К
К
М
мах
0
Chastotaviy
buzilishlar
koefitsientiga
teskari
bo’lgan
kattalik
xarakteristikaning notekislik koeffitsienti deb ataladi.
мак
К
К
М
М
0
1
Kuchaytirgich reaktiv elementlarining taʻsiri natijasida signallarning
boshlang’ich fazalarining chastotaga bog’liq holda turlicha o’zgarishi fazaviy
buzilishlarni keltirib chiqaradi. Murakkab signal tashkil etuvchilari fazasining
kuchaytirgichdan vaqt bo’yicha bir xil siljimay o’tishi natijasida signal shaklining
o’zgarishi fazaviy buzilishlar deb ataladi va kuchaytirgichning fazaviy
xarakteristikasi orqali xarakterlanadi. Signal fazasining xar qanday o’zgarishi ham
fazaviy buzilishlarga olib kelmaydi. Masalan, faza siljishi signal chastotasiga
proportsional bo’lsa, kuchaygan signal shakli o’zgarishsiz bo’ladi. Faqat u vaqt
bo’yicha maʻlum siljishga uchraydi. Bu holda kuchaytirgich fazaviy buzilish
kiritmaydi. Bundan tashqari radioaloqada (radio qabul qurilmalarida) fazaviy
buzilishlar uncha rol o’ynamaydi. Chunki odam qulog’i signalning tashkil
etuvchilarida hosil bo’ladigan faza siljishlari o’zgarishlarini sezmaydi. Shu sababli
past chastotali kuchaytirgichlarda fazaviy buzilishlar hisobga olinmaydi. Lekin
televizor, ostsillograf va boshqa elektron o’lchov asboblari kuchaytirgichlarida
fazaviy buzilishlar katta taʻsirga ega. Chunki inson ko’zi signal faza siljishini (qayd
qiladi) sezadi. Televizor va ostsillograf ekranidagi tasvir o’zining haqiqiy
ko’rinishidan chetlashadi. Shuning uchun bu qurilmalarda fazaviy buzilishlarning
chegarasi belgilab qo’yiladi. Masalan, ostsillograf trubkalarida u 4-5 gradusdan
ortmasligi kerak.
10.5. Kuchaytirgichlarda ish rejimlarini hosil qilish usullari.
Oldingi paragraflarda signallarning buzilishi va ularni keltirib chiqaradigan
sabablar haqida fikr yuritilgan edi. Signallar buzilmasdan kuchaytirilishi uchun
qanday choralar ko’rish lozimgʻ Avvalo kuchaytirgich normal ishlashi uchun uni ish
rejimini to’g’ri tanlash kerak bo’ladi. Buni qanday amalga oshirish mumkingʻ
Chiziqli bo’lmagan buzilishlarning bo’lishi yoki bo’lmasligi signal amplitudasining
kattaligiga va boshlang’ich ishchi nuqtaning nagruzka chizig’ida tanlanish o’rniga
bog’liq.
Shunga ko’ra kuchaytirgichlarning ish rejimi 3 ta turga bo’linadi: A, V va S
rejimlar. Boshqacha qilib aytganda, kuchaytirgichning ish rejimi ishchi nuqtaning
boshqaruvchi kuchaytiruvchi element dinamik xarakteristikasining qaysi qismida
tanlanishi bilan aniqlanadi.
Kuchaytirgichning A ish rejimida boshlang’ich ishchi nuqta kuchaytiruvchi
element (lampa yoki tranzistor) xarakteristikasining to’g’ri chiziqli qismiga
joylashgan bo’lib, kirish kuchlanishini taʻsiri davomida Shu qismidan chiqib
ketmaydi. Bu rejim 10.8- rasmda bipolyar tranzistorning umumemitter (UE) ulanish
sxemasining o’tish xarakteristikasi misolida tasvirlab berilgan.
Kuchaytirgichning A ish rejimida boshlang’ich ishchi nuqta kuchaytiruvchi
element (lampa yoki tranzistor) xarakteristikasining to’g’ri chiziqli qismiga
joylashgan bo’lib, kirish kuchlanishini taʻsiri davomida shu qismidan chiqib
ketmaydi. Bu rejim 10.8- rasmda bipolyar tranzistorning umumemitter (UE) ulanish
sxemasining o’tish xarakteristikasi misolida tasvirlab berilgan.
Undan kollektor toki o’zgarishning kirish kuchlanishiga mos bo’lishi, signal
kuchlanishi amplitudasining I
ko
o’zgarmas tashkil etuvchi tokdan kichikligi ko’rinib
turibdi. Chiqish signalining shakli kirish signaliniki bilan mos tushadi. Ya’ni bu
rejimda chiziqli bo’lmagan buzilishlar kuzatilmaydi. A rejimda kuchaytirgichning
kirishiga signal berilsa yoki berilmasa ham manbadan ko’p energiya sarf bo’ladi.
Chunki I
ko
tok katta qiymatga ega. Shuning uchun bu rejimning foydali ish
koeffitsienti(FIK) i juda kichik
%)
50
(
bo’ladi.
V ish rejimda boshlang’ich ishchi nuqta o’tish xarakteristikasining
boshlang’ich nuqtasida joylashgan bo’ladi (10.9- rasm). Shuning uchun o’zgarmas
tashkil etuvchi I
ko
tok nolga teng bo’lib, kirish signalining yarim davrlaridagina
tranzistordan tok o’tadi (θ = 90
0
). Natijada kuchaytirgichning F.I.K.i 80% ga etadi.
Lekin chiziqli bo’lmagan buzilishlar juda katta bo’ladi.
Kuchaytirgichning F.I.K.ni oshirish uchun S ish rejimga o’tiladi. Unda
boshlang’ich ishchi nuqta yopilish potentsialidan ham ichkarirokda tanlanadi
(10.10- rasm). Signal taʻsir etmasa kuchaytiruvchi element (lampa yoki tranzistor)
to’liq yopiq holatda bo’ladi. Signal taʻsir ettirilganda esa, elementdan tok signal
Yarim davrining bir qismidagina o’tadi. (θ < 90
0
) Shuning uchun chiziqli bo’lmagan
buzilishlar V ish rejimidagidan ko’ra ko’proq bo’ladi.
Kuchaytirgich biror ish rejimini joriy etish uchun kuchaytiruvchi elementning
elektrodlariga maʻlum o’zgarmas kuchlanish berish kerak. Bunday kuchlanish
ko’pincha siljitish kuchlanishi deb ataladi. Bu kuchlanish dinamik xarakteristikada
ishchi nuqtani o’rnini belgilaydi.
10.10-rasm.
Siljitish kuchlanishni ikki xil usulda: o’zgarmas tok manbai yoki avtomatik
usulda (kollektor yoki stok manbai hisobiga) hosil qilish mumkin.
a) b)
10.11-rasm.
Siljitish kuchlanishi hosil qilishning birinchi usulida kuchaytiruvchi
elementning kirish zanjiriga (zatvor yoki bazaga ) signal manba bilan ketma-ket
qilib o’zgarmas tok manbai ulanadi. (10.11- rasm)
Bu usul qulay va sodda bo’lganligi bilan maʻlum kamchilikka ega. Bunda har
bir kuchaytiruvchi element uchun alohida o’zgarmas tok manbai zarur bo’ladi.
Chunki kuchaytirgichda kaskadlar sonini ortishi bilan manbalar soni ham ortib
ketadi. Bundan qutilish uchun ikkinchi usuldan keng foydalaniladi.
Maydon tranzistorining zatvorida avtomatik siljitish kuchlanishini hosil qilish
uchun istok zanjiriga R
u
rezistor va unga parallel qilib S
u
kondensator ulanadi.
Stok tokining I
0
o’zgarmas tashkil etuvchisi R
u
rezistordan o’tganda istokda U
u
=
I
c0
R
u
ga teng potentsial tuShuvchi hosil bo’ladi va uning potentsiali umumiy simga
nisbatan musbatroq bo’ladi. Lekin elektrodlarning potentsiali istokka nisbatan
aniqlanganligi uchun zatvor potentsiali ana Shu potentsial tuShuvi qadar manfiy (U
i
– U
30
) deb qarash kerak. Demak, stok manbai energiyasi hisobiga zatvorda siljitish
kuchlanishini avtomatik usulda hosil qilish mumkin ekan. Kuchaytirgichning ish
jarayonida (kirish signali berilganida) tranzistordan o’zgaruvchan tok bilan bir
qatorda o’zgaruvchan tok ham o’ta boshlaydi. Natijada R
u
rezistorda o’zgaruvchan
kuchlanish hosil bo’ladi. R
u
rezistordan o’tayotgan tok o’zgarmas bo’lishligi uchun
hamda stok tokining o’zgaruvchan tashkil etuvchisini erga erga o’tkazib yuborish
maqsadida R
u
rezistorga parallel qilib etarlicha katta sig’imli kondensator ulanadi.
Kondensator sig’imini katta qilib olishning sababi Shundan iboratki, uni tokning
- +
R
u
C
u
o’zgaruvchan tashkil etuvchisiga ko’rsatadigan qarshiligi rezistor qarshiligiga
nisbatan juda kichik bo’lishi kerak. Bipolyar tranzistorli kuchaytirgich sxemalarida
avtomatik siljitish kuchlanishini hosil qilish nisbatan murakkab masala hisoblandi.
Chunki harorat ortishi bilan tranzistorning toklari (I
b
, I
e
, I
k
) jumladan, kollektor
tokining o’zgarmas tashkil etuvchisi I
ko
ortadi. Natijada tranzistor chiqish
xarakteristikasi o’zgarib (nagruzka chizig’i o’zgarib) kuchaytirgichning ish rejimi
buziladi.
10.12- rasm.
10.12-rasmda ishchi nuqtaning o’rni o’zgarishsiz qolishi uchun sxemaga
qo’shimcha elementlar kiritilish kerak. U termostabillash zanjiri deb ataladi.
Termostabillash zanjiri faqat ishchi nuqtaning o’rnini saqlaydi, parametrlar
o’zgarishiga esa taʻsir etmaydi. Tranzistorning stabil ish rejimini hosil qilishning
usullaridan biri baza potentsialini kuchlanish bo’lgichi orqali olishdir (10.13- rasm)
Unda U
be
kuchlanishiga baza tokining taʻsirini yo’qotish uchun R
1
va R
2
rezistorlarning kattaligini I
d
>>I
b
shart bajariladigan qilib tanlash kerak. Ana shunda
tashqi harorat o’zgarsa ham tranzistor almashtirilganda ham baza potentsiali
o’zgarishsiz qoladi. Keng temperaturalar sohasida kuchaytirgich turg’un ishlashi
uchun ishchi nuqta holatini stabilligini taʻminlash zarur bo’ladi. Buni amalga
oshirishda ishchi nuqtaning kollektor va emitter stablizatsiyasi usuli yaxshi natija
beradi. Ishchi nuqtaning emitterli stablizatsiyasida R
e
rezistor qarshiligi kam
kuvvatli kuchaytirgich kaskadlarida quyidagi munosabatdan aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |