Ma’lumotlami qo‘shish va ma’lumotlar bazasining bosbqa obyektlarini yaratish
Jadval strukturasi qo‘yilgan talablarga javob bergandan so‘ng, ma’lumotlarni kiritish, so‘ngra istalgan so‘rov, forma, hisobot, makros va modullarni hosil qilish mumkin.
Umuman, hamma ma’lumotlar jadvallarda saqlanadi. Accessda jadvallar ishlatilishiga qarab uch turda bo'ladi. Ular quyidagilardir:
1) asosiy jadvallar;
2) ma’lumotli jadvallar;
3) yordamchi jadvallar.
Buni misollarda ko'rib chiqamiz. Bu misol uchun ma’lumotlar bazasi 1.1-jadvalda keltirilgan (1.4-jadval).
1.4-jadvalni asosiy jadval sifatida qabul qilamiz. Ammo bu jad- valning uchinchi, beshinchi va oltinchi ustunlarida (4-ustunni e’tiborga olmaganda) takrorlanishlarni ko'rishimiz mumkin. Ya’ni fakultetlar soni uchta bo'lishiga qaramasdan ular ko'p marta takrorlanadi. Xuddi shuningdek, 6-ustunda viloyatlar nomi ham tak- rorlanadi. Endi faraz qiling, ma’lumotlar bazasida talabalar soni mingdan ortiq bo'lsa (amalda shunday ham bo‘ladi), u holda tak- rorlanishlar soni yana ham ortadi. Bu ma’lumotlar bazasini to'ldirish uchun ko‘p vaqt talab etsa, ikkinchidan, xatoliklarga yo‘l qo'yilishiga olib keladi. Undan tashqari, ma’lumotlarni to‘ldirish jarayonida siz «Х1М» so'zining o‘miga «Xim» yoki «xim», «Samarqand» so'zining o'rniga «SAMARQAND» va h.k. yozib yuborishingiz mumkin. Siz va men uchun bu so‘zlarning ma’nosi bir xil bo'lishiga qaramasdan, kompyuter uchun ular boshqa- boshqa so'zlardan iboratdir. Go'yoki kompyuter itchun «Х1М», «Xim» va «xim» nomli uchta fakultet mavjud, xuddi shuningdek, «Samarqand» va «SAMARQAND» nomli ikkita viloyat paydo bo'ladi.
Agar siz «Х1М» fakultetida o'qiydigan talabalarning ro'yxatini kompyuter yordamida, ya’ni Accessda hosil qilmoqchi bo‘lsangiz, u holda sizning ro'yxatingizga «Xim» va «xim»da o'qiydigan talabalar kirmaydi. Vaholanki, ular ham shu fakultetning talabalaridir. Shu kabi muammolar viloyatlar uchun ham yuz berishi ehtimoldan xoli emas.
Faraz qilaylik, rektorning buyrug'i bilan biror fakultetning nomi o‘zgardi. U holda siz ma’lumotlar bazasida shu fakultet nomi necha marta uchrasa, shuncha marta o‘zgartirishingizga to'g'ri keladi. Shunga o'xshash bir qator muammolar mavjudki, bular ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni ancha murakkablashtiradi. Bu muammolardan qutulishning yo‘li bormi? Bor, albatta. Buning uchun ma’lumotli jadvallardan foydalanish kerak bo'ladi. Asosiy jadval bilan ma’lumotli jadvallarni o'zaro bog'lash va birgalikda ishlatish Accessda juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Ma’lumotli jadvallardan foydalanish yuqoridagi muammolarga o'z-o'zidan chek qo'yadi. Xo'sh, ma'lumotli jadval nima va unda qanaqa ma’lumotlar saqlanadi. Umuman, ma’lumotli jadvallarga asosiy jadvalda takrorlanishi mumkin bo'lgan ma’lumotlarni kiritish maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagi misol uchun birinchi ma’lumotli jadvalga fakultetlarni kiritamiz:
1.5-jadval ikki ustundan iborat ekan (ko‘p hollarda ma’lumotli jadvallar ikki ustundan iborat bo'ladi). Birinchi ustunda fakultetga mos qo'yilgan raqam (kod) va ikkinchi ustunda mos fakultetning nomi. Kod har doim ham natural sonlar bo'lishi shart emas.
Xuddi shuningdek, viloyatlar uchun ham ma’lumotli jadval tuzish mumkin. Uning ko'rinishi quyidagicha bo'lishi mumkin (1.6- jadval):
Do'stlaringiz bilan baham: |