Birinchi qoida. Har qanday kundalik ham har kuni tutib borilishi kerak. Bunday olib qarasa, har kungi rejalarni yozib borish va izohlar qilish qiyin narsa emas, lekin, ko’pchilik uchun bu bajarib bo’lmas ishdak tuyiladi. Aynan doimiy reja tuzib borish tufayli o’zini tarbiyalash va erinchoqlik bilan kurashish mumkin.
Har kungi natijalarni yozishni qanchalik keyinga qoldirishni istasangiz ham, o’z o’zingiz bilan kurashing va bemalol bo’lib qolmang, bor kuchingizni to’plang va buni bajaring. Har bir kunni yozib boramiz, bu juda to’g’ri!
Ikkinchi qoida. Qayerda bo’lishingizdan qatiy nazar, kundalik yoningizda bo’lishi kerak. Bu orqali yangi vazifalarni, tug’ilgan g’oyalarni va hayollaringizdagini vaqtida yozib olishga imkoningiz bo’ladi. Hech narsani esdan chiqarmaslikka va qo’yilgan vazifalarni vaqtida bajarishga ham yordam beradi. Kundalik elektron ko’rinishda bo’lishi ham mumkin, masalan, smartfon yoki planshetda.
Uchinchi qoida. Vazifalar aniq formada bo’lishi kerak. Kundalikdagi har qanday eslatma ham aniq ketma-ketlikda yozilishi zarur. Agarda nimanidur qilish yoki qilmaslikni o’ylab qolsangiz, darhol kundalikka yozib qo’ying. Ish rejasi esa juda ham tushunarli bo’lishi kerak.
To’rtinchi qoida. Qilinadigan ishlarni vaqtini belgilab qo’ying. Qaysi ishga qancha vaqt ketishini aniq bilsangizgina, kuningizni rejadagidek to’g’ri o’tkazishingiz va barchasiga ulgurishingiz mumkin. Tanaffus haqida ham unutmaslik kerak, do’stlar va qarindoshlar bilan gaplashish kabilar. Hamda rejadan tashqari ishlarga ham joy ajratib qo’yish kerak, bunday ishlar juda ko’p chiqib turadi, xo’jayiningiz ish buyurib qoldi, yoki tanishingiz tezda chaqirib qoldi. Rejadan tashqari ishlarga joy ajratish orqali har qanday holat ham Sizda rejalashtirilgan bo’ladi.
Beshinchi qoida. Izohlarni to’g’ri olib borish uchun, ro’yxatdan eng muhim ishlarni maxsus belgilar bilan ajratib qo’yish kerak, dumaloq yoki yulduzcha. Uncha muhim bo’lmagan ishlarga ham qandaydir belgi qo’yish kerak, ular yangiliklarni ko’rish yoki qiziqroq kitobni o’qish kirishi mumkin. Eng qiyin ishlar iloji bo’lsa vaqtliroq ertalab bajarilishi kerak. Hamda A – B – C ko’rinishidagi ro’yxat yozish ham mumkin, “A” eng muhim ishlar, “B” ikkinchi navbatdagi va “C” juda muhim bo’lmaganlari.
Oltinchi qoida. Qilinadigan ishlarni boshqarib borish va oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarilganini taxlil qilib borish. Agarda kun mobaynida muhim ishlar bajarilmay qolsa – ularni albatta kundalikning kelasi kuniga o’tqazib qo’yish kerak. Kun oxirida qilingan ishlarni analiz qilib, ertangi ishlar rejasi tuziladi. O’z ustingizda bunday hisobot yozish, bugun qancha ishga ulgurganingizni va ertasiga bundanda katta natijalarga erishishga ilhomlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |