylik soati Mavzu: “Mustаqillik yillаridа qаtаg‘on qurbonlаri xotirаsining аbаdiylаshtirilishi”
B A YON N O M A S I: 30
06.04.2022 y DENOV
K U N T A R T I B I:
1. Axborot va murabbiylik soatida “Mustаqillik yillаridа qаtаg‘on qurbonlаri xotirаsining аbаdiylаshtirilishi” mavzusida o`tkazilishi haqida
________________________________________________________________
Qatnashdilar:(101,102,103,104,109-guruhlar va gruh tyutori F.Toshboyeva)
Axborot va murabbiylik soati 4 bosqichdan iborat qilib o’tkazildi.
1-bosqich (20 daqiqa). Axborotlardan xabardorlik va yangi normativ-huquqiy hujjatlar bilan qisqacha tanishish. Mazkur masala bo‘yicha matn DTPI ijtimoiy-gumanitar fakulteti tomonidan dars o‘tiladigan kundan bir kun avval tayyorlandi.
2-bosqich (20 daqiqa). Axborot soati mavzusini yoritish. Bu bosqich ilovada berilgan mavzu matni asosida o‘tkazildi.
3-bosqich (20 daqiqa). Talabalar bilan fazilatlarning eng yaxshisi axloq haqida suhbatlashildi. Mazkur fazilatning ziddi bo‘lgan illat “Ommaviy madaniyat”dan saqlanishga chorlash kabi tushunchalar talabalarga yetkazildi. Ushbu keltirilgan fazilatning ma’no-mazmuni yoritilib, ular haqida hadis, maqol, hikmatli so‘z, rivoyat va boshqalar keltirildi.
4 -bosqich (20 daqiqa). Badiiy adabiyotlar bilan tanishish bosqichi. Mazkur bosqichda ” Mustаqillik yillаridа qаtаg‘on qurbonlаri xotirаsining аbаdiylаshtirilishi” haqidagi manbalar asosida na`munalar slayd tariqasida namoyish qilindi.
Biz shu vaqtgacha tarixning o‘zimizga yoqqan joylarini olib, yoqmagan tomonini yashirib o‘tdik. Birovga yoqadimi-yoqmaydimi, g‘ururimizmi-armonimizmi, muvaffaqiyatmi yo xiyonatmi - hammasini haqqoniy yozish kerak.
Mustabid tuzum davridagi “qatag‘on siyosati” xalqni-xalq, millatni-millat, insonni - insonligidan ayirdi. Qatag‘on davlatning, tuzumning ommaviy jazolash, qiynoqqa solish, begunoh xalqni asoratda, tutqunlikda ushlab turish, qo‘rqitish, bosim, tazyiq o‘tkazish quroliga aylandi. Bu qatag‘on barcha xalqlar qatorida O‘zbekiston xalqi boshiga ham mislsiz og‘ir kulfatlar yog‘dirdi.
Qatag‘onning eng yuqori bosqichga ko‘tarilgan davri 1937-1938 yillarni o‘z ichiga olib, “Katta terror” nomi bilan moziyga muhrlandi. Ushbu siyosat natijasida minglab yurtdoshlarimiz qatag‘on qilichidan o‘tkazildi, GULАG qamoqxonalariga tashlandi. Ularning oila aʼzolari ne-ne kulfatlaru, ne-ne azoblar, iztirob va zo‘ravonliklarga duchor qilindi.
“Qatag‘on” bu o‘n yoki yuz kishi bilan sodir bo‘lgan fojea emas, bu butun bir millat, yuz minglab xalqning boshiga zo‘ravonlik, tuxmat, adolatsizlik, va nohaqliklarning yog‘dirilishi oqibatida elning asl vatanparvar farzandlarini, ziyolilarini yo‘q qilinishidir.
“Xalq dushmani”, “Xalq dushmanining bolasi” degan tamg‘a-yu, taʼna-dashnom girdobida istirob chekkan xalqimiz bu og‘ir yukni qancha vaqt ko‘tarib yurganini bilasizmi? Bir oiladan nohaq ayblanib, qatag‘on qilingan inson armon bilan dunyodan ko‘z yumgan bo‘lsa, uning ortida qolgan yaqinlari ham buning jabrini tortishga mahkum edilar. “Mustabit tuzum” siyosati tufayli qanchadan qancha yoshlarimiz, hali “chimildiq” ko‘rmasdan, endi “mo‘ylabi sabza urgan” o‘smirlarimiz ham qatag‘on qilingani, hatto aybi to‘la isbotlanmasdan turib, avval otilib, o‘limidan so‘ng hukm eʼlon qilingan ziyolilarimizning ayanchli taqdiri manbaalardan bizga maʼlum. Bu achchiq haqiqat har bir vatanparvar insonning qalbini o‘rtaydi, tinchlik va mustaqillikning qadrini yanada oshiradi. Vaqt o‘tib qancha avlod almashmasin xalqimizga nisbatan qilingan jabru-stamlar yuki o‘zining zalvorini yo‘qotgan emas. Xalqimizning yuragida turgan og‘ir yukni yengillatish, uning dardiga malham bo‘lish, inson, uning qadr-qimmati eng ulug‘ qadriyat ekanligini hayotda amaliy ifodalash yo‘lida muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan “Qatag‘on qurbonlarining meʼrosini yanada chuqur o‘rganish, ular xotirasini abadiylashtirishgan doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5598 sonli Farmoyishi, xalqimiz kutgan ezgu g‘oyaning amaliy ifodasi bo‘ldi desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Mazkur farmoyish tufayli “Qatag‘on qurbonlari”ning nomlari oqlanishiga yana bir bor zamin yaratildi.
Istiqlol tufayli qatag‘on qilingan yurtdoshlarimizni aniqlash, ularning nomlarini abadiylashtirish va tarix zarvaraqlariga muhrlash borasida shaxsan Prezidentimiz rahnamoligida hukumatimiz tomonidan ham amaliy, ham savobli ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2017 yil “Shahidlar xotirasi” xiyoboni va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashriflari chog‘ida: “Bu muzey – muzeylarning muzeyi bo‘lishi kerak!”, “Bu kabi muzeylar har bir viloyat markazlarida, hududlardagi oliy taʼlim muassasalarida bo‘lishi lozim”, degan topshiriqlari ijrosi o‘laroq, shuningdek El-yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko‘p yillik mashaqqatli kurashlarni haqqoniy va to‘laqonli aks ettirish, mustabid tuzum davridagi ommaviy qatag‘onlar tufayli qurbon bo‘lgan, insoniylik shaʼni, qadr-qimmati toptalgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 936-sonli qarori asosida 14 ta hududdagi oliy taʼlim muassasalri tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari faoliyat boshladi.
Tyutor: F.Toshboyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |