Kulib turar ko’zlarim Dildan aytsam so’zlarim



Download 150,6 Kb.
Sana10.06.2017
Hajmi150,6 Kb.
#10810

Kulib turar ko’zlarim

Dildan aytsam so’zlarim

Xush kelibsiz do’stlarim

Assalomu Aleykum

Qarindoshmiz qondoshmiz

Vatandoshmiz jondoshmiz

Qalblar tutash yo’ldoshmiz

Assalomu Aleykum




Tongmi shommi yo choshgoh

Uchrashgandan ko’ngil chog’

Sizga eng ezgu so’zim

Assalomu Aleykum

Assalomu aleykum hurmatli ota-onalari mehri daryo ustozlar sevimli buva buvijonlar barcha barchangizga “Biz baxtli bolalar” nomli savodxonlik bayramiga xush kelibsiz .Ijozatingiz bilan bayramimiz qahramonlarini shirintoylarning 2-3 oy mobaynida chaqqonlik va tirishqoqlik bilan o’qish va yozishni o’rganib olgan zukko 1-sinf o’quvchilarini tayyorlagan bayram tadbirini birgalikda tomosha qilsak . Bayramni boshlash uchun I.Kumushxonga so’zni bersak.

Xush kelibsiz aziz mehmonlar

Davramizning to’ri sizniki

Bugun jo’shar dilda orzular

Qalbimizning tori sizniki

Barchamiz xursand Tashrif buyurgangizga

Dam oling shodlaning bugungi bayramga

Aytamiz shirinso’z tabassum hadya



Boshlovchi :

Bor ekanda yo`q ekan

Och ekanda to`q ekan

Hozirgi hur zamonda

G`arb emas sharq tamonda

O`zbekiston atalmish

Ozod diyor bor ekan

Bu maskanga hamisha

Baxt va omad yor ekan

O`zbekiston dunyoga

Juda mashhur joy ekan

Tarixi-yu buguni

Tilsimlarga boy ekan

Ilmga kon maskanlar

Joy olganmish bag`rida

O`qib qiz-u o`g`lonlar

O`zarmish bir biridan

Kunlarning bir kunida

27 bolajon ilm olay deb ko`proq

Yo`lga chiqibdi shodan

O`zlariga xo`p ma`qul

Maktab tanlamoq uchun

Uzoq yo`l bosishibdi

Yetti kecha yetti kun

Biri dermish ustozi

Juda mehribon bo`lsin

Beradigan ilmidan

Bizning ko`glimiz to`lsin

Biri debdi:Maktabi

Bo`lsin korkam ,ozada

Balalari tartibli

Bir-biridan ziyoda

Surishtirib xo`p uzoq

Topishibdi shunday joy

Nomi tillarda doston

Tariflarga juda boy

Bu yerda bolalarni

Qarshilabdi keng maktab

Ular uchun qo`ygan mish

Shinam sinf ham atab

Bu mitti bilag`onlar

Qizg`in olibdi ishni

Odob bilan qunt bilan

Boshlabdilar o`qishni

Ustoziga ergashib

Harflarni tanishibdi

Ham yozishni o`rganib

Sonlarni bilishibdi

O`tib ketibdi zumda

Kunlar,haftalar oylar

Maktabda yetishibdi

Qalbi bilmga boylar

Savodxonlik bayramin

O`tkazmoqda shaylanib

Kelar emish barchasi

Bir chiziqqa joylanib

Ularni kutib oling

Olqishlab qarsak chaling

O`quvchilar kirib keladi




Boshlovchi: Bismilodan boshlanadi amolimiz

Assalomdan boshlanadi jamolimiz

Do’stimizga aylantirar begona

Assalomdan yetishadi kamolimiz



Ruxshona ; Quyoshday shula sochgan

Bilimga keng yo`l ochgan

Bizni erkalab quchgan Sizga ushbu kalom Muallimlar assalom


Aziza;

Uzin tunlar allalab

Oq yuvib oq tarab

O`stirdingiz erkalab

Sizgadir ushbu kalom

Onajonlar assalom

Behzod ; Kunday yorug` dars xona

Biz farsandmiz siz ona

Bo`lib sizga parvona

Dilda ardoqli kalom



Ona maktab assalom


Sanjana ; tanitib yurt jahonga

Erk bergan har insonga

Qaytik dinu iymonga

Dilda ardoqli kalon

Mustaqil yurt assalom
Jasur ; So`zimiz boshi kalom

Ish boshidir assalom

Mehmonlarga chin dildan

Deymiz salom assalom



Assalom onajonlar

Assalom otajonlar


Mironshoh ;Istiqilol quyoshi nur sochgan zamonda bolalik gashyini surayotgan

Bir baxtiyor avlodmiz .



Dilnura ;’’Biz baxtli balalar ’’ deb nomlangan savodxonlik bayramiga xush kelibsiz .

Boshlovchi : : Aziz mehmonlar Shirintoy bolajonlarimiz hozir e’tiboringizga raqs ijro etadilar..

Boshlovchi :Maktabda ilk qo`yganda qadam

Qaysi kitob baxsh etdi nuri ziyoni

Sizga hamroh yaqin hamdam

Qaysi kitob sizga keng ochdi dunyo



Qadrdon alifbe kitobi :

Boshlovchi : Unday bo`lsa zo’r quvonch bilan Hamma ; Bilim began bizlarga Taklif etsak qadrdonimiz Jajji o`g`il qizlarga Shodligimiz ko`raylik baham Har bir so`zi asal bol Axir udir dili jonim Alifbejon kelaqol

Qorbobo; Men qayerga kelib qoldim.

Boshlovchi : Siz Kogon tumahidagi 6-maktabning

  1. Sinf o’quvchilarining savod chiqarganliklari munosabati bilan o’tkazilayotgan savodxonlik bayramiga xush kelibsiz .

Qorbobo; E-ha sizlar mening telefonimga xabar yuborgan siz-a? Bayramlarni juda yaxshi ko’raman, ayniqsa bolajonlar tomonidan o’tkazilayotgan bayramlarni tomosha qilishni juda yaxshi ko’raman. Qorqizim sovg’alarni tarqatish uchun yo’lda ushlanib qoldi. Hozir yetib keladi.

Fazila : Kitoblarning bobosi

Yo`l boshlovchi donosi

Har yurakda nur ziyo

Taratish muddosi

Ilim ista xitobi

Bu alifbe kitobi


Mirjalol : U borki yo`llar ravon

Oshamiz bir bir davon

Boryapmiz mardona

Bilimlar yurti tamon

Ilim ista xitobi

Bu alifbe kitob



Alifbe :

Salom aziz bolalar

Ochilgan gul lolalar

Sizlar mening do`stimsiz

Sho`x quvnq shallolalar

Savodxonlik muborak

Bayram shodlik muborak




Boshlovchi :B alli ey o`g`il qizlar

Bilimga xo`p chanqoqlar

Qani menga aytingiz

Alifbe kitobida nimalarni o`rgandiz .




Ismoil :

Alifbeni etsam tariff

Zehningiz oftobiman

Bittagina tutuq belgisi

Yozasang u ko`rinmaydi

Uchta harfli birikma

Soz ko`chirishda unutma

Qolganlari xilma xil


Alifbe : Alifbe kitobiman

Zehningiz oftobiman

Sizlar ahil bolalar

G`o`yo qizil lolalar

Savod chiqardingiz mendan

So`rab ko`raychi sizdan

Alifbeda nechta harf


Anvar : Yigirma to`qqiz harf

Yashaydi do`st inoq

Shuning uchun ular

Yo`li ochiq porloq



Jalolova Sabrina : Yigirma to`qqiz harf

Baxt ulashar elga

Ishlar ular doimo

Tatil chiqmasdan




Avazova Sabrina :

Har bitta harf bir kalit Ming bir tilsim ochadi Paxta zorlar shirrilab Yulduzlar nur sochadi



Amirbek :

Unli undosh tovushlar Aka –uka qadrdon Aro yo`lda bir butun Tashlab ketmas hech qachon



Fazliddin : Unlilar 6 harf Bazi tetik lo`nda harf Qolganlari undoshlar Undoshlar ham bo`linar

Alifbe : Har biri jimjimador O’z sirin aylab bayon Qani safga tursinlar Harfkar kirsinlar tilga


A Assalom avvalo aziz jonajon Alla aytib katta qilgan ona B Buyuk bobosi bor boshida bu kun Butun el tanidi yurtimni bugun D Dildan deyman doim jon tanim O`zbekiston mening vatanim E Elim deb yurtim deb yashayman obod El yurt baxti –mening baxtimdir obod F Fido bo`lsin mayli bu jonim Faqat omon bo`lsin ona vatanim G Gulla go`zal gulgin diyorim Gul maskanim o`zbekistonim H Hayotim hur o`lkam baxtimdir faqat Hur o`lkam baxti deb yashayman har vaqt J Jaranglaydi jajji sho`x so`zim Jahon tanir bu kun ovozim K Kamolingni kulib kuylarman Yurtim jamolingga boqib to`ymayman I Ishingizdir Islom bobojon Istiqlolni bergan jona jon L Lolaman lov lov yonar yuragim Xalqqa xizmat qilish orzu tilagim M Mana men mardona mashhur makon man Siz tug`ulib o`sgan o`zbekistonman

N Non aziz non ila hayotdir inson Non ushog`in ko`zinga surtgin bolajon O Ona yurt onajon o`zbekistonim Ona kabi aziz jonu jahonim Y Yillar o`tib yillar kelibdi Yurtium 25 ga to`libdi P Poytaxtim toshkentim porlagin yurtim Paxtaga kon makon o`zbekistonim Q Qo`limda qalamim sher bitay sizga Onajon doston kam tarifingizga R Roxatbaxsh yurt bior jannat makon Rost so`zlasam bu o`zbekiston S Salom sevikligim serquyosh o`lkam Senga qoi`lda soz ila aytaman alyor T To`yinga to`yona tilda dostonim 25 yoshing qutlug` o`zbekistonim U Unutmayman uztozni u8lkan mehri Umrbod yodimda har bir so`zingiz V Vatanim volidam tanda bir jonim Vatan ishqi bilan o`tar har onim X Xalqimning ovozi baland har onda Xumo qushi shod uchar moviy osmonda Z Zamonam zo`r zorim yo`q eldan Zamonamni man qo`llayman dildan O` O`zbekman o`z tanigan o`z bayrog`im bor O`zbek madhiyasi tillarda alyor G` G`ururla g`oliblik bayrog` qo`lda Har elimning madhi jaranglar tilde

Ch Chamanning chiroyli gulli o`zingiz Ustozim duri gavhar har bir so`zingiz Sh Shodman shamol kabi shoshaman har on Bilimlar maskani maktabim tomon


Alifbe : balli ey dili oqlar Bilimga xo`p chanqoqlar Qani bir bir aytingiz Yana nimalarni o`rgandingiz

Hamma : O`qish va yozishni chiroyli so’zlashni, maqol va topishmoqlar aytishni o’rgandik Qorbobo; qani yod olgan maqollaringizdan eshitsak Alifbe : Qani bilag`on bolajonlar , savodigiz chiqqanini bir sinab ko’ray ,qo`limdagi so`zni o`qingchi.

Vatan
Boshlovchi; Vatanimiz tinch ekan

Obod barcha xonadon

Vatanimiz tinch ekan

Shod keksayu bolajon

Parizod: Shukrona aytamiz ulug` kunlarga

Ma`noga mazmunga toliq kunlarga

Faravon nurafshon qutlug` kunlarga

Ey ozod doyorim o`zbekistonim

Ey obod diyorim o`zbekistonim

Dilnura : Kelajaging o`zing iymonim o`zing

Insoniy g`ururim vijdonim o`zing

Go`zal o`zbekistonim sensan vatanim Seni yo` q qilolmas hech qnday g`anim

Avazova Aziza : She`r “yurtim senga she`r bitdim”

Teshayeva Aziza : She`r “Ozbekiston hur o`lkam ”

Madina : Vatanimning tarixidan so’zlaydi

Yodgorligi qo’l yozmalar saqlaydi

Mehmonlarni ziyoratga chorlaydi

Ko’hna Zaminning qadamjolari

Bobir : Vatan mening onam mening tuprog`im

Vatan mrning jonim mening qarog`im

Sen mening hayotim ,mening gulzorim

Seni jonim qadar sevaman vatan



Ismoil : Tiklandi iftixor va milliy g`urur

Endi O`zbekman deb aytaman mag`rur

Tiklandi anana urf odatimiz

Tiklandi qadryat tarix va moziy

Toptalgan qadrimiz saodatimiz

Etiqot ,din, iymon ,ilmu ilohoiy



Alifbe: Raxmat meni sevganga

A`lo baxo olganga

Endi o`ynab qiling sayr

Uchrashguncha xayr




Shaxzod;

Unutmasmiz«Alifbe»xon

Sizdan olgan saboqlarni –

Har sahifa ochgandagi

O`tgan ajib xush choqlarni.

Ilmlarning dovonida

Eng birinchi yo`lboshi – Siz,

Afsus, Sizni kuzatmoqlik

Ilojsizdir ko`zyoshisiz…

Aziza:

Harflaringiz o`qiy-o`qiy

Oldik bilim va tarbiya.

Endi har ne sinov bo`lsin

Pisand eмас aslo bizga:

Har gal zafar quchar bo`lsak

Mudom Sizni yod olamiz –

Siz boshlagan so`qmoqlardan

Samolarga yo`l solamiz!


Dilnura:Yasha , jonim Alefbe!

Sen Ham menga yasha de!

Yuksak dovonlar osha

Sen ham men kabi yasha!


Endi ukalarimga

O’rgat yangroq o’qishni Tanit bir-bir ularga

Bahor, yoz, kuz-u qishni.



Amirbek : Men endi bu boshimni

To’ldiray ilm bilan.

Yuragim o’zligimni

Boyitar ta’lim bilan

Sababi bundan buyon

Elga xizmat qilaman

Dard cheksa dard chekaman

Kulsa birga kulaman.

Alifbejon seni hech

Unutmayman o’lguncha.

Sen Vatanim xalqimday

Yasha dunyo turguncha




Hamma : Hammamiz shod baxtiyor

Katta bayram biz uchun

Minnatdormiz alifbe

Xayrlashamiz bugun



Alefbe: xayr deyman sezga omad, Sizga Tilab sharaf shon

Ulg’ayinglar olim bo’lib Bo’ling albat chin inson

Bilimlarning sirli-sirli Xazinasin ochinglar

Johillikdan yipoq bo’ling Yomonlikdan Qochinglar



Qorbobo :

Hurmatli boshlovchi bolajonlarning chiroyli yuzlarini bilimlarini zehnlarini

Ko`rib juda qoyil qoldim .Men ham bularga bir savol bersam?

Boshlovchi : mayli bobojon

Qorbobo : Hozir Vatan haqida she`rlar aytingiz .Menga aytingchi vatan o`zi nima?

Vatan bu 1.tug`ulgan joyim 2.kindik qonim to`kilgan joy.

3. Bizni o`rab turgan tevarak olam

Boshlovchi Bobojon : Shirintoy bolajonlar Vatan haqida she`r bilan birgalikda raqs ham tayyorlaganlar nozir e’tiboringizga “O’zbegim” qo’shig’iga qizlarimiz raqs ijro etadilar..

Boshlovchi : Bolajonlar maktabga kelib o`qish va yozish bilan birgalikda yana nimalarni o`rgndingiz

Hamma : Hisob kitobni qo`shish va ayirishni

Boshlovchi : Hisob kitobni qo`shish va ayirishni qaysi fan orqali o`rgandingiz

Hamma: Matematika

Boshlovchi : Matematika kitobini sehrli so`zlar orqali chaqirib davramizga qo`shsak

Hamma : Matematika fanlar podshosi

Ko`plar uning oshnosi

Fanlar ichra u sulton

Ilm oling har qachon



MATEMATIKA :


Ha to`g`rri aytingiz

Fanlar ichra shohdirman

Misol masalalarga boydirman

Mening ishim hisob kitob

Hamda berish nuri oftob

Bo`lmay qolsam agar bir kun

Dunyo bo`lar zim-ziyo tun

O`rgan meni erta-yu kech

Kimki bilsa meni a`lo

U bilimli hamda dono

Sizlar ahil bolalar

Ne deysizlar bazida



Bersam sizga savollar


Hamma : Biz bilimli bolalar

Aqli raso donolar

Mayli sinab ko`ringiz

Bilimimiz kuchini



Matematika ;

oppoq tovuq don cho’qir

Suv ichadi qorasi

Nechta tovuq bo`ladi

Qo`shilganda olasi




Qorbobo; Bular juda bilimli bolajonlar ekan .Mening ham esimga bir topishmoq tushdi men ham yana bir bor sinab ko`ray Boshlovchi : Mayli bobojon


suvda suzar 10 ta g`oz

Uchib ketti beshtasi

o`ylab beringlar javob

suvda qoldi nechtasi




Qorbobo : .Barakallo, bilag’onlar bolajonlar ekansiz?

Matematika :Barakallo bolalar aqli raso donolar .

So`ylang menga birin ketin

Raqamlarni jonlantiring


0 (nol): 0.A Sabrina

Juda ham puch emasman,

O’ylagandek ba’zilar.

O’tsam sonlar ortiga,

Kuchim yaqqol sezilar.
1 (bir): 1.Dilnoza

Noldan keyin turaman,

Chizg’ichinga qarab boq.

Sonlar ichra doimo,

Birinchiman ey o’rtoq.
2 (ikki): 2. Jahongir

Qomatimni ko’rganlar,

Qiyos etar oqqushlar.

Mendan dir – dir titraydi,

Ixlosi yo’q o’qishga.
3 (uch): 3.Sevinch

Bilimingni baholab,

Noiloj qoniqaman.

Qachon o’tar to’rtga deb,

Ko’z tutib toliqaman.
4 (to’rt): 4.Aziz

To’nkarilgan stulga,

O’xshaydi ko’rinishim.

Otim yaxshi to’rtta harf,

Besh mening yaqin do’stim.

5 (besh): 5.Aziza

Rassom chizar o‘xshatib,

Yuk ko’targich ilmoqqa.

Men muallim sovg’asi,

Bilimdon har o’rtoqqa.
6 (olti): 6.Sohib

Koptok misol qornimni,

Soyabonga olaman.

Bir, ikki uch o’zimga,

Teng bo’lina qolaman.
7 (yetti): 7.Ruxshona

Peshonamda soyabon,

Boglaganman belimni.

O’xshatib yozmang birga,

O’zgartirib nomimni.



8 (sakkiz): 8.Sanjana

Eng mustahkam zanjirday,

Qo’sh halqaman mustahkam.
O’zgarmay qiymat shaklim,

Teskari qo’ysangiz ham.




9 (to’qqiz): 9.JSabrin

Shaklim o’xshar vergulga,

Oltiga qarindoshman.

Bir xonali sonlarga,

Hozirdan karvonboshma



10 (o’n): 10. Anvar

Qo’shni bo’lib ko’paydik,

O’n hissaga bir va nol.

Hisoblaymiz sanaymiz,

Berib doim qo’lga qo’l

Boshlovchi: matematika kitobi bolajonlarimiz raqamlarni jonlantirib qolmay ingliz tilida ham sanay olishadi.

Matematika: qani quloq solaylikchi?

O’quvchilar ingliz tilida sanashadi




Matemateka: Balli chaqqon bilimga qiziquvchan do’stlarim

Barcha qutlov va tabrik bo’lsin sizga do’stlarim

Mendan yana nimalarni o’rgandingiz?

Ko’rib tinglab bilaylik




Bolalar:

Tanishtirib o’zini,

Aytsam yurak so’zini.

Rozi barcha o’g’il, qiz,

So’z olamiz keyin biz.

(belgi, shakl, ifoda, misol, masala va figuralar tilga kiradi)



Katta: Nomim katta, kuchim ko’p,

Deb maqtanib yurmayman.

Kichikka ish buyurib,

O’zim bekor yurmayman.

8 > 7 dan 9 > 8 dan

Kichik: Bo’lsam hamki men kichik,

Aqlim ko’pga yetadi.

Turnalar ham osmonda,

Shaklim chizib o’tadi.

Men opamning aksiman,

Kichiklarni yaxshi ko’raman.

Ko’proq ularga qarayman, 3 < 4 dan 4 < 5 dan


Matematika: Rahmat bolajonlar Meni juda xursand qildingiz sizlardan minnatdorman Bundan keyingi matematika kitobidagi beriladigan bilimlarni yaxshi o’rganib oling.

Boshlovchi ; Aziz mehmonlar Shirintoy bolajonlarimiz hozir e’tiboringizga “Jo’jalarim” qo’shig’iga raqs ijro etadilar..

Boshlovchi: endi navbatni bizni o’rab turgan tevarar olamni o’rgatuvchi “atrofimizdagi olam “ kitobiga navbatni bersak.

Tabiatjon sen onamiz

Chiroyingga parvonamiz

Sendan chiroy olgan bizlar

Ota-ona o’g’il qizlar

Tabiat: tabiatman go’zalman xush navom bor

Dillarda yoquvchi ming davom bor

Insonlar uchundir barcha ne’matim

Bag’rimga chorlaguvchi qaynoq mehrim bor



Tabiat: Aziz bolajonlar mening ne’matlarim bisyor ular haqida bilganlaringizni baham ko’rsak

Tabiat o’zing paxta,olma uzum, shaftoli, o’rik behi, nok, anor, gilos, olma, sabzi, terak, qayrag’och kabi ne’matlarini tarqatadi. O’quvchilar ular haqida she’riy ma’lumot berishadi.




Uzum

Donalarim marjoncha

Bir boshim naq bir joncha

Qurutsangiz mayizman

Dasturxonga fayizman

Kuzda yeb yeb to`ymaysiz

Qishda osib qo`yishar

Anjir

Keja kunduz uxlayman

Meva tugdim uxlamay

Mevam o`zi gulchadir

Tillo rangli kulchadir

Go`daymayman sipoman

Ko`p dardlarga shifoman

O`rik

Yeging kelsa ko`k пёщёкф

Bahor chog`ida so`ra

Yozda esa pishaman

Qoqma o`zim tushaman

Xoxlasang yemag`izin

Qani,och chi og`izin

Behi

Ikki yuzim burushqoq

Dema meni urushqoq

Ishga solib aqlimni

Sezdirmayman jahlimni

Nok

Qayda salqin havodir

Tan jonimgaa davodir

Mevalarim qand bollik

Qilmasang bas qo`pollik

Shaftoli

Men turaman bukib shox

Kamtarinman va yumshoq

Qo`yinlarga solishib

So`ng yurishar qichishib

Anor

Har donacham bir askar

Bir qalada bir lashkar

Ular yotar panada

Oq pardali xonada

Gilos

Bir qiz baldpq qilqy deb

Qulog`mga ilay deb

Qo`sh mevani uzvoldi

Uyqumni ham buzvordi

Olma

Ko`pning ko`zin kuydirgan

Qornimni ham to`ydirgan

Menman o`sh naqsh olma

Endi yo`lingdan qolma



Qorbobo; tabiatjon bolajonlarni yana bir bor sinab ko’rsak.

Tabiat ; mayli bobojon

Qorbobo; 2016yil O’zbekistonning 1-prizidenti tomonidan qayda yil deb e’lon qilingan edi?

Hamma: 2016-yil “Sog’lom ona va bola”yili deb e’lon qilingan edi.

Boshlovchi : bolajonlar sog’lom ona va bola yiliga atab yod olgan she’rlaringizni qorboboga aytib bering

Aziza Behzod



Sog’lom bo’lay desangiz

Kanda qilmang mashqni

Har kun ertalab turib

1, 2, 3 deb boshlkang siz

Mirzo Bobur sulolasi

Alisherning nabirasi

Yurtboshimning ishonchi san

yurtning sog’lom bolasi




Amirbek: Qo’shiq aytgan

Raqsga tushgan bola

Rasm chizgan bola

Sog’lom bola bo’ladi



Boshlovchi “Aziz tabiatjon Shirintoy bolajonlarimiz hozir e’tiboringizga “Binafsha” qo’shig’iga raqs ijro etadilar..marhamat tomosha qiling.

Boshlovchi : Ma’noli shirin so’zi

Oftobday hurli yuzi

Endi taklif etamiz

Do’stim o’qish kitobni



O’qish kitobi

: Salom yangi do`stlarim

Erka qora kozlarim

Bugun sizga yurakdan

Atalgandir so`zlarim

Meni o`qish deydilar

O`qib uqish deydilar

Mendagi har bir mavzu

Mag`zin chaqish deydilar

Meni asta varaqlab

Mazza qilib o`qirsiz

Ibrat olib so`zimdan

Xalqimizga yoqursiz

O`qing meni ardoqlab

Men do`stingiz bo`laman

Qo`lim berib sizlarga

Yoniggizga bo`laman





Boshlovchi : Aziz mehmonlar Shirintoy bolajonlarimiz hozir e’tiboringizga “shirin qizchaman ” qo’shig’iga raqs ijro etadilar..

O’qish kitobi: bolajonlar sizlar mendan ko’p ertak, qiziqarli hikoyalar, ma’no-mazmunga boy she’rlar o’rganasiz. Shu vaqtgacha ertaklar tinglab o’rganganmisiz?

Sanjana (muallif); Ha hurmatli o’qish kitobi biz bir qancha ertaklar tinglab o’rgandik. Hozir sizlarga Qizil shapkacha ertagining yangi talqinini namoyish etamiz.

O’qish kitobi:

Boshlovchi : Aziz mehmonlar Shirintoy bolajonlarimiz hozir e’tiboringizga o.Nazarbekovning “Bolajon” qo’shig’iga raqs ijro etadilar..

Qorbobo: Boshlovchi Negadir qorqizim kelmayapti ? Yo’lda bir xatarga duch keldimi?

Boshlovchi: Yo’q bobojon , ko’p xavotir olmang, Hozir yurtimiz tinch,osoyishta , …. Shunday zamonda yashayotganimizdan baxtiyormiz. Shu uchun hecham xavotir olmang. Qorqizingiz kelguncha bolajonlarimizning yangi yil haqida yod olgan she’rlarini tinglab dam oling.


Mirjalol

Chaman chaman bog`laring

Bizlar jambil rayhoni

Bizning quvnoq qo`shiqlar

Jaranglatar har yonni

Yozda quyosh qo`ymida

Gullar terib o`ynaymiz

Bugun mana bu yerda

Archa kuyin kuylaymiz

Sevinch

Atrofingni aylanib

Qo`shiq aytib quvnaymiz

Yaprog`laring ninacha

Yasangansan go`zalsan

Atrofingda aylanib

Qo`shiq aytib quvnaymiz

Har birimiz qo`l berib

Yangi yilni qutlaymiz

Shaxzod

Chaman,chaman bog`laring

Bizlar jambil rayhoni

Bizning quvnoq qo`shiqlar

Jaranglatar har yonni

Dilnoza

Yangi yil oqshomida

Nur sochadi chiroqlar

Ruxshona

Tashqarida qish

Yam yashil archa

Dilda bahor

Quvnaydi barcha

Yangi yil siylab

Keltirgan omad

To`rda turibsan

Hurmating baland

Rossa bezanib

Ketibsan boyib

O`yinchoqlaring

Go`zal ajoyib

Sohibjon

Yulduzlar misol

chiroqlar porlar

quvnoq davraga

hammani chorlar

shaningga dildan

qo`shiqlar kuylar

archajon senga

Beramiz o`ynab

Jasur

Kim aytar u parimas

Unda chiriy arimas

Har yil bir yosh o`ssa ham

Qorqiz sira qarimas

Sanjana

Chunki dili pok uning

Orzulari oq uning

Nomi qordan bo`lsa ham

Mehri ko`p qaynoq uning

Ismoiljon

Xuddi go`zal oq qayin

Boqishlari bir mayin

Yasharib ochilganday

Qorqizimiz yil sayin

Anvar

Shunday qishda ham yashnab

Sarg`aymasin so`lmasin

Yoshlik ketmasin tashlab

Sira kampir bo`lmasin


Moxinur

Еtti yoshga to`ldik biz,

Maktab sari keldik biz.

Eскi yil кеtmasidan

O`qishni ham bildik biz.

Endi kelsa YAngi yil,

Kutajakmiz shod-ahil.

«A’lo» baholar bilan

Qilamiz uni qoyil!

Tilak tilar tilimiz:

–SHodon o`tsin yilimiz,

Vatan obod bo`lsinu

Eсоn bo`lsin eлiмiz!

Qutlug` bo`lsin YAngi yil,

YAyrab yursin har ko`ngil!..

Qishda ham bahor kabi

Archamizdir yam-yashil




Boshlovchi: qorbobojon ana qorqizingiz yetib keldilar

Jasur;


Sanjar;

Ismoil


Anvar

Boshlovchi : Aziz mehmonlar Shirintoy bolajonlarimiz hozir e’tiboringizga o.Nazarbekovning “Doirangni chal ” qo’shig’iga raqs ijro etadilar..
Yuraklardan ko`chgan jajji yuraksan

Hozircha g`unchadek murg`ak go`daksan

Shu aziz yurtimga sen eng keraksan

Sog’lom bolasi bo’l O’zbekistonning

Charaqlab boshingdan oftob aylansin.

Shu ma’sum chehrangdan moxtob aylansin

Umringdan ming iymon savob aylansin

Sog’lom bolasi bo’l O’zbekistonning

Hayotda hamrohing bo`lsin baxt, iqbol,

Insoniy xislating bo`lsin barkamol

Shu go`zal yurtingda o`qi, bilim ol.

Kelajakda eng yetuk inson bo`lib qol.


O’qituvchi;Aziz o’quvchilarim har doim baland cho’qqilarga intilib yashang buning uchun siz albatta tinmay o’qib o’rganishingiz uyga berilgan vazifalarni puxta bajarishingiz kerak bo’ladi.

Parvoz qiling qanotingiz Qayrilmasin, sinmasin Murg’akkina qalbingizga Hech kim ozor bermasin .






Biz baxtli bolalar “ nomli

savodxonlik bayram tadbir

senariysi




Download 150,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish