4. Varaqasimon silikatlar. Bu minerallarni kristall shakli yupqa varaqasimon bo‘lib, ulanish yuzasi juda mukammal bo‘lgan tekis yuzali minerallar kiradi. Ularning tarkibida SiO dan tashqari K, Na, Ca elementlari va shuningdek, alyuminiy gidroksidi, ftor doim birga uchraydi.
Varaqasimon silikatlar minerallari metamorfik, magmatik jinslarda tarqalgan. Bu sinf minerallariga talk, serpentin, kaolinit, muskovit, biotit, xlorit va glaukonitlar kiradi.
5. To‘qimasimon silikatlar. Bu silikatlar boshqa kenja sinflardan kristallida kremniy-alyuminiy kislorodli tetraedr ketma-ket uch hissalanib ulanganligi bilan ajralib turadi. Bu silikatlar kimyoviy jihatdan alyuminiy silikatlarni kaliy va kalsiy birikmasidir. Bu guruh minerallari ikkiga bo‘linadi: dala shpatlari va feldshpatitlar.
1. Dala shpatlari. Tog‘ jinslari tarkibining 50%ga yaqinini dala shpatlari tashkil etadi. Dala shpatlariga tabiatda magmatik nordon tog‘ jinslarida ko‘p tarqalgan ortoklaz KAlSi3O8 misol bo‘la oladi. Natriy va kalsiyli kristalli qiyshiq bo‘linadigan dala shpatlar plagioklazlar deyiladi. Bularga albit - Na[AlSiO8] va anortit - CaAl2Si2O8, va ulaning izomorf aralashmalari kiradi.
2. Feldshpatitlar tarkibi dala shpatiga biroz o‘xshaydi, lekin ularning tarkibida silikat kislotasi ham bo‘ladi. Bu gruppa minerallari ishqoriy tog‘ jinslarida uchraydi va dala shpati bilan uchramasligi bilan farq qiladi. Feldshpatitlarga nefelin Na[AlSiO4] va leysit K[AlSi2O5] kiradi.
Kristallar strukturasi deganda biz struktura tarkibiga kiruvchi material bulakchalar-atom, ion va molekulalarning fazoviy joylanishini tushunamiz. Kristall strukturasi masalasini Su, alfa-Fe va Mg metallari tuzilishi bo‘yicha ko‘rishimiz mumkin. Mis strukturasida atomlar orasidagi eng qisqa masofa 2,55 A-ga teng. Oltin minerali strukturasida bu masofa 2,87 A-ga teng.
Struktura tipi termini struktura sinonimini anglatadi va kristall strukturasining qaysi strukturalarga o‘xshashligini anglatadi. Masalan, Mg mineralining strukturasi beta-Ca (a=3,98, s=6,52 A; s/a=1,65) yoki alfa-Be (a=2,28, s=3,58 A; s/a=1,57) struktura tipiga o‘x-shash deb qabul qilingan.
Mis struktura tipida oltin, kumush, gamma-temir va juda ko‘p ular-
ga o‘xshash metallar kristallangan.
Kristallar strukturasini aniqlashda ionlar, ionlarning effektiv radiuslari, atom radiusi kabi terminlar muhimdir. 1749 yili M.V. Lomonosov molekulalani sharlar deb hisoblashni taklif etdi. 1906-1907 yillar Barlou va Poplar tomonidan NaCl kristallarining sharsimon atomlardan tashkil topgan struktura modeli taklif etildi va keyinchalik bu termin keng qo‘llana boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |