Dars yangi materialini va uning interfaol qismini bayon qilgan dars konspekti (Texnologik xarita shaklida berish zarur)
Mavzuni o`rganishda guruxlarga bo`linib ish olib boramiz
1-guruh “Lazer “
2-guruh “Fazo”
Nomi bilan yuritiladi
Guruhlarga tezlik bilan yo`l olishimiz kerak
Tezlik “V” harfi bilan belgilanadi .
Yol “S”harfi bilan belgilanadi .
“V” va “S” harfi tushirilgan kartoshkalar tarqatiladi
“V”harfi olgan o`quvchilar “Fazo” guruhi a`zolari
“S” harfini olgan o`quvchilar “Lazer “ guruhi a`zolari hisoblanadi
Demak guruhlarga ajralib oldik .Qani navbatchi bugungi darsimiz va sinf haqida ma`lumot bering .
Demak bilimlarimizni mustaxkamlash va yangi malumotlarga ega bo`lishi uchun fizika fanini eshiklari ochildi
Baxolash quyudagi tartibda bo`ladi .
Doskaga “Fazo ‘va “Lazer” guruxlar yozilgan baholashni raketa va samalyot chiziqlari bilan baholaymiz.Raketa tezligi samalyotdan keyingi kuchli bo`lganligi uchun “5” baho bilan samalyot esa “4” baho bilan baholanadi.
Uyga berilgan vazifa nima edi?
Issiqlik hodisa ham fizik hodisa hisoblanadi .Biz qumusiy olimlarimiz bilan faxrlanamiz .Bundan 12 asr ilgari yashab ijod etgan olimlarimiz hodisalar haqida fikr bildirib ketganlar
Xozir o`tgan mavzular yuzasidan savolar beriladi sizlar javob berasizlar.
1-savol : Issiqlik hodisalarining tabiyati haqida buyuk allomalarimizdan kimlar o`z asarlarida tushuchalar berganlar
Javob :Issiqlik hodisalarining tabiyati haqida buyuk allomamiz Abu Nasr Al Farobiy ,Al Beruniy va Ibn Sino o`z asarlarida tushutirish berib o`tganlar .
2.savol: Farobiyning fikricha har qanday jismning temperaturasi yuqori yoki past bo`lishi nimaga bog`liq deb tariflaydi .
Javob : Har qanday jismning temperaturesi yuqori yoki past bo`lishi shu jismni tashkil etgan zarrachalarning harakatiaga bog`liq deb tariflaydilar
3- savol Beruniy Ibn Sinoga qanday savol bilan murojad qilgan. ?
Javob:”Agar jismlar issiqlik sababli kengaysa va sovuqlik tufayli toraysa va boshqa idishlarning sinishi uning ichidagi narsalarning kengayishi sababdan bo`lsayu nima uchun suv muzlab qolgan idish eriydi va sinadi ? Nima uchun muz suv yuzida bo`ladi holbuki muz sovoqlik sababli qotgani uchun yer tabiatga yaqinroq ediku deydi.
4-savol Ibn Sino Beruniyning bu savoliga qanday javob berdi ?
Javob:Ibn Sino Beruniyning bu savoliga “suv muzlagan vaqtda suvda havo bo`laklari qamalib qolib muzni suv tubiga cho`kishidan saqlab qoladi deb javob berdi .
5-savo lBeruniyning Ibn Sinoning javoblariga etiroz bildirmadimi?
Javob :Etiroz bildirib agar ko`za ichki suv tomoniga qarab singanda edi u xolda aytilganlar to`g`ri bo`lar edi .Idish tashqariga qarab sinishini kuzatganman.dedi Ibn Sino o`z javoblaridagi noaniqlikni keyinchalik “Kurazam tibbiyot” nomli asrida to`ldirib tuzatadi.
6-savol.Beruniy va Ibn Sino yerda iqlimlar o`zgarishini nimadan deb aytadi .
Javob : Beruniy va Ibn Sino yerda iqlimlar o`zgarishini quyosh nurlarining yerda tushish qiyaligi o`zgarishidandir deb tushuntiradi .
7-savol.Ibn Sinoning fikricha tabiiatda issiqlik hamda sovuqlikning qanday manbalari bor
Javob: Ibn Sinong fikricha Tabiatda issiqlik hamda sovuqlikning tabiiy va suniy manbalari bor .
8-savol Issiqlikning tashqi sababi nimalardan iborat
Javob :Issiqlikning tashqi sababi 3ta
1-issiq jismning sovuq jismga yaqinlashishiga m:n o`t olov suvni isitadi
2-Harakat va ishqalanish
Masalan :suvni chayqasa issiydi toshni toshga ishqalasa issiydi .
3-Yoritilgan har qanday jism yoritilmagan ga nisbatan issiqroqdir deydi
Bunda issiqlikning nurlanishi yuli bilan tarqalishi haqida fikr yuritiladi .
Allomalarimiz shuning dek issiqlik tufayli suv bug`lanadi yuqoriga ko`tarilishini bulutlarga aylanib ulardan past tempperaturada qor yomg`ir do`l paydo bo`lishi haqida yozib qoldirganlar.
Allomalarning ijodi va faoliyati haqida ma`lumot bering?
Endi o`qigan mavzular yuzasidan tajribalar o`tkazamiz .
Stol ustida tajriba o`tkazish uchun bir necha foydalanilladigan asboblar mavjud sizlar uni bir-birlarringizga savol tariqasida tajriba o`tkazib ko`rsatasizlar uni guruh tariflab izohlab berishlari kerak endi yangi mavzu o`tamiz
Yangi mavzu: Temperatura . Termometrlar.Jismlarning haroratini o`lchash.
Mavzu bo`yicha tarqatma savol kartochkalar tarqatiladi sizlar unga guruh bilan maslahatlashgan holda javol berishingiz kerak bo`ladi
Test savollari
Fazo guruhi :
1.Inson temperaturasini o`lchaydigan bilan qaynagan suvning temperaturasi o`lchash mumkinmi ?
a) Mumkin emas b) mumkin v) nomalum
2.Yozning issiq kunida quyosh tig`ida turgan bir chelak suvning ichki energiyasi o`zgaradi ?
a) o`zgarmaydi b) kam ozgaradi v) ichki energiyasi o`zgadi
3. Traktor, shomol ,suv dvigatollaridan qaysi biri yonib dvigateldan misol bo`la oladi ?
a) shamol dvigatoli b) traktor dvigatoli v) suv dvigatoli
4.Aniq yuradigan soatlar strelkasining harakati qanday bo`ladi ?
a) to`g`ri chiziqli b) egri chiziqli v) tekis
g) notekis
5. Ko`rsatiligan tezliklardan eng kattasini toping ?
a) 1 m/s b) 100 sm/s v)100sm/min
g) 100dm/s
Test savollari
Lazer guruhi
1. Futbol to`pi qanday moddalardan tashkil topgan ?
a) charm ,rezin , suv b)rezina,gaz,suv v)charm,rezin,gaz
2. temir ,mis va alyuminiy qizdirdanimizda qaysi biri ko`proq kengayadi ?
a)temir b)mis v) alyuminiy s) temir mis
g) hammasi
3. Traktor ,mototsikl ,avtomashina va paravoz .qaysi biri bug` bilan yuradi
a) mototsikl b) avtomashina v)traktor s) paravoz
4 .Temperaturani o`lchaydigan asbob nomini ayting ?
a)Tarozi b) dinomometr v) chizg`ich d) termometr
5. Jismning tekis harakatdagi vaqti ?
a) S= V * T b) V= S/T v) T= S/V
BOSHQOTIRMA
|