4-§. Bagaj mashinalarida bagajni tashish
74. Yo‘lovchi, bagaj (yuk) avtomobillari harakati tashkil etilgan shaharlararo (xalqaro) yo‘nalishlarda, bagaj avtomobillarida bagajini tashishga topshirish huquqiga ega.
75. Yo‘lovchilarning bagajlari yo‘l chiptalari taqdim etilganda, bagaj avtomobillariga tashish uchun qabul qilinadi. Har bir yo‘l chiptasiga (to‘liq yoki bolalar chiptasiga) umumiy og‘irligi 150 kilogrammdan yuqori bo‘lmagan bagaj qabul qilinishi mumkin. Tashuvchi bagaj avtomobilining parametriga bog‘liq holda, tashishga qabul qilingan bagajning joyini va og‘irligini ko‘paytirish xuquqiga ega.
76. Tashish uchun topshirilayotgan bagaj o‘zining o‘lchamlari, o‘rami hamda xususiyatlari bo‘yicha bagaj avtomobiliga yuklash va joylashtirishda qiyinchiliklar tug‘dirmasligi, shuningdek boshqa yo‘lovchilarning bagajiga zarar yetkazmasligi kerak. Butun tashish vaqtida bagajning idish va o‘rami butunligini va saqlanganligini ta’minlashi lozim.
Bagaj o‘ralganda bagajni yo‘qotish xavfi yoki buzulishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar bo‘lganda, bu kamchiliklar to‘g‘risida tashish hujjatlarida belgi qo‘yilib, bagaj qabul qilinishi mumkin.
77. Bagaj avtomobilida bagajni jo‘natishni xohlagan yo‘lovchi, yukni oldindan topshirishi, lekin bagaj avtomobilining jo‘nashidan 20 minutga kechikmasdan taqdim etishi lozim.
78. Bagajni tashish uchun qabul qilishning tasdig‘i sifatida yo‘lovchiga belgilangan namunadagi bagaj kvitansiyasi beriladi.
79. Yo‘lovchi bagajni tashish uchun topshirganda, belgilangan tarif to‘lovi bilan topshirilayotgan bagajning qiymatiga qarab, uning bahosini e’lon qilish xuquqiga ega.
80. Bagaj belgilangan joyga yetib kelganda bagaj kvitansiyasini taqdim etuvchiga beriladi.
81. Yo‘lovchidan alohida tashish uchun qabul qilingan bagaj yo‘lovchi belgilangan joyga jadval bo‘yicha yetib kelish kunidan kechikmasdan ushbu manzilga yetkazilishi kerak.
82. Yo‘lovchi tomonidan talab qilib olinmagan bagaj avtovokzalda yoki belgilangan yetkazib berish manzilida tashuvchi tomonidan yetkazib berishning nazarda tutilgan muddatidan keyin 30 kun mobaynida saqlanadi. Bagaj saqlanganligi uchun tarif bo‘yicha to‘lov undiriladi.
Belgilangan yetkazib berish muddatidan 30 kun o‘tgandan keyin talab qilib olinmagan bagaj sotilishi, sotishdan tushgan summa esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |