Dars yangi materialini va uning interfaol qismini bayon qilgan dars konspekti .
Dars jarayonida albatta internetdan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. Shu bilan birgalikda darsning faol interaktiv usulida, musobaqa tarzida o`tkaziladi. O`quvchilarni guruhlarga quyidagicha bo`lamiz:
Birinchi guruh – “Chang” guruhi.
Ikkinchi guruh “Urug’kurtak” guruhi
Uchinchi guruh “Endosperma” guruhi
I-shart:
Guruhlarga bo;lingan o’quvchilar guruhlarining nomini izohlaydilar.
Chang guruhi : biz “chang” guruhi – shubhasizki, chang nima ? u qanday tuzilgan degan savol tug’iladi. Chang o’simliklarning turiga qarab har xil shaklda bo’ladi. Uni zamonaviy mikroskoplarda ko’rish mumkin. Har bir chang donachasi mayda-yirik ikkita hujayradan iborat. Ana shu hujayralarning yirigi – vegetativ, maydasi – generativ (jinsiy) hujayra deb ataladi. Ularning har birida sitoplazma va mag’iz bo’ladi.
II guruh: Urug’kurtak guruhi.
Urug’kurtak tushunchasini izohlashimizdan oldin biz gulning urug’chisi haqida tasavvurga ega bo’lishimiz kerak. Urug’chi uch qismdan iborat: tumshuqcha (yuqori), ustuncha (o’rta), va tuguncha (pastki) qismi. Urug’kurtak tugunchaning ichida joylashgan bo’lib, unda markaziy va tuxum hujayarlar yetiladi.
III guruh. Endosperma guruhi.
Qo’sh urug’lanish jarayonida rug’langan tuxum hujayradan murtak, urug’langan markaziy hujayradan endosperm rivojlanadi. Murtak bilan endosperm birgalikda urug’ hosil qiladi. Demak endosperm urug’ning tarkibiy qismi ekan.
II shart:
O’quvchilarga “to’g’risini Tanla” nomli o’yin o’tkazilish buyuriladi. Bunda maxsus (o’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo’yilgan) plakatlarga urug’lanish mavzusiga oid tushunchalarning to’grilarini belgilaydilar.
Birinchi guruh “Chang guruhi” ga:
Changdonda yetilgan chang donachalarining urug’chi tumshuqchasiga tushishiga urug’lanish deyiladi
Bitta changdonda o’nta chang donachalari bo’ladi
Chang donachalarini lupada ham ko’rish mumkin
Har bir chang donachasi mayda yirik ikkita hujayradan iborat
Urug’chi tumshuqchasiga tushgan chang yopishqoq shira orqali ushlanib qoladi
Ushlanib qolgan changning generativ hujayrasi o’sib, uzun va ingichka nay hosil qiladi
Chang naychalari turlicha tezlikda o’sadi
Ikkita sperma urug’kurtak ichiga kirib u yerdagi hujayralarni urug’lantiradi
Urug’langan tuxum hujayradan endosperm hosil bo’ladi
Qo’sh urug’lanishdan so’ng urug’kurtak urug’ga aylanadi
Ikkinchi guruh “urug’kurtak guruhi” ga:
Changchi va urug’chi jinsiy hujayralarining qo’shilish jarayoniga urug’lanish deyiladi
Bitta changdonda yuzlab va minglab chang donachalari bo’ladi
Chang donachalarini lupada ham ko’rish mumkin
Har bir chang donachasi mayda yirik ikkita hujayradan iborat
Agar tugunchada faqat bitta urug’kurtak bo’lsa, u urug’langandan so’ng bir urug’li meva hosil qiladi
Urug’chi tumshuqchasiga tushgan chang yopishqoq shira orqali ushlanib qoladi
Ushlanib qolgan changning generativ hujayrasi o’sib, uzun va ingichka nay hosil qiladi
Chang naychalari bir xil tezlikda o’sadi
Lola bir nechta urug’li meva hosil qiladi
Urug’langan markaziy hujayradan endosperm hosil bo’ladi
Qo’sh urug’lanishdan so’ng tuguncha va uning boshqa qismidan meva hosil bo’ladi
Uchinchi guruh “Endosperm”ga:
Changchi va urug’chi jinsiy hujayralarining qo’shilish jarayoniga changlanish deyiladi
Chang donachasining yirik hujayrasi generative hujayradir
Chang donachasining mayda hujayrasidan uzun va ingichka nay hosil bo’ladi
G’o’za bir nechta urug’li meva hosil qiladi
Urug’chi tumshuqchasiga tushgan chang tumshuqcha yuzasining notekisligi orqali ushlanib qoladi
Murtak bilan endosperm birgalikda urug’ni hosil qiladi
Chang naychalari turlicha tezlikda o’sadi
Ikkita sperma urug’kurtak ichiga kirib u yerdagi hujayralarni urug’lantiradi
Urug’langan tuxum hujayradan murtak hosil bo’ladi
Olcha bir uurg’li meva hosil qiladi
Bu topshiriqni o’quvchilar qiziqib va kim tez bajarar tarzida yozdilar: birinchi bo’lib “endosperm”guruhi yozib bo’ldi.
Qolgan ikkala guruh baravariga bajarishdi.
II shart “Aqlni charxlaymiz” deya nomlanib, bunda har bir guruhga alohida alohida krossvordlar aks ettirilgan plakatlar topshiriladi:
Birinchi guruh “Chang” guruhining krossvordi:
-
Urug’kurtakdagi yetilgan hujayralardan biri
Chang donachasining huajyralaridan biri
Gulning muhim organi
Urug’lanishdan so’ng urugkurtak nimaga aylanadi
Bir nechta urugli meva hosil qiladigan gulning nomi
Urugkurtakdagi yetilgan hujayralardan biri
Urug’langan markaziy hujayradan nima rivojlanadi
Bir urugli meva hosil qiladigan o’simlik
Ikkinchi guruh “Urug’kurtak” guruhining krossvordi:
Urug’langan tuxum hujayradan nima hosil bo’ladi?
Chang donachasining huajyralaridan biri
Gulning muhim organi
Urug’lanishdan so’ng urugkurtak nimaga aylanadi
Urug’kurtakdagi yetilgan huayralardan biri
Urugchining qismi
Urug’langan markaziy hujayradan nima rivojlanadi
Changdonda nima yetishadi?
Uchinchi guruh “Endosperm” guruhing krossvordi
-
Chang donachasining hujayrasidan biri
Generative hujayra qanday hujayra?
Chang qayerda yetiladi
Generative hujayradan nima hosil bo’ladi
Tugunchadan nima hosil bo’ladi
Urugkurtakdagi yetilgan hujayralardan biri
Uruglangan tuxum hujayrdan nima hosil bo’ladi?
Bu shartni esa birinchi bo’lib urug’kurtak guruhi to’gri va tez bajardi, ikkinchi bo’lib “endosperm” va uchinchi bo’lib “chang” guruhi bajardi
Mavzuni mustahkamlsh uchun savollar:
Urug’lanish deb nimaga aytiladi?
Chang qanday hujayralardan iborat?
Qay vaqtda bir urug’li meva hsoil bo’ladi? Misollar keltiring.
Ko’p urug’li meva hosil qiladigan o’simliklarni ayting.
Qo’sh urug’lanish jarayonini kim aniqlagan?
Baholash: Men o’quvchilarni baholash uchun ballar jamg’armasini tayyorladim va foydalandim.
Buning uchun chang, endosperm va urugkurtak so’zlarini ballar jamg’armasiga yopishtirib har bir guruh olgan ballarni jamg’armaga soldim va ballarni olib jamlab guruhlarning to’plagan ballarini e’lon qildim “chang”guruhi bugungi darsimizda g’olib topildi. Yaxshi qatnashgan o’quvchilarning kundaliklariga baholarini qo’ydim. Dars so’nggida mavzuga qo’shimcha qilib mavzuni mustahkamladim. O’quvchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdim va men ularga uyga vazifa sifatida urug’lanish sxemasining rasmlarini chizishni, o’tilgan mavzularlarni mustahkamlashni va darsda olgan bilimlariga doimo amal qilishi lozimligini aytdim.
Uyga vazifa : mavzuni mustahkamlash, 20-betdagi 20 va 21-rasmlarni chizib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |