q a r o r i q a b u l q i l i n d i:
1. O`quvchilarning “Bilimlar bellashuvi” ga tayyorgarligi oshirilsin.
2.Fan oyligiga puxta tayyorgarlik ko`rilsin ,tadbirlar rejasi ishlab chiqish uslubiy birlashma rahbari Z.Salayeva zimmasiga yuklatilsin
3.Sinflarda ochiq darslarni samarali tashkil etish,tadbirlar o`tkazish va unga o`quvchilarni tayyorlab borish uslibiy birlashma a`zolari zimmasiga yuklatilsin.
Urganch shahar 1-son umumiy o`rta ta’lim maktabi informatika va matematikafanlari uslubiy birlashmasining 2019-2020 o`quv yili
Yanvar oyida qilingan ishlar
HISOBOTI
Aniq fanlar uslubiy birlashmasi fan o`qituvchilari yanvar oyida darslarni samarali tashkil qilish uchun yig`ilish o`tkazib oldilar.Unda darslarni turli pedtexnologiyalar asosida tashkil qilish to`g`risida o`zaro fikr almashdilar. Bundan tashqari maktab pedogogik kengashida qatnashdilar.Matematika va informatika fanlaridan “Fan olimpiadasi”ning II-bosqichida o`quvchilarni qatnashtirdilar.Olimpiada natijalariga ko`ra Informatika fanidan 11-B sinf o`quvchisi Shomurodov Javohirlar faxrli I-o`rinni egalladi va viloyat bosqichida qatnashadigan bo`ldi.”Bilimlar bellashuvi”ning I-bosqichi o`tkazildi.Matematik fanidan: 5-E sinfdan Jumaniyazov Azizbek, 8-D sinfdan Saidov Sherzod ,9-D sinfdan Ro’zimov Sarvinozlar, informatika fanidan 9-B sinfdan Shomurodov Jamshidlarg`olibdeb topilib II-bosqichga tavsiya qilindi.
Yanvar oyida uslubiy birlashma a`zolari darslarning samaradorligini oshirish uchun ochiq darslar tashkil qildilar.Matematika fani o`qituvchisi Atabayeva Shoira 18 yanvar kuni 5”A” sinfda “Bir xil maxrajli sonlarni qo'shish va ayirish.”, Abdusharipov Elbek “Musbat va manfiy sonlar haqida tushuncha.”mavzusida 5-“V” sinfda, Qurbonova Umida “Qarama-qarshi sonlar.Sonning moduli.” mavzusida 6-“E”sinfda,Atamurotov Anvarbek “Sonning moduli. Modulqatnashgantenglamavatengsizliklar.” mavzusida 8-D” sinfda,Solihova Dilnoza “Musbat va manfiy sonlar haqida tushuncha.”mavzusida 6-“A” sinfda, Matyoqubova Dilfuza 30.01 da 9 “G” sinfda “α va -α burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi ta'riflari.“ mavzusida, Salayeva Zulxumor 13.01 da 11 “G” sinfda “Muntazam piramida va uning apofemasi. Muntazam piramidaning xossalari.”Mavzusida,Bobojonov Ollanazar “Shart bo'yicha takrorlash operatorlari” mavzusida 9 “A” sinfda, ochiq darslar tashkil qildilar.Ochiq darslarni yangi usullar asosida AKTdan foydalangan holda tashkil qildilar.O`tilgan ochiq darslar uslubiy birlashma a`zolari tomonidan tahlil qilindi.Yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi.Yanvar oyida bo`lib o`tgan ”Bilimlar bellashuvi” I-bosqichini, fan olimpiadasi II-bosqichiga munosib tayyorgarlik ko`rilib,o`quvchilarni puxta tayyorlab borildi,to`garak mashg`ulotlari muntazam o`tkazilib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |