bo’ladi. Signal kuchlanishning manfiy Yarim davrida to’r potentsiali manfiy bo’ladi.
Kuchaytirgichning ishlashini o’rganishda uning tarkibidagi lampaning anod-to’r
xarakteristikasi grafigidan foydalaniladi. 10.5- rasmda to’rdagi kuchlanish bilan to’r
va anoddagi toklarni bog’lanishi ko’rsatilgan. Koordinata boshidan (O nuqtadan)
pastga qarab qo’shimcha uchinchi o’qni o’tkazib, unga kuchaytirgich kirishiga
beriladigan kuchlanish shaklini chizamiz. Kirish kuchlanishning har bir qiymatiga
anod tokining maʻlum qiymati to’g’ri kelishi grafikdan ko’rinib turibdi. Kirish
kuchlanishi berilmaganda lampaning anod toki xarakteristikasida U
n
nuqta bilan
ifodalanadi. Bu nuqta lampaning ishchi nuqtasi deb yuritiladi. Agar lampaning
kirishiga U
2
musbat kuchlanish berilsa, (2 nuqta) bu kuchlanishga mos ravishda i
a2
anod toki to’g’ri keladi (xarakteristikada 2 nuqta), kirish kuchlanishi kamayib U
a
anod kuchlanishi mavjud bo’lsa, ( 4- nuqta) anod toki i
a4
gacha kamayadi. Anod
tokining grafigini chizish uchun, anod-to’r xarakteristikasining o’ng tomoniga anod
tokining o’zgarish grafigini chizamiz. Grafikdan anod tokining shakli buzilishini
ko’ramiz. Anod tokining buzilishi natijasida kuchaytirigichning chiqish kuchlanishi
ham buziladi. Bunga asosiy sabab, turda musbat potentsial bo’lganda to’rdagi tok
hisobiga anod toki juda kam o’zgarishidir. To’rda manfiy kuchlanish bo’lganda esa
to’rda tok umuman bo’lmaydi. Toklarning bunday o’zgarishi natijasida anod toki
nosimmetrik bo’ladi. Shu tufayli ham kuchaytirgichning chiqish kuchlanishi
buziladi. Bunday buzilishlarni yuqotish uchun lampaning turidagi musbat
potentsialni yo’qotish kerak. Buni amalga oshirish uchun kuchaytirgichning
kirishiga o’zgaruvchan kuchlanish (signal) dan tashqari qo’shimcha ravishda
maʻlum qiymatga ega bo’lgan manfiy kuchlanish beriladi. Shundan keyingina
kuchaytirgichning chiqishdagi kuchlanish buzilmasdan kuchaytiriladi. Bunday
kuchaytirgichning sxemasi va uni ishlashini aks ettiradigan grafik 10.5- rasmda
keltirilgan.
Lampaning to’riga qo’shimcha E
s
– manfiy kuchlanish berilsa, lampaning
ishchi nuqtasi egri chiziqli xarakteristikaning to’g’ri chiziqli qismiga siljiydi. Shu
sababli bu kuchlanish siljitish kuchlanishi E
s
deb yuritiladi.
Agarda lampaning ishchi nuqtasi xarakteristikaning to’g’ri chiziqli qismida
bo’lsa, kuchaytirilgan signal juda kam buziladi. 10.5-rasmda kuchaytirgichning
kirishiga o’zgaruvchi U
kir
kuchlanish berilganda, lampaning anod tokining o’zgarish
shakli ko’rsatilgan. Grafikdan E
s
siljitish kuchlanishi taʻsirida lampaning ishchi
nuqtasining chap tomonga siljishi ko’rinib turibdi. Kuchaytirgichlarda siljitish
kuchlanishi avtomatik ravishda hosil qilish mumkin. Bu haqda keyingi paragraflarda
to’xtalib o’tamiz.
Kuchaytirgichining kuchaytirish koeffitsientini lampaning xarakteris-tikasi
(tavsifnomasi)
va
parametrlariga
bog’likligini
ko’raylik.
Maʻlumki,
kuchaytirgichining kuchaytirish koeffitsienti chiqish kuchlanishining kirish
kuchlanishiga nisbati bilan aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: