KRIVOSHIP - SHATUN MEXANIZMINING KINEMATIKASI VА
DINAMIKASI
KSHM KINEMATIKASI
Avtotraktorlaming IYODlarida krivoship-shatun mexanizmining (KSHM)
quyidagi uch turi ishlatiladi: markaziy (aksial), siljitilgan (dezaksial) va tirkama
shatunli mexanizm (1.1-rasm). Bu sxemani kombinatsiyalab KSHM ni chiziqli va
ko'p qatorli, ko'p silindrli IYOD sifatida bayon qilish mumkin. Siljitilgan
(dezaksial) mexanizmni ikki variantda amalga oshirish mumkin. Birinchi holatda
silindrning o'q chizig'i IYOD tirsakli vali o'q chizig'ini kesib o'tmaydi, ikkinchi
holatda esa porshen barmog'ining o'q chizig'i silindr o'q chizig'iga nisbatan
siljitilgan bo'ladi. Tirkama shatunli KSHM boshqa sxemalardan asosiy shatunning
kallagiga barmoq bilan biriktirilgan tirkama shatunning mavjudligi bilan
farqlanadi. Bosh shatun mexanizmining kinematikasi markaziy va siljitilgan
KSHM kinematikasidan farq qilmasligini ko'rsatib o'tish lozim.
1.1-rasm. KSHM kmematik sxemalari:
a — markaziy chiziqli; b - siljitilgan chiziqli; d - tirkama; e - markaziy V-
simon
KSHM detallarining harakatlanish qonunlarini o'rganish, birikuvchi
qismlaming orasida tirqish mavjud bo'lmaganda va krivoshi pning o'zgarmas
burchak tezligida uning harakatini va ishqalanish kuchini keltirib chiqaradigan
kuchga bog'liq bo'lmagan holda faqat KSHM strukturasi va mexanizm qismlari
orasidagi geometrik munosabatlami hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
IYOD ishlashida KSHM ning asosiy qismlari turli xil siljishlami sodir qiladi.
Porshen qaytma-ilgarilanma harakatlanadi. Shatun o'zining tebranish
tekisligida murakkab tekis parallel harakat sodir qiladi. Tirsakli val krivoshipi
uning o'q chizig'iga nisbatan aylanma harakat qiladi.
MARKAZIY KRIVOSHIP –SHATUN MEXANIZMINING
KINEMATIKASI
1.2-rasmda KSHMni hisoblash kinematik sxemasi keltirilgan. Markaziy
KSHM qismlari harakati qonunini aniqlovchisi bo'lib, quyidagi asosiy g eometrik
parametrlar hisoblanadi: r — tirsakli val krivoshi pining radiusi, l
sh
— shatun
uzunligi.
I =
r / l
sh
parametr markaziy mexanizmning kinematik o'xshashlik mezoni
hisoblanadi. Bunda turli o'lchamli KSHM uchun λ bir xil bo'lganda o'xshash
qismlaming harakat qonuni o'xshash bo'ladi. Avtotraktor IYOD larida I = 0,24
...0,31 qiymatli KSHM ishlatiladi. Siljitilgan (dezaksial) KSHM lar uning
kinematikasiga ta ’sir qiluvchi yana bir geometrik parametrga ega silindr (barmoq)
o'q chizig'ini tirsakli val o'q chizig'iga nisbatan siljish miqdori (a). Bunda nisbiy
siljish k = a / r siljitilgan KSHM kinematik o'xshashligi mezoni I ga qo'shimcha
hisoblanadi. Shunday qilib, o'xshash siljitilgan KSHM bir xil λ va k larga ega
bo'ladi, bunda k -0,02 ...0,l oralig'ida o'zgaradi.
Agar quyidagi parametrlarning vaqt bo'yicha o'zgarish qonuni ma’lum bo'lsa,
keltirilgan sxemadan kelib chiqqan holda (1.2 -rasm ) KSHM kinematikasi to'liq
yoritiladi:
• porshenning ko'chishi (x). Hisobning boshlanishi ( x = 0 ) porshenning
YUCHN dagi holati. Soat strelkasi bo'yicha krivoshipning aylanishida porshenning
YUCHN dan PCHN tomon harakatida hisoblashni musbat yo'nalishi deb qabul
qilingan;
• krivoshipning burilish burchagi (φ). Hisobning boshlanishi — porshen
YUCHNda bo'lganda krivoshipning holati;
• shatun burchagi
β ning silindr o'q chizig'idan og'ishi (φ = 0 bo'lganda
β = 0).
1.2-rasm. KSHM ni hisoblash sxemalari:
a – markaziy; b – siljitilgan
Krivoship kinematikasi. Agar burilish burchagi (φ), burchak tezligi (ω) va
tezlanishi (ε) ni vaqt (t) ga bog'liqligi ma’lum bo 'lsa, tirsakli val krivoshipining
aylanma harakati aniqlangan bo'ladi.
KSHMning kinematik tahlilida tirsakli valning burchak tezligi (aylanish
chastotasi) (ω) doimiy deb yo'l qo'yish qabul qilingan. Bunday holda φ=ωt,
ω=const va ε=0. Tirsakli val krivoshipining burchak tezligi va aylanishlar
chastotasi (n) ω = πn /30 nisbat bilan bog'langan. Bu yo‘1 qo‘yish KSHM
qismlarining harakat qonunini oddiyroq ko'rinishda, krivoshipning burilish
burchagi funksiyasida o'rganishga imkon beradi, zarurat tug'ilganda φ va t larning
chiziqli bog'liqligidan foydalanib, vaqt ko'rinishiga o 'tish mumkin.