Rаsm 9. Mаgnеtit
Mаsаlаn, mаgnеtit, gеmаtit, pirrоtin, pеntlаndit kаbilаr shulаr jumlаsidаndir. Mаgnit strеlkаsidаn tаshqаri tеmir qirindilаri, miх vа bоshqа tеmir buyumlаr yordаmidа hаm minеrаllаrning mаgnitlik хоssаsini аniqlаsа bo’lаdi.
Nаzоrаt uchun sаvоllаr: 1. Minеrаllаrning qаttiqligi nimа?
2. Minеrаllаrning etаlоn rаngini аyting.
3. Ulаnish tеkisligi nеchtа?
4. Sоlishtirmа оg’irlik dеb nimаgа аytilаdi?
5. Minеrаllаrning sоlishtirmа оg’irligi nimаlаrgа bоg’liq?
17-мавзу. Минералларнинг систематикаси принциплари. Соф туғма элементлар, сульфидлар, галогенлар, оксид ва гидроксидлар, карбонатлар, сульфатлар, фосфатлар; боратлар, силикатлар. Mineralogiya fanida barcha tabiiy jinslar ikki katta gruppaga ajraladi:
1. Anorganik minerallar. Bunday minerallar qatoriga sof tugma elementlar, hamma elementlarning tabiiy anorganik birikmalari kira-di;
2. Organik minerallar. Bular qatoriga uglerodning turli organik birikmalari kiradi.
Yuqorida qayd etilgan gruppa minerallari kimyoviy xususiyatlari va ion bog‘lanishlari tabiati bilan ham farqlanadi. Ular ham o‘z navba-tida klassifikatsiyalanadi.
Anorganik minerallarning umumiy klassifikatsiyasi quyidagicha:
1. Sof tugma elementlar va intermetall birikmalar;
2. Karbidlar, nitridlar va fosfidlar;
3. Sulfidlar, sulfosollar va shunga o‘xshash birikmalar:
a) Oltingugurtli sodda va qo‘shaloq birikmalar;
b) Sulfosollar;
4. Galoid birikmalar (galogenidlar):
a) Ftoridlar;
b) Xloridlar, bromidlar va yoditlar;
5. Oksidlar:
a) Sodda va murakkab oksidlar;
b) Gidrooksidlar;
6. Kislotali tuzlar:
a) Yodatlar;
b) Nitratlar;
v) Karbonatlar;
g) Sulfatlar va selenatlar;
d) Xromatlar;
j) Molibdatlar va volframatlar;
z) Fosfatlar, arsenatlar va vanadatlar;
i) Arsenitlar;
k) Boratlar;
l) Silikatlar:
- SiO4 anioni tetraedrlarga ajralgan silikatlar;
- SiO4 anion tetraedrlari gruppalarga ajralgan
silikatlar;
- SiO4 anion tetraedrlari uzluksiz zanjir bo‘lgan
silikatlar;
- SiO4 anion tetraedrlari uzluksiz qavat - qavat
bo‘lgan silikatlar;
- SiO4 va AlO4 tetraedrlari uzluksiz uch o‘lchamli
to‘qima shaklida bo‘lgan silikatlar.
Endi yuqorida keltirilgan sinflarning ba’zi birlari tafsilotiga o‘tamiz:
- Sof tugma elementlar va intermetall birikmalar. Yer qobig‘ida sof tugma holda 30 ortiq kimyoviy element uchraydi. Ular asosan metal-lardir. Bir qator gazlar va suyuq holatdagi simob, amalgama va boshqa-lar ham sof tugma elementlar qatoriga kiradi. Yer qobig‘ida sof tugma elementlar miqdori yer qobig‘i umumiy massasining 0,1 % to‘g‘ri keladi. Bu miqdorning 0,04 % -azotga, 0,01-0,02 % -kislorodga, qolgan 0,05 % - sof tugma holida uchraydigan hamma boshqa elementlarga to‘g‘ri keladi.
Sof tugma elementlarning ikkinchi nomi ham bor. Ularning ba’zi-lari asil elementlar deb ham ataladi. Bularga inert gazlar, 5 va 6 davr metallari kiradi.
Intermetall birikmalari stexiometrik formulaga ega. Ular o‘ziga hos kristall strukturasi bilan xarakterlanadi. Misol tariqasida al’-godonit-Cu3As,stibiopalladinit - Pd3Sb va boshqalarni ko‘rsatish mum-kin.
Sof elementlar o‘z navbatida metall va nometall elementlarga, suyuq va qattiq holdagi elementlarga ajraladi. Metall hilli sof elementlarga oltin, kumush, mis va boshqalar kiradi. Sof nometall elementlarga-oltingugurt,olmos va grafit kiradi. Suyuk holdagi simob va oltingugurt ham shu gruppaga kiradi.
- Sulfidlar, sulfosollar va shunga o‘xshash birikmalar. Sul-fidlar yer po‘stidagi minerallarning 15%-ni tashkil etadi. Ko‘pincha xom ash’yo sifatida ishlatiladigan va keng tarqalgan sulfidlar qatoriga quyidagilar kiradi: galenit-PbS; sfalarit-ZnS; xalkopirit-CuFeS2; pirit-FeS2; kinovar-HgS; arsenopirit-FeAsS va boshqalar.
- Galloid birikmalar (galogenidlar). Bu sinfga vodorodlik kislo-ta tuzlari - xloridlar, ftoridlar, boridlar, yodidlar kiradi.
- Oksidlar sinfiga metall va metallsimon moddalarning kislorod va suv molekulalari bilan birikkan minerallari kiradi. Ular o‘z navbatida sodda va murakkab oksidlarga ajraladi. Sodda oksidlarga kuprit-Cu2O,kassiterit-SnO2,sinki-ZnO,kvars-SiO2,korund-Al2O3, gema-tit-Fe2O3 va boshqalar kiradi. Murakab oksidlar ikki yoki undan ko‘p oksidlardan tashkil topgan bo‘ladi: ilmenit-FeO. TiO2 yoki FeTiO3, mag-netit-FeO. Fe2O3, xrumit-FeO.Cr2O3. Murakkab gidrooksidlar qatoriga opal-SiO2.nH2O,limonit-FeO2.nH2O,psilomelan-MnO2.MnO2.nH2O kiradi.
- Karbonatlar sinfi karbonat kislotasi H2SO3 tuzlarining bi-rikmasidan paydo bo‘lgan 80-ga yaqin cho‘kindi va metamorfik jins mine-rallari kiradi. Ular ikki guruhga - suvli va suvsiz karbonatlarga aj-raladi. Suvsiz karbonatlar guruhi kalsit-CaCO3, magnezit-MgCO3, dolomit- MgCO3 . CaCO3, siderrit- FeCO3 kabi minerallardan tashkil topgan. Suvli karbonatlar guruhiga soda-Na2CO3.10H2O, malaxit-CuCO3 . Cu(OH)2 , azurit - 2 CuCO3 . Cu(OH)2 lar kiradi.
- Sulfatlar sinfi. Ular sulfat kislotasi N2SO4 tuzlaridir. Yer po‘stining 0,61 % sulfatlar sinfiga ta’luqli. Sulfatlar sinfi mi-nerallari suvsiz suklfatldar va suvli sulfatlar guruhiga ajraladi. Yeng ko‘p uchraydagan suvsiz sulfatlar: selestin-SrSO4, barit-BaSO4, angidrid - SaSO4. Suvli sulfatlarga kuydagilarni misol kilib kelti-rish mumkin: mirabilit-Na2SO4. 10H2O, alunit-KAl3 SO4. (OH)7, gips- SaSO4. 2H2O va boshqalar.
- Fosfatlar sinfi minerallari ham ko‘psonli bo‘lib suvli va suv-siz fosfatlarga ajraladi. Suvsiz fosfatlarga apatit-Ca5(PO4)3F , fos-forit- Sa3(PO4)2 kabi minerallar kiradi. Suvli fosfatlar tarikbiga bir necha molekula suv kirgan bo‘ladi.
- Boratlar sinfi. Ular ham suvli va suvsiz boratlarga ajraladi.
Suvsiz boratlar ortoborat kislotasi tuzlaridan iborat. Masalan, ularga asharit-MgHBO3 minerali kiradi. Ikkinchi mineral-Mg3B7O13Cl boratsit nomi bilan ataladi. Suvli boratlar ichida eng ko‘p tarqalgani bura bo‘lib, uning formulasi Na2B4O7. 10H2O.
Silikatlar sinfi. Bu sinfga kiruvchi minerallar soni 800 dan oshiq bo‘lib, ular yer po‘stining 70%-dan ortig‘ini tashkil etadi. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi:
- orolsimon silikatlar;
- zanjirsimon silikatlar;
- lentisomon silikatlar;
- varraksimon silikatlar ;
- tukimosin silikatlari.