Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari



Download 17,1 Kb.
Sana20.01.2020
Hajmi17,1 Kb.
#35970
Bog'liq
Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari

KUCHLI DAVLATDAN KUCHLI FUQAROLIK JAMIYATI SARI

Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchillik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi "Mamlakatimiada demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi" mavzusidagi ma‘ruzasi faoliyatimizda dasturiy ishlar bo‘lmoqda.

Ma‘ruzada davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlament va siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud-huquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator dasturiy vazifalar, qonunchilik tashabbuslari asoslab berilgan. Davlatimiz rahbari o‘z ma‘ruzasida jamiyat hayotini yanada rivojlantirish va O‘zbekiston taraqqiyotining strategik va muhim yo‘nalishlarini belgilab berdilar.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini riojlantirish kontseptsiyasining qoida va xulosalari asosiy strategik maqsadga erishishga – bozor iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borayotgan, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari so‘zda emas, balki amalda oliy qadriyat hisoblanuvchi kuchli fuqarolik jamitiga ega bo‘lgan ochiq demokratik huquqiy davlat barpo etishga, O‘zbekistonni dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari safidan o‘rin olishiga erishishga qaratilgan. Kontseptsiya mamlakatning siyosiy tizimini yanada modernizatsiya qilish ishida dasturiy hujjat, O‘zbekistonni isloh qilish va demokratlashtirishda yangi bosqich bo‘ldi.

Mazkur kontseptsiyaning hayotga joriy etilishi fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan ijtimoiy hamkorligini kuchaytirish, nodavlat notijorat tashkilotlarining joylarda ijtimoiy dasturlarni bajarishdagi hamda davlat va jamiyat qurilishiga oid muhim ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishdagi faol ishtirokini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Ma‘ruzada fuqarolik jamiyati institutlaridan nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga e‘tibor qaratilib, “fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlar hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmokda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va xuquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta‘minlashga ko‘maklashmoqda”, deb ta‘kidlandi.

Bugungi kunda Xorazm viloyatida 289 ta nodavlat notijorat tashkilotlari ish olib boradi. Ularning faoliyati ekologiyani yaxshilash, bolalar, ayollar va nogironlarning huquqlarini himoya qilish, ularni sportga keng jalb etish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, inson huquqlarini himoya qilish, aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, yoshlarning kasb-hunar va ekologik bilimlarini oshirish kabi muhim ijtimoiy - iqtisodiy masalalarni hal qilishga yordam bermoqda.

Ma‘ruzada davlat hokimiyati organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlari bilan birgalikdagi faoliyatini mustahkamlash masalalariga e‘tibor qaratildi.

Eng muxim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish va demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini yanada oshirishga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini huquqiy, moddiy-texnikaviy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga, fuqarolik jamiyati institutlari tizimining faoliyatini tartibga soladigan normativ - huquqiy xujjatlarni takomillashtirishga, shuningdek, ularning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng ko‘lamda yoritishga e‘tibor qaratish zarur. Ma‘ruzada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, jamiyatni isloh kilish jarayoniga keng aholi qatlamlarini, xalqning intellektual va ma‘naviy salohiyatini jalb etish imkonini berishi ko‘rsatib o‘tilgan. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida mahalla faoliyatining xuquqiy bazasini yanada takomillashtirish, uning vakolatlarini, samarali ishlash mexanizmlarini kengaytirish ustuvor vazifalar bo‘lib qolmoqda.

"Fuqarolarning o‘znini o‘zi boshqarish instituti - maxalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat xokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‘zaro yaqin munosabatlarini ta‘minlash aloxida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda", deb ta‘kidlanadi ma‘ruzada.

Bugungi kunda Xorazm viloyatida 685 ta fuqarolar yig‘ini faoliyat ko‘rsatmoqda. Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalarida va uning doimiy komissiyalari majlislarida "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining u yoki bu moddalari talablari bajarilishini ta‘minlash bilan bog‘liq masalalar muntazam ko‘rib borilmoqda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini hamda "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish mexanizmini yanada takomillashtirish, ularning" davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish samaradorligini oshirish, mahallani manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, shuningdek, davlat boshqaruv organlari faoliyatini ijtimoiy nazorat qilish tizimida mahallaning vazifalarini kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan hokimiyat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari oldida turgan muhim vazifadir.

Kontseptsiyada demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishda axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta‘minlash ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanib, bu borada bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi. Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan samarali huquqiy mexanizmlarni yaratishni nazarda tutadi.

Kontseptsiyaning amalga oshirilishi, milliy axborot makonini izchil rivojlantirish, axborot sohasini yanada liberallashtirish, axborot va so‘z erkinligini ta‘minlash, fukarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining roli va ahamiyati yanada ortishida, shubhasiz, muhim omil bo‘ladi. Shu bilan birga, kontseptsiyada ilgari surilgan qonun tashabbuslari har bir deputatdan tashabbuskorlik, qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini oshirish yo‘lida muntazam izlanishii talab etadi.

Prezidentimizning ma‘ruzasi joylarda chuqur o‘qib-o‘rganilib, undagi vazifa, ko‘rsatmalar asosida tadbirlar belgilanib, ijrosi borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.



Baxtyayor Ro‘zmetov

Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti

Xorazm mintaqaviy Axborot-tahlil markazi

rahbari, xalq deputatlari viloyat Kengashi



doimiy komissiyasi raisi
Download 17,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish