Alifbe :
Salom aziz bolalar
Ochilgan gul lolalar
Sizlar mening do`stimsiz
Sho`x quvnq shallolalar
Savodxonlik muborak
Bayram shodlik muborak
Boshlovchi :B alli ey o`g`il qizlar
Bilimga xo`p chanqoqlar
Qani menga aytingiz
Alifbe kitobida nimalarni o`rgandiz .
Ismoil :
Alifbeni etsam tariff
Zehningiz oftobiman
Bittagina tutuq belgisi
Yozasang u ko`rinmaydi
Uchta harfli birikma
Soz ko`chirishda unutma
Qolganlari xilma xil
Alifbe : Alifbe kitobiman
Zehningiz oftobiman
Sizlar ahil bolalar
G`o`yo qizil lolalar
Savod chiqardingiz mendan
So`rab ko`raychi sizdan
Alifbeda nechta harf
Anvar : Yigirma to`qqiz harf
Yashaydi do`st inoq
Shuning uchun ular
Yo`li ochiq porloq
Jalolova Sabrina : Yigirma to`qqiz harf
Baxt ulashar elga
Ishlar ular doimo
Tatil chiqmasdan
Avazova Sabrina :
Har bitta harf bir kalit Ming bir tilsim ochadi Paxta zorlar shirrilab Yulduzlar nur sochadi
Amirbek :
Unli undosh tovushlar Aka –uka qadrdon Aro yo`lda bir butun Tashlab ketmas hech qachon
Fazliddin : Unlilar 6 harf Bazi tetik lo`nda harf Qolganlari undoshlar Undoshlar ham bo`linar
Alifbe : Har biri jimjimador O’z sirin aylab bayon Qani safga tursinlar Harfkar kirsinlar tilga
A Assalom avvalo aziz jonajon Alla aytib katta qilgan ona B Buyuk bobosi bor boshida bu kun Butun el tanidi yurtimni bugun D Dildan deyman doim jon tanim O`zbekiston mening vatanim E Elim deb yurtim deb yashayman obod El yurt baxti –mening baxtimdir obod F Fido bo`lsin mayli bu jonim Faqat omon bo`lsin ona vatanim G Gulla go`zal gulgin diyorim Gul maskanim o`zbekistonim H Hayotim hur o`lkam baxtimdir faqat Hur o`lkam baxti deb yashayman har vaqt J Jaranglaydi jajji sho`x so`zim Jahon tanir bu kun ovozim K Kamolingni kulib kuylarman Yurtim jamolingga boqib to`ymayman I Ishingizdir Islom bobojon Istiqlolni bergan jona jon L Lolaman lov lov yonar yuragim Xalqqa xizmat qilish orzu tilagim M Mana men mardona mashhur makon man Siz tug`ulib o`sgan o`zbekistonman
N Non aziz non ila hayotdir inson Non ushog`in ko`zinga surtgin bolajon O Ona yurt onajon o`zbekistonim Ona kabi aziz jonu jahonim Y Yillar o`tib yillar kelibdi Yurtium 25 ga to`libdi P Poytaxtim toshkentim porlagin yurtim Paxtaga kon makon o`zbekistonim Q Qo`limda qalamim sher bitay sizga Onajon doston kam tarifingizga R Roxatbaxsh yurt bior jannat makon Rost so`zlasam bu o`zbekiston S Salom sevikligim serquyosh o`lkam Senga qoi`lda soz ila aytaman alyor T To`yinga to`yona tilda dostonim 25 yoshing qutlug` o`zbekistonim U Unutmayman uztozni u8lkan mehri Umrbod yodimda har bir so`zingiz V Vatanim volidam tanda bir jonim Vatan ishqi bilan o`tar har onim X Xalqimning ovozi baland har onda Xumo qushi shod uchar moviy osmonda Z Zamonam zo`r zorim yo`q eldan Zamonamni man qo`llayman dildan O` O`zbekman o`z tanigan o`z bayrog`im bor O`zbek madhiyasi tillarda alyor G` G`ururla g`oliblik bayrog` qo`lda Har elimning madhi jaranglar tilde
Ch Chamanning chiroyli gulli o`zingiz Ustozim duri gavhar har bir so`zingiz Sh Shodman shamol kabi shoshaman har on Bilimlar maskani maktabim tomon
Alifbe : balli ey dili oqlar Bilimga xo`p chanqoqlar Qani bir bir aytingiz Yana nimalarni o`rgandingiz
Hamma : O`qish va yozishni chiroyli so’zlashni, maqol va topishmoqlar aytishni o’rgandik Qorbobo; qani yod olgan maqollaringizdan eshitsak Alifbe : Qani bilag`on bolajonlar , savodigiz chiqqanini bir sinab ko’ray ,qo`limdagi so`zni o`qingchi.
Vatan
Boshlovchi; Vatanimiz tinch ekan
Obod barcha xonadon
Vatanimiz tinch ekan
Shod keksayu bolajon
Parizod: Shukrona aytamiz ulug` kunlarga
Ma`noga mazmunga toliq kunlarga
Faravon nurafshon qutlug` kunlarga
Ey ozod doyorim o`zbekistonim
Ey obod diyorim o`zbekistonim
Dilnura : Kelajaging o`zing iymonim o`zing
Insoniy g`ururim vijdonim o`zing
Go`zal o`zbekistonim sensan vatanim Seni yo` q qilolmas hech qnday g`anim
Avazova Aziza : She`r “yurtim senga she`r bitdim”
Teshayeva Aziza : She`r “Ozbekiston hur o`lkam ”
Madina : Vatanimning tarixidan so’zlaydi
Yodgorligi qo’l yozmalar saqlaydi
Mehmonlarni ziyoratga chorlaydi
Ko’hna Zaminning qadamjolari
Bobir : Vatan mening onam mening tuprog`im
Vatan mrning jonim mening qarog`im
Sen mening hayotim ,mening gulzorim
Seni jonim qadar sevaman vatan
Ismoil : Tiklandi iftixor va milliy g`urur
Endi O`zbekman deb aytaman mag`rur
Tiklandi anana urf odatimiz
Tiklandi qadryat tarix va moziy
Toptalgan qadrimiz saodatimiz
Etiqot ,din, iymon ,ilmu ilohoiy
Alifbe: Raxmat meni sevganga
A`lo baxo olganga
Endi o`ynab qiling sayr
Uchrashguncha xayr
Shaxzod;
Unutmasmiz«Alifbe»xon
Sizdan olgan saboqlarni –
Har sahifa ochgandagi
O`tgan ajib xush choqlarni.
Ilmlarning dovonida
Eng birinchi yo`lboshi – Siz,
Afsus, Sizni kuzatmoqlik
Ilojsizdir ko`zyoshisiz…
Aziza:
Harflaringiz o`qiy-o`qiy
Oldik bilim va tarbiya.
Endi har ne sinov bo`lsin
Pisand eмас aslo bizga:
Har gal zafar quchar bo`lsak
Mudom Sizni yod olamiz –
Siz boshlagan so`qmoqlardan
Samolarga yo`l solamiz!
Dilnura:Yasha , jonim Alefbe!
Sen Ham menga yasha de!
Yuksak dovonlar osha
Sen ham men kabi yasha!
Endi ukalarimga
O’rgat yangroq o’qishni Tanit bir-bir ularga
Bahor, yoz, kuz-u qishni.
Amirbek : Men endi bu boshimni
To’ldiray ilm bilan.
Yuragim o’zligimni
Boyitar ta’lim bilan
Sababi bundan buyon
Elga xizmat qilaman
Dard cheksa dard chekaman
Kulsa birga kulaman.
Alifbejon seni hech
Unutmayman o’lguncha.
Sen Vatanim xalqimday
Yasha dunyo turguncha
Hamma : Hammamiz shod baxtiyor
Katta bayram biz uchun
Minnatdormiz alifbe
Xayrlashamiz bugun
Alefbe: xayr deyman sezga omad, Sizga Tilab sharaf shon
Ulg’ayinglar olim bo’lib Bo’ling albat chin inson
Bilimlarning sirli-sirli Xazinasin ochinglar
Johillikdan yipoq bo’ling Yomonlikdan Qochinglar
Qorbobo :
Hurmatli boshlovchi bolajonlarning chiroyli yuzlarini bilimlarini zehnlarini
Ko`rib juda qoyil qoldim .Men ham bularga bir savol bersam?
Boshlovchi : mayli bobojon
Qorbobo : Hozir Vatan haqida she`rlar aytingiz .Menga aytingchi vatan o`zi nima?
Vatan bu 1.tug`ulgan joyim 2.kindik qonim to`kilgan joy.
3. Bizni o`rab turgan tevarak olam
Boshlovchi Bobojon : Shirintoy bolajonlar Vatan haqida she`r bilan birgalikda raqs ham tayyorlaganlar nozir e’tiboringizga “O’zbegim” qo’shig’iga qizlarimiz raqs ijro etadilar..
Boshlovchi : Bolajonlar maktabga kelib o`qish va yozish bilan birgalikda yana nimalarni o`rgndingiz
Hamma : Hisob kitobni qo`shish va ayirishni
Boshlovchi : Hisob kitobni qo`shish va ayirishni qaysi fan orqali o`rgandingiz
Hamma: Matematika
Boshlovchi : Matematika kitobini sehrli so`zlar orqali chaqirib davramizga qo`shsak
Hamma : Matematika fanlar podshosi
Ko`plar uning oshnosi
Fanlar ichra u sulton
Ilm oling har qachon
MATEMATIKA :
Ha to`g`rri aytingiz
Fanlar ichra shohdirman
Misol masalalarga boydirman
Mening ishim hisob kitob
Hamda berish nuri oftob
Bo`lmay qolsam agar bir kun
Dunyo bo`lar zim-ziyo tun
O`rgan meni erta-yu kech
Kimki bilsa meni a`lo
U bilimli hamda dono
Sizlar ahil bolalar
Ne deysizlar bazida
Bersam sizga savollar
Hamma : Biz bilimli bolalar
Aqli raso donolar
Mayli sinab ko`ringiz
Bilimimiz kuchini
Matematika ;
oppoq tovuq don cho’qir
Suv ichadi qorasi
Nechta tovuq bo`ladi
Qo`shilganda olasi
Qorbobo; Bular juda bilimli bolajonlar ekan .Mening ham esimga bir topishmoq tushdi men ham yana bir bor sinab ko`ray Boshlovchi : Mayli bobojon
suvda suzar 10 ta g`oz
Uchib ketti beshtasi
o`ylab beringlar javob
suvda qoldi nechtasi
Qorbobo : .Barakallo, bilag’onlar bolajonlar ekansiz?
Matematika :Barakallo bolalar aqli raso donolar .
So`ylang menga birin ketin
Raqamlarni jonlantiring
0 (nol): 0.A Sabrina
Juda ham puch emasman,
O’ylagandek ba’zilar.
O’tsam sonlar ortiga,
Kuchim yaqqol sezilar.
1 (bir): 1.Dilnoza
Noldan keyin turaman,
Chizg’ichinga qarab boq.
Sonlar ichra doimo,
Birinchiman ey o’rtoq.
2 (ikki): 2. Jahongir
Qomatimni ko’rganlar,
Qiyos etar oqqushlar.
Mendan dir – dir titraydi,
Ixlosi yo’q o’qishga.
3 (uch): 3.Sevinch
Bilimingni baholab,
Noiloj qoniqaman.
Qachon o’tar to’rtga deb,
Ko’z tutib toliqaman.
4 (to’rt): 4.Aziz
To’nkarilgan stulga,
O’xshaydi ko’rinishim.
Otim yaxshi to’rtta harf,
Besh mening yaqin do’stim.
5 (besh): 5.Aziza
Rassom chizar o‘xshatib,
Yuk ko’targich ilmoqqa.
Men muallim sovg’asi,
Bilimdon har o’rtoqqa.
6 (olti): 6.Sohib
Koptok misol qornimni,
Soyabonga olaman.
Bir, ikki uch o’zimga,
Teng bo’lina qolaman.
7 (yetti): 7.Ruxshona
Peshonamda soyabon,
Boglaganman belimni.
O’xshatib yozmang birga,
O’zgartirib nomimni.
8 (sakkiz): 8.Sanjana
Eng mustahkam zanjirday,
Qo’sh halqaman mustahkam.
O’zgarmay qiymat shaklim,
Teskari qo’ysangiz ham.
9 (to’qqiz): 9.JSabrin
Shaklim o’xshar vergulga,
Oltiga qarindoshman.
Bir xonali sonlarga,
Hozirdan karvonboshma
10 (o’n): 10. Anvar
Qo’shni bo’lib ko’paydik,
O’n hissaga bir va nol.
Hisoblaymiz sanaymiz,
Berib doim qo’lga qo’l
Boshlovchi: matematika kitobi bolajonlarimiz raqamlarni jonlantirib qolmay ingliz tilida ham sanay olishadi.
Matematika: qani quloq solaylikchi?
O’quvchilar ingliz tilida sanashadi
Matemateka: Balli chaqqon bilimga qiziquvchan do’stlarim
Barcha qutlov va tabrik bo’lsin sizga do’stlarim
Mendan yana nimalarni o’rgandingiz?
Ko’rib tinglab bilaylik
Bolalar:
Tanishtirib o’zini,
Aytsam yurak so’zini.
Rozi barcha o’g’il, qiz,
So’z olamiz keyin biz.
(belgi, shakl, ifoda, misol, masala va figuralar tilga kiradi)
Katta: Nomim katta, kuchim ko’p,
Deb maqtanib yurmayman.
Kichikka ish buyurib,
O’zim bekor yurmayman.
8 > 7 dan 9 > 8 dan
Kichik: Bo’lsam hamki men kichik,
Aqlim ko’pga yetadi.
Turnalar ham osmonda,
Shaklim chizib o’tadi.
Men opamning aksiman,
Kichiklarni yaxshi ko’raman.
Ko’proq ularga qarayman, 3 < 4 dan 4 < 5 dan
Matematika: Rahmat bolajonlar Meni juda xursand qildingiz sizlardan minnatdorman Bundan keyingi matematika kitobidagi beriladigan bilimlarni yaxshi o’rganib oling.
Boshlovchi ; Aziz mehmonlar Shirintoy bolajonlarimiz hozir e’tiboringizga “Jo’jalarim” qo’shig’iga raqs ijro etadilar..
Boshlovchi: endi navbatni bizni o’rab turgan tevarar olamni o’rgatuvchi “atrofimizdagi olam “ kitobiga navbatni bersak.
Tabiatjon sen onamiz
Chiroyingga parvonamiz
Sendan chiroy olgan bizlar
Ota-ona o’g’il qizlar
Tabiat: tabiatman go’zalman xush navom bor
Dillarda yoquvchi ming davom bor
Insonlar uchundir barcha ne’matim
Bag’rimga chorlaguvchi qaynoq mehrim bor
Tabiat: Aziz bolajonlar mening ne’matlarim bisyor ular haqida bilganlaringizni baham ko’rsak
Tabiat o’zing paxta,olma uzum, shaftoli, o’rik behi, nok, anor, gilos, olma, sabzi, terak, qayrag’och kabi ne’matlarini tarqatadi. O’quvchilar ular haqida she’riy ma’lumot berishadi.
Uzum
Donalarim marjoncha
Bir boshim naq bir joncha
Qurutsangiz mayizman
Dasturxonga fayizman
Kuzda yeb yeb to`ymaysiz
Qishda osib qo`yishar
Anjir
Keja kunduz uxlayman
Meva tugdim uxlamay
Mevam o`zi gulchadir
Tillo rangli kulchadir
Go`daymayman sipoman
Ko`p dardlarga shifoman
O`rik
Yeging kelsa ko`k пёщёкф
Bahor chog`ida so`ra
Yozda esa pishaman
Qoqma o`zim tushaman
Xoxlasang yemag`izin
Qani,och chi og`izin
Behi
Ikki yuzim burushqoq
Dema meni urushqoq
Ishga solib aqlimni
Sezdirmayman jahlimni
Nok
Qayda salqin havodir
Tan jonimgaa davodir
Mevalarim qand bollik
Qilmasang bas qo`pollik
Shaftoli
Men turaman bukib shox
Kamtarinman va yumshoq
Qo`yinlarga solishib
So`ng yurishar qichishib
Anor
Har donacham bir askar
Bir qalada bir lashkar
Ular yotar panada
Oq pardali xonada
Gilos
Bir qiz baldpq qilqy deb
Qulog`mga ilay deb
Qo`sh mevani uzvoldi
Uyqumni ham buzvordi
Olma
Ko`pning ko`zin kuydirgan
Qornimni ham to`ydirgan
Menman o`sh naqsh olma
Endi yo`lingdan qolma
Qorbobo; tabiatjon bolajonlarni yana bir bor sinab ko’rsak.
Tabiat ; mayli bobojon
Qorbobo; 2016yil O’zbekistonning 1-prizidenti tomonidan qayda yil deb e’lon qilingan edi?
Hamma: 2016-yil “Sog’lom ona va bola”yili deb e’lon qilingan edi.
Boshlovchi : bolajonlar sog’lom ona va bola yiliga atab yod olgan she’rlaringizni qorboboga aytib bering
Aziza Behzod
Sog’lom bo’lay desangiz
Kanda qilmang mashqni
Har kun ertalab turib
1, 2, 3 deb boshlkang siz
Mirzo Bobur sulolasi
Alisherning nabirasi
Yurtboshimning ishonchi san
yurtning sog’lom bolasi
Amirbek: Qo’shiq aytgan
Raqsga tushgan bola
Rasm chizgan bola
Sog’lom bola bo’ladi
Boshlovchi “Aziz tabiatjon Shirintoy bolajonlarimiz hozir e’tiboringizga “Binafsha” qo’shig’iga raqs ijro etadilar..marhamat tomosha qiling.
Boshlovchi : Ma’noli shirin so’zi
Oftobday hurli yuzi
Endi taklif etamiz
Do’stim o’qish kitobni
O’qish kitobi
: Salom yangi do`stlarim
Erka qora kozlarim
Bugun sizga yurakdan
Atalgandir so`zlarim
Meni o`qish deydilar
O`qib uqish deydilar
Mendagi har bir mavzu
Mag`zin chaqish deydilar
Meni asta varaqlab
Mazza qilib o`qirsiz
Ibrat olib so`zimdan
Xalqimizga yoqursiz
O`qing meni ardoqlab
Men do`stingiz bo`laman
Qo`lim berib sizlarga
Yoniggizga bo`laman
Boshlovchi : Aziz mehmonlar Shirintoy bolajonlarimiz hozir e’tiboringizga “shirin qizchaman ” qo’shig’iga raqs ijro etadilar..
O’qish kitobi: bolajonlar sizlar mendan ko’p ertak, qiziqarli hikoyalar, ma’no-mazmunga boy she’rlar o’rganasiz. Shu vaqtgacha ertaklar tinglab o’rganganmisiz?
Sanjana (muallif); Ha hurmatli o’qish kitobi biz bir qancha ertaklar tinglab o’rgandik. Hozir sizlarga Qizil shapkacha ertagining yangi talqinini namoyish etamiz.
O’qish kitobi:
Boshlovchi : Aziz mehmonlar Shirintoy bolajonlarimiz hozir e’tiboringizga o.Nazarbekovning “Bolajon” qo’shig’iga raqs ijro etadilar..
Qorbobo: Boshlovchi Negadir qorqizim kelmayapti ? Yo’lda bir xatarga duch keldimi?
Boshlovchi: Yo’q bobojon , ko’p xavotir olmang, Hozir yurtimiz tinch,osoyishta , …. Shunday zamonda yashayotganimizdan baxtiyormiz. Shu uchun hecham xavotir olmang. Qorqizingiz kelguncha bolajonlarimizning yangi yil haqida yod olgan she’rlarini tinglab dam oling.
Mirjalol
Chaman chaman bog`laring
Bizlar jambil rayhoni
Bizning quvnoq qo`shiqlar
Jaranglatar har yonni
Yozda quyosh qo`ymida
Gullar terib o`ynaymiz
Bugun mana bu yerda
Archa kuyin kuylaymiz
Sevinch
Atrofingni aylanib
Qo`shiq aytib quvnaymiz
Yaprog`laring ninacha
Yasangansan go`zalsan
Atrofingda aylanib
Qo`shiq aytib quvnaymiz
Har birimiz qo`l berib
Yangi yilni qutlaymiz
Shaxzod
Chaman,chaman bog`laring
Bizlar jambil rayhoni
Bizning quvnoq qo`shiqlar
Jaranglatar har yonni
Dilnoza
Yangi yil oqshomida
Nur sochadi chiroqlar
Ruxshona
Tashqarida qish
Yam yashil archa
Dilda bahor
Quvnaydi barcha
Yangi yil siylab
Keltirgan omad
To`rda turibsan
Hurmating baland
Rossa bezanib
Ketibsan boyib
O`yinchoqlaring
Go`zal ajoyib
Sohibjon
Yulduzlar misol
chiroqlar porlar
quvnoq davraga
hammani chorlar
shaningga dildan
qo`shiqlar kuylar
archajon senga
Beramiz o`ynab
Jasur
Kim aytar u parimas
Unda chiriy arimas
Har yil bir yosh o`ssa ham
Qorqiz sira qarimas
Sanjana
Chunki dili pok uning
Orzulari oq uning
Nomi qordan bo`lsa ham
Mehri ko`p qaynoq uning
Ismoiljon
Xuddi go`zal oq qayin
Boqishlari bir mayin
Yasharib ochilganday
Qorqizimiz yil sayin
Anvar
Shunday qishda ham yashnab
Sarg`aymasin so`lmasin
Yoshlik ketmasin tashlab
Sira kampir bo`lmasin
Moxinur
Еtti yoshga to`ldik biz,
Maktab sari keldik biz.
Eскi yil кеtmasidan
O`qishni ham bildik biz.
Endi kelsa YAngi yil,
Kutajakmiz shod-ahil.
«A’lo» baholar bilan
Qilamiz uni qoyil!
Tilak tilar tilimiz:
–SHodon o`tsin yilimiz,
Vatan obod bo`lsinu
Eсоn bo`lsin eлiмiz!
Qutlug` bo`lsin YAngi yil,
YAyrab yursin har ko`ngil!..
Qishda ham bahor kabi
Archamizdir yam-yashil
Boshlovchi: qorbobojon ana qorqizingiz yetib keldilar
Jasur;
Sanjar;
Ismoil
Anvar
Boshlovchi : Aziz mehmonlar Shirintoy bolajonlarimiz hozir e’tiboringizga o.Nazarbekovning “Doirangni chal ” qo’shig’iga raqs ijro etadilar..
Yuraklardan ko`chgan jajji yuraksan
Hozircha g`unchadek murg`ak go`daksan
Shu aziz yurtimga sen eng keraksan
Sog’lom bolasi bo’l O’zbekistonning
Charaqlab boshingdan oftob aylansin.
Shu ma’sum chehrangdan moxtob aylansin
Umringdan ming iymon savob aylansin
Sog’lom bolasi bo’l O’zbekistonning
Hayotda hamrohing bo`lsin baxt, iqbol,
Insoniy xislating bo`lsin barkamol
Shu go`zal yurtingda o`qi, bilim ol.
Kelajakda eng yetuk inson bo`lib qol.
O’qituvchi;Aziz o’quvchilarim har doim baland cho’qqilarga intilib yashang buning uchun siz albatta tinmay o’qib o’rganishingiz uyga berilgan vazifalarni puxta bajarishingiz kerak bo’ladi.
Parvoz qiling qanotingiz Qayrilmasin, sinmasin Murg’akkina qalbingizga Hech kim ozor bermasin .
Do'stlaringiz bilan baham: |