Kun tadbirkori
Stefan Persson – soliqlardan qo‘rqmaydigan millarder
Shvetsiyada soliq masalasi judayam qatʼiy tartiblarga asoslanadi. Bu mamlakatning fuqarosining maoshi o‘rtachadan yuqori bo‘lsa, uning soliq to‘lovi daromadining 45% dan 60% gacha ko‘tariladi. Shu sababli ko‘pgina boy tadbirkorlar Shvetsiyadan ko‘chib ketishnimaʼqul bilishgan. Ammo Stefan Persson bu ishni qilmadi, u millionlab daromadini davlatining rivojlanishi uchun berishga tayyor tadbirkorlardan biri sanaladi.
Stefan Persson H&M kiyim kechak do‘konlar tarmog‘ining egasi hisoblanadi. U egalik qiladigan brendning muvaffaqiyati sababi – bu individuallik va keng ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganidadir.
Tadbirkorning otasi Erling Persson Hennes kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya nomi tarjima qilganida “Ayollar uchun” degan maʼno kelib chiqadi. Uning maqsadi ayollar uchun kichik va arzon do‘kon ochish edi. 1947 yilda bu ishga qo‘l urdi va tez orada bu ishni qilib adashmaganini tushundi. Ayollar bu do‘konni arzon narxlari va chiroyli liboslari uchun yoqtirib qolishdi, do‘kondagi mahsulotlar judayam tez sotilardi. Erling bu do‘konlarni butun mamlakat bo‘ylab ochdi. Oradan oz vaqt o‘tib, tadbirkor Mauris Vidfors bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu ish nafaqat kompaniyaning nomini Hennes & Mauritz (H&M) o‘zgartirdi, balki ayollarning libosiga qo‘shib, erkaklarning kiyimini ishdab chiqara boshladi.
Stefan Persson do‘konlar tarmog‘ini otasidan so‘ng boshqarishni boshlaganida, birinchi qilgan ishi bu – H&M ni dunyo bozoriga chiqishni istadi. Tez orada do‘kon filiali Angliyada ochildi. Londondagi do‘konga xaridorlarn jalb qilish uchun Stefanning o‘zi ABBA guruhining plastinkalarini tarqatib turgandi. Plastinka tez orada tugab qolgan bo‘lsada, do‘kondan xaridorlarni keti uzilmadi. Bundan keyin Yevropa bo‘ylab do‘konlar tarmog‘i ochila boshladi. 2000 yildan boshlab H&M boshqa mintaqalarda ham tarqaldi. 2021 yildagi statistik maʼlumotlarga ko‘ra, do‘konlar soni 4801 tani tashkil etadi.
Narx borasida H&M ga yetadigan brend yo‘q, ular ommaviy, chiroyli va nisbatan arzon liboslarni taqdim etadi. Mijozlarni esa “yulduzlar” bilan jalb qiladi. Kayli Minoug, Anna Nikol Smit, Devid Bekxem, Klaudia Shifer, Madonna kabi mashhurlarni model va kolleksiya asoschisi sifatida birga ishlagan. Stefan Persson bundan tashqari Stelli Makkartni, Karl Lagerfeld, Dolce & Gabbana, Versace, Roberto Kavalli kabi mashhur dizaynerlar bilan ishlagan. Buning siri esa Stefan kelishish sanʼatining yetuk mutaxassisi sanaladi.
Eng qizig‘i shundaki, Stefan umuman moda qiroliga o‘xshamaydi, u ko‘proq o‘zining har bir tiyinini hisoblab turadigan hisobchiga o‘xshaydi.
Kompaniyaning barcha xodimlari o‘z sohasining professionallari. Tadbirkorning muvaffaqiyati tejamkorlik va tinimsiz mehnat qilishidadir. Stefanning o‘zi kamtarona yashaydi, u samolyotning biznes-klassida uchmaydi. Ishlab chiqarishda hech qanday muammo bo‘lmasligini taʼminlash uchun hatto ofis telefonlari ham bekor qilindi.
Ushbu tejamkorlik tizimi tufayli Persson barcha soliqlarni to‘laydi. Yana odamlar qashshoqlikka qarshi kurashib, o‘zlari uchun toza suv olishlariga imkon bo‘lishi uchun Afrika va Osiyoga pul yuboradi.
U boshqalarning fikriga mutlaqo befarq. U biror mashhur futbol klubini emas, Stokgolmning Djurgården klubini sotib olgan.
Eng boy shved juda ehtiyotkor, u tadbirlar va ziyofatlarni yoqtirmaydi. U haqida ommaviy axborot vositalari deyarli yozishmaydi. Chunki u turli villalar, mashinalar va samolyotlar sotib olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |